Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

MODERN MEDICAL INSTITUTIONS - PROBLEMS AND SOLUTIONS.

Qodirova Surayyo Odilovna1, Axmedov Shuhrat Umarovich22023

  1. 1Professor, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
  2. 2Assistant, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 10Sahifa 229–233

Annotatsiya

Ushbu maqolada tibbiy binolarning qabul bo‘limida, reanimatsiya bo‘limida, va bo‘linmalar mikrostrukturasida kuzatilayotgan muammolar va ularning yechimlari haqida fikr yuritiladi.

Boshqa tillarda

inglizchaMODERN MEDICAL INSTITUTIONS - PROBLEMS AND SOLUTIONS.

This article discusses the problems observed in the admission department, the intensive care department and the microstructure of the units of medical buildings, and their solutions.

o‘zbekZAMONAVIY TIBBIYOT MUASSASALARI - MUAMMOLAR VA YECHIMLAR.

Ushbu maqolada tibbiy binolarning qabul bo‘limida, reanimatsiya bo‘limida, va bo‘linmalar mikrostrukturasida kuzatilayotgan muammolar va ularning yechimlari haqida fikr yuritiladi.

ruschaСОВРЕМЕННЫЕ МЕДИЦИНСКИЕ УЧРЕЖДЕНИЯ – ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ

В данной статье рассмотрены проблемы, наблюдаемые в приемном отделении, отделении интенсивной терапии, микроструктуре медицинских корпусов и пути их решения.

Kalit so‘zlar

  • medical buildings
  • dispensary
  • laboratory
  • style
  • plan
  • section
  • functional basis
  • landscape
  • functional zones

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

ZAMONAVIY TIBBIYOT MUASSASALARI - MUAMMOLAR VA YECHIMLAR. Qodirova Surayyo Odilovna Professor, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Axmedov Shuhrat Umarovich Assistant, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.10070058 Annotatsiya: Ushbu maqolada tibbiy binolarning qabul bo’limida, reanimatsiya bo’limida, va bo’linmalar mikrostrukturasida kuzatilayotgan muammolar va ularning yechimlari haqida fikr yuritiladi. Kalit so’zlar: tibbiy binolar , dispanser, laboratoriya, tarz, tarx, qirqim, funksional asos,landshaft, funksiyaviy zonalar. СОВРЕМЕННЫЕ МЕДИЦИНСКИЕ УЧРЕЖДЕНИЯ – ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ. Abstract: This article discusses the problems observed in the reception department, intensive care unit, and the microstructure of the medical buildings and their solutions. Keywords: medical buildings, dispensary, laboratory, style, history, cut, functional base, landscape, functional zones. СОВРЕМЕННЫЕ МЕДИЦИНСКИЕ УЧРЕЖДЕНИЯ – ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ. Аннотация: В данной статье рассмотрены проблемы, наблюдаемые в приемном отделении, отделении интенсивной терапии, микроструктуре медицинских корпусов и пути их решения. Ключевые слова: лечебные корпуса, диспансер, лаборатория, стиль, история, крой, функциональная основа, ландшафт, функциональные зоны.

KIRISH Oʻzbekiston hududida qadimdan tibbiyot birlashmalariga oʻxshash davolash maskanlari mavjud boʻlgan va bosqichma-bosqich rivojlanib kelgan.Bugungi kunda mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish masalasi davlatimiz siyosatida muhim o’rinni egallab kelmoqda. Keyingi yillarda sog’liqni saqlash sohasida keng ko’lamli o’zgarishlar ro’y berdi. Islohotlar mahsuli sifatida tashkil etilgan yurtimizning deyarli barcha viloyatlari markazlarida ixtisoslashgan zamonaviy tibbiyot muassasalari markazlari aholiga yuqori malakali tibbiy xizmat ko’rsatib kelmoqda. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODI Shu bilan birga kuzatilayotgan muammolar ham yetarlicha: 1. Shifoxona qabul bo’limida shoshilinch laboratoriya va kasallik turi aniq bo’lmagan bemorlar uchun alohida xonalarning mavjud emasligi bemorlarga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatining pasayishiga va ko’plab yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo’lmoqda. Qabul bo’limida keng muhit, kutish hududlari bilan birgalikda shoshilinch laboratoriya va kasallik turi aniq bo’lmagan bemorlar uchun alohida xonalarni loyihalash maqsadga muvofiq. Shifoxonaning umumiy labaratoriyasi barcha bo’limlar uchun ishlaydi. Shuning uchun og’ir holatda kelgan bemorlar uchun navbatlarsiz tez xizmat ko’rsatish maqsadida qabul bo’limiga shoshilinch labaratoriyani joylashtirish kerak. Buning oqibatida tibbiy bo’limga murojat qilgan bemorlarga tez

va sifatli yordam berish bilan birgalikda turli kasalliklarning bino ichki qismiga tarqalishining oldi olinadi.

2. Reanimatsiya bo’limi klinik oʻlim holatidagi kishilarni tiriltirish, shuningdek, hayotiy muhim aʼzolarning baxtsiz hodisalar, kasallik va uning asoratlari natijasida toʻsatdan yoʻqolgan yoki oʻzgargan funksiyalarini tiklash uchun koʻriladigan chora-tadbirlar majmui bo’lib bu bo’lim eng murakkab funksiyaga ega Yirik shifoxonalarning reanimatsion bo’limi bir vaqtning o’zida birnechta tez tibbiy yordam mashinasini keng ichki muhitda qabul qilishga moslashmaganligi ham ogir ahvoldagi bemorni olib kelgan tez tibbiy yordam mashinalarining bino hovlisida navbat kutib turishiga sabab bo’lmoqda.

1-rasm. Reanimatsiya bo’limi. Ushbu xonaga to’g’ridan to’g’ri bog’langan keng hudud. Reanimatsion bo’lim bilan to’g’ridan to’g’ri bog’langan, keng fazoviy muhitga ega bo’lgan maydonni binoning ichki qismiga joylashtirish orqali, yani og’ir ahvoldagi bemorni olib kelgan tez tibbiy yordam mashinasi binoga kirish eshigi oldida emas reanimatsiya bo’limi joylashgan hududning ichki qabul zaliga kirishini ta’minlash bir vaqtning o’zida bir nechta tez tibbiy yordam mashinasini qabul qilishga erishish mumkin. 3. Shifoxonaga tegishli bog’maydonlarining, binoning arxitekturaviy fazoviy yechimiga mutanosib landshaft yechimining talab etilgan meyor darajasida (bir o’ringa 80-350 m2) emasligi bemorlarning ochiq muhitda dam olishiga, ularning ruhiyatiga va bino hududida iqlimni yaxshi emasligiga olib kelmoqda.

2-rasm. Ko’p tarmoqli kasalxona hududining maketi. Bunda har bir bo’lim, ularni bog’lanish yo’llari va yashil hudud ko’rsatilgan.

Shifoxonada davolanayotgan bemorning tezroq sog’ligini tiklashi, stress holatga tushmasligi uchun bino atrofidagi ochiq muhit juda kata yordam beradi. Landshaft yechimida ravshanlikni ta'minlaydigan, vizual jihatdan yaxshi belgilangan va osongina tushunib olinadigan oddiy va funktsional yo'llarni loyihalash bemor va tashrif buyuruvchilarning noqulay hislardan qochishini ta’minlaydi. NATIJA Binolarning o‘ziga qaraganda ko‘proq ularning jozibasini ochib beradigan joybu bino atrofidagi ochiq joylarning joylashuvi va landshaft dizaynidir, bu esa shaharga va shahardagi jamoat binolariga o‘ziga xos sifatni bergani kabi shifoxonalarda bu yechim bemorlarga undanda ko’proq yordam beradi. 4. Har-bir bo’linma o’z mikrostrukturasiga, ya’ni berilgan bo’limning texnologiyasiga javob beruvchi xonalar majmuasiga ega emasligi rivojlanish, takomillashish natijasida yaratilayotgan yangi texnik asbob-uskunalarni joylashtirish va xonalarni moslashtirishda ulkan muammolarga duch kelmoqda. Har bir bo’limni loyihalayotganda ushbu bo’limning funksiasidan kelib chiqgan holda yaqin kelajakda kutilayotgan o’zgarishlar zamonaviy yangi texnologiyalarga moslashtirishni hisobga olish muhimdir. Bundan tashqari turli ommaviy viruslar tarqalganda har bir bo’limda tezda karantin rejimiga moslasha olishini hisobga olish kerak.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar35 ta adabiyot

  1. Убайдуллаев Х.М., Инагамова М.М. Турар жой ва жамоат биноларини лойиҳалашнинг типологик асослари: Дарслик. - Т.: Voris-nashriyot, 2005. -366- 379 бетлар.
  2. Дўсжонов Б.А. ва бошқалар. Умумий гигиена. “Абу Али Ибн Сино” нашрёти дарслик. Тошкент. 2011 й.
  3. Убайдуллаев Х.М., Хидоятов Т.А, Абдурахманов Й.И, Коробовцев Г.И., Мансуров Я.М. Архитектуравий лойиҳалаш: Ўқув қўлланма. - Т.: 2012.
  4. Иногомов Б.И. Замонавий бино ва иншоотларни лойиҳалаш: Ўқув қўлланма. - Т.: 2010.
  5. Odilovna, Q. S., & Umarovich, A. S. (2022). FUNDAMENTALS OF THE DESIGN OF MEDICAL INSTITUTIONS. World Bulletin of Public Health, 8, 177-178.
  6. Ozodovich, H. A., & Maribovich, Q. I. (2022). Improving the Design of Youth Innovative- Creative and Development Scientific Centers. Eurasian Scientific Herald, 7, 72-76.
  7. Inogamov, B. I., & Khasanov, A. O. (2021). Taking Into Account Socio-Functional Factors in the Design of Housing. Design Engineering, 2587-2589.
  8. Ozadovich, K. A., & Ismailovich, I. B. (2021). Issues of Organization of Service Sets onthe Uzbek National Highway A-380. Design Engineering, 2582-2586.
  9. Khasanov, A. (2020). Organizing Eco Tourism Along With Uzbek National Automagistrale Way. Solid State Technology, 63(6), 12674-12678.
  10. Khasanov, A. (2016). About several infrastructure constructions of the Great Silk Road. Int’l J Innov Sci Eng Technol, 3(6), 295-299.
  11. Adilovna, Q. S., & Ozodovich, X. A. (2021). Requirements for the preparation of interiors in secondary schools.
  12. Khasanov, A. CONTEMPORARY DESTINATIONS SERVICE AND CREATING A SYSTEM OF HISTORICAL CARAVAN ROUTES.
  13. Inogamov, B. I., & Khasanov, A. O. (2021). Taking Into Account Socio-Functional Factors in the Design of Housing. Design Engineering, 2587-2589.
  14. Ozadovich, K. A., & Ismailovich, I. B. (2021). Issues of Organization of Service Sets onthe Uzbek National Highway A-380. Design Engineering, 2582-2586.
  15. Inogamov, B., Alimdjanov, R., & Allayarov, K. (2022). ГИЛ, ЦЕМЕНТ, ГИПС ВА ГРАНИТ КАБИ ҚУРИЛИШ МАТЕРИАЛЛАРИНИНГ ФИЗИК-КИМЁВИЙ ХУСУСИЯТЛАРИ ҲАМДА ИШЛАТИЛИШИ. Science and innovation, 1(A8), 769-774.
  16. Inog'Omov, B., & Alimdjanov, R. (2022). СПОРТ ИНШООТЛАРИНИ ЛОЙИҲАЛАШДА ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН КОНСТРУКЦИЯЛАРНИНГ ЎЗИГА ХОС ЖИХАТЛАРИ ТЎҒРИСИДА. Science and innovation, 1(C8), 344-348.
  17. Inog'Omov, B., & Sodikov, M. (2022). CОЛНЕЧНЫЕ ЭНЕРГИИ В АРХИТЕКТУРЕ. Science and innovation, 1(C8), 327-332.
  18. Bakhtiyor, I. (2019). Socio-economic preconditions of the formation of mahalla of a new type. Austrian Journal of Technical and Natural Sciences, (1-2), 3-5.
  19. Inogamov, B., Alimdjanov, R., & Allayarov, K. (2022). ГИЛ, ЦЕМЕНТ, ГИПС ВА ГРАНИТ КАБИ ҚУРИЛИШ МАТЕРИАЛЛАРИНИНГ ФИЗИК-КИМЁВИЙ ХУСУСИЯТЛАРИ ҲАМДА ИШЛАТИЛИШИ. Science and innovation, 1(A8), 769-774.
  20. Kosimov, I. (2018). Gallery of the dam to keep the entrance of the precipitation and washing to remove sediment, water reservoirs accumulated precipitation pipeline eleaning methods. Role of the using innovative teaching methods to improve the efficiency of education. Россия. Г. Москва-2018.
  21. Хасанов, А. Н., Аббасова, Р. К., & Маърибович, Қ. И. (2022). КАСБ ҲУНАР МАЖМУАЛАРИНИНГ ПАЙДО БЎЛИШ ТАРИХИ (ФАРҒОНА ВОДИЙСИ МИСОЛИДА). Journal of new century innovations, 19(1), 198-204.
  22. Maribovich, Q. I. (2023). Architectural Improvement of Professional Centers. Nexus: Journal of Advances Studies of Engineering Science, 2(3), 85-91.
  23. Madamiovna, K. D., & Maripovich, K. I. (2023). The Role of Towns and Baths in Community Life And. European Journal of Contemporary Business Law & Technology: Cyber Law, Blockchain, and Legal Innovations, 1(2), 39-42.
  24. Ozodovich, H. A., & Maribovich, Q. I. (2022). Improving the Design of Youth Innovative- Creative and Development Scientific Centers. Eurasian Scientific Herald, 7, 72-76.
  25. Dedakhanov, B., & Kasimov, I. (2022). ANCIENT ARCHITECTURE OF THE FERGHANA VALLEY FEATURES OF FORMATION AND DEVELOPMENT (ON THE EXAMPLE OF CIVIL ARCHITECTURE AND URBAN PLANNING). Science and innovation, 1(C6), 278-284.
  26. Ozodovich, H. A., Maribovich, Q. I., & Zarina, B. (2023). KASBGA YO’NALTIRISH MARKAZINI INNOVATSION LOYIHASI TAKLIFI “KIDZANIA JOB WORLD IN TASHKENT”. PEDAGOG, 6(1), 120-129.
  27. Maribovich, Q. I. (2022). Scientific Proposals for Architectural Improvement of Engineering Centers. Nexus: Journal of Advances Studies of Engineering Science, 1(6), 59-63.
  28. Хасанов, А. О., & Қосимов, И. М. (2023). ЎЗБЕКИСТОН ШАРОИТИДА КАСБГА ЙЎНАЛТИРИШ МАРКАЗЛАРИНИ АРХИТЕКТУРА ТАКЛИФИ. Journal of new century innovations, 21(1), 144-150.
  29. Хасанов, А. О., & Қосимов, И. М. (2023). ЖАМИЯТНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА КАСБГА ЙЎНАЛТИШ МАРКАЗЛАРНИ ЛОЙИҲАЛАШНИ ОПТИМАЛЛАШТИРИШ. Journal of new century innovations, 21(1), 136-143. Норматив ҳужжатлар:
  30. ШНК 4.13.02-06 “Санатории, учреждения отдыха и туризма”
  31. ШНК 4.13.05-06 “Многопрофильные больницы”
  32. СНиП. 2.69.69-18 “Лечебно-профилактические учреждение”
  33. ҚМҚ 2.08.01-05 “Турар жой бинолари”
  34. ШНК 2.08.02-09 “Жамоат бинолари ва иншоотлари” Internet saytlari:
  35. www.stroy.uz

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010767
Nashr sanasi
2023-11-05
Til
inglizcha
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
10
DOI
10.66073/researchfocus.v2i10.559
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
229–233
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
52026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06