O‘ZBEKISTON FANLAR AKADEMIYASINING TASHKIL ETILISHI
Nasilloyev Sunnat Shavkat o‘g‘liO‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti tayanch doktoranti2023
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 6Sahifa 92–98
Annotatsiya
Sovet hokimiyati O‘zbekiston SSRda sotsialistik fan shtabi bo‘la oladigan tashkilot, yetakchi ilmiy markaz yaratish ustida ishladi. Natijada 1940-yil, 9-yanvarda Fanlar komiteti negizida SSSR Fanlar akademiyasining O‘zbekiston filiali (УзФАН) tashkil etildi. Ilmiy markaz tarkibida dastlab geologiya, botanika, tarix, til va adabiyot, iqtisodiy tadqiqotlar, suv xo‘jaligi muammolari, kimyo ilmiy tekshirish institutlari, tuproqshunoslik, zoologiya, fizika-matematika fan sektorlari, Toshkent Astronomiya rasadxonasi va uning huzuridagi Kitob kenglik stansiyasi, hamda kartografiya byurolari mavjud bo‘lgan. Sovet Ittifoqining eng yirik fanlar markazi – SSSR Fanlar akademiyasining nazorati hamda rus olimlarining yordami bilan O‘zbekiston SSRda ilm-fanning taraqqiy etishi tezlashdi.
Boshqa tillarda
ruschaУЧРЕЖДЕНИЕ АКАДЕМИИ НАУК УЗБЕКИСТАНА
Советская власть работала над созданием организации, головного научного центра, который мог бы стать штабом социалистической науки в Узбекской ССР. В результате 9 января 1940 года на базе Комитета науки было создано Узбекское отделение Академии наук СССР (УзФАН). Научный центр первоначально состоял из секторов геологии, ботаники, истории, языка и литературы, экономических исследований, проблем водного хозяйства, химических НИИ, секторов почвоведения, зоологии, физико-математических наук, Ташкентской астрономической обсерватории и приданной ей Китабской широтной станции. и картографические бюро существуют. Развитие науки в Узбекской ССР ускорилось под руководством Академии наук СССР, крупнейшего научного центра Советского Союза, и с помощью российских ученых.
inglizchaTHE ESTABLISHMENT OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF UZBEKISTAN
The Soviet authorities worked on creating an organization and a leading scientific centre that could serve as the headquarters of socialist science in the Uzbek SSR. As a result, on 9 January 1940 the Uzbekistan branch of the USSR Academy of Sciences (UzFAN) was established on the basis of the Committee of Sciences. The scientific centre initially comprised the scientific research institutes of geology, botany, history, language and literature, economic research, water management problems and chemistry, the scientific sectors of soil science, zoology and physics and mathematics, the Tashkent Astronomical Observatory and the Kitab latitude station attached to it, as well as cartography bureaus. Under the supervision of the largest centre of sciences of the Soviet Union, the USSR Academy of Sciences, and with the help of Russian scholars, the development of science in the Uzbek SSR accelerated.
Kalit so‘zlar
- Ilm-fan
- O‘zbekiston SSR
- Sovet hokimiyati
- Fanlar akademiyasi
- tabiiy resurs
- tadqiqot
- gumanitar fanlar
- fan nomzodi
- ilmiy markaz
- akademik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
O’ZBEKISTON FANLAR AKADEMIYASINING TASHKIL ETILISHI Nasilloyev Sunnat Shavkat o’g’li, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8079505 Annotatsiya: Sovet hokimiyati O‘zbekiston SSRda sotsialistik fan shtabi bo‘la oladigan tashkilot, yetakchi ilmiy markaz yaratish ustida ishladi. Natijada 1940-yil, 9-yanvarda Fanlar komiteti negizida SSSR Fanlar akademiyasining O‘zbekiston filiali (УзФАН) tashkil etildi. Ilmiy markaz tarkibida dastlab geologiya, botanika, tarix, til va adabiyot, iqtisodiy tadqiqotlar, suv xo‘jaligi muammolari, kimyo ilmiy tekshirish institutlari, tuproqshunoslik, zoologiya, fizika-matematika fan sektorlari, Toshkent Astronomiya rasadxonasi va uning huzuridagi Kitob kenglik stansiyasi, hamda kartografiya byurolari mavjud bo‘lgan. Sovet Ittifoqining eng yirik fanlar markazi – SSSR Fanlar akademiyasining nazorati hamda rus olimlarining yordami bilan O‘zbekiston SSRda ilm-fanning taraqqiy etishi tezlashdi. Kalit so’zlar: Ilm-fan, O‘zbekiston SSR, Sovet hokimiyati, Fanlar akademiyasi, tabiiy resurs, tadqiqot, gumanitar fanlar, fan nomzodi, ilmiy markaz, akademik. УЧРЕЖДЕНИЕ АКАДЕМИИ НАУК УЗБЕКИСТАНА Аннотация: Советская власть работала над созданием организации, головного научного центра, который мог бы стать штабом социалистической науки в Узбекской ССР. В результате 9 января 1940 года на базе Комитета науки было создано Узбекское отделение Академии наук СССР (УзФАН). Научный центр первоначально состоял из секторов геологии, ботаники, истории, языка и литературы, экономических исследований, проблем водного хозяйства, химических НИИ, секторов почвоведения, зоологии, физикоматематических наук, Ташкентской астрономической обсерватории и приданной ей Китабской широтной станции. и картографические бюро существуют. Развитие науки в Узбекской ССР ускорилось под руководством Академии наук СССР, крупнейшего научного центра Советского Союза, и с помощью российских ученых. Ключевые слова: Наука, Узбекская ССР, Советская власть, Академия наук, природные ресурсы, исследования, гуманитарные науки, кандидат наук, научный центр, академик. ESTABLISHMENT OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF UZBEKISTAN Abstract: The Soviet authorities worked to create an organization, a leading scientific center, which could be the headquarters of socialist science in the Uzbek SSR. As a result, on January 9, 1940, the Uzbekistan branch of the Academy of Sciences of the USSR (UzFAN) was established on the basis of the Science Committee. The scientific center initially consisted of geology, botany, history, language and literature, economic research, water management problems, chemical research institutes, soil science, zoology, physical and mathematical science sectors, the Tashkent Astronomical Observatory and the Kitab latitude station attached to it, and cartography. bureaus exist. The development of science in the Uzbek SSR accelerated under the control of the USSR Academy of Sciences, the largest science center of the Soviet Union, and with the help of Russian scientists. Keywords: Science, Uzbek SSR, Soviet power, Academy of Sciences, natural resource, research, humanitarian sciences, candidate of science, scientific center, academician.
KIRISH Xalq xo‘jaligi, fan va madaniyat bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy muammolarni hal etishning kompleks dasturi SSSR Fanlar akademiyasi O‘zbekiston filiali faoliyatiga asos qilib olindi.
O’lkada SSSR Fanlar akademiyasi O‘zbekiston filiali shug‘ullanishi lozim boʼlgan masalalar mavjud edi: 1) O‘zbekiston SSRning tabiiy resurslarini oʼrganish va ulardan ratsional ravishda foydalanish yo‘llarini aniqlash. Darhaqiqat o‘lkada yer osti va yer usti boyliklari, nodir metallar, o‘simlik dunyosi va suv zaxiralari yetarli darajada mavjudligi sababli resurslardan foydalanish mexanizmini ishlab chiqish zaruriy masala hisoblangan. Buning yana bir nozik jihati ko‘plab turli soha mutaxassislari, ilm-fan kishilari yuqoridagi masala tadqiqi yuzasidan birlashishlari kerak edi. Shu bois barcha institut va sektorlar bilan mustahkam aloqa o‘rnatish va nazoratda tutish SSSR Fanlar akademiyasi O‘zbekiston filialining vazifalaridan hisoblangan. 2) O‘zbekiston SSRning paxta bazasi sifatida Farg‘ona va Mirzacho‘l masalasi. VKP(b) MK va SSSR Xalq Komissarlari Sovetining “Oʼzbekistonda paxtachilikni yanada rivojlantirish tadbirlari toʼgʼrisida” 1939-yil 22-dekabrda chiqargan Qarori ushbu masalaning huquqiy negizi bo‘lib xizmat qildi. 3) Oʼzbekiston SSRni iqtisodiy jihatdan rayonlashtirish. Masala biroz murakkab bo‘lsa-da, iqtisodiy jihatdan samarali edi. Endilikda sovet hokimiyati xalq xo‘jaligini yangi pog‘onaga olib chiqish, xomashyo yetishtirishda alohida ishchilar hududini shakllantirish, quyi darajadagi tumanlarning iqtisodini ko‘tarish, logistika va transport xarajatlarini kamaytirish maqsadida masalaga jiddiy kirishdi. 4) O‘zbekiston SSRning cho‘llari va tog‘li hududlarini oʼzlashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish. Mavjud barcha hududlardan unumli foydalanish va Oʼzbekiston SSRning tog‘- konchilik, chorvachilik va oʼsimliklar bazasini kengaytirishni nazarda tutardi. 5) O‘zbekiston xalqlari tarixini oʼrganish. Aslini olganda, ruslardan-da qadimiy bo‘lgan davlatchilik tariximizni o‘rganishimiz, anglashimiz ularga yoqmaganligi tabiiy, zero, tarixning buyukligi kelajak poydevori bo‘lgan yosh avlodga “milliy menlik” tushunchasini vujudga keltirib, uni o‘z davlatini qayta qurishga undaydi. Sovet hukumating g‘oyaviy mafkurasi nazdida tariximiz nisbatan “yangi” hisoblanilgan. O‘rta asrlar davriga esa nizolar avjida chiqqan, ziddiyatli davr sifatida qaralgan, adabiyotlarda shunday ta’rif berilgan. O‘zbek xalqining tarixiy davrlar mobaynida sayqallangan, o‘z qadriyatlari va diniga mos bo‘lgan mavjud tillari va yozuvlari Sovet hokimiyati tomonidan tamoman rad etildi. Tom va ayni ma’noda yozuv “ruslashtirildi”. Zero, ularning bu sohadagi siyosati yuqoridagi fikrlar haqligining isbotidir. Yuqoridagi masalalardan tashqari SSSR Fanlar akademiyasining O‘zbekiston filiali matematika, astronomiya va boshqa shu kabi aniq fanlar sohasida ham tadqiqotlar olib borishi zarurligi belgilangan. Garchi ushbu jarayonga Sovet ittifoqi milliy siyosati va sotsialistik madaniyatining taraqqiyoti natijasi deya ta’rif berilgan bo‘lsa-da, amaliy jihatdan markaz chindan ham ilmiy soha mutaxassislarini yetishtirib chiqardi, shu bilan birga ularni o‘z maqsadi tomon yo‘naltirdi. NATIJALAR VA MUNOZARA 1943-yil, sentabr oyida SSSR fanlar akademiyasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda akademiyaning haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolari saylangan. Ittifoq miqyosida bilim va tajribaga ega bo‘lgan taniqli olimlar va yosh akademiklardan jami 36 nafari SSSR fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi bo‘ldi. Bular orasida: 1) fizika-matematika fanlari bo‘limi bo‘yicha – 5 akademik 2) kimyo fanlari bo‘limi bo‘yicha – 4 akademik 3) geologiya-geografiya fanlari bo‘limi bo‘yicha – 4 akademik
5) biologiya fanlari bo‘limi bo‘yicha – 3 akademik 6) texnika fanlari bo‘limi bo‘yicha – 7 akademik 7) tarix va falsafa bo‘limi bo‘yicha – 7 akademik 8) ekologiya va huquq bo‘limi bo‘yicha – 2 akademik 9) adabiyot va til bo‘limi bo‘yicha – 4 akademik saylangan1. 58 nafar olim esa SSSR Fanlar Akademiyasining muxbir a’zolari etib saylandi. Ushbu akademiklarning ko‘pchiligi qizil armiya uchun kerakli qurollarning turli xillarini kashf qilib, butun mamlakatda mashhur bo‘lgan kishilar, aeroplan va mexanizatsiya muhandislari, Sovet Ittifoqining iqtisodiy va harbiy qudratini oshirayotgan olimlar, ilm-fan va texnika sohalarining yirik tadqiqotchilari bo‘lgan. Jumladan: 1) fizika-matematika fanlari bo‘limi bo‘yicha – 9 akademik 2) kimyo fanlari bo‘limi bo‘yicha – 12 akademik 3) geologiya-geografiya fanlari bo‘limi bo‘yicha – 5 akademik 5) biologiya fanlari bo‘limi bo‘yicha – 5 akademik 6) texnika fanlari bo‘limi bo‘yicha – 10 akademik 7) tarix va falsafa bo‘limi bo‘yicha – 9 akademik 8) ekologiya va huquq bo‘limi bo‘yicha – 3 akademik 9) adabiyot va til bo‘limi bo‘yicha – 5 akademik saylangan2. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarda fanlar va sohalar kesimida saylangan akademiklarning miqdori keltirilgan. Shunga asoslanib sovet hokimiyati qaysi fanlar va sohalarni rivojlantirishni ko‘zlaganligi anglash qiyin emas. Ko‘rinib turganidek, eng yuqori raqamlar, asosan, ishlab chiqarish (kimyo, texnika, fizika-matematika fanlari), shuningdek, sovet mafkurasiga xizmat qilishi rejalashtirilgan (tarix va falsafa) sohalaridir. SSSR fanlar akademiyasining faoliyati boshqa respublikalar singari O‘zbekiston SSRda ham o‘z ta’sirini o‘tkazib kelganligi tabiiy. Urush yillarida sovet hokimiyati O‘zbekiston SSRda urush fronti maqsadlari uchun ilm-fan frontini shakllantirishga qaror qildi. Ittifoq nazdida ilm-fan frontining vazifasi urush harakatlari uchun zaruriy barcha xomashyo va mahsulotlarni yetkazishda natijalarga erishish, hamda, sovet mafkurasiga mos faoliyat yuritish bo‘lgan. Ushbu maqsadni bajarish uchun mafkuraviy asos va huquqiy negiz shakllantirila boshlandi. 1943-yil, 27-sentabr kuni Moskva, Kremlda SSSR Ittifoqi Xalq Komissarlari sovetining Raisi - I.V. Stalin va SSSR Ittifoqi Xalq Komissarlari sovetining Ishlar mudiri Y. Chadayev imzosi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida” SSSR Xalq Komissarlari Sovetining Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror mazmunida 1) O‘zbekiston Xalq Komissarlari Sovetining va OʼzK(b)P Markaziy Komiteti O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining Toshkent shahridagi O‘zbekiston filialini O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasiga aylantirish to‘g‘risidagi iltimosini qondirish; 2) Akademiyaning ochilishi ulug‘oktabr-sotsiologik revolyutsiyaning 26 yilligiga to‘g‘ri keltirish; 3) O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Sovetiga va SSSR fanlar akademiyasi Prezidiumiga O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasini tashkil qilish yo‘lidagi butun tayyorgarlik ishlarini o‘tkazish topshirilishi haqidagi masalalar mavjud edi. OʼzSSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi А.Moʼminov, OʼzSSR Xalq Komissarlari Sovetining raisi А.Аbduraxmonov, OʼzK(b)P Markaziy Komitetining sekretari U.Yusupov 1943-
“Қизил Ўзбекистон” газетаси, 1943 йил 3 октабр. “Қизил Ўзбекистон” газетаси, 1943 йил, 3 октабр.
yil, 4-noyabr sanasida SSSR Xalq Komissarlari Sovetining “Oʼzbekiston SSR Fanlar Аkademiyasini tashkil qilish toʼgʼrisida”gi 1943-yil 27-sentyabrda I.V. Stalin imzosi bilan tasdiqlangan qaroriga muvofiq, O‘zSSR Oliy Sovetining Prezidiumi, OʼzSSR Xalq Komissarlari Soveti va OʼzK(b)P Markaziy Komiteti Qarori e’lon qilingan. Ushbu qarordan SSSR Fanlar Аkademiyasining mavjud filiali bazasida Oʼzbekiston SSR fanlar Аkademiyasi taʼsis etish, Oʼzbekiston SSR fanlar Аkademiyasini taʼsis kuni sifatida 1943-yil 4-noyabrni, Oʼzbekiston SSR fanlar Аkademiyasining doimiy faoliyat markazi sifatida esa Toshkent shahrini belgilash kabi masalarlar o‘rin olgan. Shuningdek, OʼzSSR Oliy Sovetining Prezidiumi OʼzSSR Xalq Komissarlari Soveti va Oʼzk(b)P Markaziy Komiteti Oʼzbekston SSR fanlar Аkademiyasining eng muhim va birinchi navbatdagi vazifasi - “front ehtiyojlari uchun nemis bosqinchilardan ozod qilingan rayonlarning xoʼjaligini tiklashga qardoshlarcha yordam berish va Oʼzbekistonda iqtisod hamda madaniyatni yanada yashnatish uchun yangidan yangi resurslarni qidirib topishdan iborat3” ekanligi qonuniy hujjatda o‘z aksini topishi barobarida sovet hokimiyatining yetakchi ilmiy muassasani barpo etishdan ko‘zlagan maqsadi oydinlashtirilgan. Shuningdek, ushbu hujjatga ko‘ra “OʼzSSR Oliy Sovetining Prezidiumi OʼzSSR Xalq Komissarlari Soveti va OʼzK(b)P Markaziy Komiteti OʼzSSR ning barcha partiya sovet xoʼjalik va jamoat tashkilotlarini Oʼzbekiston Fanlar Аkademiyasining ishiga faol yordam berish va unga har tomonlama koʼmaklashishga chaqiradilar”. SSSR Xalq Komissarlari Sovetining “Oʼzbekiston SSR fanlar akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, Oʼzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti O‘zbekiston Fanlar akademiyasini tashkil qilish borasida tayyorgarlik ishlarini olib borish uchun Oʼzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti SSSR fanlar Akademiyasini Prezidiumining birlashgan hukumat komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror chiqardi. Komissiya tarkibiga Oʼzbekiston SSRdan hukumatidan A. Abduraxmonov (rais), U. Yusupov, S. Umarov, F. Yo‘ldoshboyeva, T. Qoriniyozov (rais o‘rinbosari), SSSR fanlar Akademiyasidan – akademiklardan Keller, Graftio, Strumilin(rais o‘rinbosari), SSSR fanlar Akademiyasining korrespondent a’zosi Shatelenlar o‘rin olgan. Komissiya Oʼzbekiston SSR fanlar akademiyasini tuzilishi, yo‘riqnomasi, smeta va shtatini, Akademiyani ochish marosimini o‘tkazish, uning axborot va chop etish muassasalarini belgilash va topshiriqlar ijrosini Oʼzbekiston SSR Xalq Komissarlari Sovetiga taqdim etish vazifalari yuklatilgan4. Tabiiyki, O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi tashkil etilayotgan davrda ushbu yetakchi ilm-fan muassasasining akademiklarini tasdiqlash masalasi mavjud edi. Jarayon juda aktual bo‘lganligi sababli tezda o‘z yechimmini topgan. OʼzSSR Xalq Komissarlari Sovetining raisi А.Аbduraxmonov va OʼzSSR Xalq Komissarlari Soveti ishlar mudirligi oʼrinbosari А.Pazdzerskiy tomonidan 1943-yil 3-noyabr sanasida “Oʼzbekiston SSR fanlar akademiyasining haqiqiy azolari, korrespondent - aʼzolari va faxriy aʼzolarini tasdiqlash toʼgʼrisida” Oʼzbekiston SSR Xalq Komissarlari Sovetining qarori tasdiqlangan. Oʼzbekiston SSR fanlar akademiyasining “haqiqiy” a’zolari sifatida tasdiqlangan olimlar: 1. Toshmuxammad Niyozovich Qori Niyoziy fizika-matematika fanlari doktori (matematik), professor, OʼzSSR da xizmat koʼrsatgan fan arbobi. 2. Toshmuxammad Аlievich Sarimsoqov fizika matematika fanlari doktori (matematik) professor.
“Қизил Ўзбекистон” газетаси, 1943 йил, 4 ноябр “Қизил Ўзбекистон” газетаси, 1943 йил, 27 октабр.
3. Sulton Umarovich Umarov fizika - matematika fanlari nomzodi (fizik). 4. Muso Toshmuhamedovich Oybek - yozuvchi. 5. Vsevodod Ivanovich Romanovskiy - fizika matematika fanlari doktori (matematik, statistik) professor, OʼzSSR da xizmat koʼrsatgan fan arbobi. 6. Rixard Rixardovich Shreder - Lenin nomli Qishloq xoʼjalik akademiyasining aʼzosi, seleksioner agronom. 7. Mixail Stepanovich Аndreev - SSSR fanlar Аkademiyasining korrespondent aʼzosi etnograf. 8. Аleksandr Sergeevich Uklonskiy - geologiya-minerologiya fanlari doktori, professor, OʼzSSR da xizmat koʼrsatgan fan arbobi. 9. Viktor Vasilʼevich Poslavskiy injener-irrigator. 10. Аlexsandr Nikolaevich Аskochenskiy injener - irrigator. 11. Gʼafur Gʼulom - shoir. Shuningdek, 18 nafar taniqli olimlar Oʼzbekiston SSR fanlar akademiyasining “muxbira’zolari”, Sadriddin Аyniy (Tojikiston SSR da xizmat koʼrsatgan arbobi), Usta Shirin Murodov, Yusufali Musaevlar (OʼzSSR xalq ustasi) Oʼzbekiston SSR fanlar akademiyasining “faxriy” a’zolari sifatida tasdiqlandi. Ushbu jarayonga siyosiy tus berish, juda katta tarixiy hodisa ekanligini xalqqa yetkazish, o‘zbek xalqiga patanparvarlik tuyg‘usini uyg’otish va ilm-fan tadqiqotlariga yanada turtki berish maqsadida ittifoqning turli tashkilotlari, ilmiy muassasalaridan, hamda, taniqli insonlardan yo‘llangan tabriklar matbuot yuzini ko‘ra boshladi. Jumladan, SSSR Fanlar Аkademiyasining prezidenti akademik Komarov va SSSR fanlar Аkademiyasining sekretari akademik Bruevichlarning Oʼzbekiston Xаlq Komissаrlаri Sovetigа va OʼzK(b)P Mаrkаziy Komitetigа tabrigi; - Rus yozuvchisi, jamoat аrbobi Aleksey Tolstoyning OʼzSSR Xаlq Komissаrlаri Sovetigа va OʼzK(b)P Mаrkаziy Komigetigа tabrigi; - SSSR Fanlar akademiyasining Armaniston filliali Rais o‘rinbosari Gulkanan, Ilmiy sekretar Momjianning o‘zbek xalqiga tabrigi; - Qirgʼiziston Xalq Komissarlari Soveti Raisi Kulatovning Oʼzbekiston SSR Fаnlаr Аkаdemаyasigа tabrigi; - SSSR Fanlar Аkademiyasi Ozarbayjon filialining prezidiumi rahbarining oʼrinbosari Guseynovning Oʼzbekiston SSR Fаnlаr Аkаdemаyasigа tabrigi; - Belorussiya SSR fanlar Аkademiyasining vitsi prezidenti Yakub Kolasning O‘zbekiston xalqiga tabrigi; - O’zbekiston SSR sanoat mehnatkashlari nomidan (Andijon neft konining parmalovchi mutaxassisi, SSSR Oliy Sovetining deputati Og‘a Ne’matulla) “Neftchilar tabrigi” yuqoridagi fikrlarimiz isbotidir. Shuningdek bir qator soha fidoiylari - M. Qodirova (O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi), Maqsud Shayxzoda (yozuvchi), Sora Eshonto‘rayeva va Abror Xidoyatovlar (O‘zbekiston SSR xalq artistlari), O‘zbekiston fanlar akademiyasi tashkil etililganligi bilan butun o‘zbek xalqini tabriklaganlar. O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasining ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali tadbir 1943-yil, 4-noyabr kech soat 8 da Sverdlov nomli teatr binosida bo‘lib o‘tgan. 1943-yil, 18-noyabrda O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi a’zolarining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda sovet ittifoqining atoqli olimlaridan akademik V.V. Struve, SSSR Fanlar
Akademiyasining correspondent a’zolaridan S.a. Shatelen, A.Y. Yakubovskiy, N.K. Pipsanov, V.F. Shishmarov, P.A. Baranov va O‘zbekistondagi fan, adabiyot va sana’tning atoqli arboblari, ilmiy muassasalar, partiya, sovet, hamda, jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdilar. Majlisda akademiyaning rahbar organi saylandi. O‘zbekiston SSr Fanlar Akademiyasining Prezidenti etib, bir ovozdan O‘zSSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy saylandi. Matematika fanlari doktori, akademik T.A. Sarimsoqov birinchi vitse-prezidenti, akademik Romanovskiy tabiiyotmatematika fanlari bo‘limining akademik sekretari, yozuvchi akademik Oybek gumanitar fanlar bo‘limining akademik sekretari sifatida saylandi. Shuningdek, majlis O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasining Prezidium tarkibi 5 kishidan iborat qilib sayladi. Prezidium tarkibiga akademiklardan T.N. Qoriniyoziy, T.A. Sarimsoqov, V.V. Poslavskiy, V.I. Romanovskiy va M.T. Oybeklar o‘rin oldi. Yig’in so’ngida esa, Usmon Yusupov o’z maruzasida “ulug‘vatan urushi kunlarida o’z yechimini kutayotgan bir qator muammolarni hal etishda amaliy yordam berish yuzasidan Fanlar Akademiyasi va umuman O‘zbekiston olimlari oldiga 1) qishloq xo‘jaligi va sanoatni yuksaltirish, 2) O‘zbekiston SSRni elektrlashtirishni rivojlantirish, 3) Tabiiy boyliklardan maksimal foydalanish5 kabi muhim vazifalarni qo‘ydi. Sovet hokimiyatining yetakchi ilmiy muassasani barpo etishidan maqsadi olimlarning birinchi yig‘ilishidayoq ko‘zga tashlandi. O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi haqiqiy va muxbir aʼzolarining birinchi majlisi respublikaning barcha olimlariga murojaat qilib, ularni oʼz ilmiy salohiyatlarini yuzaga chiqarishga, Vatan baxt-saodati uchun faol mehnat qilishga chaqirdi. “Majlis,— deyiladi murojaatda, - hozirgi vaqtda Аkademiyada ishlovchi hodimlarning ham, respublikadagi barcha olimlarning ham ijodiy mehnati, Vatanimizning harbiy-xoʼjalik qudratini mustahkamlash va dushmanni tezroq tor-mor keltirish bilan bogʼliq boʼlgan eng aktual masalalarni oʼrganish va hal etishga qaratilmogʼi lozim, deb hisoblaydi”6. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi dastlab 2 bo‘limdan, Tabiiyot-matematik va gumanitar fanlar bo‘limlari tashkil etilgan. Bularning tarkibiga SSSR Fanlar Akademiyasi sobiq O‘zbekiston filialining qayta qurilgan va kengaytirilgan, hamda, yangi tuzilgan matematika va mexanika, tarix, arxeologiya, iqtisodiyot, sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish va boshqa institutlar o‘rin olgan. Shreder nomli mevachilik tajriba stansiyasi, O‘zSSR Maorif xalq komissarlarining tabiiyot7 va tarix muzeyi, Navoiy nomli muzeyning jihozlari va eksponatlari, O‘zSSR yer ishlari xaql komissarligiga qarashli chorvachilik ilmiy-tekshirish institutining iqtisodiyot sektori va SAGU botanika bog‘i O‘zbekiston Fanlar Akademiyasiga berilgan8. Urush davri (1941-1945 yillar)ning qiyinchiliklariga qaramay, ilmiy tadqiqot ishlar yanada jadallashdi. 1943-yilda respublika hududida (vaqtincha ko’chirib keltirilgan ilmiy muassasalarni hisobga olmaganda) 19 ta ilmiy-tekshirish instituti, 23 ta ilmiy stantsiya, (31-b) 3 ta observatoriya, 11 ta muzey va 6 ta boshqa ilmiy-tekshirish muassasasi faoliyat yuritgan9.
“Қизил Ўзбекистон” газетаси, 1943 йил, 20 ноябр. Ўзбекистон Фанлар академияси олимларининг Ўзбекистондаги фан, техника ва санъат соҳасида ишловчи барча ходимларга мурожаати. Уз ССР Фанлар академиясининг бюллетени, 1944, № 1-4. Tabiat hodisalari va qonuniyatlari haqidagi fan; tabiatshunoslik. https://uz.wiktionary.org/wiki/tabiiyot#Ma%CA%BCnosi “Қизил Ўзбекистон” газетаси, 1943 йил, 19 ноябр. Фозилов Ҳ.Ф. таҳрири остида, “Ўзбекистон ССР фанлар академияси” –Т.-1958 йил. 32-б.
XULOSA VA TAKLIFLAR Sovet hukumati va komunistik partiyasi SSSR Fanlar akademiyasining O‘zbekiston filialiga mavjud xalq muammolari hisoblanilgan – qishloq xo‘jaligi, og‘ir va yengil sanoat, tog‘-kon sanoati, hamda shu kabi iqtisodiy ahamiyatga molik vazifalarni yukladi. Аna shu koʼrsatmalarga amal qilgan holda xalq xo‘jaligi, fan va madaniyat bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy muammolarni ishlashning kompleks dasturi SSSR Fanlar akademiyasi O‘zbekiston filiali faoliyatiga asos qilib olindi. SSSR Fanlar akademiyasining olimlar jamoasining keng avj olib ketgan jadal surʼatli xalq xo‘jaligi, irrigatsiya qurilishlarida faolligini oshirish maqsadida – fan va ishlab chiqarish xodimlarining birgalikdagi faoliyatlari yo‘lga qo‘yildi. Bunda O‘zbekiston filialining barcha ilmiy-tekshirish institutlari va sektorlari qatnashdi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Kim iqtibos qilgan2
ReLibrary’da chop etilgan va ushbu yozuvga iqtibos keltirgan ilmiy ishlar, yangisi yuqorida.
- SOVET DAVRIDA O‘ZBEKISTON SSR (1960–1980 YILLAR) QISHLOQ XO‘JALIGI FANLARIDA ILMIY KADRLAR TAYYORLASHNING TARIXIY TAHLILI
Nasilloyev Sunnat Shavkat o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2025
- THE NATURE OF THE POSTGRADUATE EDUCATION SYSTEM IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS OF THE UZBEK SSR UNDER THE SOVIET GOVERNMENT
Nasilloyev Sunnat Shavkat ogli · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- “Қизил Ўзбекистон” газетаси, 3 октабр.
- “Қизил Ўзбекистон” газетаси, 4 ноябр.
- “Қизил Ўзбекистон” ” газетаси, 27 октабр.
- “Қизил Ўзбекистон” газетаси, 20 ноябр.
- “Қизил Ўзбекистон” газетаси, 19 ноябр.
- “Правда Востока”, 1943 йил 4 ноябрь.
- Ўзбекистон Фанлар академияси олимларининг Ўзбекистондаги фан, техника ва санъат соҳасида ишловчи барча ходимларга мурожаати. Ўз ССР Фанлар академиясининг бюллетени, 1944, № 1-4, 20 бет.
- Фозилов Ҳ.Ф. таҳрири остида, “Ўзбекистон ССР фанлар академияси” –Т.-1958 йил. 32-б.
- T.N. Qoriniyozov. Sovet O’zbekistoni madaniyati tarixidan ocherklar. O’zSSR F.A. nashriyoti 1956-y.
- Nasilloyev S.Sh. O‘zbekiston SSRda sovet hokimiyatining ilmiy siyosati (Oliy ta’limdagi tadqiqotlar. 1943 y.) “Tafakkur va talqin” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman to’plami, II qism. Buxoro-2023 y. 7-12 betlar.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010634
- Nashr sanasi
- 2023-07-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 2
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v2i6.272
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 92–98
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 42026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06