OLIY TA‘LIM TIZIMIDA PEDAGOG KADRLARI MALAKASINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Bekmuradova. G.MParalimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti, O‘quv-mashg‘ulot jarayoni ilmiy axborot bilan ta‘minlash hamda ilmiy-metodik bo‘limi boshlig‘i, Institut ilmiy kotibi.2023
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 6Sahifa 178–183
Annotatsiya
Mazkur maqola jismoniy tabriya va sport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida innovasion texnologiyalar fanni o‘rganish undagi mavjud muammolarni hal qilishning oson, qulay yo‘llarini izlab topishga xizmat qiladi. Bugungi kunda o‘quv jarayoniga innovasion texnologiyalarini tatbiq etish orqali o‘qitish jarayonida talabalarning faol ishtirokini, ularning mustaqil bilim olishlari evaziga ta‘lim samaradorligiga va kutilayotgan natijalarga erishish uchun tavsiyalar berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaКВАЛИФИКАЦИЯ ПРЕПОДАВАТЕЛЬСКИХ КАДРОВ В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ К ПОВЫШЕНИЮ КВАЛИФИКАЦИИ
Данная статья представлена для поиска простых, удобных путей решения существующих проблем в системе переподготовки и повышения квалификации кадров в сфере физической культуры и спорта. Сегодня путем применения инновационных технологий к образовательному процессу даны рекомендации по активному участию студентов в учебном процессе, их самостоятельному обучению, достижению эффективности обучения и ожидаемых результатов.
inglizchaINNOVATIVE APPROACHES TO IMPROVING THE QUALIFICATIONS OF TEACHING STAFF IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM
This article serves the search for easy and convenient ways of studying innovative technologies and of solving the existing problems in the system of retraining and professional development of personnel in the field of physical education and sport. Recommendations are given for achieving the effectiveness of education and the expected results through the application of innovative technologies to the educational process, ensuring the active participation of students in the teaching process and their independent acquisition of knowledge.
Kalit so‘zlar
- pedagogika
- ilm-fan
- texnika
- texnologiya
- innovatsiya
- interfaol
- tizim
- uslublar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
OLIY TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOG KADRLARI MALAKASINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR Bekmuradova. G.M Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti, O‘quv-mashg‘ulot jarayoni ilmiy axborot bilan ta’minlash hamda ilmiy-metodik bo‘limi boshlig‘i, Institut ilmiy kotibi. E-mail: bekmuradovagulnoza@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.8034872 Annotasiya: Mazkur maqola jismoniy tabriya va sport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida innovasion texnologiyalar fanni o‘rganish undagi mavjud muammolarni hal qilishning oson, qulay yo‘llarini izlab topishga xizmat qiladi. Bugungi kunda o‘quv jarayoniga innovasion texnologiyalarini tatbiq etish orqali o‘qitish jarayonida talabalarning faol ishtirokini, ularning mustaqil bilim olishlari evaziga ta’lim samaradorligiga va kutilayotgan natijalarga erishish uchun tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: pedagogika, ilm-fan, texnika, texnologiya, innovatsiya, interfaol, tizim, uslublar. QUALIFICATION OF TEACHING STAFF IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM INNOVATIVE APPROACHES TO ENHANCEMENT Abstract: This article is presented to find easy, convenient ways to solve the existing problems in the system of retraining and skill development of personnel in the field of physical training and sports. Today, by applying innovative technologies to the educational process, recommendations have been made for the active participation of students in the teaching process, their independent learning, and the achievement of educational efficiency and expected results. Keywords: pedagogy, science, technique, technology, innovation, interactive, system, methods. КВАЛИФИКАЦИЯ ПРЕПОДАВАТЕЛЬСКИХ КАДРОВ В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ К ПОВЫШЕНИЮ КВАЛИФИКАЦИИ Аннотация: Данная статья представлена для поиска простых, удобных путей решения существующих проблем в системе переподготовки и повышения квалификации кадров в сфере физической культуры и спорта. Сегодня путем применения инновационных технологий к образовательному процессу даны рекомендации по активному участию студентов в учебном процессе, их самостоятельному обучению, достижению эффективности обучения и ожидаемых результатов. Ключевые слова: педагогика, наука, техника, технология, инновация, интерактивно, система, методы.
KIRISH Dolzarbligi. O‘zbekistonda mustaqillik yillari tom ma’noda ta’limiy inqilob davri bo‘ldi. Zero, yosh, mustaqil respublika tomonidan ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, har jihatdan mukammal ta’lim tizimini shakllantirish, ta’lim mazmunini yangilash, uni zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari bilan boyitish, shaxsga tarbiya berish, uni o‘qitish borasida xalqaro tajribani qo‘llash, sohada tayyorlanayotgan mutaxassislarni jahon ta’limi me’yorlariga javob bera olishlarini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan amaliy ishlarning ko‘lami shunchalik kengki, bu o‘z-o‘zidan inqilobiy harakatlarga tenglashadi.
Jahon hamjamiyati tomonidan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan respublika ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining umumiy mohiyatini ifodalovchi O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” mavjud sharoitda barcha ijtimoiy sohalar bo‘yicha mutaxassislarning ixtisoslik tavsifi va kasbiy tayyorgarlik darajasini belgilab berishda o‘ziga xos etalon bo‘lib xizmat qilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy modeli o‘zida komil inson, malakali mutaxassis qiyofasini to‘la aks ettiradi. Komil inson, malakali mutaxassisni tayyorlashning o‘zi muhim ta’limiy jarayon bo‘lishi bilan birga ilmiy-nazariy, amaliy bilimlar bilan qurollangan malakali pedagoglarni yetishtirishni ham taqozo etadi. Shu sababli mavjud voqelik zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini metodik jihatdan to‘g‘ri, samarali tashkil etish, boshqarishda o‘zining yuksak mahorati, qobiliyatini namoyon yetadigan pedagog kadrlarni tayyorlashga ham jiddiy e’tibor qaratish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatmoqda. Malakali pedagoglarni tayyorlashda pedagogik va nopedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarini pedagogik bilimlar bilan qurollantirish, ularni yosh avlodni tarbiyalash, unga ta’lim berish jarayoniga kasbiy nuqtai nazardan yo‘naltirish katta mas’uliyatni taqozo etadi. Bu jarayonda oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy mahoratga egaliklari qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, ular faoliyatini metodik asoslovchi o‘quv manbalarining mavjudligi ham shunchalik muhimdir. Ushbu talabni inobatga olgan holda mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimida ham o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish umumiy pedagogik faoliyatning muhim yo‘nalishi etib belgilandi. Zamonaviy o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish murakkab, mas’uliyatli jarayon bo‘lib, unda pedagogika sohasida ro‘y berayotgano‘zgarishlar, komil inson, malakali mutaxassisni tayyorlash borasidagi ijtimoiy ehtiyoj hamda shaxs kamolotida muhim ahamiyat kasb etadigan ustuvor tamoyillarni inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim tizimida rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish, qayta tayyorlash va boshqaruv kadrlar zahirasini tayyorlash jarayonlariga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasion texnologiyalarni tatbiq etish orqali sifat va samaradorligini ko‘tarish, kasbiy, pedagogik, boshqaruv va ishbilarmonlik kompetensiyalarni oshirish asosida malaka oshirish tizimini innovasion rivojlantirishdan iboratdir. TADQIQOT NATIJALARI VA UNING MUHOKAMASI Innovatsiya ta’lim tizimida yangi yoki sezilarli takomillashtirilgan ta’lim xizmatini yoki ta’lim jarayonini amaliyotga joriy etish, marketingning yangi usulini yoki boshqaruvda hamda tashqi hamkorlikni o‘rnatishda yangi tashkiliy uslublarni amalga oshirilishini anglatadi. Innovatsion faoliyat esa yangiliklarning joriy qilinishiga olib keladigan yoki shu maqsadga yo‘naltirilgan barcha ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy va tijorat bosqichlaridir. Oliy ta’lim tizimida kadrlarni qayta tayyorlashni tubdan isloh qilish kasb-hunar ta’limi maqsadlari va mazmunini o‘zgartirish, ta’lim shakli va uslubini, ta’lim natijalarini baholash metodlarini takomillashtirishni taqozo etadi. Ammo innovatsion jarayonlar oson kechmaydi. Xorijiy tajribalarni o‘rganish mamlakat Oliy ta’lim tizimida kadrlarni qayta tayyorlash tizimida innovasiyalarni amalga oshirishning quyidagi to‘siqlarini umumlashtirish imkonini berdi: qisqa muddatli yondashish, ko‘proq kelajakka yo‘naltirilmagan joriy ishlarga e’tiborni qaratish, faoliyat natijaga yo‘naltirilmaganligi; tavakkalchilikdan qochish, mas’uliyatni olmaslik; innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash tizimining yo‘qligi; innovatsiyalar uchun noqulay tuzilmalar, tashkilot madaniyati – asrlab o‘rnashib olgan o‘zgarishlarga intilmaydigan boshqaruv mentaliteti;
“bunkertuzilmalari” – takror va takror urinishlar, tashkilotlararo o‘zarobog‘liqmuammolarnihal qilishningqiyinligi. Bunkerdan chiqish bo‘yicha behuda harakatlar; oldingi tajribani o‘rganishni bilmaslik yoki xatto oldingi muvaffaqiyatsizlikdan xulosa chiqarish qobiliyatining yo‘qligi; ta’lim xizmati foydalanuvchilarining fikr va g‘oyalarini yetarli inobatga olmaslik. Kasbiy ta’lim tizimida innovasiyalarning turli darajalari 1-jadval Innovasiyalar № Innovasiya mazmuni Misollar darajasi O‘quv dasturlari va kasb ta’limi pedagogikasi: Amaliy mashg‘ulot, intellektni va qalbni Singapur rivojlantirish mashg‘ulotlari Talabalarning shaxsiy rejalari va jurnallar Daniya Kompetensiyalarga asoslangan o‘quv dasturlari – AKT, texnik va Dars 1 Ixtisoslashtirilgan mexanik mashg‘uloti ko‘nikmalar, rejalashtirish va loyihalashtirish, xorijiy til, Buyuk Britaniya madaniyat to‘g‘risida tushunchalar Biznes va korxonalarda korporativ ta’lim pilot mashg‘ulotlari, biznes va korxonalardagi maxsus o‘quv markazlari Takomillashtirilgan yoki yangi tipdagi kasb-hunar ta’limi muassasasi Texnologiyalar bilan boyitilgan muhitda loyihalarga asoslangan o‘qitishdan foydalanadigan yangi Tech Amerka Qo’shma High Schools (yuqori texnologiya Shtatlari Ta’lim muassasasi 2 maktablari). Fan va ishlab chiqarish bilan hamkorlikdagi va interfaol o‘qitish usullaridan foydalanish. Mahsulot yoki xizmatlar ishlab chiqaradigan bir yoki bir nechta Daniya “ustaxonalar”ga asoslangan ishlab chiqarish maktablari Korporativ ta’lim muassasalari Motorola Kasb-hunar ta’limi tarmog‘i 3 Tarmoqlar Hamkorlik va sheriklik
Yo’nalishlar bo’yicha kengashlar, federasiyalar, fanlar assosiasiyasi, shoʻbalar
Kasb-hunar ta’limini Rivojlantirish yo‘nalishlari Tizimni rivojlantirish yo‘nalishida o‘zgarishlarni ta’minlaydigan yangi ta’lim Buyuk Britaniya 4 Tizim va o‘qitish amaliyoti dasturlarini joriy ta’lim dasturlari etish Boshqarish tuzilmasi, hisobot berish, ish samaradorligi mezonlari
1-jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilishning yangi bosqichida ta’lim mazmuni va uslublarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy mas’uliyat ta’lim muassasasi, auditoriya, har bir o‘qituvchi zimmasiga tushadi. Bu esa o‘z navbatida, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirishni talab etadi. Pedagoglar malaka oshirishi natijadorligi tizimda salohiyatli pedagoglar salmog‘ining ko‘tarilishi bilan baholanishini inobatga olib, pedagoglarning malaka oshirishi, ilmiy-uslubiy dunyo qarashining kengayishi, ijodiy salohiyatining uzluksiz rivojlanishi hamda tajribasini ommalashtirish borasidagi innovasiyalar quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim deb hisoblaymiz: jismoniy tarbiya va sport ta’limi muassasalari rahbar va pedagoglari malakasini oshirishning yangi vertikal tizimini, ya’ni tizim xodimlarining malaka oshirish jarayonini kutiladigan natija bilan bog‘lash, malaka oshirish kurslariga jalb etishdan boshlab, ularning kasbiy va pedagogik salohiyatini baholab toifalar belgilashga qaratilgan yagona tizimni joriy etish. malaka oshirish tizimiga rahbar va pedagog kadrlarni qabul qilinishida tinglovchilarning malaka darajasi diagnostikasini amalga oshirish, diagnostika natijasida yetarli bilimga ega bo‘lmagan sohalar bo‘yicha masofaviy qisqa kurslar tashkil etish; pedagoglarning malaka oshirish kurslarini o‘tish oralig‘ida mustaqil kasbiy o‘sishi va malakalarini oshirishning elektron monitoring tizimini yaratish asosida xodimlar portfoliosini shakllantirish. Uzluksiz malaka oshirishni yo‘lga qo‘yish (seminarlar, videokonferensiyalar, masofadan o‘qitish, onlayn fikr almashish va boshqalar); diagnostika natijalari darajasi asosida tinglovchilarga malaka oshirish shakllarini belgilash va tabaqalashtirilgan kurslar tashkil etish; malaka oshirish va qayta tayyorlashning samarali bo‘lgan “Ustoz-shogird”, “Yakka tartibda ballar to‘plab borish”, “Masofaviy ta’lim”, “Shaxsiy reja asosida mustaqil malaka oshirish” shakl va uslublarini joriy etish. Tizim xodimlarining ishdan ajralmagan holda malaka oshirishini ta’minlaydigan shakllardan keng foydalanish; malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim jarayoniga innovasion texnologiyalarni joriy etish, o‘quv mashg‘ulotlarida seminar-treninglar, mahorat darslari va boshqa interfaol uslublardan keng foydalanish; malaka oshirish kurslarida tinglovchilar o‘zlashtirishini baholash tizimini tubdan yangilash, baholashning turli shakllarini (test sinovlari, assisment, amaliyot va bitiruv malakaviy ish) qo‘llash hamda shaxsiy portfoliosida to‘plaganballarni ko‘zda tutgan reyting tizimini joriy etish; ishlab chiqarish ta’lim ustalarini korporativ, “dual” usulda malaka oshirishini
tashkil qilish, kam sonli kasblar bo‘yicha pedagoglarning malaka oshirishga to‘liq qamrab olinishini ta’minlash, amaliy kasbiy ta’lim olish sharoitlarini tasarrufida bolalar va o’smirlar maktablar hamda sport kollejlari oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar huzuridagi malaka oshirish muassasalarida tashkil etish, amaliy mashg‘ulotlar, amaliyotlar va mustaqil ishlar hajmini oshirish; - malaka oshirish davrida tinlovchilar o‘rtasida “innovasion malaka oshirish ta’lim muassasasi”loyihasi ko‘rik-tanlovini o‘tkazish. Malaka oshirish tizimida innovasiyani hamda zamonaviy texnologiyalar asosida darslar tashkil etishga hizmat qiladi. XULOSALAR Ma’lumotlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur.Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘o‘risida so‘z yuritiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib,faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma’lum kontseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilsa, innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi. Darhaqiqat, yangilik – vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi metod, metodika, texnologiya va b. ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Pedagogik innovatsiyalar pedagogik faoliyatga yangiliklarning izchil olib kirilishini tavsiflaydi. Pedagogik innovatsiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra ta’lim tizimi va jarayoni rivojlanib boradi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, undovchi, bunyodkorlikka rao‘batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘lib, ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shu sababli har bir o‘qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to‘la tushungan holda o‘z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar15 ta adabiyot
- Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўғрисида”ги Қонуни // Ўқувчи маънавиятини шакллантириш. – Тошкент: “Ma’rifat-Madadkor”, 2000. – 7-б.
- Ўзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури // Ўқувчи маънавиятини шакллантириш / Нашр учун масъул: Ж.Ғ.Йўлдошев. Тузувчилар Ж.Фозилов, Р.Султонов., Ҳ.Саидов. – Тошкент: “Ma’rifat-Мadadkor”, 2000. – 46-52-б.
- Каримов И.А. Буюк келажагимизнинг ҳуқуқуий кафолати. – Тошкент: Шарқ нашриёт-матбаа концерни Бош таҳририяти, 1993. – 27-28-б.
- Баркамол авлод орзуси // Нашр учун масъул: Т.Рисқиев. Тузувчилар: Ш.Қурбонов, Ҳ.Саидов, Р.Аҳлиддинов. – Тошкент: “Шарқ” НМК Бош таҳририяти, 1999. – 182 б.
- Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI асрга интилмоқда. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 1999. – 73 б.
- Архангельский С.И. Учебный процесс в высшей школе и его закономерные основы. – М.: Высшая школа, 1980. – 367 с.
- 7. Беспалько В.П. Слагаемые педагогической технологии. – Москва Педагогика, 1989. – С. 8.
- Большая психологическая энциклопедия. – Москва: Эксмо, 2007. – С. 134.
- Дидактика / О.Розиқов ва б. – Тошкент: “Фан” нашриёти, 1997. – 302 б.
- Ибрагимов Х.И., Абдуллаева Ш.А. Педагогика назарияси / Дарслик. – Тошкент: “Fan va texnologiya” нашриёти, 2008. – 286 б.
- Ибрагимов Х.И., Йўлдошев У.А., Бобомирзаев Х. Педагогик психология / Ўқув қўлланма. – Тошкент: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2007. – 407-б.
- Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya / Oliy ta’lim muassasalari uchun darslik. – Toshkent: “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2008. – 311-b.
- Исламгулова С.К. Технологизация процесса обучения в школе: теория и опыт. – Алматы: Творческая педагогика, 2003. – С. 23.
- Йўлдошев Ж.Ғ., Усмонов С.А. Замонавий педагогик технологияларни амалиётга жорий қилиш / Қўлланма. – Тошкент: “Fan va texnologiya” нашриёти, 2008. – 130 б.
- Йўлдошев Ж.Ғ., Усмонов С.А. Таълим менежменти. – Тошкент: А.Авлоний ХТРХМОМИ “Nikon Print”, 2006. – 73 б.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010651
- Nashr sanasi
- 2023-07-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 2
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v2i6.316
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 178–183
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06