KO‘CHMA MA‘NOLI SO‘ZLAR ORQALI O‘QUVCHILARNI TEZAURUSLAR YARATISHGA QIZIQTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Maxkamova Guluzroxon AbdumutalibovnaAndijon davlat pedagogika instituti "Boshlang‘ich ta‘lim metodikasi" kafedrasi o‘qituvchisi2023
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 10Sahifa 84–89
Annotatsiya
O‘quvchilarning fanga oid, tayanch hamda lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishda so‘z ma‘nolarni bilish, so‘z ma‘nolarini o‘zlashtirishda esa tezaurus modellari muhim o‘rin tutadi. Tezauruslarning har xil korinishlari bor bo‘lib, ular, asosan semantik aloqador bo‘lgan so‘zlardir. Ushbu maqolada 6-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarni loyiha usulida tezauruslar yaratish bosqichlari bayon etilgan.
Boshqa tillarda
ruschaТЕХНОЛОГИИ, ЧТОБЫ ЗАИНТЕРЕСОВАТЬ СТУДЕНТОВ В СОЗДАНИИ ТЕЗАУРУСОВ С ПОМОЩЬЮ ОБРАЗНЫХ СЛОВ
Модели тезауруса играют важную роль в развитии научных, базовых и лингвистических компетенций учащихся, а также в усвоении значений слов. Тезаурусы бывают разных форм и в основном представляют собой семантически связанные слова. В данной статье описаны этапы создания тезаурусов на уроках родного языка в 6 классе.
inglizchaTECHNOLOGIES FOR ENGAGING PUPILS IN CREATING THESAURUSES THROUGH WORDS WITH FIGURATIVE MEANINGS
Knowledge of word meanings plays an important role in developing pupils‘ subject-related, core and linguistic competences, while thesaurus models play an important role in mastering word meanings. Thesauruses come in various forms, and they consist mainly of semantically related words. This article describes the stages of creating thesauruses with pupils by the project method in 6th-grade native language lessons.
Kalit so‘zlar
- So‘z ma‘nosi
- ko‘chma ma‘no
- sinonim
- antonim
- giperonim
- omonim
- tezaurus
- loyiha
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
KO‘CHMA MA’NOLI SO‘ZLAR ORQALI O‘QUVCHILARNI TEZAURUSLAR YARATISHGA QIZIQTIRISH TEXNOLOGIYALARI Maxkamova Guluzroxon Abdumutalibovna Andijon davlat pedagogika institute “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10031196 Annotatsiya: O‘quvchilarning fanga oid, tayanch hamda lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishda soʻz ma’nolarni bilish, so‘z ma’nolarini oʻzlashtirishda esa tezaurus modellari muhim o‘rin tutadi. Tezauruslarning har xil korinishlari bor boʻlib, ular, asosan semantik aloqador bo‘lgan so‘zlardir. Ushbu maqolada 6-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarni loyiha usulida tezauruslar yaratish bosqichlari bayon etilgan. Kalit so‘zlar: So‘z ma’nosi, ko‘chma ma’no, sinonim, antonim, giperonim, omonim, tezaurus, loyiha.
TECHNOLOGIES TO INTEREST STUDENTS IN CREATING THESAURUSES THROUGH FIGURATIVE WORDS Abstract: Thesaurus models play an important role in the development of students' scientific, basic and linguistic competences, and in mastering the meanings of words. Thesauruses come in many forms and are mostly semantically related words. This article describes the stages of creating thesauruses in the 6th grade mother tongue classes. Keywords: Word meaning, figurative meaning, synonym, antonym, hyperonym, homonym, thesaurus, project.
ТЕХНОЛОГИИ, ЧТОБЫ ЗАИНТЕРЕСОВАТЬ СТУДЕНТОВ В СОЗДАНИИ ТЕЗАУРУСОВ С ПОМОЩЬЮ ОБРАЗНЫХ СЛОВ Аннотация: Модели тезауруса играют важную роль в развитии научных, базовых и лингвистических компетенций учащихся, а также в усвоении значений слов. Тезаурусы бывают разных форм и в основном представляют собой семантически связанные слова. В данной статье описаны этапы создания тезаурусов на уроках родного языка в 6 классе. Ключевые слова: Значение слова, переносное значение, синоним, антоним, гипероним, омоним, тезаурус, проект.
KIRISH Ma’lumki, ta’lim sohasidagi islohotlarning bosh gʻoyasi – komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Bu gʻoya jamiyatni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri. Ta’lim tizimi samaradorligini oshirish, eng avvalo, oʻquvchining qobiliyatlarini hisobga olish bilan oʻlchanadi. Bu muammoni ta’lim-tarbiya tizimida pedagogika va psixologiya sohasidagi fundamental nazariy bilimlarni amaliyotga joriy etish, ta’lim sohasida integratsiyalashuv jarayonini tezkor yoʻlga qoʻyish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, fanga nazariy yondashuvni mustahkamlash orqali hal etish mumkin. Hozirgi davr, respublikamiz ijtimoiy hayotidagi tub ijobiy oʻzgarishlar ona tili ta’limi oldiga muhim jiddiy talablarni qoʻymoqda. Mashgʻulotlarni yangi pedagogik texnologiya asosida qurish, ta’lim-tarbiya jarayonida Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarish, bolalarning fikrlash darajasini muntazam ravishda oʻstirib borish, oʻquvchilarning nutqiy va imloviy savodxonligini toʻla ta’minlash ana shu talablar jumlasiga kiradi.
Til ta’limida soʻz ma’nolarining oʻrganilishiga keng oʻrin berilgan. Tilshunoslikning aynan semasiologiya sohasi oʻquvchilarning soʻz ma’nolarini oʻrganishlarida katta ahamiyatga ega. ASOSIY QISM Oʻquvchilarga soʻz ma’nolari haqidagi bilimlarni berish boshlang‘ich sinflardanoq boshlanadi. Keyinchalik esa soʻzlarning shakl va ma’no munosabatiga koʻra turlari: sinonim, antonim, omonim, paronim; soʻz ma’nolarining oʻsishi: ma’no kengayishi, ma’no torayishi, ma’no koʻchishi haqidagi bilimlarga ega boʻladilar. Soʻz ma’nolari oʻquvchilar nutqini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shuning uchun bu mavzu yillar davomida oʻrganiladi, oʻquvchilarning bilimlari yoshiga mos holda boyitib boriladi. Ma’lumki, oʻquvchilarning tayanch hamda fanga oid barcha kompetensiyalarga ega boʻlishida soʻz ma’nolarini bilishi, ulardan matnda toʻgʻri foydalana olishi muhimdir. Ayniqsa, ularning soʻzlardagi ma’no nozikliklarini his qilishi, ulardan matnda toʻgʻri foydalana olishi 4 ta nutqiy kompetensiyaning rivojlanishida ahamiyati beqiyosdir. Ona tili darslarida oʻquvchilarga leksik tushunchalarni singdirish va ularga soʻz ma’nolari haqidagi dastlabki tushunchalarni oʻrgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda, oʻziga xos usullarini izlab topish va ularda yoshlariga munosib motivatsiya hosil qilishga harakat qilish bugungi kun oʻqituvchisining oldiga qoʻyilgan eng dolzarb vazifalaridan biridir. So‘z muammosi leksikologiyaning asosiy o‘rganish manbaidir. O‘zbek tilshunosligida leksema va so‘z atamasining hozirgacha yonma-yon qo‘llanayotganligi va leksemani lisoniy sath birligi atamasi, so‘zni nutqiy sath birligi sifatida qarashga intilish kabi ziddiyatli nuqtayi nazarlar yashab kelayotganligini aytish joizdir. Tilshunoslar Arastu davridan boshlab leksikaga ta’rif berish ustida bosh qotirganlar. Ularning barchasi so‘zning alohida-alohida qirralariga berilgan ta’riflar bo‘lib, leksemaning barcha jihatlarini qamrab olishga qodir emas. Tilning asosiy quroli, kishilik jamiyatining oʻzaro fikr almashinuv vositasi - bu soʻzdir. Binobarin, soʻzga bugungi kunga qadar 300 dan ortiq ta’rif berilgan boʻlsa-da, bu murakkab til birligiga tom ma’noda toʻliq ta’rif berilib, mohiyati yoritilgan emas. Chunonchi, L.V. Shcherba, L. Blumfildlarning qarashlari boʻyicha gapni tashkil etuvchi eng kichik birlik soʻzdir. Boduen de Kurtene, A. Meye, E. Sepirlar soʻzga eng kichik sintaktik birlik sifatida qaraydilar va grammatik jihatdan yondashadilar. Soʻzni tilning eng kichik ma’no birligi deb izohlagan A. Reformaskiy, L.Elmslevlarning ham fikrlarida jon bor. Gapni tashkil etuvchi eng kichik til birligi soʻzdir. V.V. Vinogradov, K. Byuller, A. Meyelar soʻzni fonetik, grammatik va semantik belgilar jamlangan til birligi deb ta’riflaydilar. Soʻzda tilning ifoda (tovush jihati) va mazmun (ma'no tomoni), grammatik (morfologik va sintaktik) jihatlari namoyon boʻladi. E.M. Galkina-Fedoruk, V.V. Vinogradov, V. Doroshevskiylar soʻz — bu obyektiv borliqning ifodasi deya oʻz munosabatlarini bildiradilar bunda, asosan, soʻzning semantik tomoniga e’tibor berilgan. F. Fortunatov, J. Vandries, V.V. Vinogradovlar nutqning mustaqil va maqsadli elementi deya soʻzga ta’rif berganlar. Bu ta’riflarda soʻz oʻzida fonetik, semantik va grammatik belgilarni aks ettirishi, borliqdagi voqea-hodisa va narsa buyumlarni ifodalashi, uning mustaqil va bir butun nutq elementi ekanligi koʻrsatiladi. Berilgan ta’riflarning har biri soʻzning ma’lum bir qirrasini ochib berishga xizmat qiladi, lekin uning barcha belgilarini oʻzida jamlay olmagan. Soʻz va uning ma’nolari, vazifasi, jamiyatdagi tutgan oʻrni haqida oʻzbek tilshunosligi tarixida uzoq oʻtmishdan toʻxtalib kelinganligi bizga sir emas. Xususan, Abu Nasr Forobiyning
“Mohiyat-hodisa dialektikasi haqida”, “Fozil odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniyning “Saydana”, Mahmud Koshgʻariyning “Devoni lugʻotit turk”, muallifi noma’lum boʻlgan “Turkiy tillar haqida noyob tuhfa”, A. Navoiyning “Muhokamat ul-lugʻatayn” asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Ammo oʻzbek tilshunosligida leksikologiya tilshunoslikning tarkibiy qismi, tilshunoslikda leksik sathning oʻrni va ahamiyati beqiyos ekanligi, leksik birliklarni oʻrganuvchi tilshunoslikning alohida boʻlimi mavjudligi singari masalalar XX asrning oʻrtalaridan boshlab shakllandi. Oʻzbek tili leksikasining shakllanishida Faxri Kamolning “Hozirgi zamon oʻzbek tili kursidan materiallar” rukni ostida chop etilgan “Oʻzbek tili leksikasi” va Ya.D. Pinxasovning “Hozirgi oʻzbek tili leksikasi” risolalari hamda “Hozirgi zamon oʻzbek tili kursidan materiallar” rukni bilan e’lon qilingan barcha risolalarni oʻzida jamlagan “Hozirgi zamon oʻzbek tili” asari katta ahamiyatga ega boʻldi. Bu asarda leksikologiya tilshunoslikning alohida bir boʻlimi ekanligi, shu bilan bir qatorda uning oʻrganish obyekti, maqsad va vazifalari, boshqa sathlar bilan aloqasi, ular oʻrtasidagi munosabat, soʻz, narsa va tushunchaning uzviy bogʻliqligi keng yoritildi. XX asrning 60-yillarida oʻzbek tili leksikologiyasida ham bir qadar oʻzgarishlar sodir boʻldi. Xususan, soʻzning uzual va kontekstual ma’nolari farqlandi. Soʻzlar oʻz ma’nosi bilan cheklanib qolmay, turli matnda turlicha ma’no va ma’no ottenkalariga ega ekanligi haqida fikr va mulohazalar vujudga keldi. I. Qoʻchqortoyev, U. Tursunov, J. Muxtorov, Sh. Rahmatullayev, A. Jamolxonov, H. Ne’matov, R. Rasulov, B. Mengliyev, A. Sobirov kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlari zamirida soʻz va uning ma’no-vazifa bajarish xususiyati qamrab olishga va qaysidir jihatni yoritishga harakat qilingan. Tilshunoslikning yangi yo‘nalishi bo‘lgan kompyuter lingvistikasi tilshunoslikning bir qator nazariy va amaliy yo‘nalishlari vujudga kelishiga turtki bo‘ldi. Jumladan, so‘z ma’nolari haqida ta’lim oluchilarga oson, tez va qulay yetkazib beradigan tezauruslar ham hozirgi kunda eng e’tibor talab qilayotgan ilmiy masala hisoblanadi. O‘quvchilarda kichik yoshlaridan tezaurus lug‘atlar yaratishga qiziqish hosil qilishiga, ko‘nikmalar hosil qilishiga esa, asosan, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining tashabbuslari ahamiyatlidir. Dars jarayonida tezaurus lug‘atlar bilan tanishtirib borish, ulardan foydalanish va nihoyat ta’lim oluvchilarga ham yoshlariga munosib so‘zlar tanlab shu so‘zlarning tezauruslarini yaratishga qiziqtirib borish zaruriyati tug‘ilmoqda. Milliy o‘quv dasturi asosida tuzilayotgan yangi avlod darsliklari o‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu esa - o‘quvchilarga hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini o‘rganishga ko‘maklashadi; - ta’lim oluvchilarning tahlil, mushohadaga tayangan holda tanqidiy hamda ijodiy fikrlashi, atrofidagi insonlar bilan sog‘lom hamkorlik qilish hamda moslashuvchan bo‘lishi, o‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga, suhbatdoshni tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga o‘rganadi; - o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo‘llashni o‘rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi; - o‘quvchilarning axborotni tanqidiy baholash, o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ya’ni o‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan yondashishni o‘rganadi va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtayi nazarini shakllantiradi. O‘qituvchi tomonidan berilgan
noodatiy topshiriqlar ham ta’lim oluvchilarning yana-da muloqot, tadqiqot, yaratuvchanlik kabi ko‘nikmalarining rivojlanishiga sabab bo‘la oladi. Maktab o‘quvchisida nafaqat lug‘at yaratish, balki birgina so‘zning tezaurusini yaratish ham anchagina mushkul vazifa hisoblanadi, lekin shunday bo‘lsa-da ona tili darslarida topshiriqlarni mayda bo‘laklarga bo‘lib, kichik guruhlarda qiziqarli o‘yinlar tarzida tashkil etish mumkin. Bunda o‘qituvchining loyiha metodidan foydalanishi maqsadga muvofiq. Loyiha metodi asosida o‘qish jarayonida o‘quvchidagi imkoniyatlar shakllanadi, integrallashgan bilimlarni egallash qobiliyatlari yuzaga chiqadi, tadqiqotchilik ko‘nikmasi rivojlanadi, har bir ishtirokchida shaxsiy ishonchning o‘sishiga yordam berish, uni o‘z-o‘zini ro‘yobga chiqarishi va refleksiyasiga yordam beradi. Qiyuda 6-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda ko‘z so‘zining tezaurusini tuzib chiqamiz. Sinf o‘quvchilari taxminan 5 nafardan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi. O‘qituvchi ko‘z so‘zi haqida guruhlarga turli topshiriqlar berishini, guruh a’zolari mas‘uliyat bilan vazifalarini bajarishlari kerakligini aytadi. Topshiriqlarni bajarishdan oldin loyiha ishini bajarish oldidan mavzuga kerakli savollardan foydalanib “Aqliy hujum” o‘tkazib olinadi. - lug‘aviy ma’no nima? - qanday so‘zlar lug‘aviy ma’noga ega bo‘ladi? - so‘z turkumlari qaysilar, sanab bering; - so‘z turkumlari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi? - so‘z shakli deganda nimani tushunasiz? - So‘zda qanday ma’nolar bor? - sinonim so‘zlarga misol keltiring; - antonim so‘zlarga misol keltiring; - omonim so‘zlarga misol keltiring; - asr so‘ziga talaffuzdosh so‘zlar toping; - burnini jiyirdi, achchig‘i burninig uchida… Iboralarni davom ettiring; - gul so‘zidan foydalanib so‘z birikmalari hosil qiling; - suv so‘zidan yangi so‘zlar yasang; - odob haqida maqollar ayting… “Aqliy hujum” usulidan so‘ng asta-sekinlik bilan loyiha barishga o‘tiladi. O‘qituvchi topshiriqlarni ketma-ketlik bilan tushuntirib guruhlarning bajarishiga ko‘maklashadi. 1-qadam. Ko‘z so‘zining lug‘aviy ma’nosi. Javob: 1. Tirik mavjudotning ko‘rish aʼzosi ko‘zdir. 2-qadam. Ko‘z so‘zining turkumini aniqlang va u tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi? Javob: Ko‘z ot turkumiga mansub bo‘lib tilshunoslikning morfologiya bo‘limida o‘rganiladi. 3-qadam. Ko‘z so‘zining shakli. Javob: So‘z shakli deganda uning aytilishi, yozilishi, o‘qilishi, eshitilishi tushunilishi haqida javoblarini beradilar. 4-qadam. Ko‘z so‘zining koʻchma ma’nolari. Javob: Uzukning ko‘zi, ishning ko‘zi, tizzaning ko‘zi, qalb ko‘zi, derazaning ko‘zi, taxtaning ko‘zi, buloqning ko‘zi, ignaning ko‘zi, elakning ko‘zi, xurjunning ko‘zi, aql ko‘zi… 5-qadam. Ko‘z so‘zining sinonimlari. Javob: ko‘r, basir, so‘qir, ojiz.
6-qadam. Ko‘z so‘zining omonimlari. Javob: O‘zbek tilida ko‘z so‘zining omonimi yo‘q. 7-qadam. Ko‘z so‘zining antonimi. Javob: O‘zbek tilida ko‘z so‘zining antonimi yoʻq. 8-qadam. Ko‘z so‘zining talaffuzdoshlari. Javob: ko‘r, ko‘y, so‘z, o‘z, oz, soz… 9-qadam. Ko‘z so‘zining giperonimi hamda ginonimlari (Uya so‘z hamda uyadosh so‘z). Javob: giperonimi: inson tana a’zolari. Giponimi: burun, quloq, til, lab, yuz. 10-qadam: Ko‘z so‘ziga yaqin ma’nodagi soʻzlar. Javob: Ko‘zgu, koʼzanak (kam qo‘llaniladi: Ko‘zga o‘xshash teshik), ko‘zboylogʼich, ko‘zbo‘yamachi, ko‘zday, ko‘zikmoq, ko‘z-ko‘z qilmoq, ko‘z-ko‘zlamoq, ko‘zli, ko‘zmunchoq, ko‘zoynak, ko‘zoynakli, ko‘zsiz, ko‘z-quloq, ko‘zikmoq. 11-qadam. Ko‘z so‘zining iboralarda qo‘llanishi: Javob: ko‘z bo‘yadi, ko‘z ilg‘amas, ko‘z ilindi, ko‘z suzdi, ko‘z tikdi, ko‘z tegdi, ko‘z tutdi, ko‘z tagiga oldi, ko‘z tagidan, ko‘z tashladi, ko‘z o‘ngida, ko‘z o‘ngiga kеldi, ko‘z urishtirdi, ko‘z оchib yumguncha, ko‘z оchirmaslik ko‘z оchgani qo‘ymaslik, ko‘z оlaytirdi, ko‘z оldidan o‘tdi, ko‘z оldiga kеldi, ko‘z ostiga oldi, ko‘z ostidan, ko‘z оlmaslik, ko‘z qorachig‘i, ko‘z qirini tashladi, ko‘z yugurtirdi, ko‘zda tutdi, ko‘zdan kеchirdi, ko‘zdan o‘tkazdi, ko‘zdan qоchirmaslik, ko‘zga chalindi, ko‘zga ko‘rindi, ko‘ziga issiq ko‘rindi, ko‘ziga ko‘rinib ketdi, ko‘ziga oq-qora ko‘rinmaydi, ko‘ziga sovuq ko‘rindi, ko‘ziga cho‘p soldi, ko‘ziga o‘tday ko‘rindi, ko‘zga tashlandi, ko‘ziga ko‘rinmaslik, ko‘zi qamashdi, ko‘zi yetdi, ko‘zi ilindi, ko‘zi ola-kula bo‘lib ketdi, ko‘zi ko‘r, qulоg‘i kar, ko‘zi ko‘ziga tushdi,ko‘zi kеtdi, ko‘zi mоshdеk оchildi, ko‘zi o‘tmaydi, ko‘zi o‘ynadi, ko‘zi pishdi, ko‘zi qinidan chiqib kеtayozdi, ko‘zi kosasidan chiqib kеtayozdi, ko‘zi chig‘anog‘idan chiqib kеtayozdi ko‘zi qiymadi, ko‘zi xonasidan chiqay dеdi ko‘zi tindi, ko‘zi tirik, ko‘zi to‘rt bo‘ldi ko‘zi tushdi, ko‘zi tоr, ko‘zi uchib turibdimi… 12-qadam. Ko‘z so‘zining birikmalar tarkibida qoʻllanishi. Javob: Ko‘z kosasi, ko‘z oqi, ko‘z qorachigʼi, qora ko‘z, ko‘k ko‘z, xumor ko‘z, ko‘z gavhari. 13-qadam. Ko‘z so‘zining maqollar tarkibida qoʻllanishi. Javob: Аyagan ko‘zga cho‘p tushar. Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi. Ko‘z qo‘rqoq, qo‘l botir. Qo‘shning ko‘r boʼlsa, ko‘zingni qis. Topshiriqlar bajarilgandan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarni baholaydi hamda yana qaysi so‘zlardan tezauruslar yaratish istagidaligi haqida so‘raydi. Ular taxminan do‘ppi, til, olma, atlas, bel kabi so‘zlarni aytadi. Bunday loyihalarni bajargan o‘quvchilarda tezaurus yaratishga ishtiyor paydo bo‘ladi. Uyga topshiriq sifatida berilgan so‘zlardan endi o‘quvchilar qiynalmay, hech kimning yordamisiz bajarishga kirishadilar. Har bir yo‘nalish bo‘yicha atamalarni tezaurusga solish mumkin. Informatiklar bilan birgalikda dastur yaratilsa, foydalanuvchi uchun qulay bo‘lib maqsadga tezroq yetiladi. XULOSA Tezaurus lug‘atlar nafaqat tilshunoslarga, balki barcha soha vakillariga vaqtini tejashda, ko‘p lug‘atlarni izlab yurishdek mashaqqatli ishdan xalos etib, bir so‘z haqida birgina lug‘atdan barcha ma’lumotlarni olishiga yordam beradi. Shunday ekan, alifbo shaklida tuzilgan lug‘atlar asosida o‘zbek tilining kompyuterga asoslangan lingvistik-leksikografik bazasini yangilash, yaratish zarurligi bugungi kunda tilshunoslar hamda metodistlar oldida turgan muhim vazifalardan
biridir. Tezauruslarning bugungi internet asrida turli jabhadagi insonlarga zarurligini hisobga olgan holda umumta’lim maktablarida ona tili darslarida yuqoridagidek noodatiy topshiriqlarning berib borilishi maktab o’quvchilarining so‘z ma’nolarini yana-da teran nazar bilan anglashiga, kelajakda kompyuter lingvistikasi sohasiga hissalarini qo‘shishiga yordam bo‘la oladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni//Xalq so‘zi, 2019-yil 22-oktyabr. №218 (7448).
- Азим Ҳожиев. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. Тошкент – Ўқитувчи, 1974.
- Аҳрор Маърупов. Паронимлар луғати. Тошкент – Ўқитувчи, 1974.
- Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилд. Тошкент – "Ўзбекистон миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2012.
- Ш.Раҳматуллаев, Н.Маматов, Р.Шукуров. Ўзбек тили антонимларининг изоҳли луғати. Тошкент – Ўқитувчи, 1989.
- Захаров В.П. Богданова С. Корпусная лингвистика. Учебное пособие. – Санкт- Петербург, 2020
- Ҳамроева Ш.М. Корпус лингвистикаси атамаларининг қисқача изоҳли луғати. – Тошкент: «Камалак» нашриёти. – Б.6
- Ҳамроева Ш.М. Ўзбек тили муаллифлик корпуси тузишнинг лингвистик асослари. – Бухоро, 2018
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010742
- Nashr sanasi
- 2023-11-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 2
- Son
- 10
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v2i10.531
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 84–89
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06