Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

BADIIY KONSEPT VA MUALLIFNING LISONIY SHAXSIYATI: INDIVIDUALLIK VA MILLIY XUSUSIYATLAR

Xalimova Firuza RustamovnaFan doktori, dotsent, Samarqand davlat chet tillar instituti2025

KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 115–117

Annotatsiya

Ushbu kurs ishida yuqori sinflarda adabiyot darslarida nazorat shakli sifatida test topshiriqlaridan foydalanish muammosi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot test sinovlarining ta‘lim jarayonidagi samaradorligini aniqlash, ularning o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishiga, tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda bilimlarni baholashning ob‘ektivligiga ta‘sirini aniqlashga qaratilgan. Turli xil test topshiriqlari turlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinib, ularni ta‘lim amaliyotida qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijasida test sinovlari pedagogik diagnostika vositalaridan biri sifatida o‘quvchilarning mustaqilligini rivojlantirishga va ularning adabiy kompetensiyasini shakllantirishga yordam berishi aniqlangan. Test nazoratining boshqa bilim baholash usullari bilan uyg‘unlashtirilishi eng yaxshi ta‘lim natijalariga erishish uchun zarurligi haqida xulosa chiqarilgan.

Boshqa tillarda

ruschaХУДОЖЕСТВЕННЫЙ КОНЦЕПТ И ЯЗЫКОВАЯ ЛИЧНОСТЬ АВТОРА: ИНДИВИДУАЛЬНОСТЬ И НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОСОБЕННОСТИ

В данной курсовой работе рассматривается проблема использования тестовых заданий как формы контроля на уроках литературы в старших классах. Исследование направлено на определение эффективности тестирования в образовательном процессе, на выявление его влияния на усвоение учащимися знаний, на развитие аналитических и критических способностей мышления, а также на объективность оценивания знаний. Анализируются различные виды тестовых заданий, их преимущества и недостатки, даются методические рекомендации по их применению в образовательной практике. В результате исследования установлено, что тестирование как одно из средств педагогической диагностики способствует развитию самостоятельности учащихся и формированию их литературной компетенции. Сделан вывод о том, что для достижения наилучших образовательных результатов необходимо сочетание тестового контроля с другими способами оценивания знаний.

inglizchaTHE ARTISTIC CONCEPT AND THE AUTHOR‘S LINGUISTIC PERSONALITY: INDIVIDUALITY AND NATIONAL FEATURES

This course paper examines the problem of using test assignments as a form of assessment in literature lessons in the senior grades. The study is aimed at determining the effectiveness of testing in the educational process and at identifying its influence on pupils‘ assimilation of knowledge, on the development of their analytical and critical thinking abilities and on the objectivity of knowledge assessment. Various types of test assignments, their advantages and shortcomings are analysed, and methodological recommendations for their use in educational practice are given. As a result of the study it was established that testing, as one of the means of pedagogical diagnostics, helps to develop pupils‘ independence and to form their literary competence. It is concluded that combining test-based assessment with other methods of knowledge evaluation is necessary in order to achieve the best educational results.

Kalit so‘zlar

  • тестовые задания
  • контроль знаний
  • литература
  • методика обучения
  • критическое мышление
  • оценивание
  • образовательный процесс
  • старшие классы
  • педагогическая диагностика
  • аналитическое мышление

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15073158

BADIIY KONSEPT VA MUALLIFNING LISONIY SHAXSIYATI: INDIVIDUALLIK VA MILLIY XUSUSIYATLAR Xalimova Firuza Rustamovna doctor of science, associate professor Samarkand state institute of foreign languages

Annotatsiya: Ushbu kurs ishida yuqori sinflarda adabiyot darslarida nazorat shakli sifatida test topshiriqlaridan foydalanish muammosi ko'rib chiqiladi. Tadqiqot test sinovlarining ta'lim jarayonidagi samaradorligini aniqlash, ularning o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishiga, tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda bilimlarni baholashning ob'ektivligiga ta'sirini aniqlashga qaratilgan. Turli xil test topshiriqlari turlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinib, ularni ta'lim amaliyotida qo'llash bo'yicha metodik tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijasida test sinovlari pedagogik diagnostika vositalaridan biri sifatida o'quvchilarning mustaqilligini rivojlantirishga va ularning adabiy kompetensiyasini shakllantirishga yordam berishi aniqlangan. Test nazoratining boshqa bilim baholash usullari bilan uyg‘unlashtirilishi eng yaxshi ta’lim natijalariga erishish uchun zarurligi haqida xulosa chiqarilgan. Kalit so'zlar: test topshiriqlari, bilim nazorati, adabiyot, ta’lim metodikasi, tanqidiy fikrlash, baholash, ta’lim jarayoni, yuqori sinflar, pedagogik diagnostika, tahliliy fikrlash.

Badiiy konsept, dastavval, yozuvchining bir asar yoki butun ijodiy faoliyatida mujassamlashgan muallif konseptual maydonida milliy yoki individual tarzda faollashgan tafakkur birligi sifatida baholanadi. “Badiiy konsept” tushunchasining markazi “umumiy asos”, “yadro” deb ataladi. Uning atrrofidagi hudud va sarhadlar birgalikda konseptual maydonni hosil qiladi. Unda ma’lum millatning ruhi, bilimi, qarashlari aks topadi. Zero, ushbu konseptual maydonni yaratgan shaxs, ya’ni muallif ma’lum millat vakilidir. Yoki aksincha, muallif yadro atrofidagi sarhad va hududlarni o‘zining semantik tizimidan kelib chiqqan holda o‘zgacha lisoniy vositalar, uslublar va boshqa birliklar yordamida to‘ldirib, individual konseptual maydonni hosil qilishi mumkin. Bu usul shoirlar ijodida, ya’ni poetik matnda kuzatiladi.

Badiiy konsept muallif tafakkurida uning hayotiy tajribalari, ko‘nikmalari va hissiyotlari asosida shakllanadi. Shu asnoda, u badiiy kontekstga joylashtirilib, muallif va o‘quvchining konseptni tushunishining to‘qnashuvi asosida diskursiv vazifani bajaradi. Bunday o‘zaro ta’sir natijasida o‘quvchining ushbu konsept idrokida yangi assosiasiyalar hosil bo‘ladi. Shunday qilib, badiiy konseptni yuqori darajadagi assosiativlik va diskursiv hamda milliy va individual xususiyatlarini birlashtirib, muallif tafakkurining birligi sifatida belgilash o‘rinlidir. Odatda, muallifning o‘zini namoyon qilishi konseptlar yoki badiiy obrazlar orqali namoyon bo‘ladi, bu yozuvchining dunyoqarashi, uning oldingi tajribasi, idroki va olamga munosabati sifatida tushunilishi mumkin. Demak, lisoniy shaxs va xususan, badiiy asarda aks etgan yozuvchining lisoniy shaxsiyati haqida gapirish qonuniydir.

Yozuvchining lisoniy shaxsi badiiy asarda namoyon bo‘ladi. Badiiy asar muallif idiostili deb nom olgan muallifning o‘ziga xosligi, uning individul uslubi bilan ajralib turadi. Idiostil haqli ravishda konseptual asosga ega bo‘lgan “o‘ziga xos shaxsiy ma’no” deb ataladi. Idiostil turli yondashuvlar asosida o‘rganilishiga qaramay, ushbu tushuncha (idiostil, idiolekt, individual uslub, uslubiy harakat)ga nisbatan yagona ta’rif mavjud emas. S.G. Vorkachevning ta’rificha, individual uslub – og‘zaki ifoda vositalari va shakllarining tizimli ravishda birlashtirilgan va ichki bog‘langan tizimi hisoblanadi [Воркачев 2001: 65], V.V. Pinochetovning fikricha, lisoniy birliklarni tanlash, birlashtirish va maqsadli foydalanishning o‘ziga xos tamoyillarini qo‘llash natijasida paydo bo‘ladigan yaxlit tizimdir [Пиночетов 1963: 45]. Shu tariqa, idiostil tushunchasi lisoniy vositalarning ma’lum bir tanlov asosida tanlanishi va ularni birlashtirish usullari, shuningdek, o‘zaro ta’sir bilan bog‘liq.

Muallif idiostilini belgilovchi vositalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: stilistik vositalar; fonetik-intonasion vositalar; grafik vositalar; leksik-semantik vositalar; leksik-sintaktik vositalar [Xalimova 2023: 490]. Turli nuqtai nazarlarga asoslanib, idiostilni badiiy asarda lisoniy vositalarni individual tanlov asosida birlashtirish usullari orqali ifodalangan muallifning shaxsiy semantik to‘plami sifatida belgilash mumkin.

Badiiy asarlar muallifning individual hamda u mansub bo‘lgan butun etnomadaniy jamiyat tafakkurini aks ettiradi. Tildagi semantik munosabatlarning murakkabligini, semantik maydonning o‘ziga xos xususiyatlarini, uning tuzilishini tushunish lisoniy hodisalarni o‘rganishning yangi bosqichiga o‘tishga imkon beradi. Badiiy matn – bu barcha turdagi semantik transformasiyalar bilan yuqori darajada to‘yingan maydon, unda umumiy lisoniy hamda individual-muallifiy ma’no va mazmunlar mujassamlanadi [Новикова 2016: 127]. O‘z ijodini tilshunoslikning ushbu sohasini o‘rganishga bag‘ishlagan tadqiqotchilar, badiiy asarni tahlil qilishda chuqur va majmuaviy yondashuvni qo‘llashni taklif qilmoqdalar.

Olimlar badiiy konseptni – lisoniy shaxsning umuminsoniy tajribasi, uning dunyoqarashi, qadriyatlar tizimini o‘zlashtirishi natijasida hosil bo‘lgan semantik va estetik kategoriyalar toifasiga kiritadilar [Бабенко, Василев, Казарин 2000]. Shuni ta’kidlash joizki, milliy madaniy va individual-muallifiy konseptlar har doim ham o‘z qiymat komponenti va mazmuniga mos kelavermaydi.

Badiiy konsept individual-muallifning olam manzarasi tasavvuri aksi bo‘lib, lisoniy shaxs milliy ma’naviy qadriyatlarni va o‘z tasavvuridagi olam manzarasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qadriyatlarni tanlab aks ettirishi mumkin. Biroq, muallif ongida shakllanib, lisoniy belgida o‘z ifodasini topgan badiiy konsept, turlicha ifodalanish imkoniyatiga ega. Badiiy asarda so‘zning tom ma’nodagi mazmuni butunlay boshqacha, yangi mazmunlarga ega bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, badiiy konseptning paydo bo‘lishi uchun xizmat qiladi. Aynan badiiy konseptlarda lisoniy va madaniy konseptlar doirasiga kiritilmagan xususiyatlarni faollashtirish mumkin. Mazmun, bir tomondan, matn tuzilishi va uning lisoniy vositalariga bog‘langan hodisa bo‘lsa, boshqa tomondan, shaxs ongida mavjud bo‘lgan va fikrlash jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan hodisadir. Ma’no dialogik xususiyatga va subyektlararo xarakterga ega hamda qabul qiluvchining individual va shaxsiy fazilatlariga bog‘liq.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Бабенко Л.Г., Васильев И.Е., Казарин Ю.В. Лингвистический анализ художественного текста. – Екатеринбург: Уральский унив-т, 2000. – 533 с.
  2. Воркачев С.Г. Лингвокультурологпя, языковая личность, концепт: ста-новление антропоцентрической парадигмы в языкознании // Филологи¬ческие науки. 2001. №1. – С. 64-72.
  3. Новикова У.В., Зимина Н.Ю. К вопросу об особенностях языковой репрезентации орнаментального поля художественного текста // Филологические науки. Вопросы теории и практики. – Тамбов: Грамота, 2016. № 2 (56): в 2-х ч. Ч. 2. – C. 127-129.
  4. Пиночетов В.В Стилистика. Теория поэтической речи. – М., 1963. – 254 с.
  5. Ulug’ova S., Abduvoseyeva N. GO’ZALLIL/BEAUTY KONSEPTINING OBRAZLI ASPEKTIDAGI QIYOSIY TAHLILI //Центральноазиатский журнал образования и инноваций. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 124-125.
  6. Xalimova F. ТИПОЛОГИЯ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ КОНЦЕПТОВ //Farg ‘ona davlat universiteti ilmiy jurnali. – 2023. – №. 1. – С. 490-493.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010880
Nashr sanasi
2025-03-12
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
Jild
4
Son
Special Issue 1
DOI
10.66073/refocus-conf/si1/2497
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
115–117
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
62026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-07