Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

MULOQOT OLAMI. MULOQOTNING TARKIBIY QISMLARI

Allayorova Nilufar Yaxshinorovna1, Rustamova Sabrina Dilshodovna22025

  1. 1Zarmed universiteti
  2. 2Zarmed universiteti 1-kurs talabasi

KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 76–78

Annotatsiya

Maqolada muloqotning mohiyati va uning tarkibiy qismlari batafsil ko‘rib chiqiladi. Muloqotning inson hayotidagi o‘rni, uning jamiyatdagi ahamiyati ochib beriladi. Muloqotning verbal va noverbal turlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi.

Boshqa tillarda

ruschaМИР ОБЩЕНИЯ. СОСТАВНЫЕ ЧАСТИ ОБЩЕНИЯ

В статье подробно рассматриваются сущность общения и его составные части. Раскрываются место общения в жизни человека и его значение в обществе. Анализируются вербальные и невербальные виды общения, их своеобразные особенности.

inglizchaTHE WORLD OF COMMUNICATION. THE COMPONENTS OF COMMUNICATION

The article examines in detail the essence of communication and its components. The place of communication in human life and its importance in society are revealed. The verbal and non-verbal types of communication and their distinctive features are analyzed.

Kalit so‘zlar

  • общение (передача сообщения
  • установление связи
  • беседа
  • коммуникация)
  • говорящий (адресант
  • коммуникатор)
  • слушающий (адресат
  • коммуникант)
  • внутренние
  • внешние единицы воздействия
  • фатическое (этикетное
  • любезность) общение
  • диалог
  • монолог
  • неязыковые единицы

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15072189

MULOQOT OLAMI. MULOQOTNING TARKIBIY QISMLARI Allayorova Nilufar Yaxshinorovna Zarmed Universiteti E-mail: nilufarallayarova76@gmail.com Rustamova Sabrina Dilshodovna Zarmed Universiteti 1-kurs talabasi

Annotatasiya: Maqolada muloqotning mohiyati va uning tarkibiy qismlari batafsil koʻrib chiqiladi. Muloqotning inson hayotidagi oʻrni, uning jamiyatdagi ahamiyati ochib beriladi. Muloqotning verbal va noverbal turlari, ularning oʻziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: muloqot (xabar yetkazish, aloqa o‘rnatish, suhbatlashish, kommunikatsiya), so‘zlovchi(adresant, kommunikator), tinglovchi (adresat, kommunikant), ichki, tashqi ta’sir birliklari, fatik (mulozamat, manzirat) muloqot, dialog, monolog, nolisoniy birliklar.

Sotsiolingvistika – tilning jamiyatdagi oʻrni va uning ijtimoiy omillar bilan bogʻliqligini oʻrganuvchi fandir. U muloqot olamining ijtimoiy jihatlarini, tilning turli guruhlar va qatlamlar tomonidan qoʻllanilishini, shuningdek, til va madaniyat oʻrtasidagi munosabatlarni tadqiq qiladi.

Muloqot [a.Uchrashish, ko‘rishish; qabul qilish] esk. kt. ayn. uchrashuv; musohaba. Muloqot tushunchasi tilshunoslikka oid manbalarda kommunikatsiya termini bilan yuritiladi: “Kommunikatsiya (lot. cоmmunicatio – xabar, aloqa). Biror mazmunning til vositalari bilan berilishi, xabar qilinishi” degan ma’noni bildirib, so‘zlovchining tinglovchiga axborot yetkazishidir.

Muloqot olami deganda muloqot jarayoni(vaqti, vaziyat, holat) bu jarayonda ishtirok etuvchi so‘zlovchi(yoki so‘zlovchilar) va tinglovchi(yoki tinglovchilar), ularning madaniy saviyasi, millati, jinsi, yoshi, mavqeyi, kasb-kori kabilar tushuniladi. Har qanday muloqotda so‘zlovchi va tinglovchi tarkibiy qism sifatida, albatta, ishtirok etadi. Muloqot jarayoni o‘rganilgan ishlarda so‘zlovchi adresant, kommunikator deb, so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs, ya’ni tinglovchi adresat, kommunikant deb yuritiladi. So‘zlovchi va tinglovchilar o‘rtasida yuzma-yuz muloqot bevosita muloqot bo‘lsa, xat, telefon, telegramma, internet vositalari orqali muloqot bavosita sanaladi. Muloqot jarayoniga ta’sir etuvchi omillar ham mavjud. S.Mo‘minovning tadqiqot ishida muloqotga bilvosita ta’sir etuvchi birliklar ikki guruhga: ichki ta’sir birliklari (millati, jinsi, yoshi, ijtimoiy belgilari) va tashqi ta’sir birliklari (muloqot vaqti, vaziyat, holat, ijtimoiy muhit)ga ajratilib tahlil etilgan.

Muloqot turlari odatda rasmiy va norasmiy ko‘rinishlarga ega. Rasmiy muloqot yuridik kuchga ega, davlat va jamiyat manfaatini ko‘zlagan hamda qayd etiladigan muloqat turi sanaladi. Norasmiy muloqot shaxslararo o‘zaro muloqot jarayonida o‘zini qiziqtirgan u yoki bu ma’lumotga ega bo‘lishdir.

Muloqotga kirishishda faqat so‘zlar emas, balki harakatlar, imo-ishoralar ham muhim rol o‘ynaydi. Shaxslar muloqotga kirishar ekan, muloqot o‘zida uchta jihatni qamrab oladi: 1) kommunikativ (axborot berish); 2)interaktiv (o‘zaro birgalikdagi harakat qilish) 3)perseptiv (o‘zaro birgalikda idrok qilish). Muloqotda nutq muhim rol o‘ynaydi, ayniqsa uning ravonligi, terminlarni yaxshi va o‘z joyida to‘g‘ri ishlatilishi va hokazolar. Muloqotda informatsiya beruvchi, informatsiya qabul qiluvchi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yuzaga keladi. Har qanday muloqotning biron-bir maqsadi bo‘ladi. Muloqotga kirishgan har bir shaxs, muloqotning yakuniy holatiga qarab turlicha, xulosa chiqarishi mumkin, ya’ni ijobiy, salbiy xulosa bo‘lishi mumkin. Muloqot aniq ijtimoiy munosabatlar tizimi orqali belgilanadi. U ijtimoiy axloq normalari asosida tartibga solinadi. Individ hayotida muloqotning vazifalari turlicha. Shu boisdan muloqotning quyidagi vazifalarini ko‘rsatishimiz mumkin.

Muloqotning psixologik vazifalari: informatsion, regulyativ, signal, nazorat, tarbiya. Informatsion vazifa – bu axborotni qabul qilish va uni tarqatishdir. Regulyativ vazifa – muloqotni tartibga solish va boshqalar bilan to‘gri munosabatni tashkil qilishdan iborat. Signal vazifasi – bu vazifaning ko‘magida biz muhim ahamiyatga ega voqealar, hodisalar haqidagi signalni qabul qilamiz. Nazorat vazifasi – bu vazifa ko‘magida axborotni qabul qilish va tarqatish jarayoni nazorat qilinadi.

Tarbiya qilish vazifasi – muloqot orqali shaxsni shakllantirish jarayoni bo‘lib nihoyat darajada muhim omil hisoblanadi. Nutqiy (belgilar tizimi sifatida nutqdan foydalaniladi) va nutqsiz (turli nutqsiz belgilar tizimidan foydalaniladi) muloqot vositalari farqlanadi. Nutqiy muloqot vositasi eng universal aloqa vositasidir. Nutqning yozma va og‘zaki turlari farqlanadi. Og‘zaki nutq asosan dialogik va monologik nutqlarga bo‘linadi. Dialog – biron masalani birgalikda muhokama qilayotgan va hal etayotgan suhbatdoshlarning so‘zlashuvi. Monolog kishining o‘z-o‘ziga gapirishi bo‘lib, aslida bu muloqotda ham nutq tinglovchiga qaratiladi. Masalan, sahna asarlarida so‘zlovchi monologini barcha tinglovchilar eshitadi.

Bundan tashqari muloqot jarayonida nutq shakllaridan tashqari, nolisoniy vositalar ishtirok etadi. Ushbu vositalarga imo-ishora va mimika kiradi. Mimika – yuzning muloqot paytidagi dinamik ifodasi. Imo-ishora – jamiyatda ishlab chiqilgan va ruhiy holatni ifodalaydigan harakat. Ularga qarab biz insonning biror-bir voqeaga, shaxsga, narsaga munosabati haqida xulosa qilamiz. Imo-ishora odamning istaklari, uning ahvolidan darak berishi mumkin.

Muloqotning kompozitsion bosqichlari. 1. Adresant faoliyati bosqichlari: 1. Salomlashish va murojaat bosqichi. 2. Tanishuv bosqichi. 3. Daromad bosqichi. 4. Muddao bosqichi. 5. Xotima va xayrlashuv bosqichi.

2. Adresat faoliyati bosqichlari: 1. Tinglash bosqichi. 2. Munosabat bildirish bosqichi.1 Muloqotning boshlanishi barcha xalqlarda salomlashish va hol-ahvol so‘rashishdan boshlanadi, faqat salomlashish usullari va ahvol so‘rash tarzi har xil bo‘ladi. Bu har bir xalqning o‘z xarakteridan, yashash tarzidan kelib chiqadi. Xalqimizda salomlashishga alohida e’tibor qaratiladi, muomala madaniyatini eng muhim qismlaridan hisoblanadi. Bizda begona kishilarga ham qarindosh-urug‘(onaxon, onajon, otaxon, otajon, bobo, aka, uka, opa, singlim, to‘ga, amaki, xola) nomlarini aytib murojaat etish o‘ziga xos xususiyat sanaladi. Daromad esa so‘zlovchi o‘z maqsadini tinglovchiga ta’sirli, chiroyli yetkazish maqsadida, nutq samarasi yo‘lida gapni uzoqdan boshlashdir. Bizning xalqimiz nutqida, ayniqsa, norasmiy muloqotlarda gapning eng muhim asosiy tomoniga birdan o‘tilmaydi, birdan muddaoga o‘tish shoshilinch hollarda, ma’lum sabablarga ko‘ra ro‘y beradi (o‘shanda ham sababi aytiladi). “Muddao suhbatning mag‘zi hisoblanadi va asosiy fikr suhbatning ana shu qismida bildiriladi. Daromad qilingandan keyin aytiladigan xullas kalom, gapning qisqasi, gapning po‘stkallasi shu, gap bunday kabi jumlalar to‘g‘ridan to‘g‘ri suhbatdoshlarni asosiy xulosani aytish bosqichiga olib kiradi”. Bu bosqich ham ifoda yo‘siniga ko‘ra mavzu, maqsad, yosh, mansab, jins kabilar nuqtayi nazaridan o‘ziga xos ko‘rinish olishi, turli xil nutqiy aktlar asosida tuzilishi mumkin.

MўминовС. Ўзбек мулоқот хулқининг ижтимоий-лисоний хусусиятлари: Филол.фан.доктори...дисс.автореф.–Тошкент, 2000. –Б.14.

Xayrlashuv bosqichida odatda xayr, omon bo‘ling, sog‘ bo‘ling, salomat bo‘ling, ko‘rishguncha kabi so‘z va birikmalar ishtirok etsa-da, bu bosqich ham turli xalqlarda turlicha kechishi mumkin. Hatto bir millat ichida ham hududlarda xayrlashuv har xil amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari xayrlashish yosh, jins, muloqot holati, vaziyati bilan bog‘liq tarzda kechishi mumkin. Masalan, aza marosimiga borganda, marosim tugagach, ayollar marhumning yaqinlariga ko‘rganlaringiz shu bo‘lsin, xudo sizlarga sabr bersin, bu uyga endi to‘ylarga kelaylik deb xayrlashishadi. O‘zbekona salomlashish va xayrlashishning ayrim ko‘rinishlari “So‘z qo‘llash san’ati” risolasida keltirilgan: “Ko‘pgina tillarda (rus, ingliz, nemis, arab, fors va b.) uch bosqichli salomlashish odati mavjud. O‘zbeklarda ertalab turganda ham, tushda yoki kechqurun uchrashganda ham “Assalom-u alaykum” deyilib, “Va alaykum assalom” javobi olinishi tomonlar ehtiyojini qondiradi. Xayrlashuv ikki shaxs o‘rtasidagi oddiy munosabatdan tortib, murakkab marosimgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi. Tabiiyki, inson har xil maqsad bilan ostona hatlab tashqariga otlanadi: birov oshxonaga, birov safarga, birov uzoq o‘lkalar bo‘ylab sayru sayohatga, birov jangga… Bunda ketuvchi nutqida xayr, yaxshi qoling; ko‘rishguncha, sog‘ bo‘linglar, omon bo‘linglar, salomat bo‘linglar, yana qayta ko‘rishguncha, sog‘-omon bo‘linglar, salomat bo‘linglar, xo‘sh denglar, alvido; kuzatuvchi nutqida xayr, yaxshi boring, yaxshi borib keling, safaringiz bexatar bo‘lsin, oy borib omon keling, sog‘ borib, salomat keling, to‘ling to‘kilmang, oling oldirmang, oldingizdan oy chiqsin, orqangizdan kun chiqsin, oq yo‘l, oq yo‘l bo‘lsin, xudoga topshirdik, ollohga topshirdik, tangriga topshirdik, o‘zi soyabon bo‘lsin, xudo yor bo‘lsin, panohingiz xudoga, bir xudoga topshirdik, panoyi xudo, xudo hofiz (keying ikkisi shevada), qirq Chilton jilovdor bo‘lsin, pirlar madadkor bo‘lsin, payg‘ambarlar yor bo‘lsin, arvohlar yor bo‘lsin, alvido kabi vositalar qo‘llaniladi”. Gap shundaki bu “durdona”lar har qaysisining qo‘llanish o‘rni, vaqti, shart-sharoiti bo‘lib, bu xayrlashuvchidan lisoniy malaka, nutqiy madaniyat, mantiqiy bilim, saviya, dunyoqarash, voqelikka e’tibor va e’tiqod kabilarni talab etadi. Mazkur risolada salomlashgandan keyingi bosqich so‘rashuv jarayonida quyidagi lisoniy vositalardan foydalanilishi aytilgan: tinchmisiz, omonmisiz, esonmisiz, eson-omonmisiz, tani-joningiz sog‘mi, yaxshi keldingizmi, safar muborak, sayohat muborak, ziyorat qabul bo‘lsin va hk. Bunday so‘roq gaplarga tasdiq gap shaklida javob berishdan ko‘ra (Sog‘-salomatmisiz? – Ha, sog‘-salomatman shaklida) rahmat, tashakkur, xudoga shukur, ollohga shukur kabi vositalar bilan javob berish nutqiy me’yor hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, sotsiolingvistika muloqot olamining ijtimoiy jihatlarini oʻrganish orqali muloqotning samaradorligini oshirishga, turli guruhlar va madaniyatlar oʻrtasidagi oʻzaro tushunishni yaxshilashga va tilning ijtimoiy funksiyalarini toʻgʻri anglashga yordam beradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. II jild “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. – Toshkent: 2006. –B.635.
  2. Mўминов С. Ўзбек мулоқот хулқининг ижтимоий-лисоний хусусиятлари: Филол.фан.доктори...дисс.автореф.–Тошкент, 2000. –Б.8.
  3. Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўз МЭ, 2002. – Б.64.
  4. Karimov S. Nutq madaniyati va mutolaa san’ati. O‘quv qo‘llanma. –Samarqand: SamDU nashri, 2020. –B.71.
  5. Омонтурдиев Ж., Омонтурдиев А. Сўз қўллаш санъати. –Термиз: “Жайхун”, 1994. – Б.13-1

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010866
Nashr sanasi
2025-03-12
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
Jild
4
Son
Special Issue 1
DOI
10.66073/refocus-conf/si1/2511
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
76–78
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-07