Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MURAKKAB SINTAKTIK QURILMALARNING DERIVATSION XUSUSIYATLARI XUSUSIDA MULOHAZALAR

Karimov Ilhom Tursunovich1, Quvondiqova Shahzoda Xayrulla qizi22025

  1. 1Zarmed universiteti ingliz tili o‘qituvchisi
  2. 2Zarmed universiteti 113-guruh talabasi

KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 118–119

Annotatsiya

Maqola murakkab sintaktik qurilmalardagi komponentlarning o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tahlil qiladi, ular orasidagi semantik va sintaktik aloqalarni ingliz va o‘zbek tilida keltirilgan misollar yordamida derivatsiya nuqtayi nazaridan o‘rganadi.

Boshqa tillarda

ruschaРАЗМЫШЛЕНИЯ О ДЕРИВАЦИОННЫХ ОСОБЕННОСТЯХ СЛОЖНЫХ СИНТАКСИЧЕСКИХ КОНСТРУКЦИЙ В АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ

В статье анализируются взаимоотношения между компонентами сложных синтаксических конструкций и изучаются семантические и синтаксические связи между ними с точки зрения деривации на материале примеров из английского и узбекского языков.

inglizchaREFLECTIONS ON THE DERIVATIONAL FEATURES OF COMPLEX SYNTACTIC CONSTRUCTIONS IN THE ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES

The article analyses the interrelations between the components of complex syntactic constructions and studies the semantic and syntactic links between them from the point of view of derivation, using examples drawn from English and Uzbek.

Kalit so‘zlar

  • сложные синтаксические конструкции
  • семантическая связь
  • морфологические элементы
  • дериват
  • операнды деривации
  • компонент
  • целостная производная структура
  • союз

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15073177

INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA MURAKKAB SINTAKTIK QURILMALARNING DERIVATSION XUSUSIYATLARI XUSUSIDA MULOHAZALAR Karimov Ilhom Tursunovich Zarmed Universiteti ingliz tili o’qituvchisi Quvondiqova Shahzoda Xayrulla qizi Zarmed Universiteti 113-guruh talabasi

Annotatsiya. Maqola murakkab sintaktik qurilmalardagi komponentlarning o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tahlil qiladi, ular orasidagi semantik va sintaktik aloqalarni ingliz va o’zbek tilida keltirilgan misollar yordamida derivatsiya nuqtayi nazaridan o’rganadi. Kalit so’zlar: Murakkab sintaktik qurilmalar, semantic aloqa, morfologik unsurlar, derivate, derivatsiya operandlari, komponent, yaxlit hosila struktura, bogʻlovchi.

Bilamizki, murakkab sintaktik qurilmalarda komponentlar munosabati tenglikka yoki tobelikka asoslanishi mumkin. Komponentlar munosabati tenglikka asoslanganda (Compound sentence) ular oʻrtasidagi birikish bogʻlovchisiz yoki bogʻlovchili boʻladi. Komponentlar munosabati, bogʻlovchisiz yoki bogʻlovchili voqelanishidan qatʼi nazar, MSQ semantik jihatdan ham, sintaktik jihatdan ham toʻliq shakllanadi. Quyida dastlab bogʻlovchisiz voqelangan murakkab sintaktik qurilmalarga eʼtiborimizni qarataylik: This sincerely delighted him, looking at her pathetic dress and worn-out shoes, he asked himself how he could help her without offending her. (Theodore Dreise. Jenny Gerhardt) Keltirilgan MSQ tarkibiy qismlari alohida semantik va sintaktik strukturalarga ega boʻlgan uch gapdan iborat boʻlib, bu oʻrinda MSQ komponentlari bogʻlovchilarsiz shakllanganligi uchun uning komponentlari munosabatlari birinchi galda semantik bogʻlanishga tayanmoqda, zotan, har bir gap ikkinchisining (oʻzidan oldingisining) mazmuniy salmogʻini toʻldirish uchun xizmat qilmoqda. Bu esa ular oʻrtasida semantik uzviylikni tashkil etadi. When Jenny came the next time, the senator began to ask in detail about how her relatives live, what she wants and what she dreams about. (Theodore Dreise. Jenny Gerhardt). Berilgan misol komponentlari payt maʼnosini ifodalovchi tobe komponentli murakkab sintaktik qurilmadir. Ayni paytda komponentlar oʻrtasidagi tobelik payt maʼnosi ifodasi doirasida roʻy berayotgani uchun When vositasi qatnashgan. Murakkab sintaktik qurilma komponentlari vazifasida gaplar faollik koʻrsatishi sababli uning sathida voqelanadigan sintaktik munosabat ham oʻz xarakteriga koʻra gap doirasida kuzatiladigan bunday munosabatdan birmuncha farq qiladi. Aytish joizki, teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar tarkibiy qismlari oʻzaro maxsus bogʻlovchilar vositasida yoki bogʻlovchisiz bogʻlanishi mumkin. Ammo komponentlarining qanday bogʻlanishidan qatʼi nazar, ularda matn maqomi mavjudligini koʻramiz [1].Teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar anʼanaviy tilshunoslikda bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar nomlari bilan atalib kelindi. MSQ komponentlarini bogʻlash uchun teng bogʻlovchilar (biriktiruvchi, inkor, zidlovchi, ayiruvchi bogʻlovchilari), yuklamalar (-u(-yu), -da, -ki) va boʻlsa, esa feʼl formalari xizmat qiladi [2].

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. N.Turniyozov, B. Turniyozov, Sh. Turniyozova. Oʻzbek tilining derivatsion sintakisisi. Toshkent. – 2011.
  2. Gʻ. Abdurahmonov Qoʻshma gap sintaksis asoslari. Toshkent. – 1968.
  3. Oʻzbek tilining izohli lugʻati, 2-jild. – M.,1981. – B. 158-159.
  4. Turniyozov N.Q. Mahmud Koshgʻariy va hozirgi tilimizda soʻz yasalishi hodisasi haqida//Xorijiy filologiya, №3, 2014. – B. 8.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010881
Nashr sanasi
2025-03-12
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
Jild
4
Son
Special Issue 1
DOI
10.66073/refocus-conf/si1/2496
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
118–119
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-07