BIR VALENTLI YADRO PREDIKATIV 2 KOMPONENTLARNING IFODALANISHI
Mahmudjonova Mehribon XurshedovnaSamarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi2025
KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 44–46
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillari gap tarkibida yadro predikativ 2 (kesim – NP2) o‘rnida keluvchi bir valentli sintaktik birliklar qatnashgan gaplar tahlil qilinib, ularning morfologik xususiyatlari va boshqa sintaktik birliklar bilan bog‘lanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Tahlil natijalari asosida bir valentli yadro predikativ 2 komponentlarning ingliz va o‘zbek tillarida o‘xshash va farqli jihatlari ochib berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaВЫРАЖЕНИЕ ОДНОВАЛЕНТНЫХ ЯДЕРНЫХ ПРЕДИКАТИВНЫХ 2 КОМПОНЕНТОВ
В данной статье анализируются предложения английского и узбекского языков, в состав которых входят одновалентные синтаксические единицы, занимающие позицию ядерного предикатива 2 (сказуемое — NP2), а также изучаются их морфологические особенности и возможности связи с другими синтаксическими единицами. На основе результатов анализа раскрыты сходные и различные черты одновалентных ядерных предикативных 2 компонентов в английском и узбекском языках.
inglizchaTHE EXPRESSION OF MONOVALENT NUCLEAR PREDICATIVE 2 COMPONENTS
This article analyzes sentences in English and Uzbek containing monovalent syntactic units that occur in the position of the nuclear predicative 2 (the predicate — NP2), and studies their morphological features and their possibilities of connection with other syntactic units. On the basis of the results of the analysis, the similar and different aspects of monovalent nuclear predicative 2 components in English and Uzbek are revealed.
Kalit so‘zlar
- синтаксическая связь
- валентность
- ядерная предикативная связь
- сказуемое
- именное сказуемое
- глагольное сказуемое
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15070721
BIR VALENTLI YADRO PREDIKATIV 2 KOMPONENTLARNING IFODALANISHI Mahmudjonova Mehribon Xurshedovna Samarqand davlat chet tillar insituti Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz va o’zbek tillari gap tarkibida yadro predikativ 2 (kesim – NP2) o’rnida keluvchi bir valentli sintaktik birliklar qatnashgan gaplar tahlil qilinib, ularning morfologik xususiyatlari va boshqa sintaktik birliklar bilan bog’lanish imkoniyatlari o’rganilgan. Tahlil natijalari asosida bir valentli yadro predikativ 2 komponentlarning ingliz va o’zbek tillarida o’xshash va farqli jihatlari ochib berilgan. Kalit soʻzlar: sintaktik aloqa, valentlik, yadro predikativ aloqa, kesim, ot-kesim, fe’l-kesim.
Yadro predikativ 2 komponenti an’anaviy grammatik termin bilan atalganda kesim vazifasidagi sintaktik birlik hisoblanadi. An’anaviy grammatikada kesimning ifodalanishiga ko’ra asosiy ikki guruhi farqlanadi, bular fe’l-kesim va ot-kesim. Ingliz tilida V+pr+N, V+N shaklidagi qo’shma fe’llar yadro predikativ 2 komponenti o’rnida kelib, yadro predikativ 1 komponentga bir sintaktik aloqa asosida bogʻlanadi.
Shuningdek, yadro predikativ 2 komponent there is/are oboroti bilan, bog’lama fe’l bilan birikib keluvchi sifat, son, ot, holat kategoriyasi kabi unsurlar bilan ham ifodalanishi mumkin.
1. There was no time to worry (RRHC, 22).
Berilgan gapda yadro predikativ 2 komponenti yadro predikativ 1 komponenti bilan yadro predikativ aloqa asosida bog’lanib, sonda moslashgan, ya’ni yadro predikativ 1 komponenti sanalmaydigan mavhum ot (time) bo’lgani uchun there was ham birlikda qo’llangan.
2. Other items were so precious (RRHC, 20).
3. You’re the bravest little girl (RRHC, 24). → You’re the … girl.
Berilgan gaplarda ham yadro predikativ 2 o’rnida kelgan to be bog’lama fe’li asosiy mazmunni anglatuvchi precious va girl so’zlarini items va you sintaktik birliklar bilan bog’lashga xizmat qilgan hamda ular bilan moslashgan holda ko’plik shaklini olgan, ya’ni bog’lama fe’lning son kategoriyasi undan keyin kelgan elementning emas, balki yadro predikativ 1 elementining soni bilan moslashmoqda Ingliz tilida yadro predikativ 2 komponenti modal fe’l + fe’lning infinitive shakli bilan ham ifodalanishi mumkin, shuningdek, modal fe’l o’rnida modal ma’no anglatuvchi birikmalar ham qo’llaniladi. Bunda yadro predikativ 2 komponenti yadro predikativ 1 komponentining voqelikka modal munosabatini aks ettiradi.
Yadro predikativ 2 sintaktik birliklar modal ma’noni quyidagi vositalar yordamida ifodalaydi: be able + to Intinitive, may/might (not) + Bare Infinitive, may/might + be +Adjective/Noun, may/might + have been + Noun, have (got) + to Infinitive, can/could (not) + be + past participle, can/could + Bare Infinitive, can/could (not) + Bare Infinitive + to Infinitive, can/could + have been + Past Participle Yuqoridagi misollarning tahlilini ko’rgazmali ifodasak, NP2 o’rnida kelgan modal birikmalar yetti xil strukturaga egaligi aniqlanadi.
Gap tarkibida NP2 o’rnida o’timli harakat va holat fe’llari kelishi mumkin. Bunday fe’llar turli zamon shakllarida bo’lib, albatta o’ziga tobe komponent talab qiladi. Gapdagi tobe komponentning o’zi ham boshqa bir tobe bo’lakka ega bo’lishi kuzatiladi.
Ingliz tilida kopyulativ fe’llar mavjud bo’lib, ular ba’zi manbalarda bog’lama fe’l (link verb) bilan bir xil talqin etiladi [1], boshqalarida esa bog’lama fe’ldan farqlanadi [2]. Quyidagi misollarda NP2 o’rnida kelgan copulyativ fe’l + Sifat (Adjective) birikmasi bitta sintaktik birlik bo’lib, u NP1 komponent bilan yadro predikativ aloqaga kirishadi va u bir valentli komponent hisoblanadi.
Ingliz tilida NP2 komponenti shuningdek, fe’l + fe’l ko’rinishidagi birliklar bilan ham ifodalanishi mumkin. Bunda birinchi fe’l grammatik ko’rsatkichlarga ega bo’ladi, ya’ni tuslanadi, ikkinchi fe’l esa infinitiv yoki gerundiy shaklida bo’ladi, biroq asosiy leksik ma’no ikkinchi fe’ldan anglashiladi. Bunday qurilmalar o’zbek tilidagi ko’makchi fe’lli fe’l qo’shilmasiga to’g’ri keladi.
O’zbek tilida bir valentli yadro predikativ 2 (NP2) komponent asosan fe’l bilan ifodalanadi. O’zbek tilida ham ingliz tilidagi kabi kesimning turlari farqlanadi [3]: fe’l-kesim va ot-kesim. Fe’l-kesim fe’lning turli ma’noviy va strukturaviy turlari bilan ifodalanadi. Xususan, o’zbek tilida yasama fe’lning ishlatilishi ko’p uchraydi, ular yasovchi qo’shimchalar yordamida hosil bo’ladi. Keng tarqalgan fe’l yasovchi qo’shimcha bu -la bo’lib, u ot va sifatdan fe’l hosil qiladi (ishla, oqla, gulla). Shuningdek, murakkab/qo’shma fe’llar ham mavjudki, ular OT + FE’L yoki SIFAT + FE’L, RAVISH + FE’L tuzilishiga ega bo’ladi. O’zbek tilining o’ziga xos jihati shundaki, FE’L + FE’L strukturasi bilan yangi fe’l hosil qilib bo’lmaydi. Bunday qurilma ko’makchi fe’lli fe’l qo’shilmasi deb yuritiladi [4].
NP2 komponenti otdan yasalgan o’timsiz fe’llar bilan ifodalanishi mumkin:
6. Ular hayotdan birgalikda zavqlanishardi (QA, 92).
Oʻzbek tilida NP2 komponenti modal fe’l yoki modal ma’noli birikmalar bilan ham gapda voqelanadi. O’zbek tilida ingliz tilidan farqli ravishda shunday bir o’ziga xoslik borki, gapda NP1 komponenti ko’rsatilmaydi, biroq u oson tiklanadi, sababi NP2 o’rnidagi sintaktik birliklar shaxs-son qo’shimchalariga ega bo’ladi va bu eganing shaxsi va soniga ishora qiladi.
NP2 komponenti o’rnida ko’makchi fe’lli fe’l qo’shilmasi kelganini kuzatamiz. Ko’makchi fe’llar asli mustaqil fe’llar bo’lib, boshqa bir mustaqil fe’lning ravishdosh shaklidan keyin keladi va o’sha harakatning boshlanishi, davom etishi, tugashi, birdan bajarilishi kabi ma’nolarni anglatadi [4]. Oʻzbek tilida NP2 o’rnida kelgan bir valentli sintaktik birliklar ot, sifat, son va ravishlar bilan ham ifodalanishi mumkin.
Umuman olganda, o’zbek tilida yadro predikativ 2 komponent o’rnida sodda va yasama fe’l, qo’shma va murakkab fe’l, o’timli va o’timsiz fe’l, harakat va holat fe’li bevosita, shuningdek, ot, sifat, son, olmosh, ravish va kesimlik belgilari hisoblanuvchi bog’lamalar – shaxs-son qo’shimchalari, edi, ekan so’zlari yordamida NP1 komponenti bilan bog’lanib keladi. Bunda NP2 uyushiq bo’laklardan iborat bo’lmasligi lozim, aks holda u ikki valentli bo’lib qoladi.
Mazkur maqolada ingliz va o’zbek tillarida yadro predikativ 2 komponentning ifodalanishini tahlil qilar ekanmiz, bu ikki til o’rtasidagi farqlarning guvohi bo’ldik. Bu farqlar asosan ularning turli tillar tizimidaga oidligidan kelib chiqadi. O’zbek tilida NP2 o’rnidagi elementlar bir qator kelishik qo’shimchalari, egalik affikslari bilan kelsa, ingliz tilida bu holat kuzatilmadi. Ingliz tilida konversiya usulida hosil bo’lgan fe’llar mavjud bo’lsa, o’zbek tilida bunday holat kuzatilmaydi, balki yasama fe’llar katta qismni tashkil qiladi. O’zbek tilida fe’ldan fe’l yasalmasligi kuzatiladi. O’xshash tomonlari har ikkala tilda ham bir valentli NP2 komponentlar faqatgina NP1 komponent bilan sintaktik aloqaga kirishadi, turli so’z turkumlari bilan ifodalana oladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- https://en.wikipedia.org/wiki/Copula_(linguistics);https://www.studysmarter.co.uk/explanati ons/english/english-grammar/copula-verbs/
- Khaimovich B.S., Rogovskaya B.I. A Course in English Grammar. – Moscow: Vysšaya škola, 1967. – P. 253.
- Махмудов Н, Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси (синтаксис). – Тошкент, 1995. – Б. 46.
- Ҳожиев А. Феъл. – Тошкент. 1973. – Б. 26.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010854
- Nashr sanasi
- 2025-03-12
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
- Jild
- 4
- Son
- Special Issue 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/si1/2523
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 44–46
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-07