QAHRAMON RUHIYATI VA UNING ASARDA TASVIRLANISHIGA DOIR
Mahammadiyev Ahadjon Ro‘ziboy o‘g‘li.Andijon davlat universiteti, o‘qituvchi2022
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 1Son 1Sahifa 259–264
Annotatsiya
ushbu maqolada urushdagi insonning ruhiy dunyosida ro‘y beruvchi o‘zgarishlar tahlil qilingan. Qahramon ruhiyatida ro‘y beruvchi o‘zgarishlarning asoslari sifatida qahramon nutqi, xatti-harakatlari, ichki monologlari olingan.
Boshqa tillarda
ruschaО ДУХЕ ГЕРОЯ И ЕГО ПОРТРЕТЕ В ПРОИЗВОДСТВЕ
в данной статье анализируются изменения, происходящие в духовном мире человека в годы войны. За основу изменений в психике героя берутся речь, действия, внутренние монологи персонажа.
inglizchaON THE HERO‘S PSYCHE AND ITS DEPICTION IN THE WORK
This article analyses the changes that take place in the inner world of a person at war. The hero‘s speech, actions and inner monologues are taken as the basis of the changes occurring in the hero‘s psyche.
Kalit so‘zlar
- ruhiy dunyo
- konflikt
- badiiy obraz
- personaj
- qahramon nutqi
- muallif nutqi
- ichki konflikt
- ichki monolog
- badiiy tasvir
- retrospeksiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
QAHRAMON RUHIYATI VA UNING ASARDA TASVIRLANISHIGA DOIR Mahammadiyev Ahadjon Ro`ziboy o`g`li. Andijon Davlat Universiteti, o`qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.7187675 Annotatsiya: ushbu maqolada urushdagi insonning ruhiy dunyosida ro`y beruvchi o`zgarishlar tahlil qilingan. Qahramon ruhiyatida ro`y beruvchi o`zgarishlarning asoslari sifatida qahramon nutqi, xatti-harakatlari, ichki monologlari olingan. Kalit so`zlar: ruhiy dunyo, konflikt, badiiy obraz, personaj, qahramon nutqi, muallif nutqi, ichki konflikt, ichki monolog, badiiy tasvir, retrospeksiya. О ДУХЕ ГЕРОЯ И ЕГО ПОРТРЕТЕ В ПРОИЗВОДСТВЕ Аннотация: в данной статье анализируются изменения, происходящие в духовном мире человека в годы войны. За основу изменений в психике героя берутся речь, действия, внутренние монологи персонажа. Ключевые слова: духовный мир, конфликт, художественный образ, персонаж, речь героя, авторская речь, внутренний конфликт, внутренний монолог, художественный образ, ретроспекция. ABOUT THE SPIRIT OF THE HERO AND HIS PORTRAIT IN PRODUCTION Abstract: this article analyzes the changes occurring in the spiritual world of a person during the war. The character's speech, actions, internal monologues are taken as the basis of the changes in the hero's psyche. Key words: spiritual world, conflict, artistic image, character, hero's speech, author's speech, inner conflict, inner monologue, artistic image, retrospection. KIRISH Insonning ruhiy dunyosi, ichki qiyofasi turli vaziyatlarda namoyon bo`ladi. Chunki biz ko`rib turgan inson bilan ma`lum qiyinchilik yoki ruhiy bosim ta`sirida qolgan inson umuman boshqa-boshqa bo`lishi mumkin. Bu esa aynan o`sha insonning haqiqiy ichki olami hisoblanadi. Badiiy asarlarda ham qahramon ruhiyati ayni shunday jarayon hisoblanadi. Qahramon nutqi va xatti-harakatlari bilan ayni o`sha ichki jarayonni, ichkarida kechuvchi ruhiy kechinmalarini namoyon qilib qo`yadi. Bundan ko`rinadiki, qahramon nutqi bilan boshqa hodisalarni ifodalasa, murakkab vaziyatga tushib qolgandagi harakatlari bilan umuman boshqa qiyofani namoyon qilishi mumkin bo`ladi. Bunday jarayonlar ko`proq urush mavzusida yozilgan asarlarda ko`zga tashlanadi. Chunki qahramonlar bevosita o`lim bilan yuzma-yuz kelganda o`zining ichki olamini boshqara olish imkoniyatidan mahrum bo`ladi va bu orqali qahramon o`zining ruhiy qiyofasini asl holida ko`rsatishga “majbur bo`ladi”. A`zamxon Qozixo`janing “Gar ortuq so`z dedim” nomli kitobida “Karvon yo`lida” deb nomlangan qissa o`rin olgan bo`lib, bu qissada aynan urush mavzusi, urush bo`lganda ham natijasiz urush hisoblangan afg`on urushining qisqa bir jarayoni qalamga olingan. Qisqa deyishimizga sabab bu urushda minglab odamlar qatnashgan va ijodkor qalamga olgan voqealar esa ana shu urushning birgina qatnashchisi bilan bog`liq bo`lgan hodisalar xolos. Shuning uchun ham biz tahlil qilib ko`rmoqchi bo`lgan ruhiy olam, ruhiy dunyo degan tushunchalarni tahlil ko`zidan o`tkazish birmuncha osonroq kechadi. Biz yuqorida urush mavzusida yozilgan asarlarda qahramon ruhiyati, uning ichki dunyosi boshqa mavzuda yozilgan asarlardagiga nisbatan biroz murakkabroq kechadi degan mazmundagi fikrni keltirib o`tdik.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Tahlil jarayonida bunday xulosaga kelishimizga asosiy sabablarda biri bu qahramonning o`lim bilan yuzma-yuz turish holati hisoblanadi. Chunki qahramon bundan boshqa vaziyatlarda o`zini boshqara oladi, ya`ni uning ongi vaziyatni baholay oladi va shu baholash ta`sirida voqealar rivojiga monand xulosa chiqara oladi. Lekin o`lim bilan to`qnash kelib turgan holda yuzaga chiquvchi jarayon hech qanday boshqaruvlarga bo`ysunmaydi va bu jarayonda qahramon o`zining butkul ichki olamini namoyon qiladi. Bu esa kitobxon uchun o`zgacha holat sifatida baholanishi mumkin. Yana bir jihat ham mavjudki, buni aslo e`tibordan chetda qoldirib bo`lmaydi, o`sha urush mavzusidagi asarlarda muallif qahramon obrazi sifatida keladigan bo`lsa, bu umuman boshqa jarayon hisoblanadi. Chunki bunday vaziyatlarda qahramon o`zining ichki dunyosidagi o`zgarishlarni, o`lim oldidan ko`nglida kechayotgan tuyg`ularni yashirishga va ularni silliqlashga na imkoniyat, na vaziyat topa oladi. Bundan ko`rinadiki, bunday vaziyatda qahramon o`zinida unutgan holda bo`ladi va buning natijasida qahramon ichki dunyosi boricha bo`y ko`rsatadi. Ayni shu jarayonlarda yuz beruvchi holatlar biz yuqorida nomini keltirgan asarda turli ko`rinishlarda namoyon bo`lgan: “Hamma juda qisqa bir qo`rquvdan esankirab qoldi. Shunda kutilmagan bir hayqiriq jarangladi: “Allohu Akbar!!!” Oniy lahzada u meni chetga surib tashladi-da, Igorni tepdi…” [A`zamxon Qozixo`ja. Gar ortuq so`z dedim. 24-b] Bu tasvirga e`tibor qarataylik. Eng avval aytmoqchi bo`lganimiz, muallif ushbu voqealarni qayta jonlantirib, ko`z oldiga keltirib yozmoqda. Undan keyingi masala esa eng asosiysi, ya`ni muallif ayni shu jarayonning qatnashchisi. Shu holatlarni nazarda tutib diqqat bilan tahlil qilib ko`raylik. Birinchi jumlada “hammaning juda qisqa bir qo`rquvdan esankirab qolgani” aytildi. Bu yerda muallifning “hamma” olmoshini ishlatishiga ahamiyat bersak, ayni shu voqea yuz bergan paytda faqat muallif emas, balki boshqa sheriklari ham o`lim bilan yuzma-yuz kelmoqda va ayni shu yuzlashish jarayonida qalblarida kechgan hislar batafsil emas, umumiy shaklda berib ketilmoqda. Barcha sheriklari ham “juda qisqa qo`rquvdan” esankirishi keltirilmoqda. Qo`rquvning qisqa, qisqa bo`lganda ham juda qisqa turi qanday kechadi? Ahamiyatli tomoni muallif o`zlarining qo`rqqanlari boricha yozmoqda. Qandaydir o`zidan qahramon yasagan holatda tasvirga zo`r bermayapti. Shu holatlarni hisobga olgan holatda anglaganimiz shuki, ular his qilgan qo`rquvning qisqaligini boshlanish nuqtasi deb olamiz va undan keyingisi esa qo`rquvning ichki qismi, ya`ni ular endi o`sha qo`rquvning ichida yashamoqdalar. Bu qo`rquvning natijasi esa kundek ravshan – o`lim. Keyingi holat esa “esankirash” jarayoni. Inson avvaldan natijasini bilgan ish-harakat qarshisida esankiramaydi. Bu tasvirdan anglashilgani va ayni shu esankirashni dalillovchi so`z keyingi jumla boshida kelayotgan “kutilmagan” so`zidir. Ayni shu so`z “esankirash”ning sababini bildirib, qahramonlarning o`zlari kutmagan ishlar ro`y berayotganini aniqlashtirishga imkon beradi. Qahramonlar to o`zlarini o`nglab olgunlariga qadar juda tez sur`atlarda voqealar sodir bo`ladi bu ularni esankiratib qo`yadi. Qahramonning o`lim bilan to`qnashish holatidagi tasviriga diqqat qilsak shu uch jumlada muallif quyidagi so`zni bir necha bor ishlatadi: “bir qo`rquv”, “bir hayqiriq”, “oniy lahza”. Ayni shu so`zlar orqali muallif o`limning yoki dahshatning qahramonlardan unchalik uzoqda emasligini, o`lim bilan hayot orasi bir lahzalik ekanligi tushuntirishga urunayotgandek. Mana shunday oniy lahzalarda qahramon o`z ichki olamida sodir bo`layotgan o`zgarishlarni aslicha namoyon qiladi. Qahramonning psixologiyasi ko`p hollarda uning o`zi bilan o`zi amalga oshiruvchi konfliktlarida yoki ichki monologlarida yanada yaqqolroq ko`zga tashlanadi va bu orqali personajning ichki olamini yanada aniqroq ilg`ab olamiz. Va ayni shunday jarayonda qahramon
“o`zi sezmagan” holda ichki olamida kechayotgan o`y-fikrlarini sezdirib qo`yadi. “Bu ishlar shu darajada tez sodir bo`ldiki, men – xizmati oxirlab qolgan “qari” askar, ikki yildan beri urushning issiq-sovug`ini totib kelayotgan tajribali jangchi ham esankirab qoldim. U avtomatni aylantirib qo`ltig`iga qisguncha tepkini uch marta bosdim. Shundagina u menga qayrilib qaradi.” [A`zamxon Qozixo`ja. Gar ortuq so`z dedim. 24-b] Muallif aynan shu tasvirlarni yozayotganda eng avvalo, o`zining holatini o`quvchiga tushuntirishga harakat qiladi. Birinchidan u ushbu holatning tez va kutilmaganda ro`y berganini aytsa, ikkinchidan, o`zining tajribaga ega ekanligini biroz iymanib bo`lsa-da “qari” sifati bilan eslatib o`tadi. Keyin o`sha tajribaga ega ekanligini amalda isbotlaydi, ya`ni afg`on mujohidi to avtomatni olib qo`ltig`iga qistirgunicha unga uch marta o`q uzganini aytadi. Bu aynan o`sha tajribaning natijasi edi. Endi keyingi masala bor, agar diqqat qilinadigan bo`lsa, qahramonning afsuslanishi ayni shu voqeadan keyin boshlanadi. Uning ruhiyatida juda katta evrilishga sabab bo`lgan ayni voqea ham shu mujohidning o`ldirishi bilan bog`liq. TADQIQOT NATIJALARI Qahramon bundan oldin ham urushda juda ko`p qatnashganini, “urushning isssiqsovug`ini” ikki yildan beri totib kelayotganini aytganda ham hech qanday afsuslanish hissi yo`q edi. Ya`ni u o`tgan ikki yil davomida ham odam o`ldirganini taxmin qilishimiz mumkin. Lekin u o`tgan voqealarni hech qanday afsuslanishsiz eslaydi. Ammo aynan shu mujohidni o`ldirgandan so`ng juda ham qiyin ahvolga tushadi, o`zini kechira olmay qoladi, hatto sheriklari bilan ham oldingidek gaplashmaydigan kayfiyatga tushadi, odamoviga aylanadi, ayni shu mujohidning o`ligini yoqib yuborgan va uning quloqlarini kesib olgan spesnaz bilan ham yoqalashish darajasiga yetadi. Bunga sabablar nima edi? Birinchi sabab sifatida mujohid o`rnidan turib raqiblar tomonga yugurganda qahramonimizni qo`li bilan chetga surib tashlagan, ya`ni unga hech qanday ziyon yetkazmaganini keltirishimiz mumkin. Taxmin qiladigan bo`lsak, afg`on mujohidi qahramonimizning tilidan, yuz-u ko`zidan uning musulmon ekanligini anglagan va shuning uchun ham unga ziyon yetkazishni istamagan. Ikkinchi sabab sifatida esa uning o`lim oldidan unga qayrilib qaraganini olishimiz mumkin. Ayni shu qarash bilan u qahramonimizning butun o`yhayollarini parokanda qilib tashlaydi. Chunki qahramonimiz o`zini chetga surib, unga ziyon yetkazishni istamagan “dushman”ni tap tortmay uchta o`q bilan o`ldiradi. Bu esa unga nisbatan adolatsizlik ekanligini qahramon ich-ichidan his qila oladi. Qahramonning ruhiyatini to`s-to`polon qilib yuborgan voqea esa ayni mujohidning yerga qulash jarayonida sodir bo`ladi. “Yiqilish barobarida, to tili tutilib qolguncha u bir kalimani tinimsiz takrorlardi: “La ilaha illalloh! La ilaha illalloh!..” ” [A`zamxon Qozixo`ja. Gar ortuq so`z dedim. 25-b] Ayni shu jumlalar qahramon o`yfikrlarini tubda o`zgartirib yuborgan deyishimiz mumkin. Chunki qahramonimiz shu paytgacha ko`plab o`limlarni, ko`plab jon berayotgan askarlarni ko`rgan, ularning jon chiqish oldidan aytgan so`nggi so`zlarini ko`p bor eshitgan, ularga achingan va kun kelib o`zining ham shu ahvolga tushishini o`ylab ruhan ezilgan va hattoki o`sha voqea o`zi bilan sodir bo`ladigan bo`lsa, o`zining tilidan eng oxirgi bo`lib qaysi kalmia chiqishini ham biladigan darajada o`limga yaqin kelgan. Lekin mujohidning o`lim oldidan aytgan kalimasi u uchun go`yo yangilik edi. Chunki bunday so`z aytib jon berayotgan odamni birinchi marta ko`rishi edi. Shuning uchun davomida shunday tasvirni beradi: “Odatda, o`layotgan askar onasini eslab, “Onajon!” “Onajon!” deya jon beradi. Bunday hodisalarga ko`p guvoh bo`lganman. Men uchun kutilmagan hol. O`zimni g`alati his qila boshladim. Sheriklarim jonsiz tananing kissalari titkilashga oshiqishdi.” [A`zamxon Qozixo`ja. Gar ortuq so`z dedim. 25-b] Ayni mana shu voqeadan boshlab qahramonimizning ruhiyatida butunlay, oldin sodir bo`lmagan o`zgarishlar sodir bo`la boshlaydi. O`zining avval qilib yurgan ishlari endi nafsoniyatiga tega boshlaydi.
Qisqa qilib aytganda shu mujohidning o`limi, uning o`lim oldidan aytgan so`nggi kalimasi shu paytgacha o`zi ham bilmagan, anglamagan holda begona yurtda shu yurt egalariga qarshi qurol ko`tarib yurgan bir oddiy askarning ko`zlarini ochib qo`yadi. Undan muhim bir evrilishga sabab bo`lgan ham aynish shu o`lim oldidan aytilgan kalima edi deyishimiz mumkin: “qahramonimiz ayni shu kalimadan keyin Allohni taniy boshlaydi. O`zining qilgan qabih ishlarini birma-bir ko`z oldidan o`tkazib, o`zidan jirkana boshlaydi”. Bundan ko`rinadiki, qahramonning ruhiyatida endi qarama-qarshiliklar sodir bo`lmoqda. Mana shu qarama-qarshiliklar natijasida qahramon o`y fikrlarida o`zgarishlar sodir bo`la boshlaydi va ayni shu holat natijasida uning ruhiyatida avval sodir bo`lmagan holat tug`iladi: o`z holatini tahlil qilish. Birgina shu mujohidning o`limi natijasida qahramon butunlay boshqa insonga, o`tgan umrini, qilgan ishlarini sarhisob qilib, o`zidan nafratlanadigan insonga aylanib qoldi. Bu holat birdaniga sodir bo`lmadi, albatta. Bunday kechinmalarni boshdan kechirish uchun qahramon ruhiyatida avvaldan ozroq bo`lsa ham tayyorgarlik bo`lishi kerak edi. Ayni shu tayyorgarlik mujohid o`limi bilan to`qnashdi va endi o`sha o`zgarish jarayoni keskin tarzda sodir bo`ldi. Qahramon atrofga befarq bo`lib qoldi, sheriklaridan va o`zidan ham nafratlana boshladi, qilgan ishlarini xatoligini his qildi, shuncha yashagan umri befoyda yashalgan kunlar ekanligini aniq va teran anglay boshladi, atrofdagi voqealar uning g`ashiga tega boshladi. Ayni mana shu hodisalarning ro`y berishiga birgina o`sha mujohidning o`limi, uning o`lim oldidan aytgan so`zlari sabab sifatida bo`y ko`rsatadi. Xuddiki, unda sodir bo`layotgan o`zgarishlarni atrofidagi sheriklari ham payqayotgandek, lekin ular ham yurak yutib undagi bu holni bir-birlariga yetkazishga ojiz. Ular faqat o`z “dardlari” bilan banddek. “Menga qarab-qarab qo`yishar, o`likning bisotini talashga ko`proq haqli bo`lsam ham, joyimdan jilmay turganimga hayron bo`lishar, lekin o`ljani birortasi ilib ketishmasin, deya o`zlarini murda ustiga tashlashar edi”. [A`zamxon Qozixo`ja. Gar ortuq so`z dedim. 25-b] Sheriklari “o`likning bisotini” talashga uning haqli ekanliklarini bilish bilan bir qatorda, ular bu ishga o`zlarini ham haqlari bor deb o`ylashadi. Bu holat muhim emas, biz uchun ahamiyatli tomoni sheriklarining unga qarab-qarab qo`yishlari. Chunki birinchidan bunday holat, ya`ni o`lik tepasida harakatsiz holda jim qolishdek holat qahramonda birinchi marta ko`zga tashlanmoqda. Shuning uchun ham sheriklari uning bu holatidan hayron termulishadi. MUHOKAMA Ayni shu holat uning ongida sodir bo`lishni boshlagan o`zgarishlarning boshlang`ich nuqtasi deb ayta olamiz. Negaki, qahramon shu daqiqadan boshlab o`zini ayovsiz taftish qilishni boshlaydi. Uning ruhiyatida avval hech uchramagan jarayon, o`zini o`zi so`roqqa tutish, qilayotgan ishlarini tahlil qilish kabi holatlar sodir bo`la boshlaydi. “Men, lekin men. Hali-hanuz o`y-u xayollarimning adog`i yo`q. eslayman-u, o`sha hodisaning shukuhi jismimga titroq soladi. Arzu holimni kimga aytay… Yaratuvchi egam bilar-u bandasi bilmas. .. Uyalmay Haqni ham bu oraga tiqding. Aslida-ku, bu vayrona yurtda ne-ne telbaliklarga qo`l urding. Iymon ganjlarini toptab, dilingni kufr yellariga berding. Oqibat ranj-u mehnatlarda, zulmatda necha yillab sarsonsargardon kezding. Bular ham yetmagandek, o`sha tunda shundoq bir ishga qo`l urding. Yupanch bir so`z topaman: Men otmasam, meni otardi. Lekin hanuz tushunib yeta olmayman. U imkoni bo`lgan ishga nega qo`l urmadi? Nega meni chetga surib qo`ydi? Bunda pinhon sir bormi? Bor bo`lsa, u ne?! Yoki gavdamning kichikligini nazarga ilmadimi? Bo`lmasa, nega yosh boladek chetga surib, qolganlarga tashlandi? Taqdir deganlari ehtimol shudir…” [A`zamxon Qozixo`ja. Gar ortuq so`z dedim. 25-b] Shu ichki monolog orqali qahramonning butun ichki ruhiyati yaqqol ko`zga tashlanadi. Qahramon o`zini bir boshidan boshlab tergov qila boshlaydi va insonning eng nozik nuqtasi bo`lmish e`tiqod masalasiga ham alohida to`xtalib o`tadi. Ayni shu voqealar orqali
qahramon ruhiyatida sodir bo`layotgan evrilishlarni kuzatishimiz mumkin. O`zini taftish qilar ekan, qilgan ishlarining xato ekanligini chuqur his qiladi. Lekin ayni shu his qilish barobarida u o`zini oqlashga urinayotgani ham seziladi. Qahramon u mujohidning qilgan ishidan taajjublanadi, hattoki o`zini qisman kamsitilgandek his qila boshlaydi. Va oxirida o`zini ozroq bo`lsa ham chalg`itish uchun “men otmasam, meni otardi” degan fikrga keladi va shu orqali biroz bo`lsa-da o`zini ovutadi. Shu ovutish asnosida qahramonning o`zi-da o`lim bilan yuzma-yuz keladi va ayni shu lahzada o`z hayolidan o`tgan kechinmalarini bor bo`yicha tasvirlaydi: “Qo`llarim qaltirar, ko`zlarim ich-ichiga cho`kib ketayotganga o`xshardi. O`lib qolsam-a!? – degan o`y chaqmoqday miyamga urildi. Yo`q, deya o`zimni ovuta boshladim. Bir hafta ilgari otib tashlaganim – o`lik ko`z oldimga keldi. Uning so`nggi nigohi, hammadan ham oxirgi so`zi…”[A`zamxon Qozixo`ja. Gar ortuq so`z dedim. 39-b] Insonning o`lim bilan yuzlashishi, ayni shu jarayonda ongidan kechuvchi holatlar, uni ham jismonan ham ruhan o`zgarishlari – barchasi bor holicha tasvirlangan. Qarang, ayni shu daqiqada qahramondagi holatlar quyidagicha: qo`llari tinimsiz qaltiraydi, ko`zlarida ham ichkariga cho`kish holati kuzatilmoqda, miyasiga esa o`lib qolish haqidagi fikr keladi, undan keyin esa o`zini o`lmaslikka ishontira boshlaydi, eng oxirida esa o`zi otib o`ldirgan mujohidning so`zlari – bular barchasi jamlanib o`sha qahramonning ichki ruhiyatida ro`y berayotgan o`zgarishlarning tashqaridan ko`rinishi va aks ettirilishi desak yanglishmagan bo`lamiz. Yuqoridagi fikrlarimizga asos sifatida quyidagi tasvirni keltirishimiz mumkin: “Hozir o`lib qolsam-a. Yo Hudo, o`zing saqla! Sen bor bo`lsang, men o`lmay o`taman. Ich-ichimdan kelgan bu nidoni bugun eslasam, uyatdan qochgani joy topolmay qolaman. Sen kimsan o`zi? Yaratuvchiga shart qo`yishga nima haqqing bor?!” [A`zamxon Qozixo`ja. Gar ortuq so`z dedim. 39-b] Qahramonning ko`prikdan o`tish tasvirida ko`nglidan kechayotgan fikrlariga diqqat qiladigan bo`lsak, bu holatda qahramonning o`zida emasligi anglashiladi. Qahramon ruhiy bosimning eng yuqori darajasiga chiqib brogan va u endi faqatgina o`lim bilan tiriklikning o`rtasida faqat o`z jonini saqlab qolishga urinayotgan inson sifatida taassurot qoldiradi. Aslida esa qahramon o`lim bilan to`qnashishini sezgan holda, undan qandaydir yo`llar bilan qochishga harakat qilmoqda. Hattoki, Alloh bilan suhbatida ham aynan mana shu holatni birinchi o`ringa qo`yadi vas hart qo`yish darajasigacha boradi. So`ngida esa o`zining qilmishidan o`zi ham muztar bo`ladi va keyinchalik gapirgan gaplarini tahlil qilishga imkon tug`ilganda boshqa bir holatni boshidan kechiradi. Qahramonning o`limdan bu darajada qo`rqishiga sabablar ham yetarli edi. Chunki uni “chiroyli” emas, judayam ayanchli o`lim kutib turganini his qila oladi. Buning yana bir asosi sifatida uning atrofida sodir bo`layotgan turli xil shakldagi ammo mazmuni bir xil bo`lgan o`lim tasvirlarini keltirishimiz mumkin. “Bir payt mashina shitob bilan o`t oldi-da, yarador yotgan Igorni bosib shitob bilan oldinga intildi. Igorning jon chiqardagi baqirganini eshitdim”. [A`zamxon Qozixo`ja. Gar ortuq so`z dedim. 44-b] Atrofdagi insonlar o`z jonini saqlab qolish uchun sheriginida qurbon qilishga tayyor. Bu urush davri uchun oddiy holdek qabul qilinishi mumkin, lekin har qanday holatda ham inson insoniylik qiyofasini saqlab qola olishi kerak degan mazmundagi fikrlar keltirilishi mumkin. Yana bir muhim tomonini sedan chiqarmaslik ham kerak, bu urush. Urushda esa inson eng avvalo qanchalik ayanchli bo`lmasin o`z jonini saqlashga harakat qiladi. Aynan shu o`y ta`sirida qahramon mujohidning o`ldirilishiga ham yechim topgandek bo`ladi. Urushda sen o`ldirmasang seni o`ldirishadi. Shuning uchun hamma birinchi navbatda o`z jonini asrashni payidan bo`ladi. Qolgan gaplar esa romanik tasavvurdan boshqa narsa emas. Boshqacharoq qilib aytganda urush romantizmni yoqtirmaydi, u faqat realizmni talab qiladi. Qahramonning asirga tushib qolgan joyi ham o`lim bilan yonma-yon nafas olishni eslatadi. Chunki hammasi aniq hal qilib qo`yilgandek: “…yoki meni qo`rqitmoqchi edimi, lo`kidonni sharaqlatib tortdi. Men
ko`zlarimni yumib, bo`ldi, endi ketdim, deb o`yladim. O`zim otib tashlagan mujohid yodimga tushdi. Uning so`nggi nigohi, oxirgi so`zlari… “La ilaha illalloh!” deb yubordim” [A`zamxon Qozixo`ja. Gar ortuq so`z dedim. 45-b] Ayni shu tasvirlardan sezishimiz mumkinki, qahramon butunlay o`limni bo`yniga olib bo`ldi va shu bo`yniga olish barobarida mujohiddan eshitgan, ammo uning ma`nosi nima ekanliginida bilmaydigan kalimani keltiradi. Bu yerda diqqat qilishimiz kerak bo`lgan bir holat mavjud, bu ham bo`lsa, qahramonning o`lim oldidan aytgan oxirgi gaplari. U juda ko`p o`limlarni ko`rdi, “onajon” deb o`lganlarni ham, og`zidan bodi kirib shodi chiqqan holda o`lganlarni ham, dodlab o`lganlarni ham ko`rdi. Lekin uning qalbida mujohidga achinish tuyg`usi bore di va shu tuyg`u natijasida uning o`lim oldidan aytgan gaplarini esda saqlab qolgan edi. Aynan shuning uchun ham o`limini his qilgandan so`ng, ayni o`sha kalimani aytadi va bu orqali mujohid oldidagi “qarzini” uzgandek bo`ladi. Ayni shu kalmia natijasida esa omon qolishi hayoliga ham kelmagan edi. Qahramon o`zidan o`lim bilan yuzlashish voqeasini o`tkazib bo`lgandan keying tasvirga diqqat qilib ko`raylikda: “Mendan endi o`lim xavfi ariganda yana kasalim xuruji boshlandi. Behol o`tirib qoldim”. [A`zamxon Qozixo`ja. Gar ortuq so`z dedim. 45- b] Inson eng kuchli bo`lsa-da, o`limni tabassum bilan kutib ololmaydi. Qahramonimizda ham aynan shu jarayon kechdi, avval o`limni bo`yniga olib turganda tanadagi hech qanday og`riq sezilmadi, o`lim xavfi o`tib ketgandan keyin yana tanasini his qila boshladi. XULOSA Yuqoridagi tahlillarimizga tayanib quyidagilarni xulosa sifatida keltirishimiz mumkin bo`ladi: urush mavzusidagi asarlarda qahramon ruhiyati juda ham o`zgaruvchan bo`ladi va u vaziyatga qarab evrilib turadi. Qahramonlar o`lim bilan yuzma-yuz kelganda ruhiyatini hech qanday bo`yoqlarsiz boricha namoyon qiladi. Chunki bu vaziyatda qahramon o`z ruhiyatini boshqara oladigan darajada bo`lmaydi. Qahramon o`zinig ichki ruhiyatini personajlar bilan suhbatda, ichki monologlarda va o`zining xatti-harakati bilan ifodalaydi va mana shu ifoda jarayonida qahramon bevosita harakat qiladi. ИСПОЛЬЗОВАННАЯ ЛИТЕРАТУРА 1. D.Quronov va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug`ati 2. A. Qozixo`ja. Gar ortuq so`z dedim.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar2 ta adabiyot
- . D.Quronov va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug`ati
- A. Qozixo`ja. Gar ortuq so`z dedim.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010825
- Nashr sanasi
- 2022-10-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v1i1.1067
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 259–264
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 62026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06