Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI INGLIZ TILIGA JALB QILISH USULLARI

Amrulloyeva Nilufar Anvar qiziIngliz filologiyasi fakulteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-bosqich talabasi2023

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 6Sahifa 115–117

Annotatsiya

Ushbu maqolada “ Ingliz tili nima uchun kerak?” savoliga javob topiladi, ota-onalar va o‘qituvchilar bolalarni til o‘rganishga qiziqtirishi uchun bir nechta samarali usullar beriladi, o‘quvchilar nima uchun aynan boshlang‘ich sinfdan ingliz tiliga jalb etilishi uchun sabablar keltiriladi, bola psixologiyasi haqida olib borilgan izlanishlar asosida turli xil o‘yinlar va mashqlarning natijasi ko‘rsatiladi.

Boshqa tillarda

ruschaМЕТОДЫ ПРИВЛЕЧЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ К АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ

В данной статье на вопрос “Зачем нужен английский язык?” представлены ответы, несколько эффективных методов для стимулирования интереса детей к изучению языка для родителей и учителей, причины, по которым студентам рекомендуется начать изучать английский язык с начальной школы, а также представлены результаты исследований в области детской психологии на основе различных игровых и обучающих методов.

inglizchaMETHODS OF ATTRACTING PRIMARY SCHOOL PUPILS TO THE ENGLISH LANGUAGE

This article finds an answer to the question "Why is English needed?", gives several effective methods by which parents and teachers can interest children in learning the language, presents the reasons why pupils should be drawn to English precisely from the primary grades, and, on the basis of the research carried out on child psychology, shows the results of various games and exercises.

Kalit so‘zlar

  • grammatika
  • innovatsion
  • mexanik tarzda yodlash
  • verbalizatsiya
  • korrelatsiya
  • metatil
  • individual yondashish
  • psixo-pedagogik tadbirlar
  • pedagog
  • metod

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI INGLIZ TILIGA JALB QILISH USULLARI Amrulloyeva Nilufar Anvar qizi Ingliz filologiyasi fakulteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-bosqich talabasi E-mail: nilufaramrullayeva5@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.8034587 Annotatsiya: Ushbu maqolada “ Ingliz tili nima uchun kerak?” savoliga javob topiladi, ota-onalar va o‘qituvchilar bolalarni til o‘rganishga qiziqtirishi uchun bir nechta samarali usullar beriladi, o‘quvchilar nima uchun aynan boshlang‘ich sinfdan ingliz tiliga jalb etilishi uchun sabablar keltiriladi, bola psixologiyasi haqida olib borilgan izlanishlar asosida turli xil o‘yinlar va mashqlarning natijasi ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlar: grammatika, innovatsion, mexanik tarzda yodlash, verbalizatsiya, korrelatsiya, metatil, individual yondashish, psixo-pedagogik tadbirlar, pedagog, metod. METHODS OF ATTRACTING ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS TO THE ENGLISH LANGUAGE Abstract: In this article the answer will be found to the question of why English is needed, for parents and teachers some tips will be tought to attract children for learning a new language, reasons of why pupils should be educated the English language from primary school, based on the research on child psychology the results of different games and activities will be demonstrated. Keywords: grammar, innovative, memorizing mechanically, verbalization, correlation, metathyl, individual approach, psycho-pedagogical activities, pedagogue, method. МЕТОДЫ ПРИВЛЕЧЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ К АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ Аннотация: В данной статье на вопрос “Зачем нужен английский язык?” представлены ответы, несколько эффективных методов для стимулирования интереса детей к изучению языка для родителей и учителей, причины, по которым студентам рекомендуется начать изучать английский язык с начальной школы, а также представлены результаты исследований в области детской психологии на основе различных игровых и обучающих методов. Ключевые слова: грамматика, новаторство, механическое запоминание, вербализация, соотнесение, метаязык, индивидуальный подход, психолого-педагогические мероприятия, педагог, метод.

KIRISH Ma’lumki, butun dunyo miqyosida kelajagi buyuk inson bo‘lish, ko‘plab yutuqlar, muvaffaqiyatlarga erishish, hayotda o‘z o‘rnini topish bolalikda berilgan ta’lim va tarbiya bilan bog‘lanadi. Shuning uchun ham maktabdagi boshlang‘ich to‘rt yillik ta’lim keyingi hayotning, ya’ni yuqori sinflarning, litsey va universitetlarning birinchi bosqichi, poydevori, sifatida qaraladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, yoshlarning chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi oshdi va davlatimiz tomonidan til o‘rganish uchun ko’plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas. Xorijiy tillarni bilish ko‘nikmasi har bir qadamda foydalanib, daromad olsa bo‘ladigan sohalardan biri bo‘lib kelmoqda. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI Chet tiliga alohida e’tibor berilishiga sabab bo‘lgan qarorlardan biri bu O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarini o’rganish tizimini

yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida” PQ-1875-soni Qaroridir . Ushbu qarorga muvofiq chet tillarini , asosan , ingliz tilini boshlang‘ich sinfdan boshlab o‘rgatish, ularni chet tillarini o‘rgatishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish uchun barcha umumta’lim maktablarda 1- sinfdan boshlab ingliz tili darslarini turli xil qiziqarli o‘yinlar tarzida o‘qitish va shu bilan birga o‘quvchilarning og‘zaki nutqini ham rivojlantirish, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va grammatikani o‘qitishni zamonaviy, innovatsion usullar orqali o‘tish bosqichma-bosqich boshlandi. Bolalarda til o‘rganishga bo‘lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko‘pligi buning asosiy sabablaridandir. Shuni e’tiborga olish kerakki, 6–7 yoshli bolalar ma’lumotlar ma’nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o‘rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani zo‘riqtirib qo‘yish va qiziqishini so‘ndirib qo‘yish mumkin. Shunday ekan, kichik yoshdagi bolalarga xorijiy tilni o‘rgatish ancha mushkul va mas’uliyatli. Til o‘rganish aqliy faoliyat bo‘lganligi tufayli uning psixologik asoslari mavjud. Aqliy faoliyat ruhshunoslikda ilmiy jihatdan tekshiriladi. Shu munosabat bilan ingliz tili o‘qitishning psixologik tamoyillarini tadqiq etish ehtiyoji tug‘iladi. Ilmiy manbalarda ingliz tili o‘qitishning ikkita psixologik tamoyillari ishlab chiqilgan. Psixologik tamoyillar «verbalizatsiya» (o‘zga til amalda faqat og‘zaki nutq orqali o‘rganiladi) va «korrelatsiya» (ingliz tili materialining muayyan chegarasi aniqlanadi, birinchi galda nutq malakalarini hosil qilish uchun mo‘ljallangan til birliklari majmuyi shakllanadi) nomlarini olgan. Quyida bir qancha psixologik tamoyillar beriladi: 1. O‘quvchilarning ingliz tili o‘rganish, o‘zlashtirishga motivatsiyasi (ichki turtkisi)ni oshirish 2. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning yoshiga mos jismoniy harakatlarini rag‘batlantirish. 3. O‘quvchilarni ona tili va o‘rganilayotgan chet tilning o‘xshash jihatlaridan xabardor etish. 4. O‘quvchilarning vositachi til (metatil) tajribalarini rivojlantirish. 5. O‘quvchilarni ona tili va o‘rganilayotgan chet tilning aloqadorligidan foydalanishga o‘rgatish. 6. O‘quvchilarni o‘rganilayotgan ingliz tili tuzilmasi bilan umumiy tanishtirish. 7. Individual yondashish, ya’ni o‘quvchilarning xos xususiyatlari (har qaysi o‘quvchining tabiati, nimalarga qodirligi, qiziqishi, kim bilan do‘stlashishi, nimalarga salbiy munosabatda bo‘lishi)ni inobatga olib psixo-pedagogik tadbirlar olib borish. MUHOKAMA VA NATIJALAR Agar to‘g‘ri yondashilsa, bolalarni chet tili, ayniqsa, ingliz tiliga qiziqtirish ancha oson va tez amalga oshirsa bo‘ladigan vazifalardan biri hisoblanadi. Buning uchun, avvalo, o‘rgatayotgan insonning o‘zi ham xuddi bola singari bo‘lishi kerak. Ya’ni, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining olamiga tusha bilish kerak deb hisoblanadi. Boshlang‘ich bosqichda o‘quvchilarning muallim hikoya va ko’rsatmalarini tinglab tushuna olishlari, o’rgangan til materiali asosida rasmga qarab gapirib berishlari, matn mazmunini aytib berishlari, o‘tgan mavzular bo‘yicha suhbat qura olishlari, matnni o‘qib tushunishlari talab qilinadi. Berilgan savolga javob qaytarish, savol berish, taklifga rozilik,qarshilik bildirish, juft nutqda sherigining gaplarini tushunish malakalarini egallaydi. Og‘zaki nutq va o‘qish mavzulari, asosan, maktab va uy haqida bo‘ladi. Pedagoglar o‘quvchilari uchun ingliz tili fanini qiziqarli tarzda o‘tkazishlari va bolalarning oson o‘zlashtirishida yordam beradigan bir nechta innovatsion, sinalgan usullar mavjud: • Amaliy mashg‘ulotlar(mevalar va boshqa oziq-ovqatlarni tatib ko‘rish, gullarni hidlab ko‘rish); Bu jumlani bir amaliyotchi psixologning fikrlari bilan izohlash mumkin: " Bolalarning

esida biror narsaning mahkam o‘rnashib qolishini xohlovchi pedagog bola sezgi organlarining mumkin qadar ko‘prog‘ini ko‘zi, qulog‘i, tovush organi, muskul sezgisi va, hatto, agar iloji bo‘lsa, hidlash va ta'm bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak». Masalan: o‘qituvchi bir o‘quvchining olmani tatib ko‘rishi paytida uning rangi qizil(red) yoki yashil(green), ta’mi shirin(tasty) yoki katta(big), kichik(small )shakli haqida ma’lumot berishi va boshqa o‘quvchilarga ham mevalarni yedirib, u bolalardan o‘sha meva haqida inglizcha ma’lumotlar berishini talab qilishi lozim. • Sinfxonadagi jihozlarga ingliz tilida nom berish orqali bolalarga lug‘at o‘rgatish mumkin. Masalan: stolga “table”, doskaga “blackboard”, stulga “chair”, partaga “ desk” so‘zlari yozib qoldirilsa, bolalar har safar sinfga kirganlarida bu so‘zlarga ko‘zi tushadi va eslab qolishi osonlashadi. • So‘zlarni qo‘shiqqa solish va imo-ishoralar orqali ko‘rsatish ham samarali usul hisoblanadi. Bu ham darsni qiziqarli davom etishida asqotadi, ham o‘quvchining so‘zlarni eslab qolishi bilan bir qatorda nutqiy faoliyatini rivojlantirishda yordam beradi. • Ingliz tili fanini o‘rgatishda turli xil o‘yinlar bilan dars jarayonini o‘tish nihoyatda ajoyib usul hisoblanadi. Bu darsda barcha o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlaydi va barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishlaydi. Masalan: pantomima o‘yini. Bunda o‘qituvchi bir o‘quvchiga so‘zni ko‘rsatadi va u boshqalarga harakatlar orqali bu so‘zni tushuntirishi talab etiladi. Qolganlar esa bu so‘zni topishlari kerak bo‘ladi. • Qisqa-qisqa multfilm va videolar orqali ingliz tiliga qiziqtirish mumkin. Multfildagi qahramonlarning harakatlarini o‘qituvchi bolalarga ko‘rsatadi va o‘rgatadi. Bolalar esa o‘sha multfilm qahramonini eslab tezda yodda saqlashlari mumkin. Bu kabi usullardan foydalanib, dars jarayonini qiziqarli o‘tish asosan pedagoglarga bog‘liq. Ya’ni pedagog malakali va bola psixologiyasini tuahunadigan bo’lsagina o‘quvchilarni til o‘rganishga jalb qilishi va oson usullarda o‘rgatishi mumkin. Bunday o‘yinlar va mashqlar orqali o‘quvchi ham ingliz tilini o‘rganishga qiziqadi, ham tez o‘rganadi, ham ingliz tilidagi nutqiy faoliyatida, o‘qiy olishiga, so‘zlarni yozishiga katta yordam bera oladi. Inson 7-8 yoshida tilni tez o‘rganishga moyil bo‘ladi. Til o‘rganish orqali uning xotirasi mustahkamlanadi va bu boshqa tillarni o‘rganishiga yordam beradi. XULOSA Ushbu keltirilgan maqoladan xulosa qilinadiki, ingliz tili hozirgi kunda eng ommalasha borayotgan xorijiy til sifatida o‘rganilishi katta imkoniyatlarga olib boradigan bir eshik hisoblanadi. Bolalarga boshlang‘ich sinfligida bu tilni o‘rgatish majburiyat emas, balki qiziqarli metodlardan foydalanish, o‘yinlar tashkillashtirish jarayonidir. Bu ularning kelgusi bilimi uchun juda foydalidir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. https://cyberleninka “ Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishning innovatsion usullari” Nodira Qurbonaliyeva.
  2. https://e-library.namdu.uz Tajiboyev G.Sh. “ Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish”.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “ Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarori.
  4. https://cyberleninka “Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitish metodikasi” Boboqulova Madina.
  5. Jalolov J.J. “ Chet tili o‘qitish metodikasi”.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010638
Nashr sanasi
2023-07-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
6
DOI
10.66073/researchfocus.v2i6.284
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
115–117
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06