Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

INGLIZ VA QORAQALPOQ TILLARIDAGI TOVUSHGA TAQLID SO‘ZLAR

Bayimbetova Mexriban BerdibaevnaNukus davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi assistenti, Nukus, Qoraqalpog‘iston2025

KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 27–29

Annotatsiya

Ushbu maqolada ingliz va qoraqalpoq tillaridagi tovushga taqlid so‘zlari tahlil qilinib, ularning til jonlilik va ta‘sirchanligini oshirishdagi o‘rni yoritiladi. Tovushga taqlid so‘zlar inson nutqi, hayvonlarning ovozlari va atrof-muhitdagi tabiiy tovushlarni ifodalash orqali ma‘no va tovush o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni hosil qiladi. Tadqiqotda tovushga taqlid so‘zlari manbasiga qarab tasniflanib, inson tomonidan chiqariladigan tovushlar, qush va hayvonlarning ovozlari hamda jonsiz jismlar tomonidan hosil bo‘ladigan tovushlarga ajratildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ingliz va qoraqalpoq tillarida tovushga taqlid so‘zlar o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, madaniy va lingvistik tafovutlar ularning shakllanishi va qo‘llanishida farqlarga olib keladi. Ushbu maqola onomatopiyaning muloqot, adabiyot hamda tillararo taqqoslashdagi ahamiyatini ta‘kidlaydi.

Boshqa tillarda

ruschaЗВУКОПОДРАЖАТЕЛЬНЫЕ СЛОВА В АНГЛИЙСКОМ И КАРАКАЛПАКСКОМ ЯЗЫКАХ

В данной статье анализируются звукоподражательные слова в английском и каракалпакском языках и раскрывается их роль в повышении живости и выразительности языка. Передавая человеческую речь, голоса животных и естественные звуки окружающей среды, звукоподражательные слова создают непосредственную связь между значением и звуком. В исследовании звукоподражательные слова классифицируются по источнику и подразделяются на звуки, издаваемые человеком, голоса птиц и животных, а также звуки, производимые неодушевлёнными предметами. Результаты исследования показали, что, хотя звукоподражательные слова в английском и каракалпакском языках обладают сходными признаками, культурные и лингвистические различия приводят к расхождениям в их образовании и употреблении. Данная статья подчёркивает значение ономатопеи в общении, литературе и межъязыковом сопоставлении.

inglizchaONOMATOPOEIC WORDS IN THE ENGLISH AND KARAKALPAK LANGUAGES

This article analyzes onomatopoeic words in the English and Karakalpak languages and reveals their role in enhancing the liveliness and expressiveness of language. By conveying human speech, the voices of animals and the natural sounds of the environment, onomatopoeic words create a direct link between meaning and sound. In the study, onomatopoeic words are classified according to their source and divided into sounds produced by humans, the voices of birds and animals, and sounds produced by inanimate objects. The results of the study showed that although onomatopoeic words in English and Karakalpak have similar features, cultural and linguistic differences lead to distinctions in their formation and use. This article emphasizes the significance of onomatopoeia in communication, literature and cross-linguistic comparison.

Kalit so‘zlar

  • звукоподражание
  • лингвистическая выразительность
  • фонетическая символика
  • английский язык
  • каракалпакский язык
  • межъязыковое сопоставление
  • когнитивная лингвистика

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15070570

INGLIZ VA QORAQALPOQ TILLARIDAGI TOVUSHGA TAQLID SO`ZLAR Bayimbetova Mexriban Berdibaevna Nukus davlat pedagogik instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrası assistenti, Nukus, Qoraqalpog’iston E-mail: bayimbetovam@mail.ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz va qoraqalpoq tillaridagi tovushga taqlid so‘zlari tahlil qilinib, ularning til jonlilik va ta’sirchanligini oshirishdagi o‘rni yoritiladi. Tovushga taqlid so‘zlar inson nutqi, hayvonlarning ovozlari va atrof-muhitdagi tabiiy tovushlarni ifodalash orqali ma’no va tovush o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni hosil qiladi. Tadqiqotda tovushga taqlid so‘zlari manbasiga qarab tasniflanib, inson tomonidan chiqariladigan tovushlar, qush va hayvonlarning ovozlari hamda jonsiz jismlar tomonidan hosil bo‘ladigan tovushlarga ajratildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ingliz va qoraqalpoq tillarida tovushga taqlid so‘zlar o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, madaniy va lingvistik tafovutlar ularning shakllanishi va qo‘llanishida farqlarga olib keladi. Ushbu maqola onomatopiyaning muloqot, adabiyot hamda tillararo taqqoslashdagi ahamiyatini ta’kidlaydi. Kalit so‘zlar: Tovushga taqlid, lingvistik ifodalilik, fonetik ramziylik, ingliz tili, qoraqalpoq tili, tillararo taqqoslash, kognitiv lingvistika.

Tovushga taqlidlar ko‘pincha tabiiy tovushlarga, hayvonlarning shovqinlariga va boshqa tovush chiqarish hodisalarini ifodalash uchun ishlatiladi. Onomatopik so‘zlar tilga jonlilik va ta’sirchanlik qo‘shishi mumkin, chunki ular so‘z va u ifodalagan tovush o‘rtasida bevosita aloqa hosil qiladi. P.I.Grigoreva va D.O.Berezutskaya tasniflash tovush manbasining turiga asoslanishi mumkin deb hisoblaydi. Olimlarning ta’kidlashicha, taqlidlarni tasniflash ikkita parametr bo‘yicha amalga oshiriladi: taqlidlarning kelib chiqishiga ko‘ra va adabiyotda qo‘llanilishi bo‘yicha. Bu olimlar taqlidchilarni 5 ta guruhga ajratdilar [Grigoreva &Berezutskaya 2017:1]: 1) odamdan chiqadigan tovushlarga taqlid qilish: cough (yo‘tal), yell (qichqirmoq), giggle (xirillab kulmoq), sniff (pishillamoq); (2) qush tovushlariga taqlid qilish: tweet (sayramoq), chirp (shirillamoq); (3) hayvonlar tomonidan chiqarilgan tovushlarga taqlid qilish: moo (mongramoq), quack (qichqirmoq); (4) tabiiy tovush hodisalariga yoki jonsiz jismlar tomonidan hosil qilinadigan tovushlarga taqlid qilish: rat-a-tat (taqillatmoq), knock (qarsillatmoq); (5) Aralash tovushlarga: zzz, (uyquda yotgan odam yoki hayvonning chuqur nafas olishiga taqlid qilish). Ingliz tilida eshitish sezgilarini ko‘rish sezgilari bilan taqqoslab foydalanishga yo‘naltirilgan. Tovush u yoki bu voqealik hodisasining signalidir. Shuni ta’kidlash kerakki, tovushni qabul qilish, masalan, rangga qaraganda osonroq. Chunki biz odatda obyektning rangini uzoq yoki qisqa vaqt davomida kuzatish orqali xulosa chiqaramiz va ko‘pincha bu davr oralig‘ida vaqtni cheklab o‘tirmaymiz. Biz ovozni ancha qisqa vaqt ichida tez qabul qilamiz. Bularning barchasi subyektiv aloqadan xulosa chiqarishda eshitish sezgilarini, taqlidchilik lug‘ati ta’sirida, shuningdek, badiiy adabiyot tili sabab bo‘ladi [Flaksman 2019:1067].

Shuni ta’kidlash kerakki, onomatopik so‘zlar turli tillarda bir-biridan farq qilishi mumkin va turli madaniyatlar tovushlarni boshqacha nomlashi va anglatishi mumkin. Bundan tashqari, bir qator taqlidlar mintaqaviy dialektlarga ko‘ra bir necha shakl yoki o‘zgarishlarga ham uchrashi mumkin. Umuman olganda, onomatopoeia tilga ta’sirchanlik o‘lchamini qo‘shib, uni yanada dinamik va jozibali qiladi [Bayimbetova 2024:490].

Qoraqalpoq tilida tovushga taqlid so‘zlar tabiat hodisalarining, atrofdagi narsalarning harakatlanishi, bir-biriga to‘qnashish jarayonlarida hosil bo‘lgan tovushlarga, odamlarning, hayvonlarning, qushlarning chiqargan tovushlariga taqlid qilishdan hosil bo‘ladi.

Tilimizdagi ushbu so‘zlar bo‘yicha to‘plagan misolimizda tovushga taqlidni ifodalovchi so‘zlarning quyidagi turlari mavjudligi aniqlandi [Embergenov 1990:17]:

1. Odamning nutqi natijasida hosil bo‘lgan tovushlar. Olar ǵańǵır- gúńgir sóylesip palaw jedi (M. Aybek). Bulardıń gúbir-gúbir sóyleskenlerin shalama-shekkilew esittim (Á.Atajanov).

Aldımızdaǵılar ǵawır-ǵawır sóylesedi (A.Aliev).

2. Odamlarning kulishlari natijasida chiqqan tovushlar: Xan suwdan qarlıqqan tekedey lars-lars kúldi (T. Qayıpbergenov). Narbay shashtárezdiń sóńǵı sózine shıdamay wa-ha-halap kúlip jiberdi (A. Qahhar). Endi qayda keteyin dep Seliyma larq-larq kúldi (K. Sultanov).

3. Sevganda va yo‘talganda chiqqan tovushlar: Burınǵı ádetinshe balasınıń qasına bardı da, mańlayınan shorp-shorp etkizip súydi (K. Sultanov). Olardı oyatıw maqsetinde oho-oho dep jóteldi (Ǵ. Seytnazarov).

4. Burun bo‘shlig‘idan chiqqan tovushlar: Murınların qorq- qorq etkizip tartıp, zordan sóyleydi (Á. Shamuratov). Ermat murnınıń suwın pırq-pırq tartadı (M. Aybek). Turımbet júdá boldırıp sharshaǵanba, qur-qur uyıqlap qaldı (T. Qayıpbergenov).

5. Tishlarning bir-biriga tegishidan chiqqan tovushlar: Burqıraǵan shań olardıń tisleri arasında ǵıshır-ǵıshır shaynaldı (I. Qurbanbaev).

6. Ovqatni yoki boshqa narsani chaynaganda chiqqan tovushlar: Sen bılqıldaq nan jeseń de bede jegen attay ǵart-ǵurt shaynaysań („Ózbek gurrińleri"). Turımbet endi qaǵazdı emes, qálemniń ushın awzına salıp ǵashır-ǵashır shaynap jiberdi (T. Qayıpbergenov).

7. Uyqu paytida chiqadigan turli tovushlarga taqlid qilish: Turımbet júdá boldırıp sharshaǵan ba, qurr-qurr uyıqlap ketti (T. Qayıpbergenov). Ol kóp keshikpey-aq qor-qor uyıqlap qaldı. Pıshıqtay pır-pır uyıqladı (j “Ámiudarya”).

8. Hayvonlarning chiqargan tovushlariga va ularning harakatidan hosil bo‘lgan tovushlarga taqlidlar: Astındaǵı qara at, shińgir-shińgir kisnedi (Alpamıs). Ǵazdıń shıǵarǵan sesi: Báhár shıǵıwdan ǵazlar dawısların sıbızǵıday ǵańq-ǵańq etkizip, kóldiń ishin jańǵırtadı (A. Begimov).

Umuman olganda qoraqalpoq tilida har qanday predmetdan chiqadigan mayli u jonli bo’lsin yoki jonsiz, ularning tovushiga taqlid qiluvchi so`zlar bor. Ingliz va qoraqolpoq tillaridagi tovushga taqlid so`zlarini misollar bilan ro`yxatini tuzib chiqdik. (Qarang: 1-jadval) 1-jadval Qoraqolpoq Ingliz tilidagi Qoraqolpoq tilidagi mısollar tilidagi № Turi Tarjimasi mısollar mısolla Jonsiz r Jonli jonzotlar Turi narsalar Odamdan keladiagn gungir- guńgir, belch, kakirmoq, O‘tning yonish bij-bij, lovtovushlarga taqlid gubur-gubur, 1 boom, qiyg’irmoq, oldidan va yonish lov so`zlar lars-lars, va-hagiggle, hiringlamoq, ha, chorp-chorp, jarayonida hosil sniff hidlamoq qurr-qurr bo‘lgan tovushlar ǵańq-ǵańq, chomp, tweet, sayramoq, gırq-gırq, ǵaq-Qushning Suv bilan yuz har-har, 2 chirp, chirillamoq, chip- ǵaq, ǵoqo-ǵoq, tovushlariga taqlid beradigan tovushlar loq- loq, chick chip (jo‘ja) shıq-shıq, jırqliq- liq jırq meow-Hayvonlar shingir-shingir, meow, miyovlamoq, tomonidan awiq-awiq, mo- Suyuq narsalarning biqir-biqir, moo, mongramoq, 3 chiqarilgan mo-mo, ma-a, qaynagandagi paqir-paqir, quack, qag‘-qag‘, tovushlarga taqlid mirriq-mirriq tovushlari saqir-saqir neigh, kisnamoq, urmoq qilish (qurbaqa) woof Tabiiy tovush Soat, qo‘ng‘iroq, hodisalariga yoki telefon, tugma va t, Tiq-tiq, rat-a-tat, taqillatmoq, Dang’ir-dang’ir, jonsiz jismlar b. yurish harakat shirr, 4 thump, mushtlamoq, guw-guw, toqtomonidan yaratilgan jarayonida shiqillatmo knock, qoqmoq toq, sitir-sitir tovushlarga taqlid chiqariladigan q, qilish tovushlar shiqillatmoq, gurr-gurr, qo`ng’iroq click, Mashina, traktor, taq-taq, chalinmoq, Aralash tovushlarga jingle, poyezd, tank va zir-zir, 5 shamolning taqlid so`zlar whoosh, h.k. texnikalarning shiyiqesishi, zzzz chiqargan tovushi shiyiq, izillamoq(telefon g’ur-g’ur. vibratsiyasi)

Tovushga taqlid so`zlar tilning jonlilik va ta’sirchanligini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Ular tabiiy tovushlar, hayvonlarning, odamlarning chiqargan tovushlariga va jonsiz jismlarning shovqinlariga taqlid qilish orqali tilga maxsus jonli obrazlar qo'shadi. Onomatopik so‘zlar va ularning turli shakllari nafaqat tilning dinamikligini oshiradi, balki ularning ishlatilishi ham madaniyat va tilning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Shunday qilib, tovushga taqlid so‘zlari tilning estetikasini boyitishda, uning muloqotda yanada rang-barang va jonli bo‘lishiga imkon yaratadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Ембергенов У. Ҳәзирги қарақалпақ тилиндеги еликлеуиш сѳзлер. Нѳкис.Қарақалпақстан. 1990. 17-б.
  2. Григорьева П.И. 1 , Березуцкая Д.О. Особенности звукоподражаний в английском языке. КиберЛенинка. Электронный журнал 2017. https://cyberleninka.ru/article/n/osobennosti- zvukopodrazhaniy-v-angliyskom-yazyke
  3. Флаксман М.А. От и.-е. *u̯e до англ. window: возраст и количество звукоизобразительной лексики в английском языке. Санкт-Петербургский гос. электротехнический университет DOI:10.30842/ielcp230690152379. 2019.- 1067 c.10.30842/ielcp230690152379
  4. Bayımbetova Mexriban Berdibaevna, & Mambetniyazova Hurliman Maratovna. Inglis hám qarqalpaq tillerindegi eliklewishlerdiń seslik qurilisn úyreniw. Hamkor Konferensiyalar, 1(7), 2024. 488–492. Retrieved from

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010848
Nashr sanasi
2025-03-12
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
Jild
4
Son
Special Issue 1
DOI
10.66073/refocus-conf/si1/2529
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
27–29
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-07