Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

KOMPYUTER TERMINLARINING XUSUSIYATLARI

Murtazayeva Gulayim MuratbayevnaBerdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 3-kurs tayanch doktoranti2025

KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 82–83

Annotatsiya

Ushbu maqolada kompyuter terminologiyasining shakllanishi, rivojlanishi va milliy tillarga ta‘siri tahlil qilinadi. Kompyuter tili o‘ziga xos terminologik qatlam bo‘lib, uning atamalari aksariyat hollarda ingliz tilidan o‘zlashgan. Maqolada terminologik tizim, termin maydoni va terminlarning leksik-semantik xususiyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari kompyuter terminologiyasini shakllantirish va milliy terminlarni ommalashtirish jarayonida qo‘llanilishi mumkin.

Boshqa tillarda

ruschaОСОБЕННОСТИ КОМПЬЮТЕРНЫХ ТЕРМИНОВ

В данной статье анализируются формирование и развитие компьютерной терминологии и её влияние на национальные языки. Компьютерный язык представляет собой своеобразный терминологический пласт, термины которого в большинстве случаев заимствованы из английского языка. В статье изучаются терминологическая система, поле термина и лексико-семантические особенности терминов. Результаты исследования могут быть использованы в процессе формирования компьютерной терминологии и популяризации национальных терминов.

inglizchaTHE FEATURES OF COMPUTER TERMS

This article analyzes the formation and development of computer terminology and its influence on national languages. The language of computing constitutes a distinctive terminological layer whose terms have in most cases been borrowed from English. The article studies the terminological system, the term field and the lexical-semantic features of terms. The results of the research may be applied in the process of forming computer terminology and popularizing national terms.

Kalit so‘zlar

  • компьютерная терминология
  • терминосистема
  • информационные технологии
  • терминологическое поле
  • лексическая система

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15072237

KOMPYUTER TERMINLARINING XUSUSIYATLARI Murtazayeva Gulayim Muratbayevna Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 3-kurs tayanch doktoranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada kompyuter terminologiyasining shakllanishi, rivojlanishi va milliy tillarga ta’siri tahlil qilinadi. Kompyuter tili o‘ziga xos terminologik qatlam bo‘lib, uning atamalari aksariyat hollarda ingliz tilidan o‘zlashgan. Maqolada terminologik tizim, termin maydoni va terminlarning leksik-semantik xususiyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari kompyuter terminologiyasini shakllantirish va milliy terminlarni ommalashtirish jarayonida qo‘llanilishi mumkin. Kalit so‘zlar: kompyuter terminologiyasi, termin tizimi, axborot texnologiyalari, termin maydoni, leksik tizim.

So‘nggi o‘n yilliklarda biz guvoh bo‘lgan "terminologik trend" tilshunos olimlar orasida turli terminologiya masalalariga yechim topishga yo‘naltirdi. Kompyuter terminologiyasi boshqa leksik qatlamlarga qaraganda nisbatan yosh qatlam bo‘lib, so‘nggi yillarda u eksponent tarzda kengayib, ko‘pchilik uchun ochiq bo‘lib bormoqda. Kompyuter terminologiyasi leksikaning maxsus bir qismi hisoblanadi [1;221]. I.L. Komleva bu lug‘atni "kompyuter tili" deb ataydi, uning tushunchasi "texnologik sifat bilan bog‘liq bo‘lib shaxsiy kompyuterlarning ishlab chiqilishi va dasturiy ta’minoti bilan bog‘liq sohada shakllangan shaxsiy til hisoblanadi." Bu til atrofida shakllanadigan markaziy tushuncha "kompyuter" tushunchasidir. "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari" (AKT) tushunchasi kengroq bo‘lib, boshqa texnologiyalar (televideniye, uyali aloqa va boshqalar) ni ham o‘z ichiga oladi. Shunga ko‘ra, bu tadqiqotda kompyuter tilining terminologik leksikasini "kompyuter terminologiyasi" deb ataymiz.

Terminsistema termini ma’lum bir hududning butun terminologiyasini ifodalash uchun qo‘llaniladi. U terminologiyaning tizimli sifati eng muhim xususiyati deb aytib o‘tadi. Terminologik tizim alohida elementlarga bo‘linishi mumkin. Bu yerda terminologik maydon tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Terminologik maydon - bu "terminlar va ular atrofida to‘plangan maxsus terminologik tizimning elementar maydonlari yoki mikromaydonlari o‘rtasidagi iyerarxik tarzda ishlab chiqilgan, mantiqiy ketma-ketlikdagi aloqalar tizimi"dir [1;23].

Agar dastlabki kompyuter tadqiqotlari Yevropada boshlangan bo‘lsa-da, kompyuter tadqiqotlarining rivojlanishi va dastlabki ishlab chiqarish joyi Amerika Qo‘shma Shtatlari edi. Shunday qilib, ingliz tilida barcha kompyuter atamalari paydo bo‘lgan.

Bugungi kunda kompyuter terminologiyasi kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda va jamiyatda muhim o‘rin egallab, keng qo‘llanilmoqda. Axborot texnologiyalari murakkab ijtimoiy-texnik tizim bo‘lib, uzluksiz ishlaydi va doimo o‘zgarib turadi. Tizimli yondashuvga ko‘ra bunday murakkab obyektni imkon qadar tavsiflash uchun uni yanada kengroq tizim doirasida ko‘rib chiqish kerak va paradigmal operator yoki tadqiqot paradigmasining funksional imkoniyatlarini kengaytirish, shu maqsadda boshqa fanlardan qo‘shimcha ma’lumotlarni qo‘llash lozim [3]. Shuni ham ta’kidlashimiz kerakki, bunda har bir fan o‘zining ichki tuzilishi va asosiy postulatlarini saqlab qolishi kerak.

D.Kadirbekova axborot-kommunikatsiya terminlari umumiy tushunchani anglatib, bir yoki bir necha so‘zdan iborat bo‘ladi va maxsus tushunchani anglatadi deb hisoblaydi. Tuzilishiga ko‘ra bir o‘zakdan (o‘zakdan) iborat bo‘lgan termin oddiy sodda. Ikki yoki undan ortiq bo‘lsa murakkab termin hisoblanadi. Termin soha mutaxassislari tomonidan yaratilib va qo‘llanilib, yaratilgan yangi termin tushunchani anglatib, ham neologizm sanalib, neotermin, deb ataladi [4].

Rus olimi A.G. Xodakova: “…kompyuter terminologiyasini yadro, informatika va hisoblash texnikasi tilining eng muhim, axborotli, kodifikatsiyalangan qismi sifatida tushunish kerak" - deb hisoblaydi [5;13].

Inson muloqoti jarayonida, ya’ni so‘zlashuv jarayonida eshitish va ko‘rish orqali ta’sirni takomillashtirish - termin ijodiy faoliyatning asosiy va samarali maydonidir. Inson sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan maxsus muhitni shakllantirish, bunday ta’sirni kompensatsiyalovchi maxsus vositalar, uslub va til vositalarining qo‘llanilishi, yangi birliklarning paydo bo‘lishiga olib keldi: multimedia gaming - multimedia o‘yinlari; social environments - ijtimoiy muhit; audio-video conferencing - audio-video konferensiya; podcasting - podkasting; internet-phoning - internet qo‘ng‘iroq; keyboard - klaviatura; Web camera - Veb kamera.

Axborot texnologiyalari - ilmiy bilimlarning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‘lib, kompyuter leksikasi guruhlari ichida uning terminologiyasi doimo rivojlanishda bo‘lib turibdi va katta tezlikda yangi terminlar bilan boyib bormoqda.

Kompyuter terminlarining xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: a) atash vazifasi: kompyuter terminlari sohaga oid bo‘lgan tushunchalar, uskunalar, kompyuter bilan bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlarni atashga xizmat qiladi: cable local-area network - kabelli mahalliy tarmoq; card with magnetic strip - magnit yo‘lli karta; b) tasviriy vazifa: ko‘p komponentli nominativ so‘z birikmasi tushunchani nomlash uchun qo‘llaniladi va uning ma’nosini birmuncha aniq tasvirlash uchun imkoniyat beradi, lekin qisqalik, qisqartirish talabiga javob bermaydi. v) definitiv vazifa: fanga oid tushunchalar mazmunini aniqlashtirishga xizmat qiladi, masalan: dual-homed gateway - ikki uyli shlyuz; e-development - AKT yordamida rivojlanish; e-signature certificate user - imzo kaliti sertifikati foydalanuvchisi; full-text database - to‘liq matnli ma’lumotlar bazasi va h.k.

Majburiy xususiyatlardan tashqari kompyuter sohasidagi terminda bir qator boshqa izohlar ham mavjud. Bu izohlarning berilishiga ko‘ra terminlarning asosiy turlari o‘ziga xoslikka ega. Yuqorida aytib o‘tilganidek, terminlar muayyan birliklar sifatida to‘rt jihatdan ko‘rib chiqilishi mumkin: ularning shakli va tuzilishiga xos xususiyatlar; ularning ahamiyati va mazmuni; tarixiy xususiyatlari; ularning qo‘llanilishiga xos xususiyatlar kabi yondashuvlar.

Adabiyotlar tizimi 1. Комлева И.Л. Принципы формирования русской компьютерной терминологии: Дис. ... канд. филол. наук: 10.02.01. — М., 2006. -221 c. 2. Буданов Г. В. Делокализация как обретение смысла, к опыту междисциплинарных технологий // Онтология и эпистемология синергетики. – М.: Ифран, 1997. 3. Кадирбекова Д. Инглизча-ўзбекча ахборот-коммуникация технологиялари терминологияси ва унинг лексикографик хусусиятлари. Филол.фан.ном...дис. –Тошкент, 2017. 4. Ходакова А.Г. Системная семантика термина (на материале англоязычных терминов интернета). Автореф… кан. филол.наук. –Тула, 2010. –С.13. 5. https://dictionary.cambridge.org/ru/admin

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Комлева И.Л. Принципы формирования русской компьютерной терминологии: Дис. ... канд. филол. наук: 10.02.01. — М., 2006. -221 c.
  2. Буданов Г. В. Делокализация как обретение смысла, к опыту междисциплинарных технологий // Онтология и эпистемология синергетики. – М.: Ифран, 1997.
  3. Кадирбекова Д. Инглизча-ўзбекча ахборот-коммуникация технологиялари терминологияси ва унинг лексикографик хусусиятлари. Филол.фан.ном...дис. –Тошкент, 2017.
  4. Ходакова А.Г. Системная семантика термина (на материале англоязычных терминов интернета). Автореф… кан. филол.наук. –Тула, 2010. –С.13.
  5. https://dictionary.cambridge.org/ru/admin

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010867
Nashr sanasi
2025-03-12
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
Jild
4
Son
Special Issue 1
DOI
10.66073/refocus-conf/si1/2510
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
82–83
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-07