Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

QUYOSH QURITGICHLARINI TAKOMILLASHTIRISH VA ULARDAGI JARAYONLARNI TADQIQ ETISH

Nurmamatov Akramjon Ahmadjon o‘g‘liNamangan muhandislik-qurilish instituti Energetika va mehnat muhofazasi fakulteti magistranti2023

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 6Sahifa 56–60

Annotatsiya

Maqolada keltirilgan past haroratli qurilmalar qishloq xo‘jaligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu qurilmalardan foydalanish qishloq aholisining madaniy hayotini va turmush darajasini yanada yaxshilashiga xizmat qiladi. Quyosh energiyasidan foydalanish qishloq xo‘jalik masulotlari ishlab chiqarishning rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatmoqda

Boshqa tillarda

ruschaУСОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОЛНЕЧНЫХ СУШИЛОК И ИССЛЕДОВАНИЕ ИХ ПРОЦ ЕССОВ

Представленные в статье низкотемпературные устройства тесно связаны с сельским хозяйством. Использование этих устройств позволит еще больше улучшить культурную жизнь и уровень жизни жителей села. Использование солнечной энергии положительно влияет на разв итие сельскохозяйственного производства.

inglizchaIMPROVEMENT OF SOLAR DRYERS AND THE STUDY OF THE PROCESSES IN THEM

The low-temperature devices presented in the article are closely connected with agriculture. The use of these devices serves to further improve the cultural life and the living standards of the rural population. The use of solar energy is having a positive effect on the development of agricultural production.

Kalit so‘zlar

  • Quyoshning nuriy energiyasi
  • olma
  • issiq yashik
  • issiqxona
  • quritish usullari
  • meva quritish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

QUYOSH QURITGICHLARINI TAKOMILLASHTIRISH VA ULARDAGI JARAYONLARNI TADQIQ ETISH Nurmamatov Akramjon Ahmadjon o'g'li Namangan muhandislik qurilish instituti Energetika va mehnat muhofazasi fakulteti magistraturanti https://doi.org/10.5281/zenodo.8044724 Annotatsiya: Maqolada keltirilgan past haroratli qurilmalar qishloq xo’jaligi bilan chambarchas bog’liqdir. Bu qurilmalardan foydalanish qishloq aholisining madaniy hayotini va turmush darajasini yanada yaxshilashiga xizmat qiladi. Quyosh energiyasidan foydalanish qishloq xo’jalik masulotlari ishlab chiqarishning rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko’rsatmoqda. Kalit so’zlari: Quyoshning nuriy energiyasi, olma, issiq yashik, issiqxona, quritish usullari, meva quritish IMPROVEMENT OF SOLAR DRYERS AND RESEARCH ON THEIR PROCESSES Abstract: The low-temperature devices presented in the article are closely related to agriculture. The use of these devices will further improve the cultural life and standard of living of the villagers. The use of solar energy has a positive effect on the development of agricultural production. Keywords: solar light energy, apple, hot box, greenhouse, drying methods, fruit drying УСОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОЛНЕЧНЫХ СУШИЛОК И ИССЛЕДОВАНИЕ ИХ ПРОЦЕССОВ Аннотация: Представленные в статье низкотемпературные устройства тесно связаны с сельским хозяйством. Использование этих устройств позволит еще больше улучшить культурную жизнь и уровень жизни жителей села. Использование солнечной энергии положительно влияет на развитие сельскохозяйственного производства. Ключевые слова: солнечная световая энергия, яблоко, теплица, теплица, способы сушки, сушка плодов.

KIRISH Yer yuziga tushadigan quyoshning nur energiyasi katta bo’lishiga qaramay quyosh energiyasi va undan foydalanish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari XX asrning ikkinchi yarmidan so`ng rivojlandi. Bizning mamlakatimizda garchi ko’mir, neft, tabiiy gaz zapaslari hali ko’p bo’lsada, baribir ularni tejab sarflash kerak.Bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borish zarurdir. Buning uchun maqolada keltirilgan past haroratli qurilmalar ustida ilmiy izlanishlarni olib borish kerak.Hamda maktab, letsiy, kollejlarda fizika fanini o’qitishda qishloq xo’jaligi bilan bog’lashni, fizika bilan biologiya fani orasidagi bog’lanishni kuchaytirishda maqolada keltirilgan qurilmalar yoki quyosh energiyasidan foydalanishda fanning yutuqlarini keltirish katta ahamiyatga egadir. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI O’zbekiston sharoitida 60 − 70 0 C temperatura olish uchun yoz oylarida bir qavat oyna 700 C dan yuqori temperatura olish uchun ikki qavatli oyna kifoyadir. Quyosh nuri energiyasini

to’plamasdan ishlaydigan ``Issiq yashik `` tipidagi quyosh qurilmalari hozirgi vaqtda eng ko’p tarqalgan qurilmalardir. Bunday qurilmalarni past haroratli quyosh qurilmalari deb yuritiladi. Past haroratli quyosh qurilmalari quyidagilar: 1.Quyosh suv isitgichlari 2.Quyosh suv chuchitgichlari 3.Quyosh teplitsa va issiqxonalari 4.Quyosh quritgichlari 5.Quyosh sovitgichlari. Biz bu quyosh qurilmalarining har birining tuzilishini, ishlash prinspini va unda bo’ladigan fizik jarayonlarni ko’rsatib o’tamiz. Quyosh suv isitgichlari ``issiq yashik``turidagi turli xil quyosh suv isitgichlari asosan yog’och yashik –rom, ichki sirt –qozon, oyna va issiqlik izolyatsiyasidan iboratdir. Quyosh nurlari oyna orqali o’tib, qora ranga buyalgan qozonga tushadi va uni isitadi. Natijada qozondaaaagi suv ham isiy boshlaydi. Agar issiqlik izolyatsiyasi yaxshi bo’lsa, issiqlik o’tkazuvchanlik va konveksiya bo’yicha issiqlik yo’qotish kamayadi. Quyosh suv isitgichlarining turlari juda ko’p bo’lib, ular bir-biridan asosan qozonlarining tuzilishi bilan farqlanadi. Respublikamizda quyosh suv isitgichlarini quyidagi turlari ma’lum. 1.Oddiy bochka shaklidagi isitgichlar. 2.Nav shakli(latok)li isitgichlar. 3.Zmeyvka (burama truba) li isitgichlar. 4.Trubali isitgichlar. 5.Yassi, yopiq isitgichlar. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki bu isitgich turlari ichidan eng qulayi trubali quyosh suv isitgichlari ekan. B.V.Petuxov konstruksiyasi bo’yicha trubali suv isitgichni bak-akkumulyator (isigan suv yig’iladigan va issiqlikni yomon o’tkazadigan moddalar bilan o’ralgan idish) bilan ulash sxemasi ko’rsatilgan. Sovuq suv keladigan truba 4.bak-akkumulyator 3.ning pastki qismiga ulangan, bundan tashqari bak-akkumulyator pastki sirkulyatsiya trubasi 2 yordamida isitgich 1 ning pastki kollektor trubasiga biriktirilgan.Isitgich yuqorisidagi kollektor trubasi ham sirkulyatsiya trubasi orqali bak –akkumulyatorning ustki qismi bilan tutashtirilgan bo’ladi. Isigan suvni bakakkumulyatordan truba 5 bo’yicha olib ketiladi.Bu suv isitgichini janub tomonga qaratib quyosh radiatsiyasi maksimal tushadigan qilib garizantga og’ma ravishda (burchak ostida) o’rnatiladi.Agar suv isitgichdan faqat yoz oylarida foydalanish nazarda tutilsa uni janubga qaratib, gorizant bilan olingan joyning Geografik kengligidan 10 − 12 0 ga kam burchak ostida o’rnatiladi. Agar suv isitgichdan 7-9 oy davomida foydalanmoqchi bo’linsa,ularni olingan joyning Geografik kengligiga teng burchakda gorizantga qiya qilib joylashtiriladi.Shu tarzda o’rnatilgan qurilma suv bilan to’ldirilsa, quyosh nurlari tushishida suvning isishi natijasida isitgich va bak – akkumulyator bo’ylab suvning termosifon aylanishi ro’y beradi. Isitgich yuqorisidagi sirkulyatsiya trubasini bak-akkumulyatorning ustki kollektoriga nisbatan bir oz yuqoriroq o’rnatiladi. Bakakkumulyatordagi suv sathi ustki kollektor sathidan past bo’lmasligi kerak,aks holda termosifon aylanish ro’y bermaydi. Bak-akkumulyatorni sovuq suv bilan ta’minlash vadapravod yoki boshqa biror katta hajmli idish-bochka orqali bajariladi. Bak –akkumulyatordagi suvning temperaturasi ``Ludlo``zadvichkasini ochish yoki yopish bilan boshqariladi.Qarshi Davlat Universitet gelio

maydonchasida olib borilgan tekshirishlarda yoz vaqtida kun davomida trubali suv isitgichda suvni 150 ñ dan - 500 C gacha isitilganda suv isitgichning har 1ì 2 yuzidan 60-70 litr gacha, 600 C gacha isitilganda esa 40-50 l gacha 750 Cgacha isitilganda 20 -30 l gacha suv olingan edi.Ko’rinib turibdiki, isitgichdan olinadigan suvning temperaturasi orta borsa, suv isitgichlarning har 1ì 2 yuzidan kun davomida olinadigan isigan suvning miqdori kamaya boradi. TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA Isitgichning 1ì 2 yuzida kun davomida isitiladigan issiq suvning miqdori isitgichning unumdorligi deyiladi. Isitgichning unumdorligi: 1.Suv isitgichning quyoshning ko’rinma harakati bo’yicha burial olishligi;[7,8]. 2.Isitgichdan olinadigan issiq suv, sovuq suv va muhit temperaturasiga; 3.Isitgichning konstruksiyasiga; 4.Isitgichni yasashdagi ish sifatiga bog’liq bo’ladi. Isitgichning unumdorligini U – harfi bilan belgilaylik. Isitgichning unumdorligi U – yig’indi quyosh radiatsiyasidan isitgich olgan foydali issiqlik QOL , Sovuq suvning temperaturasi t1 va isitgichdan olinadigan issiq suvning temperaturasi t 2 bilan quyidagicha bog`langandir.

Qol U = C r (t 2 - t1 ) C-suvning solishtirma issiqlik sig`imi  -suvning zichligi. Isitgichning unimdorligi U ning o`lchov birligini chiqaramiz.

kkal m 2 kun l U= = 2 kkal kg m kun 1   grad kg  grad l

(1) formuladagi t1 va t 2 larni aniqlash oson, lekin Qol ni toppish qiyinroqdir. Qol ni tushuvchi yig`indi quyosh radiatsiyasi issiqligi Qtush va yo`qotilgan issiqlik miqdori  Q yo`q ayirmasi tarzida aniqlash mumkin.

Qol = kQtush −  Q yo`q Bu yerda k- oynaning quyosh radiatsiyasini o`tkazish kaefsenti. Bu formuladagi  Q yo`q ikki qism,dan iborat bo`ladi. 1) Kechasi isitgich ichida qolgan suvning isitgichning ishlash temperaturasigacha isitishda olgan issiqlik miqdori Qisit : 2) Issiqlik o`tkazuvchanlik va kanveksiya bo`yicha yo`qoladigan issiqlik miqdori Q yo`q : Demak isitgich olgan issiqlik miqdorini quyidagicha yozish mumkin.

Qol = Qtush  k − Q yo`q − Qisit Bunda quyosh suv isitgichning unimdorligi quyidagicha ifodalaniladi.

Qtush  k − Qyo`q − Qisit U= C (t2 − t1 )

Isitgich yuziga tushuvchi yig`indi quyosh radiatsiyasini quyidagicha yozish mumkin.

Bunda i-to`g`ri quyosh radiatsiyasining isitgich yuziga tushish burchagi. Bu formula bo`yicha Qtush ni hisoblashda kun davomida S, i va D larning o`zaro borishini etiborga olish kerak. Suv isitgichni gorizantga nisbatan  < φ burchakka o`rnatilsa, to`g`ri radiatsiyaning isitgich yuziga tushish burchagi i- quyidagicha aniqlanadi.

cos i = sin ( − 2)  sin  + cos( − 2) cos   cos t Agar isitgichni  =   nvjjfdf ostida joylashtirsak, (5)ni quyidagi ko’rinishda yozamiz;

cos i = cos  cos t (4) formula bo’yicha U-ni hisoblaganda isitgich yuziga tushgan quyosh nurlarining hammasi qozonga borib yetmasligini, tushuvchi quyosh radiatsiyasining bir qismi rom yog’ochlari tomonidan to’sib qolinishni, oynaning o’zi,hatto oyna sirtidagi chang zarralari ham tushuvchi radiatsiyani zaiflashtirishini e’tiborga olish zarur.Bulardan tashqari oynaning nurni o’tkazish koefsenti ham nurning oyna sirtiga tushish burchagiga bog’liqligidansoat sayin o’zgarib turadi.Quyosh radiatsiyasining tushuvi natijasida isitgich suvni isitganda olgan issiqlik miqdorining isitgich sirtiga tushuvchi yig’indi quyosh radiatsiyasining kattaligiga nisbati quyosh suv isitgichining foydali ish koefetsinti  -deb ataladi.

Qo lg an  =  100 0 0 Qtushgan XULOSA Shunday qilib trubali quyosh suv isitgichlarining o’rtacha F.I.K 30-40% gacha yotadi,maksimal F.I.K esa 45-50% gacha yetar ekan. Hozirgi vaqtda O’rta Osiyo sharoitida yoz oylarida hammomlarda, kir yuvish punkitlarida, sog’lomlashtirish maskanlarida issiq suv yetkazib berishda foydalanilmoqda. Chet ellarda quyosh suvisitgichlari keng tarqalgandir. Masalan: Yaponiyada bir mln dan ortiq quyosh suv isitgichlari ishlab turibdi. AQSH da boshqa davlatlarga sotish uchun 4-5 mln quyosh suv isitgichlari ishlab chiqiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. G.Umarov, A.Ershov “ Quyosh inson xizmatida” Fan nashriyoti. Toshkent 1972y
  2. T.Sodiqov, B. Xayriddinov “Quyosh energiyasini akkumullatsiyalash” Fan nashriyoti Toshkent 1996 y
  3. G.Y.Umarov, R.T.Rabbimov,R.R Avezov, M.U. Usmonov Исползовоние низкопотенциалъных солнечных установох” Toshkent 1976 y
  4. B.Xayriddinov, B.Xolliyev “Quyosh meva quritgichlari” Fan nashriyoti. Toshkent 1990 y
  5. B. Xayriddinov, T.Sodiqov “ O`rta maktabda fizika kursini o`qitishda geliotexnika materiallaeidan foydalanish” O`qituvchi nashriyoti. Toshkent 1985 y
  6. M.D.Kim “Quyosh issiqxonalari va tiplitsalari” O`qituvchi nashriyoti. Toshkent 1998 y
  7. T.Sodiqov, A.B.Vardiashvilli “Gelioteplitsalar va ularning issiqlik rejmlari” O`qituvchi nashriyoti. Toshkent 1996 y
  8. P.P Mixaylov “ Geliotexnika v shkole” O`qituvchi nashriyoti. Toshkent 1977 y
  9. Infarmatsionnoy sobsheniy 131 ( prospect geliotexnicheskex ustanovok) G.T.I. AN. O`Z.R “fan” Toshkent 1975 y

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010627
Nashr sanasi
2023-07-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
6
DOI
10.66073/researchfocus.v2i6.262
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
56–60
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06