Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

XOJAGONLAR TARIQATI ASOSCHISI VA UNING GENEZISI

Fayziyeva Dilorom ShabonovnaToshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik ixtisosligi I bosqich tayanch doktoranti2023

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 6Sahifa 122–126

Annotatsiya

Ushbu maqolada jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida bo‘lganidek, ijtimoiy-siyosiy va ma‘naviy yo‘nalishlarda ham milliy o‘zligimizni anglash, davlatchiligimiz tarixining noma‘lum sahifalarini, milliy adabiyotimiz tarixini qaytadan o‘rganish, hamda Markaziy Osiyodagi Xojagonlar tariqati, uning tarqalishi, bu tariqat vakillari ilm-fanni rivojlantirishda, odamlarni ma‘naviy poklikka chaqirishda katta xizmat ko‘rsatganliklari va bu tariqatning faoliyati, davomchilari, shogirdlari haqida fikr yuritdik. Bugungi kunda, bular kabi yirik mutasavvuf olimlarining asarlari tadqiq etilmoqda. Sharqda katta shuhratga ega bo‘lgan bu silsilaga daxldor shayxlar Xojalar yoki Xojagonlar deb atalib, boy ilmiy ijodiy merosini yoritish bilan bog‘liq izlanishlar haqida fikr yuritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaОСНОВАТЕЛЬ СЕКТЫ ХОДЖАГОН И ЕЕ ГЕНЕЗИС

В этой статье, как и во всех сферах жизни нашего общества, в общественно-политическом и духовном направлениях, мы будем разбираться в нашей национальной идентичности, заново изучать неизвестные страницы истории нашей государственности, истории нашей национальной литературы, и секта ходжагонов в Средней Азии, думали о ее распространении, о великой заслуге представителей этого ордена в развитии науки, в призыве людей к духовной чистоте, и о деятельности этого ордена, и учеников его преемников. Сегодня исследуются работы таких великих мистиков. Шейхов, принадлежащих к этой серии, пользующейся большой известностью на Востоке, называют Ходжами или Ходжагонами, и обсуждаются исследования, связанные с освещением их богатого научного и творческого наследия.

inglizchaTHE FOUNDER OF THE KHOJAGON ORDER AND ITS GENESIS

In this article we have reflected on the awareness of our national identity in the socio-political and spiritual directions as well, just as in all spheres of the life of our society, on the unknown pages of the history of our statehood, on the re-study of the history of our national literature, and on the Khojagon order in Central Asia, on its spread, on the great service rendered by the representatives of this order in developing science and in calling people to spiritual purity, and on the activity, the successors and the disciples of this order. Today the works of such major Sufi scholars are being studied. The sheikhs belonging to this chain, which had great fame in the East, were called Khojas or Khojagons, and the article reflects on the research connected with elucidating their rich scholarly and creative heritage.

Kalit so‘zlar

  • tariqat
  • silsila
  • shayxlar
  • xojagon
  • tasavvuf
  • xilvat eshigi
  • qalb zikri
  • so‘fiylik
  • zohidlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

XOJAGONLAR TARIQATI ASOSCHISI VA UNING GENEZISI Fayziyeva Dilorom Shabonovna Toshkent davlat O’zbek tili va adabiyoti universiteti Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik ixtisosligi I bosqich tayanch doktoranti diloromfayziyeva1707@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.8115204 Anotatsiya: Ushbu maqolada jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida bo‘lganidek, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy yo‘nalishlarda ham milliy o‘zligimizni anglash, davlatchiligimiz tarixining noma’lum sahifalarini, milliy adabiyotimiz tarixini qaytadan o‘rganish, hamda Markaziy Osiyodagi Xojagonlar tariqati, uning tarqalishi, bu tariqat vakillari ilm-fanni rivojlantirishda, odamlarni ma’naviy poklikka chaqirishda katta xizmat ko’rsatganliklari va bu tariqatning faoliyati, davomchilari, shogirdlari haqida fikr yuritdik. Bugungi kunda, bular kabi yirik mutasavvuf olimlarining asarlari tadqiq etilmoqda. Sharqda katta shuhratga ega bo’lgan bu silsilaga daxldor shayxlar Xojalar yoki Xojagonlar deb atalib, boy ilmiy ijodiy merosini yoritish bilan bog‘liq izlanishlar haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: tariqat, silsila, shayxlar, xojagon, tasavvuf, xilvat eshigi, qalb zikri, so’fiylik, zohidlik. ОСНОВАТЕЛЬ СЕКТЫ ХОДЖАГОН И ЕЕ ГЕНЕЗИС Аннотация: В этой статье, как и во всех сферах жизни нашего общества, в общественно-политическом и духовном направлениях, мы будем разбираться в нашей национальной идентичности, заново изучать неизвестные страницы истории нашей государственности, истории нашей национальной литературы, и секта ходжагонов в Средней Азии, думали о ее распространении, о великой заслуге представителей этого ордена в развитии науки, в призыве людей к духовной чистоте, и о деятельности этого ордена, и учеников его преемников. Сегодня исследуются работы таких великих мистиков. Шейхов, принадлежащих к этой серии, пользующейся большой известностью на Востоке, называют Ходжами или Ходжагонами, и обсуждаются исследования, связанные с освещением их богатого научного и творческого наследия. Ключевые слова: тарикат, силсила, шейхи, ходжаган, суфизм, врата рая, зикр души, суфизм, аскетизм. THE FOUNDER OF THE KHOJAGON SECT AND ITS GENESIS Abstract: In this article, as in all spheres of the life of our society, in the socio-political and spiritual directions, we will understand our national identity, re-study the unknown pages of the history of our statehood, the history of our national literature, and the Khodjagon sect in Central Asia, thought about its spread, about the great merit of the representatives of this order in the development of science, in calling people to spiritual purity, and about the activities of this order, and the students of his successors. Today the works of such great mystics are being researched. Sheikhs belonging to this series, which is very famous in the East, are called Khodjas or Khodzhagons, and studies related to the coverage of their rich scientific and creative heritage are discussed. Keywords: Sect, series, sheikhs, khojagan, mysticism, door of paradise, zikr of the soul, Sufism, asceticism.

«Bizning vazifamiz – to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat. Shu borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun qat’iyat bilan harakat qilishimiz zarur»[1, 20]. Mamlakatimizning o‘lmas xazinasi bo‘lmish mumtoz asarlar hamda ularning yaratuvchilari ijodiga bo‘lgan qarashlar bugungi kunda ancha yuksalgan. Ayniqsa, matnshunoslik sohasida juda ko‘plab ilmiy ishlar olib borilishi va ularni alohida miridansirigacha o‘rganilib, tahlil qilish ancha yo‘lga qo‘yildi va rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti I.A.Karimov “O‘tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy ruhi ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va hamon ta’sir ko‘rsatmoqda”, - deb ta’diklagan.[2, 40-41] Tarixdan Markaziy Osiyo hududida minglab olimlar, ulug‘allomalar yetishib chiqqan. Ular ma’naviyatimizni rivojlantirishga katta hissa qo‘shganlar. Mustaqilligimiz sharofati bilan ularning ijodini va ilmiy faoliyatini o‘rganishga keng yo‘l ochildi. Ma’lumki, Markaziy Osiyoda Xojagonlar tariqati hukm surgan bo‘lib, uning tarqalishi, asosan Xoja Yusuf Hamadoniydan boshlangan. Bu tariqat vakillari ilm-fanni rivojlantirishda va odamlarni ma’naviy poklikka chaqirishda katta xizmat ko‘rsatdilar. Uning faoliyatini esa shogirdlari Barraqiy, Andoqiy, G‘ijduvoniy, Xoja Orif Revgariy hamda Xoja Ali Romitaniylar davom ettirganlar. Bugungi kunda, bular kabi yirik mutasavvuf olimlarining asarlari tadqiq etilmoqda. Sharqda katta shuhratga ega bo’lgan tariqatlardan biri Xojagon tariqatidir. Bu silsilaga daxldor shayxlar Xojalar yoki Xojagonlar deb ataladi. Xojagonlar tariqati shu so’zdan olingan.[3,73] Bu shayxlar har biri haqida turli manbalarda ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, ulardan eng mashhurlari Jomiyning “Nafahot”, Ali Safiyning “Rashahot”, Dorishukuhning “Safinat ul-avliyo” kabi asarlardir. X-XI asrlar Markaziy Osiyo tarixida nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan katta o‘zgarishlar davri - ilk uyg‘onish davri bo‘lib, so‘nggi rivojlanishda o‘chmas iz qoldirdi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Yangi din - islomga asoslangan arab xalifaligi tomonidan Markaziy Osiyo bosib olindi, islom asta-sekin hukmron mafkuraga aylanib, ma’naviyatga katta ta’sir ko‘rsata boshladi. Dunyoviy ilmlar sohasida Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Jurjoniy, Chag‘miniy kabi olimlar mashhur bo‘ldilar. Diniy ilmlar ham dunyoviy ilmlar bilan yonma-yon rivoj topdi. Qur’on, hadis, fiqh, tafsir, tasavvuf ularning asosiylaridir. Bu sohada ham Markaziy Osiyo Buxoriy, Termiziy, Moturidiy, Marg‘inoniy, Zamaxshariy kabi mashhur allomalarning ilmlarini olg‘a surdi, ular o‘z yurtini mashhur etdilar. Tasavvuf ham rivoj topdi. G‘ijduvoniy, Yassaviy, Kubrolar mashhur mutasavvuflardandir. Bu davrda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan tasavvufiy oqimlar, ularning mashhur vakillari ta’limotlari, g‘oyalarini uyg‘onish davri ma’naviyatining umumiy mazmuni va asosiy maqsadlarini nazarga olgan holda baholamoq darkordir. Abduxoliq G‘ijduvoniy shunday oqimta’limotlarning eng yirigi bo‘lmish xojagon-naqshbandiya oqimining ilk asoschilaridandir. O.Usmonovning ta’kidlashicha, tariximizdagi ulkan, bir butun, olamshumul tasavvufiy tariqat hisoblangan xojagon (naqshbandiya) tariqatini ikki qismga (Naqshbandgacha va Naqshbanddan keyingi davrlarga) bo‘lib o‘rganib bo‘lmaydi. “Naqshbandiya”ni “Xojagon”dan keyingi tadrijiy davomi, deb qarash lozim bo‘ladi. Mazkur tariqat Shayx Yusuf Hamadoniy davridan boshlangan, Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy davrida shakllanib, tashkil topgan va Shoh Naqshband davrida rivojlantirilib, keyingi asrlarda butun Islom dunyosida keng tarqatilgan, xojagon (naqshbandiya) nomi ostida mashhur bo‘lgan jahonshumul tariqatdir. Xojagon tariqatining ma’naviyat tarixidagi o‘rni haqida gapirganda mazkur tariqat va ta’limotning bag‘oyat ulkan ijtimoiy ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritishni lozim topamiz. Mazkur tariqat Xojai Jahon (Abduxoliq G‘ijduvoniy), uning shogirdlari Revgariy (Mohitobon), Romitaniy (Azizon), Baboi Samosiy, Shox Naqshbandlar tomonlaridan shakllangan va rivojlantirilgan edi. Ayniqsa, Naqshbanddan keyingi uchinchi bo‘g‘indagi ulug‘mashoyix Xoja Ahror Valiy davrida (XV asrda) ushbu tariqat va ta’limot o‘zining avji baland nuqtasiga ko‘tarildi. Xojai Jahon tomonidan aytilgan “Xalq og‘irini yengillatish lozim, bu muyassar bo‘lmaganda halol kasb-hunar egallab, “dastba kor va dilba yor” holatida bo‘lmoqlik amri muqarrar turar” jumlasida yoki hazrati G‘ijduvoniy qalamlariga mansub

“Xilvat eshigini ochish, shayxlik eshigini yopib, yor-ulfat eshigini ochish” to‘g‘risidagi mashhur shoh baytida mazkur tariqatning asl mohiyatini ko‘ramiz. Xoja Orif Revgariy (Mohitobon), Xoja Ali Romitaniy (Azizon)larning bir qator rashhalarida (dono pand-nasihatlarida) xojagon tariqatining yuksak ijtimoiy ahamiyatining ifodalariga duch kelamiz. Xoja Bahouddin Naqshbandning faoliyatlarida, qimmatbaho va dono hikmatlarida “tariximiz asosi suhbatdir, suhbatda xayr-u barakot va shuhratda ofat” degan kalimalarida mazkur tariqatning ulug‘ijtimoiy ahamiyatini mushohada qilamiz. Xojagon (naqshbandiya) tariqati va ta’limotining ma’naviyat tarixidagi o‘rni hamda mazkur ta’limotning yuksak ijtimoiy ahamiyatlari to‘g‘risida gapirar ekanmiz, mazkur ta’limotning asosi bo‘lmish ilohiylik va dunyoviylik jihatlari haqida, bu ikkala muhim jihatning birligi va ajralmasligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tishimiz kerak deb o‘yladim. Shuning uchun ham mazkur tariqat va ta’limot har tomonlama chuqur o‘rganishga hamda tashviq qilishga asoslidir. Xojagon tariqatining asoschisi Yusuf Hamadoniyning Xojagon ta’limoti bu tariqatning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Yusuf Hamadoniy tasavvufni xalq orasida targ‘ib qilib, Xojagonlar ta’limotini yanada rivojlantirdi. U hunarmandchilik-kosibchilik bilan shug‘ullangan va uning ta’limoti asosan hunarmandlar orasida keng yoyilgan.[4, 64] Xojayi Jahon — Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy hazratlari ona-Vatanimizning ma’naviymadaniy rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘allomalardandir. Abdurahmon Jomiy hazratlarining “Nafahot ul-uns” asarida yozilishicha, ahlullohdan Xizr alayhissalom yosh Abdulxoliqni ma’naviy farzandlikka qabul qiladi va unga “zikri dil” (qalb zikri)ni o’rgatadi. Bu zikr vazifasini doimiy ravishda bajarishga odatlangan Xoja Abdulxoliq ulug‘fayz-u futuhga erishadilar. Unga qalb zikridan ta’lim bergan va ma’naviy farzandlikka qabul qilgan ustozi Xizr alayhissalom bo‘lsa, suhbat va hirqa piri ulug‘shayx Xoja Yusuf Hamadoniydir. Yusuf Hamadoniy 1048-yilda Eronga qarashli Hamadon shahrining G‘animiyya mahallasida tug‘ilgan bo‘lib, u o‘z davrining yirik olimi va shayxi edi. Yusuf Hamadoniy 18 yoshida Bag‘dodga borib, fiqh ilmini o‘rganadi. U o‘z bilimini oshirish maqsadida Isfaxon, Buxoro va Xorazm shaharlariga safar qiladi. Yusuf Hamadoniy o‘z ona tili fors tilidan tashqari, arab tilini ham mukammal bilardi. U tafsir, hadis, fiqh, usul, furu’ va kalom ilmlarini yaxshi egallagan edi. TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA Yusuf Hamadoniy o‘z umrini ko‘proq ilm olish va toat-ibodatda o‘tkazar edi. Ko‘pincha, ro‘za tutardi va Xudoyi taologa ibodat qilish bilan mashg‘ul bo‘lardi. U nafaqat toat-ibodat qilish bilan mashg‘ul edi, balki xalqni ham shunga da’vat qilardi. Butga sig‘inuvchi 8000 ta butparastni musulmon qilgan edi. Yusuf Hamadoniy o‘zining halol mehnati bilan kun ko‘rar, ya’ni etik tikar va dehqonchilik qilardi. U o‘z mehnati bilan topganiga qanoat qilib, mol-dunyo yig‘magan va hashamatli bino qurdirmagan. Yusuf Hamadoniy o‘z ulushidan kambag‘al, beva, yetim, musofir, bemor odamlarga va bola-chaqasi ko‘p insonlarga yordam tariqasida berardi. U 75 yoshigacha uylanmagan edi.[5, 19] Yusuf Hamadoniy ko‘proq piyoda yurishni xush ko‘rardi, shuning uchun u o‘z umri davomida haj ziyoratiga ham 38 marta piyoda borgan edi. Abdulxoliq, G‘ijduvoniy o‘zining “Maqomoti Xoja Yusuf Hamadoniy” asarida Yusuf Hamadoniyning tashqi qiyofasini quyidagicha keltiradi: «...muborak yuzlarida chechakdan qolgan dog‘lar bor edi. Muborak soqollari uzun edi. Qizil yuzli badanlari o‘ta ozg‘in edi. Ovozlari yoqimli, bo‘ylari o‘rtacha, muborak barmoqlari uzun edi...».[5, 20] Yusuf Hamadoniy ta’limotida “zikri aloniyya”[6, 19] bo‘lmagan edi, shuning uchun u doim “zikri xufiya“ bilan mashg‘ul bo‘lardi. Yusuf Hamadoniy kamgap inson edi, u o‘zining bo‘yra, kigiz, obdasta, ko‘rpa va ikki bolishdan iborat hujrasida istiqomat qilardi. Dalada mehnat qilish bilan birga o‘zi maktab ochib, kambag‘allarning bolalarini o‘qitish bilan ham shug‘ullanardi. Yusuf Hamadoniy “Manozil us-soyirin”, “Rutbat ul-hayot” hamda boshqa bir necha asarlar muallifidir. Yusuf Hamadoniy Xojagonlar ta’limotini rivojlantira borib, har bir muridni quyidagi 4 ta qoidaga amal qilishi

Зикри хуфия - зикрни иковоз чикармай айтиш

lozimligini uqtirardi: 1. “Xush dar dam” — har bir nafasda hushyorlik, ya’ni har bir nafasning kirib chiqishida g‘aflatga yo‘l qo‘ymaslik, har bir nafas ogohlik va huzur yuzasidan bo‘lishi kerak. Abdurahmon Jomiyning piri Sa’duddin Koshg‘ariy bu haqda shunday degan edi: “Xush dar dam, ya’ni bir nafasdan ikkinchi nafasga o‘tish g‘ofillik yuzasidan bo‘lmay, huzur yuzasidan bo‘lsin va olinayotgan har bir nafas Haq subhonahudan xoliy va g‘ofil bo‘lmasin”. Bahouddin Naqshband ham nafasning kirishi, chiqishi va ikki nafas o‘rtasini ehtiyot qilish kerak, nafas g‘aflat bilan kirib chiqmasin, deb buyuradi. 2. “Nazar dar sadam” — oyoqqa nazar solishning ma’nosi shuki, nazari doimo oyoq, panjalari ustida bo‘lsin, toki uning nazari sochilmasin va keraksiz joyga tushmasin, demakdir. Demak, bu yerda har bir odam o‘z qadamini o‘ylab va fikrlab bosishi lozimligi haqidagi g‘oya ilgari suriladi. 3. “Safar dar vatan” - vatanda safar qilishning ma’nosi shuki, inson o‘z vujudiga nazar solishi, odamiylik sifatidan farishta sifatiga o‘tishi kerak. Ikkinchi ma’nosi esa, o‘z yurtida safar qilishi, mamlakatidagi ulug‘olimlar, shayxlar, so‘fiylar bilan muloqotda bo‘lishi va ulardan tariqat sirlarini o‘rganishi zarur. 4. “Xilvat dar anjuman” — odamlar ichida xilvatda bo‘lish. Buning ma’nosini Xoja Bahouddin Naqshband quyidagicha ta’riflaydi: “xilvat dar anjuman, ya’ni zohiran xalq bilan, botinan Haq bilan birga bo‘lish”. Demak, tariqatdagi har bir kishi zohiran xalq, bilan turli munosabatda bo‘lsa-da, biroq yuragida hamisha Alloh yodi bo‘lishi kerak. Shu fikrlarni Yuduf Hamadoniy pand-nasihatlarida ham uchratish mumkin. Yusuf Hamadoniyning to‘rt shogirdi bo‘lgan. Bular Barraqiy, Andoqiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy[7, 5] va Ahmad Yassaviy[8, 287] lardir. Yusuf Hamadoniy 1140-yilda vafot etgan bo‘lib, manbalarda Yusuf Hamadoniyning qabri Turkmanistonning Marv shahrida ekanligi aytiladi. Abdulxoliq G’ijduvoniy ustozining qabrini Samarqanddagi Xushvurud mahallasida deb ko’rsatgan. Yusuf Hamadoniyning hayotlari haqida xabar beruvchi “Maqomoti Yusuf Hamadoniy”ning to'rt nusxasi mavjud[9, 78-101]. Kamoliddin Haririyzodaning “Tibyon-u vasoilil-haqoyiq fi bayoni salosil it-taroiq” asari ichida, chunki bu aziz shayx qat’iyan hazrati payg‘ambar alayhissalomning diniga qarshi chiqmaganlar. Sahoba, tobein, tabaha tobein va salafi solihinga ergashib yashaganlar, Hamadon shahrida ham, boshqa yashagan joylarida ham doimo ushbu muborak so‘zni takrorlar edilar: “To‘g‘ri yo‘l –Alloh rasuli hazrati Muhammad sallallohu alayhi vasallamning yo‘lidir. Chunki olamlar sarvari bunday marhamat qilganlar: “Ey Abu Hurayra, insonlarga mening sunnatimni o‘rgat va sen ham amal qil, toki qiyomat kunida porloq bir nurga ega bo‘lursan”. Hazrati payg‘ambar sallallohu alayhi vasallamning ishorati shunday bo‘lgani bois, yo‘li bu buyuk shayx ham do‘stlarini va o‘ziga ergashganlarni, ya’ni Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Avliyona, bu faqir Abdulxoliq ibn Abduljamil va xizmat qiluvchi boshqa darvishlarni ham nabaviy shariat shoh ko‘chasiga chaqirardilar. Nafsoniy orzularga bo‘yinsunishdan, bid’atdan, shariatga qarshi chiqishdan, botil va fitna ahlining yo‘lidan va muqallidlarning taqlidlaridan muhofaza etar, ogohlantirardilar. Bu azizlarning yo‘li barcha ofatlardan xolidir. Unda na ta’til (bo‘shliq) rangi, na tashbih hidi bor (Allohning sifatlarini inkor etmaydilar va Uni boshqa narsaga o‘xshatmaydilar). Aksincha, faqat xolis hidoyat va ma’rifat nuridan iboratdir. Yuqorida xojagon tariqati haqida qisqacha hamda umumiy ma’lumotlarni keltirdim. Bu tariqatning asoschisi Yusuf Hamadoniy hayot yo‘li va o‘gitlari haqida batafsil turli manba va qo‘lyozmalardan foydalangan holda keltirdik. XULOSA Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Xojagon ta’limoti asoschilari komil inson tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan xojagon ta’limotini asoslash bilan tarixda o‘chmas iz qoldirdi. Bu tarixiy voqeaning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Xojagon tariqati Abdulxoliq G‘ijduvoniy ko‘rsatgan kamolot yo‘lidir. Shuning uchun Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar: “Alarning ravishi tariqatda hujjatdur, barcha foruq (haq bilan,

nohaqni ajratuvchi, adolatli) ning maqbulidur,"[10, 253] deb ta’riflaganlar. Xojagon ta’limotining komil insonni tarbiyalash uslubi me’yordagi yo‘ldir. Chunki bu yo‘l shariatga asoslangan. Bu yo‘l doimo shariat va sunnatga buyurib hamda bid’atdan yiroq bo‘lgan. Xojagon ta’limoti hushyorlik yo‘li bo’lib, “hush dar dam” raxshasiga asoslanadi. U mastlik, bexudlikni inkor etib, fanodan baqo holatigacha insonni kamolotga yetish yo‘llarini ko‘rsatadi. Xojagon tariqati ruhiy xususiyatlarini inobatga olib, kamolot yo‘lini belgilagan sulukdir

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Мирзиёев Ш.M. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. (Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқ) – Тошкент: Ўзбекистон, 2016. – Б. 20.
  2. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisodiy, siyosiy mafkura. – T.: “O‘zbekiston”, 1993, – B. 40-41.
  3. Muhammad Dorishukuh. Safinat ul-avliyo. Konpur, 1900 B. 73.
  4. Хожаи жахон - Хожа Абдулхолиқ Ғиждувоний. Нашрга тайёрловчи таржимон ва изох, муаллифлари — Махмудхон Махдум Хасанхон Махдум ўғли, Гулбахор Музаффар қизи. Т., Навруз, 1994, Б. 150.
  5. " Зикри алониййа - зикрни овоз чикариб такрорлаш; яна кaранг: Хожаи жахон, Б. 19.
  6. Said Nafisiy tomonidan yagona nusxaga asoslanib, «Risolai sohibiya» nomi bilan nashr etilgan (Abdulxoliq G'ijduvoniy. Risolai sohibiya. Farhangi Eronzamin, I. 1953. 78-101-
  7. Алишер Навоий. Насойим ул-муxаббат. Т.А.Т. 17- том. -Т.: 2001,- Б.-253.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010640
Nashr sanasi
2023-07-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
6
DOI
10.66073/researchfocus.v2i6.286
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
122–126
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06