PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNI O‘RGANISHDA ASOSIY KONSEPTLAR
Kurbanova Zarina OdiljonovnaSamarqand davlat chet tillar instituti Ikkinchi chet tillar kafedrasi mustaqil izlanuvchisi2025
KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 41–43
Annotatsiya
Ushbu tezisda muayyan tillar va til guruhlari o‘rtasidagi munosabatlar tadqiqi ularning u yoki bu darajadagi yaqinligini yuzaga chiqarish, ularning bir-biridan uzoqlashganlik darajasini aniqlash hamda mazkur tillar uchun umumiy bo‘lgan hodisalari paydo bo‘lishining nisbiy xronologiyasini belgilashga yordam beradi.
Boshqa tillarda
ruschaОСНОВНЫЕ КОНЦЕПТЫ В ИЗУЧЕНИИ ПАРЕМИОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ
В данных тезисах показано, что исследование отношений между отдельными языками и языковыми группами помогает выявить степень их близости, определить степень их расхождения друг с другом, а также установить относительную хронологию возникновения явлений, общих для этих языков.
inglizchaTHE MAIN CONCEPTS IN THE STUDY OF PAREMIOLOGICAL UNITS
This thesis shows that the study of the relations between particular languages and language groups helps to reveal their closeness to one or another degree, to determine the degree of their divergence from one another, and to establish the relative chronology of the emergence of the phenomena common to these languages.
Kalit so‘zlar
- культурный концепт
- макроконцепт
- когнитивный
- прагматика
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15070693
PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNI O‘RGANISHDA ASOSIY KONSEPTLAR Kurbanova Zarina Odiljonovna Samarqand davlat chet tillar instituti Ikkinchi chet tillar kafedrasi mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya. Ushbu tezisda muayyan tillar va til guruhlari o‘rtasidagi munosabatlar tadqiqi ularning u yoki bu darajadagi yaqinligini yuzaga chiqarish, ularning bir-biridan uzoqlashganlik darajasini aniqlash hamda mazkur tillar uchun umumiy bo‘lgan hodisalari paydo bo‘lishining nisbiy xronologiyasini belgilashga yordam beradi. Kalit so’zlar: madaniy konsept, makrokonsept, kognitiv, pragmatika.
Lingvomadaniy konseptlarni turli asoslar bo‘yicha tasniflash mumkin. Mavzu nuqtai nazaridan konseptlar, masalan, hissiy, ta’lim, matnli va boshqa konsepsiya sohalarini tashkil etadi. Pragmatik nuqtai nazardan, tadqiqotchi A.Ya.Guryevich lingvomadaniy konseptlarni falsafiy kategoriya deb ataladigan, madaniyatning universal kategoriyalari (vaqt, makon, sabab, o‘zgarish, harakat) va ijtimoiy kategoriyalar — ya’ni madaniy kategoriyalar (erkinlik, huquq, adolat, mehnat, boylik, mulk) sifatida ajratadi. V.A. Maslova yana bir guruhni ajratishning maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi. Til sohiblariga qarab tasniflangan konseptlar shaxsiy, mikro guruh, makro guruh, milliy, sivilizasion, umuminsoniy konseptosferalarni tashkil etadi. Shuningdek, muayyan diskursda: masalan, pedagogik, diniy, siyosiy, tibbiy va boshqa diskurslarda ishlatiladigan konseptlar ajratilishi mumkin. Shunday qilib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: lingvomadaniy konseptlar shaxsiy va jamoaviy til ongida muhim o‘rin tutadi, bu esa ularni o‘rganishning beqiyos dolzarbligini ta’minlaydi. Olamning konseptual lissoniy manzarasiga bog’liq masalalarni hal qilishda tilshunoslar ma’lum konseptlarning qanday shakllanishini aniqlashga harakat qilishadi. Ular universallikni aks ettiradigan va barcha uchun kognitiv jarayonni ifodalovchi asosiy kognitiv konseptlar to‘plamini ajratib ko‘rsatishadi. Bunday universal konseptlar qatoriga: "oila", "aql", "xotira", "vijdon", "do‘stlik", "mehnat", "haqiqat", "rostgo’ylik", "sevgi", "qonun", "axloq", "til" kabi tushunchalar kiradi.Yu.S.Stepanov asosiy madaniy konseptlar sifatida quyidagi tushunchalarni ajratib ko‘rsatadi: "abadiy", "dunyo", "vaqt", "olov", "suv", "non", "harakat", "hunarmandchilik", "so‘z", "e’tiqod", "sevgi", "quvonch", "iroda", "haqiqat", "rostgo’lik", "bilim", "ilm", "qonun", "sivilizatsiya", "yurak", "vijdon", "axloq", "pul", "qo‘rquv", "xavotir", "gunoh", "xafachilik", "qayg‘u", "uy", "til" va h.k. Lingvistlar Z.D.Popova va I.A.Sternin, konseptologik tadqiqotlar bilan chuqur shug‘ullanib, "vaqt", "yurak", "haqiqat", "sevgi", "qayg‘u", "quvonch", "o‘lim", "qo‘rquv", "taqdir", "xavotir" kabi konseptlarning batafsil tahlilini o‘tkazdilar. Bir guruh rus olimlari milliy xarakterni eng yorqin aks ettiruvchi madaniy konseptlarni o‘rganmoqda: ruschada - "iroda", "taqdir", "cheksizlik", "xavotir", "e’tiqod" (N.V.Makshanseva),inglizcha madaniyatda esa "uy", "erkinlik", "maxfiylik", "halol o‘yin", "sabar", "jentlmenlik", "meros", "yumor", "ongli fikr" (P.I.Tsvetkov),nemis madaniyatida "ideallik", "tartib" (V.G.Zusman), fransuz madaniyatida esa "tanqidiy ruh", "sevgi", "erkinlikka bo‘lgan ishqibozlik", "rassomlik ruhi", "individuallik", "elegantlik", "komfortga bo‘lgan did" va "respublika qadriyatlari". “tejamkorlik” (Z.I.Kirnoze) kabi tushunchalar muhim o‘rin tutadi.
V.I.Ubiyko "insonning ichki dunyosi" konseptosferasini o‘rganadi. Bu konseptosferaning asosida "yurak" va "ruh" makrokonseptlari yotadi. Ushbu makrokonseptlar ichki dunyoning sezgir sohasini (konsept "his"), mantiqiy sohasini (konsept "aql"), majburiy sohasini (konsept "iroda"), axloqiy sohasini (konseptlar "yaxshilik" va "yomonlik") qamrab oladi. Integratsiyalovchi superkonsept esa "inson" konseptidir. Konseptlar o‘zaro derivasion munosabatlar, paradigmatik va sintagmatik bog‘lanishlar orqali o‘zaro aloqada bo‘lib, ularni leksikal elementlar verballashtiradi. Emotsional asosiy konseptlar - "qo‘rquv", "quvonch", "qayg‘u", "g‘azab" kabi tushunchalar N.A.Krasavskiy monografiyasida tahlil qilinadi.[Krasavskiy, 2001,189 b.]. N.D. Arutyunova tamonidan tahrirlangan turli tematik to‘plamlarida "taqdir", "haqiqat", "vaqt", "makon", "harakat", "inson obrazi" kabi konseptlar ko‘rib chiqiladi. Ba’zi olimlar "uy-joy" lingvomadaniy maydonini o‘rganmoqdalar, bu maydon o‘zbek tilining leksik-frazeologik tizimining yetarlicha katta fragmentidir. Tahlilga tushadigan konseptlar — bu o‘zbek tilidagi insonning moddiy va ichki dunyosini aks ettiruvchi konseptlar. "Uy-joy" segmentidagi makoniy munosabatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liq, ya’ni qarindoshlik atamalari makon tushunchalari bilan bevosita bog‘liqdir. V.I.Karasik o‘zining "Til doirasi: shaxs, konseptlar, diskurs" nomli ishida "yumor" konseptini o‘rganadi, shuningdek, olamning lissoniy manzarasida ingliz va rus tilidagi yumorning ijtimoiy xususiyatlarini tahlil qiladi. R.I.Pavilens esa, odamlarning dunyo haqida fikrlarini aks ettiruvchi konseptlarning ahamiyatini ta’kidlaydi. V.A.Maslova madaniy konseptlar guruhlarini ajratib, ularni to‘qqizta guruhga bo‘ladi[Maslova, 2008, 52 b.]: 1. Olam (makon, vaqt, vatan…) 2. Tabiat (suv, olov, daraxt…) 3. Axloqiy konseptlar (vijdon, uyat…) 4. Inson haqidagi tasavvurlar (daholar, jo‘g‘rofiy, intelektual…) 5. Ijtimoiy tushunchalar va munosabatlar (erkinlik, urush…) 6. Emosional konseptlar (baxt, quvonch…) 7. Artefaktlar (uy, ibodatxona, qo‘ng‘iroq…) 8. Ilmiy bilimlar(filologiya, matematika…) 9. San’at konseptosferasi (rassomchilik, musiqa, haykaltaroshlik. Xulosa qilib aytganda, yuqorida tilshunos olimlar tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan konseptlar yagona yaxlit bir konseptual sohani ifodalaydi. Har bir madaniyatda dunyo modelini aks ettiruvchi o‘ziga xos universal konseptlar majmui mavjud (makon, vaqt, o‘lchov, sabab, axloqiy tushunchalar, sevgi v.b.). Bu konseptlarni anglashda har bir xalqning milliy dunyoqarashining shakllanish asoslari hamda shakllanish jarayonida maxsus o‘ziga xos munosabatlar mavjudligini ko‘rishimiz mumkin.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar9 ta adabiyot
- (Маслова, В.А. Введение в когнитивную лингвистику / В.А. Маслова. М.: Наука, 2004. - С. 140-296.)
- (Степанов, Ю.С. Константы: Словарь русской культуры / Ю.С. Степанов. - 3-е изд. испр. и доп. / Ю.С. Степанов. - М.: Акад. проспект, 2004. - С.5 43.)
- (Попова, З.Д., Стернин, И.А. Очерки по когнитивной лингвистике / З.Д. Попова, И.А. Стернин. - Воронеж: Истоки, 2001. - 191 с.)
- (3инченко, В.Г., Зусман, В.Г., Кирнозе, З.И. Межкультурная коммуникация: от системного подхода к синергетической парадигме / В.Г. Зинченко, В.Г. Зусман, З.И. Кирнозе // Уч.пособие. М.: Флинта. Наука, 2008. - 224 с.)
- (Красавский, Н.А. Эмоциональные концепты в немецкой и русской лингвокультурах / Н.А. Красавский. - Волгоград: Перемена, 2001. - 495 с.)
- (Арутюнова, Н.Д. Типы языковых значений: Оценка. Собвітие. Факт / Н.Д. Арутюнова. - М.: Наука, 1988. - 341с.)
- (.Карасик, В.И. Языковой круг: личность, концепты, дискурс / В.И. Карасик. - М.: Ин-т языкозн. РАН; Волгогр. гос. пед. ин-т. - 2002. - 269 с.)
- (Павилёнис, Р.И. Проблема смысла: Современный логико-философский анализ языка / Р.И. Павилёнис. - М.: Мысль, 1983. - 287 с.)
- (Маслова, В.А. Когнитивная лингвистика. / В.А. Маслова. - Минск: Тетра Система, 2008. - С.11-243.)
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010853
- Nashr sanasi
- 2025-03-12
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
- Jild
- 4
- Son
- Special Issue 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/si1/2524
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 41–43
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-07