Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA KONSEPTUAL TUZILMALAR

Xushmanova Shaxnoza IbragimovnaIqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM, Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi2025

KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 108–109

Annotatsiya

Mazkur maqolada konseptlarning shakllanishi, ularning lingvokognitiv va lingvomadaniy yondashuvlardan o‘rganilishi, shuningdek konseptlar turlari va ularning modellashtirilishiga diqqat qaratilgan. Konseptual tahlil doirasida tasavvurlar, sxemalar, tushunchalar, freymlar, ssenariylar va geshtaltlar kabi kognitiv strukturalar ko‘rib chiqiladi.

Boshqa tillarda

ruschaКОГНИТИВНАЯ ЛИНГВИСТИКА И КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ СТРУКТУРЫ

В статье рассматривается формирование концептов, их изучение с позиций лингвокогнитивного и лингвокультурологического подходов, а также типы концептов и их моделирование. В рамках концептуального анализа рассматриваются такие когнитивные структуры, как представления, схемы, понятия, фреймы, сценарии и гештальты.

inglizchaCOGNITIVE LINGUISTICS AND CONCEPTUAL STRUCTURES

This article focuses on the formation of concepts, their study from linguocognitive and linguocultural approaches, as well as on the types of concepts and their modelling. Within the framework of conceptual analysis, such cognitive structures as representations, schemas, notions, frames, scenarios and gestalts are considered.

Kalit so‘zlar

  • концепт
  • язык и мышление
  • лингвокогнитивный подход
  • лингвокультурный подход
  • концептуальное пространство
  • фрейм
  • сценарий
  • гештальт

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15073122

KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA KONSEPTUAL TUZILMALAR Xushmanova Shaxnoza Ibragimovna Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM, Xorijiy tillar kafedrasi katta o’qituvchisi

Annotasiya: Mazkur maqolada konseptlarning shakllanishi, ularning lingvokognitiv va lingvomadaniy yondashuvlardan o‘rganilishi, shuningdek konseptlar turlari va ularning modellashtirilishiga diqqat qaratilgan. Konseptual tahlil doirasida tasavvurlar, sxemalar, tushunchalar, freymlar, ssenariylar va geshtaltlar kabi kognitiv strukturalar ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: konsept, til va tafakkur,lingvokognitiv yondashuv, lingvomadaniy yondashuv, konseptual makon,freym, ssenariy, geshtalt

Kognitiv tilshunoslik (lotincha cognito - bilish) kognitologiya - inson tomonidan axborotni o‘zlashtirish, to‘plash va undan foydalanish jarayonlarini o‘rganuvchi fan doirasida paydo bo‘lgan. Kognitiv lingvistikaning o’rganish o’byekti til hisoblanadi. Til belgilari yordamida axborotni o’zlashtirish va qayta ishlashning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish esa kognitiv tilshunoslikning predmeti hisoblanadi. Kognitiv tilshunoslikda til va tafakkurning o’zaro munosabati eng asosiy muammo hisoblanadi. Kognitiv tilshunoslik tilni axborotni kodlash va o’zgartirishda rol o’ynaydigan kognitiv mexanizm sifatida o’rganadi. Konseptlarni tavsiflashda rus tilshunoslari N. D. Arutyunova, N. F. Alifirenko tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlarda ma’lum natijalarga erishishilgan. Bu tadqiqotlar natijasida kognitiv tilshunoslikda konseptlar tadqiqiga ikki xil yondashuv shakllangan. Lingvomadaniy yondashuv milliy konseptosfraning o’ziga xos xususiyatlarini madaniyatdan ongga qarab o’rganishni nazarda tutadi. Lingvomadaniy yondashuv doirasida ishlaydigan tadqiqotchilar qatoriga Y.S.Stepanov, V. I.Karasik, V.V.Krasnix, V.A.Maslova, N.F. Alifirenko va boshqalar kiradi. Ushbu yondashuv konseptni obrazli, konseptual va qadriyatli komponentlarga ega bo’lgan,madaniyatning tayanch birligi sifatida belgilaydi. Konsept lingvomadaniy va diaxronik jihatdan tadqiq etiladi. Konseptni o’rganishda lingvokognitiv yondashuv nuqtai nazaridan uning yadro va periferiya atamalarida ifodalangan maydon modeli ishlab chiqilgan. Bu yondashuv vakillari Y.S.Kubryakova, Z.D.Popova, I.A.Sternin, V.N.Teliya va boshqalardir. Konsept kognitiv va sinxron nuqtai nazardan tadqiq etiladi. Ushbu fanning asosiy tushunchalari bilim, axborot, konseptosrefa, konseptuallashtirish, konsept tushunchalaridan iborat. Bilim – voqelikni tafakkurda ask ettirish va qayta tiklash jarayoni bo’lib, uning natijasida bilimlar to’planadi; bu idrok etish, tushunish, tasavvur qilish va axborotni yaratish tizimlarining o’zaro ta’siridir. Axborot – turli kanallar orqali insonga kelib tushadigan hamda kodlanadigan qayta ishlanadigan va ongda qayta ishlanadigan bilimlar; muloqot jarayonida til tuzilmalari tomonidan taqdim etiladigan va uzatiladigan bilimlar. Bilim xotiraning bir qismi bo’lib, ongda mavjud bo’lgan ma’lumotlar va ma’lum bir tartibli tizimga birlashtirilgan obyektlarni aks ettirish natijalaridir. Shuningdek bilim madaniyat elementi hisoblanadiki sababi inson avlodlari tomonidan ishlab chiqilgan fikrlash qoidalar va stereotiplarni o’zlashtiradi.

Konsept bu madaniyatni aks ettiruvchi tafakkur yoki xotiraning diskret ma’no jihatdan hajmli birligi.Konsept tarkibiy qism sifatida psixolingvistik va leksikografik ma’noni o’z ichiga oladi,ammo o’z mazmunining hajmi bo’yicha yuqoridagi ikkala ma’nodan kattaligicha qoladi. Konseptuallashtirish – ongda konseptlarning shakllanishi va konseptning shakllanishiga olib keladigan yangi ma’lumotlarni idrok etish jarayonidir. Inson ongi obyektiv yoki subyektiv voqelikda biror alohida sohani ajratib olib, uni idrok etadi, uning o’ziga xos belgilarini ajratib ko’rsatadi va uni muayyan hodisalar sinfiga kiritadi. Bu esa konseptuallashtirishdir. Kognitiv tilshunoslikning jadal rivojlanishi konsept tushunchasining nazariy talqini va konseptlar tipologiyasi tadqiqini ilgari surdi. Konseptlar – bu tafakkur birliklari hisoblanib, ular o’z mazmuni va tarkibiga ko’ra o’zlarining asosiy funksiyalarini saqlab qolgan holda turlicha bo’lishi mumkin. Konseptlar tipologiyasi mumkin va zarur, chunki konseptlar tomonidan taqdim etilayotgan bilimlar turlari bir-birlaridan farqli bo’ladi. Konseptlarni turli asoslarga ko’ra tasniflash mumkin, zero ularning har biri kognitiv reallikni aks ettiradi. Konseptlarni ular aks ettiradigan bilim turiga va voqelikka ko’ra farqlash muhim hisoblanadi, chunki konseptlarni ajratish va tavsiflash usullari aynan shunga bog’liq. Content xususiyatiga ko’ra konseptlarningbbir necha turlari ajratiladi: tasavvur, sxema, tushuncha, freym, ssenariy va geshtalt. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, til inson ongida konseptlarni shakllantirish usullaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Konseptning ongda samarali shakllanishi, uning to‘liq shakllanishi uchun faqat bitta til yetarli emas - hissiy tajribani majburiy jalb qilish, ko‘rgazmalilik, u yoki bu narsa bilan predmetli faoliyat zarur. Inson ongida idrokning turli ko‘rinishlarining bunday kombinatsiyasidagina obrazli komponent, axborot mazmuni va talqin maydoni birligida to‘laqonli konsept shakllanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Алефиренко Н.Ф. / Н.Ф. Алефиренко // Когнитивная семантика и линг вокультурология /Астрахань. -2004. -№3.- с. 65-69.
  2. Бабушкин А.П. / А. П. Бабушкин // Типы концептов в лексико-фразео-логической семантике языка. – Воронеж: Изд-во Воронеж. гос. ун-та, 1996. – 103 с.
  3. Карасик В. И. Языковой круг: личность, концепты, дискурс. М.: ГНОЗИС, 2004. 390 с.
  4. Atamurodova F. T. The Origin and development of English novel: a descriptive literaturereview. UzConferences, 2(4),353–356.Retrievedfrom https://www.uzresearch.uz/index.php/UC/article/view/681.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010877
Nashr sanasi
2025-03-12
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
Jild
4
Son
Special Issue 1
DOI
10.66073/refocus-conf/si1/2500
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
108–109
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-07