BINAFSHARANG QALQONDORI PARLATORIA OLEAE (COLVÉE, 1880) NING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ZARARLILIK DARAJASI
F. A. Tojiyeva, G. I. G‘aniyevao‘qituvchi, Termiz davlat universiteti, Termiz2023
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 6Sahifa 12–14
Annotatsiya
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining urug‘ mevali bog‘larida uchrovchi binafsharang qalqondor (Parlatoria oleae)ning bioekologiyasi, zararlik darajasi haqida ma‘lumotlar berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaБИОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА И УРОВЕНЬ ВРЕДОНОСНОСТИ ЩИТОВКИ ОБЫКНОВЕННОЙ PARLATORIA OLEAE (COLVEE, 1880)
В статье представлены сведения о биоэкологии и уровне вредоносности щитовки пурпурной (Parlatoria oleae), встречающейся в садах Сурхандарьинской области.
inglizchaBIOLOGICAL CHARACTERISTICS AND LEVEL OF HARMFULNESS OF THE VIOLET SCALE INSECT PARLATORIA OLEAE (COLVÉE, 1880)
This article provides information about the bioecology and the level of harmfulness of the violet scale insect (Parlatoria oleae) occurring in the seed-fruit orchards of the Surkhandarya region.
Kalit so‘zlar
- Parlatoria oleae
- Diaspididae
- Koksid
- qalqondor
- «daydi»
- biologiyasi
- meva
- bargi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
BINAFSHARANG QALQONDORI PARLATORIA OLEAE (COLVÉE, 1880) NING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ZARARLILIK DARAJASI F. A. Tojiyeva oʻqituvchi, Termiz davlat universiteti, Termiz G. I. G’aniyeva oʻqituvchi, Termiz davlat universiteti, Termiz https://doi.org/10.5281/zenodo.8034803 Annotatsiya: Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining urugʻmevali bogʻlarida uchrovchi binafsharang qalqondor (Parlatoria oleae)ning bioekologiyasi, zararlik darajasi haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so’zlar: Parlatoria oleae, Diaspididae, Koksid, qalqondor, «daydi», biologiyasi, meva, bargi, novdasi. BIOLOGICAL CHARACTERISTICS AND LEVEL OF HARMFULNESS OF THE VIOLET SHIELD PARLATORIA OLEAE (COLVÉE, 1880). Abstrakt: This article provides information about the bioecology and the level of harmfulness of the purple scale insect (Parlatoria oleae), found in the gardens of the Surkhandarya region. Keywords: Parlatoria oleae, Diaspididae, Coccid, shield, "says" biology, fruit, leaf, twig. БИОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА И УРОВЕНЬ ВРЕДОНОСНОСТИ ЩИТОВКИ ОБЫКНОВЕННОЙ PARLATORIA OLEAE (COLVEE, 1880). Аннотация: В статье представлены сведения о биоэкологии и уровне вредоносности щитовки пурпурной (Parlatoria oleae), встречающейся в садах Сурхандарьинской области. Ключевые слова: Parlatoria oleae, Diaspididae, Coksid, щитовка, «дайди», биология, плод, лист, ветвь.
KIRISH Koksidlarning dunyo faunasida 4000 dan ortiq, MDH mamlakatlarida 500 dan ortiq, Oʻzbekistonda esa 120 dan ortiq turlari qayd qilingan [1; 2; 3;]. Oʻzbekistonda va barcha Markaziy Osiyoda uchraydigan koksidlarni chuqur tadqiq qilish ishlarini butun dunyoga mashhur boʻlgan koksidolog olim N. S. Borxsenius olib borgan, olim Markaziy Osiyodagi koksidlarni chuqur tekshirib chiqdi, bu esa ularning tur tarkibini aniqlashga imkon berdi. Koksidlar daraxtlarning shirasini soʻrib zaiflashtiradi, koʻpincha ayrim shoxlarni, ayniqsa, yosh novdalarni nobud qiladi, ba’zan esa daraxtlarni butunlay quritib qoʻyadi. Koksidlar mevalarga dogʻtushirib, sifatini pasaytiradi. Qalqondorlar yosh qurtlik davrida tarqaladi. Ular shoxlarda oʻrmalab yuradi va hasharotlar, qushlar vositasida tarqaladi. Qurtlari harakatlanmay bir joyga yopishib oladi. Binafsha tusli qalqondor urugʻli va danak mevali daraxtlar, tut, anor, terak, oq akatsiya va boshqa koʻpgina daraxt hamda butalar shirasini soʻradi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Surxondaryo viloyati hududida mevali bogʻlarda 2 ta sinf, 2 ta turkum va 10 ta oilaga mansub 19 turdagi soʻruvchi zararkunandalar uchrashi aniqlandi. Tadqiqotlar natijasida urugʻmevali bogʻlarga soʻruvchi zararkunandalardan Diaspididae oilasiga mansub binafsharang qalqondor Parlatoria oleae (Colvée, 1880) sezilarli zarar keltirishi ma’lum boʻldi [4; 5;]. Binafsharang qalqondori Parlatoria oleae (Colvée, 1880).
Bioekologiyasi. Binafsha rangli qalqondorning urugʻlangan urgʻochisi ozuqa oʻsimlikdagi qalqonni ostida, poʻstlogʻida qishlagan. Qishning minimal harorati qalqondorga ta’sir qiladi, qishlovchilari harorat qisqa vaqt davomida -11-15°C boʻlsa ham chidaganlar. Ammo harorat -29 °C boʻlganda, deyarli hammasi halok boʻlgan. Bahorda ozuqa oʻsimliklarida shira harakati boshlanishi bilan urgʻochilariva oziqlanishni davom ettirganlar. Olmaning gullashi oxirida tuxum qoʻyishni boshlagan [3; 4; 5;]. 2021 yili birinchi qoʻyilgan tuxumlar 5 aprelda aniqlangan, havo haroratining oʻrtacha darajasi 17,4 °C, havoning nisbiy namligi 55% boʻlgan. 9-12 kundan soʻng tuxumdan «daydi» lichinkalar paydo boʻlgan, barg va meva bandlarida koʻproq uchraydi, barg yuzasida esa kam uchraydi. Birinchi yoshdagi lichinkalar may oyining birinchi va ikkinchi oʻn kunligida 2021 yili 8 mayda, 2022 yili 11 mayda havoning oʻrtacha harorati 15,4 - 21,5 °C va nisbiy namligi 48 - 68% boʻlgan davrda paydo boʻlgan. Ikkinchi yoshdagi lichinkalar 24 va 31 mayda aniqlangan va shuni ta’kidlash kerakki, urgʻochi lichinkalar ikkinchi tullashdan keyin katta yoshdagi urgʻochiga aylanadi, erkak lichinkalar esa ikkinchi tullashdan soʻng ketma-ket pronimfa va nimfa fazalarini oʻtagan va katta yoshdagi erkak zotlar paydo boʻla boshlaydi. Urgʻochi va erkak yetuk zotlar iyunning oxiri va iyulning boshlarida aniqlangan. Urgʻochilarning dastlabki tuxum qoʻyish davri iyulning birinchi oʻn kunligiga toʻgʻri keladi. Urgʻochilarining jinsiy mahsuldorligi 20-50 dan 70 tagacha tuxumga toʻgʻri keladi. Birinchi daydi lichinkalar 2021 yili iyulning oʻrtasida aniqlangan. Ikkinchi avlod vakillari birinchisidan sezilarli darajada koʻproq, lichinkalar barglarning bandlari, tomirlariga, novda va shoxchalar, meva bandlari va mevalarga yopishib olib, shirasini soʻrishgan. Oziqlanishning boshlanishidan bir oy keyin lichinkalar ikkinchi marta tullaydi va avgustning oxirida urgʻochi va erkak imagolari paydo boʻlgan. Juftlashgandan soʻng erkaklari halok boʻladi. Urgʻochilari esa qishlashga ketadi. Shunday qilib, binafsharang qalqondor vegetasiya davrida ikki marta avlod beradi. Kuzatuv davrida shu narsa aniqlandiki, ikkinchi avlodda zotlari koʻp boʻlib, ular barglar va mevalarda joylashgan, bu esa bizdan maxsus hisob oʻtkazishni talab etdi. Bu hisobda binafsharangli qalqondorning jinslari orasidagi nisbati aniqlangan. Buning uchun 4 ta zararlangan daraxtdan 2 tadan novda kesib olingan, 12 ta barglar (4 tarafidan) va 12 tadan mevalar (4 tarafidan) daraxtning har tomonidan olingan va qalqondorlarning qalqoni kuzatilgan va hisoblangan. Urgʻochisining rangi oq yoki kulrang, ikkinchi yosh lichinka terisi ekssentrik ravishda qalqonning bir chetida joylashgan va maydonining uchdan bir qismini egallagan, qalqonning uzunligi 2 - 2,5 mm. Erkak qalqondorning qalqoni choʻzinchoq, tekis, birinchi yosh lichinka terisi bilan, qalqonining uzunasi 1,5 mm. Zarari. Lichinka va urgʻochilari novdalarning, shoxlarning, daraxt tanasining, barglarning shirasini soʻrib zarar keltiradi. Zararlangan mevalarda binafsha-qizil rangli nuqtalar paydo boʻlgan, mevalar eksport uchun yaroqsiz boʻlib qoladi. TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA Arxangelskaya A.D. ma’lumotlariga koʻra, quyidagi oʻsimliklarga binafsharangli qalqondor zarar keltiradi: qaragʻat (smorodina), krijovnik, xoʻjagʻat (malina), chetan (ryabina), tern (yovvoyi olxoʻri), siren, buldenej, na’matak, uchqat, kashtan, tikan daraxt, shumtol, qayragʻoch, sambitgul (oleandr), na’matak, uchqat, kashtan, tikan daraxt, shumtol, qayragʻoch, sambitgul (oleandr). Koʻpchilik tadqiqotchilar ma’lum qiladiki, binafsha rangli qalqondor yana quyidagilarni zararlaydi: zirk, doʻlana, shumurt, tobulgʻa, anor, zaytun, tut, taflon (lavrovishnya), maklyura, katalpa, padub, Semenov zarangi, oq akos va sariq akos [3; 4; 5;]. 41 turdagi zararlanadigan oʻsimliklardan 14 tasi mevali-rezavor oʻsimliklardir, ularga binafsha rangli qalqondor katta zarar keltiradi. Ayniqsa, olma, nok va qisman oʻrik zararlangan.
XULOSA Xulosa qilib aytganda, kuzatuvlar davomida 2021-yil sentabr-oktabr oylarida Surxondaryo viloyati Uzun tumanida mevali daraxtlarda qalqondorlarning turlari aniqlandi, ularning ichida juda xavfli turlari bor. Bularga qalqondorlardan kaliforniya qalqondori (Diaspidiotus perniciosus Comst.), binafsharangli qalqondor (Parlatoria oleae Colvee), olma vergulsimon qalqondor (Lepidosaphes ulmi Lin.) va qolgan turlar oʻrganib chiqildi. Olma bogʻlarida turli qalqondorlarning zararlilik darajasida binafsharang qalqondori va kaliforniya qalqondori yuqori oʻrinni egallaydi, yaʼni 34,4% binafsharang qalqondori, 30,2% kaliforniya qalqondori, 10,9% olma vergulsimon qalqondor, qolgan turlar esa 6,9% ni tashkil etdi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Anvarovna T. F. Et Al. So’ruvchi Zararkunandalardan-Aphididae oilasi vakillarining turlari, bioekologik xususiyatlari //Scientific Approach To The Modern Education System. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 51-54.
- Anvarovna T. F. The main pests of grain orchards of surkhandarya region //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2021. – Т. 2. – №. 05. – С. 373-376.
- Голуб В.Б., Цуриков М.Н., Прокин А.А. Коллекции насикомых: сбор, обработка и хранение материала.- М: Товарищество научных изданий КМК, 2021. – 339 с.
- Шукуров X., Юсупов А., Қалқондорларнинг турлари ва биоэкологияси / / Услубий кўрсатма -Тошкент 2012й.
- Эргашев И.К., Муродов Б.Э., Сулаймонов О.А., Сулаймонов Б.А., Болтаев Б.С., А.Р. Анарбоев А.Р. «Боғ, токзор ва дала экинларининг зараркунанда, касалликлари, бегона ўтлар ҳамда уларга қарши кураш усуллари».– Тошкент: “Наврўз” нашриёти. 2018. 136 бет.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010619
- Nashr sanasi
- 2023-07-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 2
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v2i6.254
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 12–14
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 42026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06