YUQORI MALAKALI KURASHCHILARNI MASHG‘ULOT JARAYONIDA TEXNIK-TAKTIK HARAKATCHANGLIGINI RIVOJLANTIRISH USLIBIYOTI
Ahmedov Bobir Baxtiyor o‘g‘liNamangan davlat universiteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi magistranti2023
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 6Sahifa 167–173
Annotatsiya
ushbu maqolada yuqori malakali kurashchilarni mashg‘ulot jarayonida texnik-taktik harakatchangligini rivojlantirish uslibiyoti bo‘yicha yetarlicha ilmiy yangiliklar berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaМЕТОДИКА РАЗВИТИЯ ТЕХНИКО-ТАКТИЧЕСКОЙ ПОДВИЖНОСТИ ВЫСОКОКВАЛИФИЦИРОВАННЫХ БОРЦОВ В ТРЕНИРОВОЧНОМ ПРОЦЕССЕ
В данной статье представлены достаточные научные новшества по методике развития технико-тактической подвижности высококвалифицированных борцов в тренировочном процессе.
inglizchaMETHODOLOGY OF DEVELOPING TECHNICAL AND TACTICAL AGILITY OF HIGHLY QUALIFIED WRESTLERS IN THE TRAINING PROCESS
This article provides sufficient scientific novelties on the methodology of developing the technical and tactical agility of highly qualified wrestlers in the training process.
Kalit so‘zlar
- yuqori malakali
- kurashchilar
- mashg‘ulot
- jarayon
- texnik-taktik
- harakatchan
- rivojlantirish
- uslibiyot
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
YUQORI MALAKALI KURASHCHILARNI MASHG'ULOT JARAYONIDA TEXNIK-TAKTIK HARAKATCHANGLIGINI RIVOJLANTIRISH USLIBIYOTI Ahmedov Bobir Baxtiyor o’g’li Namangan davlat universiteti Jismoniy madaniyat yo’nalishi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8019545 Annatatsiya: ushbu maqolada yuqori malakali kurashchilarni mashg'ulot jarayonida texnik-taktik harakatchangligini rivojlantirish uslibiyoti bo’yicha yetarlicha ilmiy yangiliklar berilgan. Kalit so’zlar: yuqori malakali, kurashchilar, mashg'ulot, jarayon, texnik-taktik, harakatchan, rivojlantirish, uslibiyot. МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ ТЕХНИКО-ТАКТИЧЕСКОЙ МОБИЛЬНОСТИ ВЫСОКОКВАЛИФИЦИРОВАННЫХ БОРЦОВ В ТРЕНИРОВОЧНОМ ПРОЦЕССЕ Аннатация: в данной статье даны достаточно научные новшества по методике развития технико-тактической мобильности высококвалифицированных борцов в тренировочном процессе. Ключевые слова: высококвалифицированный, борцы, обучение, процесс, техникотактический, мобильный, развитие, методика. METHODOLOGY FOR THE DEVELOPMENT OF TECHNICAL AND TACTICAL MOBILITY OF HIGHLY QUALIFIED WRESTLERS IN THE TRAINING PROCESS Abstract: this article presents quite scientific innovations on the methodology of the development of technical and tactical mobility of highly qualified wrestlers in the training process. Keywords: highly qualified, wrestlers, training, process, technical and tactical, mobile, development, methodology.
KIRISH Mavzuning dolzarbligi Jahon miqyosida har bir xalq va elatning asrlar davomida vujudga kelgan hamda shakllangan o’ziga xos milliy kurash turlari bo’lganidek, O’zbekistonda ham “Buxorocha” va “Farg’onacha” usulda o’tkazilib kelingan milliy kurash turlari keng ommalashgan. Jumladan, kurash kurash jahonning barcha qit’alarida rivojlanib ommaviylashayotgan sport turlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida kurashga yaqin yoki o’xshash sport turlari mavjud, ana shuning uchun ham ushbu sport turini jahon miqyosida yanada rivojlantirish, kurashchilarni tayyorlash tizimini ilmiy asoslab berish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot obyekti Yuqori malakali kurashchilarni mashg'ulot jarayonida texnik-taktik harakatchangligini rivojlantirish uslubiyotini qo’llshda olib borilgan o’quv mashg’ulotlar jarayoni olingan. TADQIQOTNING MAVZUSI BO’YICHA ADABIYOTLAR SHARXI Iqtidorli kurashchilarni raqobatbardosh faoliyatiga tayyorlash, o’quv mashg’ulotlarining ko’p yillik bosqichlariga saralashni yangicha ilmiy-nazariy yondashish asosida dolzarb muammolar qatoriga kiradi. Ushbu muammoni hal etishda bir qator mahalliy olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Jumladan, J.M. Nurshin, R.S. Salamov, F.A. Kerimov, T.C. Usmonxo’jaev, A.Sh. Abdullaev, Sh.X. Xankeldiev va boshqalar ilmiy izlanishlar olib borib o’zlarini darslik, o’quv qo’llanma, maqola va tezislarida saralash tizimini asoslovchi yangi taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishgan. Kurashning tor hamda mahalliy masalalariga qaratilgan
muammolar yuzasidan F.A. Kerimov, N.M. Yusupov, SH.A, Abdullaev, R.D. Xalmuxamedov, V.N. SHin, G.B. Abdurasulova, S.C. Tajibaev, J.M. Nurshin, SH.A. Mirzaqulov, A.R.Taymuratov, N.A.Tastanov, Z.S.Artikovlar olib borgan tadqiqot natijalari alohida e’tiborga sazovor. Yakkakurash sport turlarida sportchilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichlarini aniqlash va baholashga qaratilgan dissertatsiya tadqiqot natijalaridan Z.B. Boltaev, Z.S.Artikov, S.S. Tajibaev, M.M. Qirg’izboev, X.Yu. Matnazarov, hozirgi kunda ushbu sohada foydalanib kelinmoqda. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi va xorijda mavzu yuzasidan olib borilgan bir qator tadqiqotlar N.P. Dudin, V.A. 3aporojanov R.N. Doroxov, V.P. Guba, Platonova V.N, N.J, Bulgakova, V.P. Guba, S.G. Fomin, S.V. CHernov Fukuda, D. Kelly, J. Albuquerque, M. Stout, J. Hoffman J. Samuel, David Grácio Pedro, Paulo Martins, va boshqa ko’pgina olimlar tadqiqot ishlarini olib borganlar. Yuqori malakali kurash kurashchilarning bellashuvida texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish dolzarb muammo xisoblanadi.Mazkur muammoni hal qilish maqsadida mutaxassislar fikri ham muhim xisoblanadi. Mutaxassis sifatida Namangan viloyatidagi kurash kurash murabbiylariga murojat etildi va so‘rovnoma o‘tkazildi, so‘rovnomada murabbiylardan 18 tasi ishtirok etdi. So‘rovnomaga 20ta fikr berildi, ayni shu fikrga qo‘shilish darajasi foiz xisobida o‘rganib chiqildi (№1jadval). So‘rovnomaning texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish paytida maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish ta'siri bo‘yicha mutaxassislar fikrini bilish uchun: 1. Kurash kurash bo‘yicha bellashuvlarida texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish uchun kuch sifatini rivojlantirish yaxshi samara beradi degan fikrga 11,3 og‘ishma bilan 85,6%li qo‘shilish natijasi ko‘rsatildi. Yuqori darajadagi qo‘shilish va mutaxassislar fikri deyarli birhilligi ko‘rinib turibdi. Demak jismoniy sifatlardan kuchsifati mutaxassislarda – texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish uchun muhim o‘rin egallashini ta'kidlagan. 2. Kurash kurash bo‘yicha bellashuvlarda texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish uchun tezlik sifatini rivojlantirish yaxshi samara beradi degan fikrga 10,8li og‘ishma bilan 82,4% natija qayd etilgan. Tezlik sifatini rivojlantirish xam texnik-taktik harakatlarni rivojlantirishda muhim o‘ringa ega ekanligini ko‘rsatilgan. 3. Kurash kurash bo‘yicha bellashuvlarda texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish uchun chidamlilik sifatini rivojlantirish yaxshi samara beradi degan fikrga 14,5li og‘ishma bilan 86,2% natija qayd etilgan. Chidamlilik sifatini rivojlantirish xam texnik-taktik harakatlarni rivojlantirishda muhim o‘ringa ega ekanligini ko‘rsatilgan. jadval №1Yuqori malakali kurash kurashchilarning bellashuvida texnik-taktik harakatlarni rivojlantirishdagi so‘rovnoma natijalari (n=18) O‘rtach O‘rtacha a № Savollar ko‘rsatki og‘ishm ch (%) a (V %) kurash bo‘yicha bellashuvlarda texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish 1. 85,6 11,3 uchun kuch sifatini rivojlantirish yaxshi samara beradi kurash bo‘yicha bellashuvlarda texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish 2 82,4 10,8 uchun tezlik sifatini rivojlantirish yaxshi samara beradi
Kurash kurash bo‘yicha bellashuvlarda texnik-taktik harakatlarni 3 86,2 14,5 rivojlantirish uchun chidamlilik sifatini rivojlantirish yaxshi samara beradi Kurash kurash bo‘yicha bellashuvlarda texnik-taktik harakatlarni 4 rivojlantirish uchun egiluvchanlik sifatini rivojlantirish yaxshi samara 72,5 14,5 beradi Kurash bo‘yicha bellashuvlarida texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish 5 88,5 12,2 uchun chaqqonlik sifatini rivojlantirish yaxshi samara beradi Texnik-taktik harakatlarini rivojlantirishda musobaqa qoidalarini inobatga 6 100 0 olish zarur xisoblanadi Texnik-taktik harakatlarini rivojlantirishda musobaqani o‘tkazish sharoitini 7 91,4 3,6 xisobga olish zarur xisoblanadi Texnik-taktik harakatlarini rivojlantirishda musobaqani o‘tkazish vaqtidagi 8 76,8 11,7 ob-xavo sharoitini xisobga olish zarur xisoblanadi Texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish uchun musobaqadan oldin “razvedka” uslubi asosida olingan ma'lumotlarga tayanib, ishtirok etuvchi 9 100 0 raqiblarning shox usullarini xisobga olgan holda tayyorlanish yaxshi samara beradi Texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish paytida zarur bo‘lmagan 10 100 0 harakatlarga vaqtni sarflamaslik kerak Bellashuvda texnik-taktik harakatlarni kurash kurash bilan ko‘p yillik 11 tayyorgalikning birinchi bosqichida(bazaviy tayyorgarlik) rivojlantirish 12,4 24,5 maqsadga muvofiq Texnik-taktik harakatlarni kurash kurash bilan ko‘p yillik tayyorgalikning 12 ikkinchi bosqichida(mutaxassislikga chuqurlashtirish) rivojlantirish 78,3 16,7 maqsadga muvofiq Texnik-taktik harakatlarni kurash kurash bilan ko‘p yillik tayyorgalikning 13 uchinchi bosqichida(sportda takomillashtirish) rivojlantirish maqsadga 82,5 15,2 muvofiq Texnik-taktik harakatlarni kurash kurash bilan ko‘p yillik tayyorgalikning 14 to‘rtinchi bosqichida(oliy sport mahorati) rivojlantirish maqsadga 100 0 muvofiq Bellashuvda texnik-taktik harakatlarni kurash kurash bilan ko‘p yillik 15 tayyorgalikning birinchi bosqichida(bazaviy tayyorgarlik) 0 0 takomillashtirish maqsadga muvofiq Texnik-taktik harakatlarni kurash kurash bilan ko‘p yillik tayyorgalikning 16 ikkinchi bosqichida(mutaxassislikga chuqurlashtirish) takomillashtirish 52,6 17,4 maqsadga muvofiq Texnik-taktik harakatlarni kurash kurash bilan ko‘p yillik tayyorgalikning 17 uchinchi bosqichida(sportda takomillashtirish) takomillashtirish 100 0 maqsadga muvofiq Texnik-taktik harakatlarni kurash kurash bilan ko‘p yillik tayyorgalikning 18 to‘rtinchi bosqichida(oliy sport mahorati) takomillashtirish maqsadga 100 0 muvofiq ikki 95,2 22,5 Ko‘p yillik tayyorgarlikning birinchi bosqichda uch 66,8 25,2 19 ......... pog‘onali kombinatsiya harakatlari yaxshi to‘rt 32,1 31,7 samara beradi to‘rttadan ko‘p 0 0
ikki 100 0 Ko‘p yillik tayyorgarlikning ikkinchi bosqichda uch 92,4 18,5 20 ......... pog‘onali kombinatsiya harakatlari yaxshi to‘rt 71,6 21,4 samara beradi to‘rttadan ko‘p 53,5 24,7 ikki 100 0 Ko‘p yillik tayyorgarlikning uchinchi bosqichda uch 100 0 21 ......... pog‘onali kombinatsiya harakatlari yaxshi to‘rt 88,6 14,8 samara beradi to‘rttadan ko‘p 73,5 15,4 ikki 100 0 Ko‘p yillik tayyorgarlikning to‘rtinchi bosqichda uch 100 0 22 ......... pog‘onali kombinatsiya harakatlari yaxshi to‘rt 100 0 samara beradi to‘rttadan ko‘p 93,7 18,5
4. Kurash kurash bo‘yicha bellashuvlarda texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish uchun egiluvchanlik sifatini rivojlantirish yaxshi samara beradi degan fikrga 14,5li og‘ishma bilan 72,5% natija qayd etilgan. Egiluvchanlik sifatini rivojlantirish xam texnik-taktik harakatlarni rivojlantirishda unchalik yuqori darajada bo‘lmasa xam axamiyatli ekanligi ko‘rsatilgan. 5. Kurash kurash bo‘yicha bellashuvlarida texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish uchun chaqqonlik sifatini rivojlantirish yaxshi samara beradi degan fikrga 12,2li og‘ishma bilan 88,5% natija qayd etilgan. Chaqqonlik sifatini rivojlantirish xam texnik-taktik harakatlarni rivojlantirishda juda muhim o‘ringa ega ekanligi ko‘rsatilgan. Quyidagi fikrlar kurash kurashchilarning musobaqa faoliyatida, tayyorgarlik bosqichlarida, taktik uslublarni qayta ishlash paytlarida qay darajada muhim o‘rinni egallashi o‘rganildi: 6. Texnik-taktik harakatlarini rivojlantirishda musobaqa qoidalarini inobatga olish zarur xisoblanadi degan fikrga og‘ishmasiz 100%li natija qayd etilgan. Musobaqa qoidalarini inobatga olish texnik-taktik harakatlarni rivojlantirishda juda muhim o‘ringa ega ekanligi ta'kidlangan. 7. Texnik-taktik harakatlarini rivojlantirishda musobaqani o‘tkazish sharoitini xisobga olish zarur xisoblanadi degan fikrga 3,6 og‘ishma bilan 91,4%li natija qayd etilgan. Musobaqa sharoitini xisobga olish texnik-taktik harakatlarni rivojlantirishda muhim o‘ringa ega ekanligi ta'kidlangan. 8. Texnik-taktik harakatlarini rivojlantirishda musobaqani o‘tkazish vaqtidagi ob-xavo sharoitini xisobga olish zarur xisoblanadi degan fikrga 11,7 og‘ishma bilan 76,8%li natija qayd etilgan. Musobaqani o‘tkazish vaqtida ob-xavo sharoitini xisobga olish texnik-taktik harakatlarni rivojlantirishga unchalik darajada ta'sir etmaydi, lekin mazkur omilni xam esdan chiqarmaslik zarurligi ko‘rinib turibdi. 9. Texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish uchun musobaqadan oldin “razvedka” uslubi asosida olingan ma'lumotlar tayanib, ishtirok etuvchi raqiblarning shox usullarini xisobga olgan holda tayyorlanish yaxshi samara beradi degan fikrga og‘ishmasiz 100%li natija qayd etilgan. Musobaqadan oldingi “razvedka” uslubi texnik-taktik harakatlarni rivojlantirishda eng muhim o‘ringa ega ekanligi ta'kidlangan.
10. Texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish paytida zarur bo‘lmagan harakatlarga vaqtni sarflamaslik kerak degan fikrga og‘ishmasiz 100%li natija qayd etilgan. Albatta, mutaxassislar ortiqcha kerak bo‘lmagan harakatlarni bajarish uchun vaqtni sarflamaslikni nazarda tutgan holatda fikr bildirishgan. 11. Bellashuvda texnik-taktik harakatlarni kurash kurash bilan ko‘p yillik tayyorgalikning birinchi bosqichida (bazaviy tayyorgarlik) rivojlantirish maqsadga muvofiq degan fikrga 24,5 og‘ishma bilan 12,4%li natija qayd etilgan. Ko‘rinib turibdiki, mazkur fikrga ko‘pchilik mutaxassislar qo‘shilmagan. Asosiy sabablaridan biri birinchi bosqichda boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari shug‘ullanadi, bundagi mashg‘ulot vazifalarida texnik-taktik harakatlar to‘liq shakllantirilmagan bo‘ladi. 12. Texnik-taktik harakatlarni kurash kurash bilan ko‘p yillik tayyorgalikning ikkinchi bosqichida(mutaxassislikga chuqurlashtirish) rivojlantirish maqsadga muvofiq degan fikrga 16,7 og‘ishma bilan 78,3%li natija qayd etilgan. Mazkur fikrga mutaxassislar qo‘shilishi mavjud. Bundagi sabablardan biri ikkinchi bosqichda o‘quv-mashg‘ulot guruhlari shug‘ullanadi, bundagi mashg‘ulot vazifalarida texnik-taktik harakatlar to‘liq bo‘lmasa xam shakllantirilgan bo‘ladi. 13. Texnik-taktik harakatlarni kurash kurash bilan ko‘p yillik tayyorgalikning uchinchi bosqichida(sportda takomillashtirish) rivojlantirish maqsadga muvofiq degan fikrga 15,2og‘ishma bilan 82,5%li natija qayd etilgan. Mazkur fikrga mutaxassislar qo‘shilishi yuqori darajada. Sababi uchinchi bosqichda sportda takomillashtirish guruhlari shug‘ullanadi, bundagi mashg‘ulot vazifalarida texnik-taktik harakatlar to‘liq shakllantirilgan bo‘ladi. 14. Texnik-taktik harakatlarni kurash kurash bilan ko‘p yillik tayyorgalikning to‘rtinchi bosqichida(oliy sport mahorati) rivojlantirish maqsadga muvofiq degan fikrga og‘ishmasiz 100%li natija qayd etilgan. Mazkur fikrga mutaxassislar qo‘shilishi eng yuqori darajada. Sababi to‘rtinchi bosqichda oliy sport mahorati guruhlari shug‘ullanadi, bundagi mashg‘ulot vazifalarida texniktaktik harakatlar to‘liq shakllantirilgan, ularni borgan sari takomillashtirib borish va yuqori natijalarga erishish hal etiladi. 15. Bellashuvda texnik-taktik harakatlarni kurash kurash bilan ko‘p yillik tayyorgalikning birinchi bosqichida(bazaviy tayyorgarlik) takomillashtirish maqsadga muvofiq degan fikrga xech
kim qo‘shilmagan. Sababi texnik-taktik harakatlarni rivojlantirmasdan takomillashtirish bosqichiga ko‘tarilib bo‘lmaydi. 16. Texnik-taktik harakatlarni kurash kurash bilan ko‘p yillik tayyorgalikning ikkinchi bosqichida(mutaxassislikga chuqurlashtirish) takomillashtirish maqsadga muvofiq degan fikrga respondentlar 17,4 og‘ishma bilan 52,6% qo‘shilgan. Past darajada bo‘lishining sababi ikkinchi bosqichda kurashchilarning faqatgina ayrim iqtidorlilarigina rivojlantirishdan keyingi takomillashtirish bosqichiga o‘tishi mumkin ekan. 17. Texnik-taktik harakatlarni kurash kurash bilan ko‘p yillik tayyorgalikning uchinchi bosqichida(sportda takomillashtirish) takomillashtirish maqsadga muvofiq degan fikrga respondentlar og‘ishmasiz 100% natija qayd etilgan. Sportda takomillashtirish guruhlaridagi vazifadan kelib chiqqan holda fikrlar inobatga olingan. 18. Texnik-taktik harakatlarni kurash kurash bilan ko‘p yillik tayyorgalikning to‘rtinchi bosqichida(oliy sport mahorati) takomillashtirish maqsadga muvofiq degan fikrga xam respondentlar og‘ishmasiz 100% natijani qayd etganlar. Sababi “takomillashtirishning chegarasi yo‘q” iborasi hamda oliy sport mahorati guruhlari oldiga qo‘yilgan vazifalar yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan. 19.1. Ko‘p yillik tayyorgarlikning birinchi bosqichda ikki pog‘onali kombinatsiya harakatlari yaxshi samara beradi degan fikrga 4,8 og‘ishma bilan 95,2% natija qayd etilgan. 19.2. Ko‘p yillik tayyorgarlikning birinchi bosqichda uch pog‘onali kombinatsiya harakatlari yaxshi samara beradi degan fikrga 25,2 og‘ishma bilan 66,8% natija qayd etilgan. 19.3. Ko‘p yillik tayyorgarlikning birinchi bosqichda to‘rt pog‘onali kombinatsiya harakatlari yaxshi samara beradi degan fikrga 31,7 og‘ishma bilan 32,1% natija qayd etilgan.
19.4. Ko‘p yillik tayyorgarlikning birinchi bosqichda to‘rttadan ko‘p pog‘onali kombinatsiya harakatlari yaxshi samara beradi degan fikrga xech kim qo‘shilmagan. 20.1. Ko‘p yillik tayyorgarlikning ikkinchi bosqichda ikki pog‘onali kombinatsiya harakatlari yaxshi samara beradi degan fikrga og‘ishmasiz barcha respondentlar qo‘shilgan. 20.2. Ko‘p yillik tayyorgarlikning ikkinchi bosqichda uch pog‘onali kombinatsiya harakatlari yaxshi samara beradi degan fikrga mutaxassislarning 92,4% qo‘shilgan, bundagi og‘ishma ko‘rsatgichi 18,5%ni tashkil etgan. 20.3. Ko‘p yillik tayyorgarlikning ikkinchi bosqichda to‘rt pog‘onali kombinatsiya harakatlari yaxshi samara beradi degan fikrga 21,4og‘ishma bilan 71,6% natija qayd etilgan.
20.4. Ko‘p yillik tayyorgarlikning ikkinchi bosqichda to‘rttadan ko‘p pog‘onali kombinatsiya harakatlari yaxshi samara beradi degan fikrga 24,7og‘ishma bilan 53,5% natija qayd etilgan. 21.1. va 21.2. fikrlar bo‘yicha ko‘p yillik tayyorgarlikning uchinchi bosqichda ikki va uch pog‘onali kombinatsiya harakatlari yaxshi samara beradi degan fikrga respondentlar og‘ishmasiz 100% natijani qayd etgan. 21.3. Ko‘p yillik tayyorgarlikning uchinchi bosqichda to‘rt pog‘onali kombinatsiya harakatlari yaxshi samara beradi degan fikrga 14,8og‘ishma bilan 88,6% natija qayd etilgan. 21.4. Ko‘p yillik tayyorgarlikning uchinchi bosqichda to‘rt pog‘onali kombinatsiya harakatlari yaxshi samara beradi degan fikrga 15,4og‘ishma bilan 73,5% natija qayd etilgan. 22.1., 22.2., 22.3. fikrlari bo‘yicha ko‘p yillik tayyorgarlikning to‘rtinchi bosqichda ikki, uch va to‘rt pog‘onali kombinatsiya harakatlari yaxshi samara beradi degan fikrga respondentlar og‘ishmasiz 100% natijani qayd etgan. 22.4. Ko‘p yillik tayyorgarlikning to‘rtinchi bosqichda to‘rttadan ko‘p pog‘onali kombinatsiya harakatlari yaxshi samara beradi degan fikrga 18,5og‘ishma bilan 93,7% natija qayd etilgan. XULOSA Yuqoridagi so‘rovnomaning natijalariga asoslangan holda aytish mumkinki, jismoniy sifatlarning barchasi kurash kurashchilarning bellashuvida texnik-taktik harakatlarni rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Ayniqsa, mutaxassislar chaqqonlik sifatiga ko‘proq urg‘u berganlar. Sababi har bir harakatga raqib tomonidan javob harakati, bu raqibning javob harakatiga o‘z vaqtida chaqqonlik sifati yordamida boshqa harakatlar bilan xujum uyushtirish mazkur sifat ustida ishlashni talab etadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va usuliyati. T., 2001.
- Kerimov F.A. Sport sohasida zamonaviy ilmiy tadqiqotlar. T., 2004y.17-24 bet.
- Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va usuliyati. T., 2005.
- Kerimov F.A.Sport kurashi nazariyasi va usuliyati. T., 2009.
- Kerimov F.A. Kurash tushaman. T., “Ibn Sino”, 1990.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010649
- Nashr sanasi
- 2023-07-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 2
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v2i6.313
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 167–173
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06