Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

IJTIMOIY SHAROITI OG‘IR BO‘LGAN OILALAR FARZANDLARI UCHUN REABILITATSIYA MAJMUALARINING YECHIMLARI

Masharipova Sayyora AbduraximovnaToshkent arxitektura-qurilish universiteti "Arxitektura" kafedrasi arxitektura fanlari nomzodi dotsent,2023

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 10Sahifa 223–228

Annotatsiya

Ushbu maqola Ota-onasining qaramog‘isiz qolgan yoki ijtimoiy yetimlik havfi ostida bo‘lgan bolalar va yoshlar, shuningdek qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar farzandlariga qulay sharoitlar yani makon yaratish tugrisidadir.

Boshqa tillarda

ruschaРЕШЕНИЯ РЕАБИЛИТАЦИОННЫХ КОМПЛЕКСОВ ДЛЯ ДЕТЕЙ ИЗ СЕМЕЙ, НАХОДЯЩИХСЯ В ТРУДНЫХ СОЦИАЛЬНЫХ УСЛОВИЯХ

В данной статье речь идет о создании благоприятных условий, то есть пространства, для детей и молодежи, оставшихся без попечения родителей или находящихся в группе риска социального сиротства, а также детей из семей, находящихся в трудной жизненной ситуации.

inglizchaSOLUTIONS OF REHABILITATION COMPLEXES FOR CHILDREN OF FAMILIES IN DIFFICULT SOCIAL CONDITIONS

This article is about creating favourable conditions, that is, a space, for children and young people left without parental care or at risk of social orphanhood, as well as for the children of families that have found themselves in a difficult life situation.

Kalit so‘zlar

  • reabilitatsiya markazi
  • mehribonlik uylari
  • akademik litsey
  • kasb-hunar maktabi
  • kollej
  • texnikum
  • oliy o‘quv yurti
  • bolalar mahallalari
  • etim bolalar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

IJTIMOIY SHAROITI OG'IR BO'LGAN OILALAR FARZANDLARI UCHUN REABILITATSIYA MAJMUALARINING YECHIMLARI Masharipova Sayyora Abduraximovna Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Arxitektura” kafedrasi Arxitektura fanlari nomzodi dotsent, Xidoyatova Shaxlo Mirsamug qizi Magistr https://doi.org/10.5281/zenodo.10069968 Annotatsiya: Ushbu maqola Ota-onasining qaramog’isiz qolgan yoki ijtimoiy yetimlik havfi ostida bo’lgan bolalar va yoshlar, shuningdek qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar farzandlariga qulay sharoitlar yani makon yaratish tugrisidadir. Kalit zo`zlar: reabilitatsiya markazi,mehribonlik uylari, akademik litsey, kasb-hunar maktab, kollej, texnikum, oliy oʼquv yurti, bolalar mahallalari,etim bolalar РЕШЕНИЯ РЕАБИЛИТАЦИОННЫХ КОМПЛЕКСОВ ДЛЯ ДЕТЕЙ ИЗ СЕМЕЙ С ТЯЖЕЛЫМ СОЦИАЛЬНЫМ ПОЛОЖЕНИЕМ Аннотация: В данной статье речь идет о создании благоприятных условий, то есть пространства, для детей и молодежи, оставшихся без попечения родителей или находящихся в группе риска социального сиротства, а также детей из семей, находящихся в трудной жизненной ситуации. Ключевые слова: реабилитационный центр, детские дома, академический лицей, ПТУ, колледж, техникум, вуз, детские помещения, дети-сироты SOLUTIONS OF REHABILITATION COMPLEXES FOR CHILDREN OF FAMILIES WITH SEVERE SOCIAL CONDITIONS Abstract: This article is about creating favorable conditions, that is, space, for children and youth left without parental care or at risk of social orphanhood, as well as children from families in difficult life situations. Key words: rehabilitation center, orphanages, academic lyceum, vocational school, college, technical school, university, children's premises, orphans

KIRISH Mustaqillik yillarida Muhtaram Prezidentimizning bevosita rahbarligida yoshlar kamolotiga davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishi sifatida eʼtibor qaratila boshlandi. Barcha sohalar kabi taʼlim tizimi ham tubdan isloh qilindi. Xususan, xalqimizning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlari asosida zamonaviy fan va texnikaning ilgʼor yutuqlariga asoslangan kadrlar tayyorlashning mukammal tizimi yaratildi. Bugungi kunda yurtimizda bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, maʼnaviy jihatdan himoya qilish boʼyicha juda koʼplab ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakatimizda bolalar huquqlarini himoya qilish boʼyicha tegishli huquqiy baza shakllangan desak hech mubolagʼa boʼlmaydi. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, Jinoyat kodeksi va boshqa bir qator qonun hujjatlarida bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalar oʼz ifodasini topgan. Maʼlumki, bola huquqlari sohasida qonunchilikning asosini Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Unga muvofiq bolada tugʼilishi bilanoq inson va fuqaroning huquq, erkinliklari vujudga keladi hamda ular davlat tomonidan kafolatlanadi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning zamirida xalq manfaatlari yotadi. Davlatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasida koʼplab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Аyniqsa, ayollar va bolalar manfaatini himoya qilish boʼyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoevning viloyatlarga qilgan soʼnggi tashriflarida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvi hamda ularga yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishuvi jamoatchilik tomonidan iliq qabul qilinyapti. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari manfaatlarini himoya qilish boʼyicha amalga oshirilayotgan keng koʼlamli ishlar haqida batafsil toʼxtalib oʼtildi. Аvvalambor shuni taʼkidlab oʼtishni istardimki, bolaga oʼz ota-onasi tomonidan beriladigan mehr, eʼtibor, tarbiyaning oʼrnini hech narsa toʼldira olmaydi. Аfsuski, jamiyatimizda turli sabablarga koʼra ota-onasiz va boquvchisiz qolib ketayotgan farzandlar ham bor. Ushbu bolalarga oʼz vaqtida eʼtibor qaratilmasa, ularning jamiyatga moslashuviga sharoit yaratilmasa, bu salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, murakkab sharoitga tushib qolgan bolalarni himoya qilish davlatning asosiy ijtimoiy vazifalaridan biri hisoblanadi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODI Soʼnggi yillarda mamlakatimizda bolalar manfaatlarini himoya qilishda, ularning jahon andozalariga muvofiq bilim olishida, hayotda va jamiyatda oʼz oʼrnini topishida juda keng ishlar olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda, mamlakatda ijtimoiy yetimlikning oldini olish, aholi va yoshlar orasida sogʼlom oila qurishga masʼuliyat bilan yondashishni targʼib qilish, oilaviy qadriyatlarga maʼnaviy-axloqiy munosabatni shakllantirishga ham katta eʼtibor berilyapti. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining "Etim bolalar va ota-onasining qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida"gi qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Etim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi qarori orqali yetim bolalar va ota-onasining qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarni davlat tomonidan qoʼllabquvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularning jadal ijtimoiy moslashuviga keng imkoniyatlar yaratish va boshqa zarur choralar boʼyicha salmoqli ishlar qilinmoqda. Xalq taʼlimi vazirligi maʼlumotlariga koʼra, mamlakatimizda 17 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchasi mavjud boʼlib, ularda jami 1950 nafar yetim va ota-onasining qaramogʼidan mahrum boʼlgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bola tarbiya olmoqda. Maʼlumot oʼrnida. Ushbu tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish va xavfsizligini taʼminlash maqsadida Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari hududlari hamda xonalariga jami 686 ta videokuzatuv kamerasi oʼrnatilgan. Shuningdek, ular qoʼshimcha telefon aloqasi xizmati bilan taʼminlangan hamda Internet tarmogʼiga ulangan. (1) Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining taʼlim-tarbiyasi va taʼminoti toʼliq davlat mablagʼlari hisobidan amalga oshirilmoqda. Ularning kundalik ehtiyojlaridan tortib, uy-joy bilan taʼminlanishigacha boʼlgan jarayonlarning mexanizmlari ishlab chiqilgan va davlat tomonidan doimiy nazorat qilinyapti. Аyni vaqtda, moddiy qoʼllab-quvvatlash bilan birga maʼnaviy qoʼllabquvvatlash, fikrimcha, har qanday bolaning koʼngliga yoʼl topish va uni shaxs sifatida tarbiyalashning muhim omillaridandir. Shu oʼrinda yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarga berilgan imtiyozlarga toʼxtalib oʼtish joiz deb hisoblayman. Аvvalo taʼkidlash lozimki, ularning taʼlim muassasalarida (akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda, oliy oʼquv yurtlarida) taʼlim olishlari, shuningdek, davolash-sogʼlomlashtirish,

tibbiy-ijtimoiy muassasalar xizmatidan foydalanish bilan bogʼliq barcha sarf-xarajatlar davlat tomonidan toʼliq qoplanadi. Prezidentimizning «Hozirgi kunda mamlakatimizda alohida eʼtiborga muhtoj 18 yoshgacha boʼlgan 150 ming nafar farzandlarimiz bor. Ularning taʼlim olishi, aniq bir kasbni egallashi uchun koʼmaklashish, ogʼir kasallikka chalinganlarini davolash, chin yetimlarga hayotda oʼz oʼrnini topishga yordam berish, uy-joy bilan taʼminlash — nafaqat vazifamiz, avvalo, insoniy burchimizdir» – degan soʼzlari mazkur masalaga eng yuqori darajadagi eʼtibordan darak beradi. Umuman olganda, biz oʼz kelajagimizni yosh avlodga toʼgʼri taʼlim-tarbiya, eʼtibor berish, ularning iqtidorini ragʼbatlantirish orqali qurishimiz mumkin va lozim. Bunda nafaqat davlatning oʼrni, balki har bir ota-ona va fuqaroning ishtiroki ham oʼta muhim ahamiyatga ega. Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarniga gʼamxurlik qilish borasida bir necha tashkilotlar tuzila boshladi jumladan “SOS Oʼzbekiston Bolalar Maxallalari” uyushmasidir. (2) «SOS O’zbekiston Bolalar Mahallalari» Uyushmasi 1997 yilda bolalarning farovonligini ta’minlash, ularning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish va ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi. Ota-onasining qaramog’isiz qolgan yoki ijtimoiy yetimlik havfi ostida bo’lgan bolalar va yoshlar, shuningdek qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar tashkilot faoliyatining diqqat-markazidadir. (3) NATIJA Uyushma dasturlari doirasida bolalar va oilalar ota-onasining qaramog’isiz qolgan bolalar va yoshlar uchun oila muhitini yaratishga, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni mustahkamlashga va ijtimoiy yetimlik havfini kamaytirishga qaratilgan kompleks, izchil va uzluksiz xizmatlarga ega bo’ladilar. Barcha hizmatlar quyidagi tuzilmalar doirasida taqdim etiladi: oilaviy vasiylik, yoshlarga vasiylik qilish, oilani mustahkamlash bo’yicha tuzilmalar. Uyushmaning to’rtta muhim tamoyili: 1. Har bir bola g’amxo’r ota yoki onaga ega 2. Oilaviy aloqalar ta’biy yo’l bilan rivojlanadi 3. Har bir oila o’z uyini yaratadi 4. OS-oila jamiyatning bir qismi hisoblanadi Uyushmaning muhim vazifalari: 1. Ota-onasining qaramog’isiz qolgan bolalarni hamda oilalari qiyin hayotiy sharoitlarga tushib qolgan bolalarni jismoniy, intellektual va ma’naviy rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, ularga ijtimoiy va huquqiy ko’makni ta’minlash. 2. Ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni O’zbekistonning an’anaviy va milliy tamoyillarini hisobga olgan holda tarbiyalash. 3. Ijtimoiy markazlarni tashkil etish hamda psihologik va huquqiy ko’mak ko’rsatish yo’li bilan qiyin hayotiy sharoitlarga tushib qolgan oilalarni qo’llab-quvvatlash. 4. Uyushma faoliyatiga davlat, jamoat va hususiy tuzilmalarni faol jalb etish, bolalar vasiyligi masalalari bo’yicha jamoatchilikning habardorligini oshirish va ular bo’yicha o’zaro tajriba almashish. «SOS Bolalar Mahallalari O’zbekiston» Uyushmasi «SOS Bolalar Mahallalari» Xalqaro tashkilotining a’zosi hisoblanadi. U o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Hukumati va «SOS Bolalar Mahallalari» Xalqaro tashkiloti o’rtasida tuzilgan shartnoma doirasida amalga oshiradi. Ayni paytda «SOS Bolalar Mahallalari» 134 ta mamlakatdagi milliy Uyushmalarni moliyaviy va

texnologik jihatdan qo’llab-quvvatlamoqda, 2 mingdan ortiq dastur va loyihalarni amalga oshiryapti, 14 marta Nobel tinchlik mukofotiga nomzod bo’lgan. (4)

1-rasm. Binolarning ichki va tashqi ko’rinishi Bu borada bolalar maxallasi namunasini jaxon tajribalari misolida ham ancha oʼrganilgan. Ular voyaga yetgunlaricha mahallada yashash huquqiga ega boʼladilar. Undan tashqari bitta uyni qisqa muddatga gʼamxoʼrlik koʼrsatish uchun xizmat qiladi.(5) Bu degani otasi yoki onasi bor boʼlsa-yu, qanaqadir muammolar tufayli uysiz, qiyin vaziyatga tushib qolgan boʼlsa oʼsha bola koʼchada qolib ketmasligi uchun qisqa muddatda markazda qolishi mumkin. XULOSA Ba'zida ota-onalar har-xil sa’bablar tufayli o’z farzandlariga tarbiya bera olmaydilar, ba’zida esa bolalar o’z ota-onalarini yo’qotib yoki umuman hayotda ko’rishmaydi. Aynan shunday himoyasiz qolgan, sog’lom bolalikka ega bo’lish huquqiga mahrum bo’lgan bolalarga “SOS Bolalar Mahallalari” Uyushmasi o’z foaliyatini olib boradi. Bu borada hozirda maxalla naʼmunalariga loyihaviy takliflar ham tadqiqotchilar va meʼmorlar tomonidan ham izlanishlar olib borilmoqda.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar31 ta adabiyot

  1. ПФ-27-сон 28.02.2023. 2022-2026 йилларга мўлжалланган янги ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини “инсонга сифатли таълим йили ” да давлат дастури.
  2. Masharipova, S. (2022). DISTINCTIVENESS OF RESIDENTIAL ARCHITECTURE OF ANCIENT CITIES OF UZBEKISTAN. Science and Innovation, 1(8), 357-364.
  3. Masharipova, S. (2022). ФОРМИРОВАНИЯ ПРИРОДЫ ДРЕВНЕГО ОАЗИСА И АНТРОПОГЕННОГО ЛАНДШАФТА НА БЕРЕГУ РЕКИ АМУДАРЬИ. «АРХИТЕКТУРА: МЕРОС ВА ЗАМОНАВИЙЛИК».
  4. Masharipova, S. (2022). ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ТУРАР ЖОЙЛАРИ ТАРИХИ. ХОРАЗМ МАЪМУН АКАДЕМИЯСИ АХБОРОТНОМАСИ.
  5. Masharipova, S. (2022). History of Karakalpakstan Accommodation. Middle European Scientific Bulletin.
  6. Masharipova, S. (2022). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ҚАДИМИЙ ШАҲАРЛАРИ ТУРАР ЖОЙ МЕЪМОРЧИЛИГИНИНГ ЎЗИГА ХОСЛИГИ. Science and innovation, 1(C8), 357-364.
  7. Abdurahimovna, M. S. (2020). ABOUT THE STRUCTURE OF KHOJALY CITY. MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS, 10.
  8. Masharipova, S. (2022). ФОРМИРОВАНИЯ ПРИРОДЫ ДРЕВНЕГО ОАЗИСА И АНТРОПОГЕННОГО ЛАНДШАФТА НА БЕРЕГУ РЕКИ АМУДАРЬИ. «АРХИТЕКТУРА: МЕРОС ВА ЗАМОНАВИЙЛИК».
  9. MASHARIPOVA, S. A., & SAN’AT, A. V. S. T. ARXITЕKTURA TARIXI.
  10. ABDURAHIMOVNA, S. M. Formation of Ancient Khorezm Oasis and Anthropogenic Landscape on the Shore of Amudarya. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 7(05), 245-247.
  11. Inogamov, B. I., & Khasanov, A. O. (2021). Taking Into Account Socio-Functional Factors in the Design of Housing. Design Engineering, 2587-2589.
  12. Ozadovich, K. A., & Ismailovich, I. B. (2021). Issues of Organization of Service Sets onthe Uzbek National Highway A-380. Design Engineering, 2582-2586.
  13. Inogamov, B., Alimdjanov, R., & Allayarov, K. (2022). ГИЛ, ЦЕМЕНТ, ГИПС ВА ГРАНИТ КАБИ ҚУРИЛИШ МАТЕРИАЛЛАРИНИНГ ФИЗИК-КИМЁВИЙ ХУСУСИЯТЛАРИ ҲАМДА ИШЛАТИЛИШИ. Science and innovation, 1(A8), 769-
  14. Inog'Omov, B., & Alimdjanov, R. (2022). СПОРТ ИНШООТЛАРИНИ ЛОЙИҲАЛАШДА ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН КОНСТРУКЦИЯЛАРНИНГ ЎЗИГА ХОС ЖИХАТЛАРИ ТЎҒРИСИДА. Science and innovation, 1(C8), 344-348.
  15. Inog'Omov, B., & Sodikov, M. (2022). CОЛНЕЧНЫЕ ЭНЕРГИИ В АРХИТЕКТУРЕ. Science and innovation, 1(C8), 327-332.
  16. Bakhtiyor, I. (2019). Socio-economic preconditions of the formation of mahalla of a new type. Austrian Journal of Technical and Natural Sciences, (1-2), 3-5.
  17. Inogamov, B., Alimdjanov, R., & Allayarov, K. (2022). ГИЛ, ЦЕМЕНТ, ГИПС ВА ГРАНИТ КАБИ ҚУРИЛИШ МАТЕРИАЛЛАРИНИНГ ФИЗИК-КИМЁВИЙ ХУСУСИЯТЛАРИ ҲАМДА ИШЛАТИЛИШИ. Science and innovation, 1(A8), 769-
  18. Kosimov, I. (2018). Gallery of the dam to keep the entrance of the precipitation and washing to remove sediment, water reservoirs accumulated precipitation pipeline eleaning methods. Role of the using innovative teaching methods to improve the efficiency of education. Россия. Г. Москва-2018.
  19. Хасанов, А. Н., Аббасова, Р. К., & Маърибович, Қ. И. (2022). КАСБ ҲУНАР МАЖМУАЛАРИНИНГ ПАЙДО БЎЛИШ ТАРИХИ (ФАРҒОНА ВОДИЙСИ МИСОЛИДА). Journal of new century innovations, 19(1), 198-204.
  20. Maribovich, Q. I. (2023). Architectural Improvement of Professional Centers. Nexus: Journal of Advances Studies of Engineering Science, 2(3), 85-91.
  21. Madamiovna, K. D., & Maripovich, K. I. (2023). The Role of Towns and Baths in Community Life And. European Journal of Contemporary Business Law & Technology: Cyber Law, Blockchain, and Legal Innovations, 1(2), 39-42.
  22. Ozodovich, H. A., & Maribovich, Q. I. (2022). Improving the Design of Youth Innovative- Creative and Development Scientific Centers. Eurasian Scientific Herald, 7, 72-76.
  23. Dedakhanov, B., & Kasimov, I. (2022). ANCIENT ARCHITECTURE OF THE FERGHANA VALLEY FEATURES OF FORMATION AND DEVELOPMENT (ON THE EXAMPLE OF CIVIL ARCHITECTURE AND URBAN PLANNING). Science and innovation, 1(C6), 278-284.
  24. Ozodovich, H. A., Maribovich, Q. I., & Zarina, B. (2023). KASBGA YO’NALTIRISH MARKAZINI INNOVATSION LOYIHASI TAKLIFI “KIDZANIA JOB WORLD IN TASHKENT”. PEDAGOG, 6(1), 120-129.
  25. Maribovich, Q. I. (2022). Scientific Proposals for Architectural Improvement of Engineering Centers. Nexus: Journal of Advances Studies of Engineering Science, 1(6), 59-63.
  26. Хасанов, А. О., & Қосимов, И. М. (2023). ЎЗБЕКИСТОН ШАРОИТИДА КАСБГА ЙЎНАЛТИРИШ МАРКАЗЛАРИНИ АРХИТЕКТУРА ТАКЛИФИ. Journal of new century innovations, 21(1), 144-150.
  27. Хасанов, А. О., & Қосимов, И. М. (2023). ЖАМИЯТНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА КАСБГА ЙЎНАЛТИШ МАРКАЗЛАРНИ ЛОЙИҲАЛАШНИ ОПТИМАЛЛАШТИРИШ. Journal of new century innovations, 21(1), 136-143.
  28. “Халқ сўзи” газетаси №210 07.10.2023
  29. https://lex.uz/docs/6430272
  30. https://lex.uz/docs/6430272
  31. https://www.unicef.org/uzbekistan/media/3771/file/

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010766
Nashr sanasi
2023-11-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
10
DOI
10.66073/researchfocus.v2i10.558
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
223–228
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06