LOGISTIKA TA‘LIM YO‘NALISHI TALABALARINI KASBIY INGLIZ TILI MULOQOTIGA O‘QITISHDA MADANIYATLARARO YONDASHUVNING IJTIMOIY AHAMIYATI
Botirova Palina XakimjonovnaNamangan muhandislik-qurilish instituti dotsenti2025
KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 17–20
Annotatsiya
Mazkur maqolada logistika ta‘lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy ingliz tili muloqotini shakllantirishda madaniyatlararo yondashuvning ijtimoiy ahamiyati tahlil qilinadi. Ushbu yondashuv kasbiy muloqot samaradorligini oshirish, madaniy tafovutlarni anglash va global biznes muhitiga moslashishga yordam beradi.
Boshqa tillarda
ruschaСОЦИАЛЬНАЯ ЗНАЧИМОСТЬ МЕЖКУЛЬТУРНОГО ПОДХОДА В ОБУЧЕНИИ СТУДЕНТОВ НАПРАВЛЕНИЯ ОБРАЗОВАНИЯ «ЛОГИСТИКА» ПРОФЕССИОНАЛЬНОМУ АНГЛОЯЗЫЧНОМУ ОБЩЕНИЮ
В данной статье анализируется социальная значимость межкультурного подхода в формировании профессионального англоязычного общения студентов направления образования «логистика». Данный подход способствует повышению эффективности профессионального общения, осознанию культурных различий и адаптации к глобальной деловой среде.
inglizchaTHE SOCIAL SIGNIFICANCE OF THE INTERCULTURAL APPROACH IN TEACHING PROFESSIONAL ENGLISH COMMUNICATION TO STUDENTS OF THE LOGISTICS FIELD OF EDUCATION
This article analyses the social significance of the intercultural approach in forming the professional English-language communication of students of the logistics field of education. This approach helps to increase the effectiveness of professional communication, to understand cultural differences and to adapt to the global business environment.
Kalit so‘zlar
- межкультурный подход
- профессиональный английский язык
- логистическое образование
- стратегии общения
- глобальная бизнес-среда
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15070411
LOGISTIKA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINI KASBIY INGLIZ TILI MULOQOTIGA O‘QITISHDA MADANIYATLARARO YONDASHUVNING IJTIMOIY AHAMIYATI Botirova Palina Xakimjonovna Namangan muhandislik-qurilish instituti dotsenti e-mail: palina.botirova@mail.ru
Annotatsiya. Mazkur maqolada logistika ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy ingliz tili muloqotini shakllantirishda madaniyatlararo yondashuvning ijtimoiy ahamiyati tahlil qilinadi. Ushbu yondashuv kasbiy muloqot samaradorligini oshirish, madaniy tafovutlarni anglash va global biznes muhitiga moslashishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: madaniyatlararo yondashuv, kasbiy ingliz tili, logistika ta’limi, muloqot strategiyalari, global biznes muhit.
Kirish. Madaniyatlararo muloqot – bu turli madaniyatlarning vakillari o‘rtasida ma’lumot, fikr, tuyg‘u va qadriyatlarni almashish jarayoni bo‘lib, u faqatgina til bilimlarini emas, balki madaniy kodlar, an’analar, odatlar va dunyoqarashlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni ham o‘z ichiga oladi. Zamonaviy dunyoda globalizatsiya jarayonlari tezlashgani, xalqaro migratsiya, turizm, savdo-sotiq va texnologiyalar rivoji tufayli turli madaniyatlar vakillari o‘rtasidagi aloqalar tobora kengayib bormoqda. Shu sababli, madaniyatlararo muloqot nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jihatdan ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
Madaniyatlararo yondashuvning asosiy vazifasi – turli madaniyatlarning vakillari o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro tushunishni ta’minlashdir. Bu jarayonda madaniy farqlarni anglash, ularni qadrlash va ularga nisbatan tolerantlik bilan munosabatda bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Madaniyatlararo muloqot faqatgina tildan foydalanishni emas, balki nutqdan tashqari muloqot vositalarini (mimika, jestlar, madaniy odatlar) ham o‘z ichiga oladi.
Mazkur muloqot turining ahamiyati shundaki, u turli madaniyatlarning vakillari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini oladi, ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlaydi va global hamjamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Xususan, logistika kabi global sohalarda ishlaydigan mutaxassislar uchun madaniyatlararo muloqot qobiliyati – bu nafaqat kasbiy muvaffaqiyat, balki xalqaro hamkorlikni samarali amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi.
Madaniyatlararo yondashuv zamonaviy ta’lim tizimida muhim o‘rin tutadi va u talabalarni global dunyoning ko‘p qirrali va madaniy jihatdan xilma-xillik bilan to‘la sharoitlariga tayyorlashga qaratilgan. Bu yondashuv ta’lim jarayonida nafaqat bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni, balki talabalarning madaniy xilma-xillikni qadrlash, turli madaniyatlarni chuqur tushunish va ular bilan samarali muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirishni nazarda tutadi. Madaniyatlararo yondashuvning ta’limdagi o‘rni shundaki, u talabalarni nafaqat o‘z madaniyatini, balki boshqa madaniyatlarni ham chuqur anglash va ularga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi. Bu jarayon talabalarning madaniy kompetensiyasini oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish va ularni global muammolarni hal qilishga tayyorlashga xizmat qiladi. Xususan, zamonaviy ta’limda madaniyatlararo yondashuv orqali talabalarga turli madaniyatlarning qadriyatlari, an’analari, nutqdan tashqari muloqot usullari va madaniy kodlari haqida bilim beriladi. Ushbu yondashuvning ta’limdagi ahamiyati quyidagi jihatlarda namoyon bo‘ladi: [2] 1). Madaniy xilma-xillikni qadrlash: Ta’lim jarayonida turli madaniyatlarning vakillari o‘rtasidagi farqlarni anglash va ularni qadrlashga o‘rgatiladi. Bu talabalarning tolerantlik va ochiq fikrlilik xususiyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
2). Global kompetensiyalarni shakllantirish: Madaniyatlararo yondashuv talabalarni global dunyoda muvaffaqiyatli ishlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar – madaniyatlararo muloqot, hamkorlik va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
3). Ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash: Turli madaniyatlarning vakillari o‘rtasidagi muloqotni yaxshilash orqali ijtimoiy hamjihatlik va barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shadi.
4). Kasbiy tayyorgarlikni oshirish: Xususan, logistika kabi global sohalarda ishlaydigan mutaxassislar uchun madaniyatlararo yondashuv asosida tayyorlanish – bu xalqaro hamkorlikda muvaffaqiyat qozonishning asosiy sharti hisoblanadi.
Madaniyatlararo yondashuv ta’limda faqatgina nazariy bilimlarni emas, balki amaliy ko‘nikmalarni ham rivojlantirishga qaratilgan. Misol uchun, talabalarga turli madaniyatlarning vakillari bilan muloqot qilish, madaniy stereotiplarni bartaraf etish va madaniy to‘qnashuvlarni hal qilish usullari o‘rgatiladi. Bu jarayon darsliklar, o‘quv materiallari, simulyatsiyalar, role-play (rol o‘ynash) va xalqaro loyihalar orqali amalga oshiriladi.
Kasbiy ingliz tili muloqoti – bu faqatgina tilni grammatik jihatdan to‘g‘ri ishlatishni emas, balki turli madaniyatlarning vakillari bilan samarali va maqsadga muvofiq muloqot qilishni ham nazarda tutadi. Zamonaviy dunyoda ingliz tili global muloqotning asosiy vositasi hisoblanadi, ammo turli madaniyatlarning vakillari o‘rtasidagi muloqotda faqat til bilimi yetarli emas. Madaniyatlararo kompetensiya – bu turli madaniyatlarning xususiyatlarini tushunish, ularga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish va ular bilan samarali muloqot qilish qobiliyatidir.
Kasbiy ingliz tili muloqotida madaniyatlararo kompetensiyaning ahamiyati shundaki, u turli madaniyatlarning vakillari o‘rtasidagi muloqot jarayonini yengillashtiradi va uni samaraliroq qiladi. Xususan, logistika kabi global sohalarda ishlaydigan mutaxassislar uchun bu kompetensiya – bu nafaqat xalqaro hamkorlikni muvaffaqiyatli amalga oshirish, balki shartnomalar, muzokaralar va boshqa kasbiy jarayonlarda to‘qnashuvlarning oldini olishning asosiy sharti hisoblanadi. [3] O‘zbekistonda kasbiy ingliz tilini o‘qitish davlat ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda ta’lim sifatini oshirish va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash maqsadida ingliz tiliga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda kasbiy yo‘nalishlarga ixtisoslashgan ingliz tili kurslari va dasturlarining joriy etilishi kuzatilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi "Ingliz tilini o‘rganish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida kasbiy ingliz tili bo‘yicha yangi o‘quv dasturlari ishlab chiqildi. Shuningdek, 2013-yildagi "Chet tillarni o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1875-sonli qaror asosida oliy ta’lim muassasalarida chet tillari, jumladan, kasbiy ingliz tili fani majburiy qilib belgilandi. Hozirda O‘zbekiston universitetlari va muhandislik ta’limi muassasalarida kasbiy ingliz tilini o‘qitish quyidagi tamoyillarga asoslanadi: - integrativ yondashuv – talabalarga nafaqat umumiy ingliz tili, balki ularning mutaxassisligi bo‘yicha maxsus terminologiyani o‘rgatish. - kommunikativ kompetensiya – mutaxassislar xalqaro biznes aloqalarida samarali muloqot qilishlari uchun amaliy mashg‘ulotlarga e’tibor qaratiladi.
- madaniyatlararo yondashuv – turli millat vakillari bilan ish yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Logistika sohasida ishlovchi mutaxassislar uchun "Business English", "English for Logistics", "Professional Communication in Logistics" kabi maxsus kurslar yo‘lga qo‘yilgan. - Toshkent davlat transport universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Turin politexnika universiteti kabi bir qator OTMlarda logistika va xalqaro transport aloqalari bo‘yicha ingliz tili kurslari mavjud. - Ayrim universitetlar CLIL (Content and Language Integrated Learning) metodikasidan foydalanib, logistikaga oid darslarni bevosita ingliz tilida olib borishga harakat qilmoqda. - Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda IELTS, TOEFL, ESP (English for Specific Purposes) sertifikatlarini olish talabalarning kelajakda xalqaro kompaniyalarda ishlash imkoniyatini oshirmoqda.
Kasbiy ingliz tilini o‘qitishda turli xil muammolar hamda istiqbollarni quyida keltirib o‘tamiz: [5] - Muammo: Ko‘plab universitetlarda ingliz tilida dars beradigan yetarli mutaxassislar yetishmaydi. - Muammo: Logistika kabi sohalar bo‘yicha maxsus ingliz tilida tayyorlangan o‘quv materiallari kam. - Istiqbol: 2024-2030-yillarga mo‘ljallangan ta’lim strategiyasiga ko‘ra, kasbiy ingliz tili kurslarini kuchaytirish va xalqaro ta’lim dasturlarini ko‘paytirish rejalashtirilgan. - Istiqbol: Talabalarni xalqaro amaliyotlarga jalb qilish va ularning kasbiy ingliz tilini mustahkamlash uchun xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik kengaytirilmoqda.
O‘zbekiston ta’lim tizimida kasbiy ingliz tilini o‘qitish yo‘lida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, logistika yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlashda madaniyatlararo yondashuv, terminologik lug‘at bazasini kengaytirish va amaliy mashg‘ulotlarni kuchaytirish kabi yo‘nalishlar dolzarb bo‘lib qolmoqda. Logistika ta’lim yo‘nalishi talabalarini ingliz tili muloqotiga o‘qitishda madaniyatlararo kompetensiyaning kasbiy ingliz tili muloqotidagi ahamiyatini quyidagi jihatlarda ko‘rish mumkin:
1). Madaniy farqlarni anglash va ularga moslashish: Turli madaniyatlarning vakillari o‘rtasida muloqot qilishda madaniy farqlarni hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Misol uchun, ba’zi madaniyatlarda rasmiylik va an’anaviylik muhim rol o‘ynasa, boshqalarida esa qat’iyatsizlik va ochiqlik ustunlik qiladi. Madaniyatlararo kompetensiya shu farqlarni anglash va ularga moslashishga yordam beradi. [7] 2). Madaniy stereotiplarni bartaraf etish: Kasbiy muloqotda madaniy stereotiplar to‘siq bo‘lishi mumkin. Madaniyatlararo kompetensiya orqali talabalar va mutaxassislar stereotiplarni tan olish va ularni bartaraf etish usullarini o‘rganadilar.
3). Nutqdan tashqari muloqotni tushunish: Turli madaniyatlarda mimika, jestlar, masofa va vaqtga nisbatan munosabatlar turlicha bo‘lishi mumkin. Madaniyatlararo kompetensiya shu jihatlarni hisobga olib, muloqot jarayonini yanada samarali qilishga yordam beradi. [10] 4). Muzokaralar va kelishuvlarda samaradorlik: Logistika sohasida xalqaro shartnomalar, muzokaralar va kelishuvlar keng tarqalgan. Madaniyatlararo kompetensiya mutaxassislarga turli madaniyatlarning vakillari bilan kelishuvlarga erishishda yordam beradi.
Madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish jarayoni ta’limda innovatsion usullar va yondashuvlarni qo‘llashni talab qiladi. Misol uchun, talabalarga turli madaniyatlarning vakillari bilan muloqot qilish imkoniyatini beruvchi simulyatsiyalar, role-play (rol o‘ynash), xalqaro loyihalar va virtual hamkorlik platformalari kabi usullar qo‘llaniladi. Bundan tashqari, darsliklar va o‘quv materiallarida turli madaniyatlarning xususiyatlarini aks ettiruvchi misollar va vazifalar mavjud bo‘lishi kerak. Kasbiy ingliz tili muloqotida madaniyatlararo kompetensiyaning ahamiyati shundaki, u nafaqat tilni o‘zlashtirishni, balki turli madaniyatlarning vakillari bilan samarali muloqot qilishni ham ta’minlaydi. [9] Shunday qilib, madaniyatlararo muloqot tushunchasi zamonaviy jamiyatda tobora keng qo‘llaniladigan va rivojlanayotgan soha bo‘lib, u insonlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, madaniy xilma-xillikni qadrlash va global muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- Осипова Л.Н. Вестник Казанского технологического университета / Л.Н. Осипова, П.Н. Осипов, Л.А. Волович. 2013. № 16. Р. 205–209.
- Kramsch, C. (1998). Language and Culture. 189 –p.
- Bennett, M. J. (1998). Intercultural Communication: A Current Perspective. 98-110 –p.
- Hofstede, G. (2001). Culture's Consequences: Comparing Values, Behaviors, Institutions, and Organizations Across Nations.
- Khakimjonovna, B. P. (2024). Coherent speech classification in english lessons in esp classes: https://doi.org/10.5281/zenodo.11198320. Pedagogical reforms and their solutions, 1(1), 508-511.10.5281/zenodo.11198320
- Xakimjonovna, B. P. (2024). TIL VA MADANIYAT: TIL VA MADANIYAT.
- Xakimjonovna, P. B. (2024). TRANSLATION OF TECHNICAL TERMS: TRANSLATION OF TECHNICAL TERMS.
- Botirova, P., Anvarjon ogli, R. A., & abdulaziz Rasuljon ogli, A. (2024). Methods of teching english in esp classes: methods of teching english in esp classes.
- Ботирова, П. Х. (2024). Основы формирования профессиональной компетенции будущих учителей иностранных языков: основы формирования профессиональной компетенции будущих учителей иностранных языков.
- Khakimjonovna, P. B., & Tolibjonovna, S. B. (2024). Teaching modal verbs through discussing authentic video materials: teaching modal verbs through discussing authentic video materials.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010845
- Nashr sanasi
- 2025-03-12
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
- Jild
- 4
- Son
- Special Issue 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/si1/2532
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 17–20
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-07