AKADEMIK LITSEYLARDA TA‘LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA AHANIYATI
Karimov Otabek RaximovichAndijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi o‘qituvchisi.2023
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 5Sahifa 116–120
Annotatsiya
Fan, texnika va texnologiyalar taraqqiyotining bugungi darajasi bilan o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni orasidagi mavjud nomuvofiqlikni bartaraf etish zaruriyati barcha ta‘lim tizimida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining etarli joriy etilmaganligi sababli yanada yuqori dolzarblik kasb etmoqda. Shu sababdan o‘qitishning va o‘quv metodik materiallarni bayon etishni takomillashtirish tamoillarini qayta ko‘rib chiqish zarur. Bunday muammolarni bartaraf etishda ta‘lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O‘qitish jarayonida natijalardan talabalar, mutahassislar va ilmiy hodimlar foydalanishi mumkin.
Boshqa tillarda
ruschaАКАДЕМИК ЛИЦЕЙЛАРДА ТА‘ЛИМ СИФАТИ ВА САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШДА АКСБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ ОРНИ ВА АХАНИЯТИ
Фан, техника ва технологиилар тараккийотининг бугунги дараджаси билан о‘китувчиларнинг касбий тайёргарлыгини такомиллаштириш джарайони орасидаги мавджуд номувофикликни бартараф этиш зарурияти барча та‘лим тизимида замонавий педагогик ва ах Борот технологияларининг этарли джорий этилмаганлиги сабабли янада юкори долзарблик касб этмокда. Shu sababdan o‘qitishning va o‘quv methodik materiallarni bayon etishni takomillashtirish tamoillarini qayta ko‘rib chiqish zarur. Бундай муаммоларни бартараф этишда талим джарайонига замонавий педагогик ва ахборот технологииларини джорий этиш ва улардан фойдаланиш максадга мувофикдир. O‘qitish jarayonida natijalardan talabalar, mutahassislar va ilmiy hodimlar foydalanishi mumkin. Ключивые слова: стратегия, наука и техника, учебный методический, информатизация оброзования, интелектуальный потенциал THE ROLE AND IMPORTANCE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE QUALITY AND EFFICIENCY OF EDUCATION IN ACADEMIC LYCEUMS
inglizchaTHE ROLE AND IMPORTANCE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN INCREASING THE QUALITY AND EFFECTIVENESS OF EDUCATION IN ACADEMIC LYCEUMS
The need to eliminate the existing discrepancy between the present level of development of science, engineering and technologies and the process of improving the professional training of teachers is acquiring even greater urgency, because modern pedagogical and information technologies have not been sufficiently introduced across the whole education system. For this reason it is necessary to reconsider the principles of improving teaching and the presentation of educational and methodological materials. In eliminating such problems, it is expedient to introduce modern pedagogical and information technologies into the educational process and to make use of them. The results can be used by students, specialists and research workers in the teaching process.
Kalit so‘zlar
- strategiya
- fan va texnika
- o‘quv-metodik
- ta‘limini axborotlash-tirish
- intelektual salohiyat
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
AKADEMIK LITSEYLARDA TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING OʻRNI VA AHANIYATI Karimov Otabek Raximovich Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi oʻqituvchisi. kotabek407@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.8000039 Annotatsiya: Fan, texnika va texnologiyalar taraqqiyotining bugungi darajasi bilan oʻqituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni orasidagi mavjud nomuvofiqlikni bartaraf etish zaruriyati barcha ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining etarli joriy etilmaganligi sababli yanada yuqori dolzarblik kasb etmoqda. Shu sababdan oʻqitishning va oʻquv metodik materiallarni bayon etishni takomillashtirish tamoillarini qayta koʻrib chiqish zarur. Bunday muammolarni bartaraf etishda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Oʻqitish jarayonida natijalardan talabalar, mutahassislar va ilmiy hodimlar foydalanishi mumkin. Kalit soʻzlar: strategiya, fan va texnika, oʻquv-metodik, ta’limini axborotlash-tirish, intelektual salohiyat. АКАДЕМИК ЛИЦЕЙЛАРДА ТА’ЛИМ СИФАТИ ВА САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШДА АКСБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ ОРНИ ВА АХАНИЯТИ Аннотация: Фан, техника ва технологиилар тараккийотининг бугунги дараджаси билан о`китувчиларнинг касбий тайёргарлыгини такомиллаштириш джарайони орасидаги мавджуд номувофикликни бартараф этиш зарурияти барча та’лим тизимида замонавий педагогик ва ах Борот технологияларининг этарли джорий этилмаганлиги сабабли янада юкори долзарблик касб этмокда. Shu sababdan oʻqitishning va oʻquv methodik materiallarni bayon etishni takomillashtirish tamoillarini qayta koʻrib chiqish zarur. Бундай муаммоларни бартараф этишда талим джарайонига замонавий педагогик ва ахборот технологииларини джорий этиш ва улардан фойдаланиш максадга мувофикдир. Oʻqitish jarayonida natijalardan talabalar, mutahassislar va ilmiy hodimlar foydalanishi mumkin. Ключивые слова: стратегия, наука и техника, учебный методический, информатизация оброзования, интелектуальный потенциал THE ROLE AND IMPORTANCE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE QUALITY AND EFFICIENCY OF EDUCATION IN ACADEMIC LYCEUMS Abstract: The need to eliminate the existing inconsistency between the current level of development of science, technology and technology and the process of improving the professional training of teachers is becoming more urgent due to the insufficient introduction of modern pedagogical and information technologies in the entire educational system. For this reason, it is necessary to revise the principles of teaching and improvement of teaching methodical materials. To eliminate such problems, it is appropriate to introduce and use modern pedagogical and information technologies in the educational process. The results can be used by students, experts and researchers during the teaching process. Keywords: Strategy, science and technology, educational methodology, educational technology, intellectual potential
KIRISH Mamlakatimizda yosh avlodni jismonan sogʻlom, mustaqil fikrlaydigan, aqlan rivojlangan, Vatanga sodiq qilib tarbiyalash, demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida 2020 yil 3 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 4910-sonli qarori tasdiqlandi. Akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish maqsadida iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qoʻllab quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga boʻlgan intilishini ragʻbatlantirish, intelektual va ijodiy salohiyatlarini roʻyobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish, bir soʻz bilan aytganda akademik litseylar faoliyatini tubdan isloh qilish ustuvor vazifa etib belgilandi. (PQ 4910, 3 dekabr) Bugungi kunda Respublikamizda faoliyat yuritayotgan akademik litseylar tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish talab darajasidami? Ushbu maqolada ayni shu masala hususida, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish usullari hususida fikr yuritiladi. Yaqin kelajakda kompyuterlarsiz hayotni tasavvur qilib boʻlmaydi. Shuning uchun har bir kishiga tushunarli boʻlgan kichik hajmdagi bilimlar juda kerak boʻladi. (Т.М.Аzimjanova, М.Т.Мuradova 2018 yil, 8-bet) Bunday muammolarni bartaraf etishda ta’lim jarayoniga zanonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Fan va texnikaning mavjud yangiliklari ularni oʻquv dasturlari va darsliklari mazmuniga jadal kiritishni talab etadi va bu orqali oʻquvchilarning zamonaviy bilimlarini shakllanishiga zamin yaratadi. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etilishi va turli metodik yondashuvlar esa, oʻz navbatida oʻquvchilarda koʻplab fundamental tushunchalarni nisbatan engil va mustahkam shakllanishiga qulay sharoit yaratadi. (R.Хаmdamov, U.Begimqulov, N.Taylaqov 2020 yil 11-15 betlar) MAVZUNI DOLZARBLIGI Bugungi kunda akademik litseylarda zamonaviy axborot texnologiyalardan faol foydalanilmoqda. Oʻquvchi yoshlar tomonidan axborot texnologiyalariga qiziqishni cheksiz deb aytish mumkin biroq, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda qiyinchiliklar va bir qator kamchiliklar mavjud, ular quyidagilar: 1. Ta’limni axborotlashtirishga pedagogik kadrlarning etarli darajada tayyor emasligi; 2. Kompyuter bilimlarini oʻrgatuvchi dasturlarning imkoniyatlari xaqida tasavvurlarning ozligi, ularni qoʻllash boʻyicha metodik qoʻllanmalarning kamligi yoki yetarlicha yoritilmaganligi; 3. Akademik litseylarda yeterli darajada zamonaviy axborot texnologiyalarning mavjud emasligi; 4. Koʻplab akademik litseylarda internet tarmogʻining mavjud emasligi yoki tezlik sifatini yetarli darajada emasligi; METADALOGIYA Andijon viloyati xududida joylashgan akademik litseylarda oʻqituvchilarning axborot texnologiyalaridan bilish darajasi tahili qilinganda quyidagilar aniqlandi: 1-jadval. Ta’lim muassasalari oʻqituvchilarning AKT boʻyicha bilimlarining oʻsish darajasi.
Oʻqituvchilarning AKT boʻyicha Ta’lim muassasasining nomi bilim darajasi Oʻsish darajasi 2022 yilda 2023 yilda Andijon davlat tibbiyo institute 51% 90% 39% akadmik litseyi Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti akademik 45% 63% 18% litseyi Andijon davlat universiteti akademik 46% 62% 16% litseyi Andijon mashinasozlik instituti 45% 62% 17% akademik litseyi 1 jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida eng yuqori koʻrsatkicg koʻrsatgan Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyidagi oʻqituvchilarning yuqori darajadagi bilim va koʻnikmalarining shakillanishidagi asosiy omillar oʻrganildi va quyidagilar aniqlandi: 1. Akademik litseyda 2022-2023 oʻquv yili oʻqutuvchilarning AKT boʻyicha bilimlarini oshirish maqsadida qisqa muddatli (2 oylik) kompyuter kurslari tashkil etilgan. 2. Kompyuter kurslari ma’lum ta’lim kontentlari asosida tashkil etilgan. Ushbu ta’lim kontentlarini tanlashda Andijon davlat tibbiyot institutining professor oʻqituvchilarining uslubiy koʻrsatmalari asos qilib olingan. Ushbu ta’lim kontentlariga quyidagilar kiradi: а) Shaxsiy kompyuterlarning asosiy va qoʻshimcha qurilmalaridan foydalanish; б) Windows operatsion sistemasi xaqida tushuncha, fayllar va kataloglar bilan ishlash; в) Word dasturi bilan ishlash asoslari; г) Excel dasturida ishlash asoslari; д) Power Point dasturida taqdimotlar yaratish; е) Internet tizimidan foydalanish; ж) Antivirus dasturlari va ulardan foydalanish. 3. Akademik litseyning informatika fani oʻqituvchilari N.Abdullaeyva hamda M.Tojiboyevalar tomonidan yuqorida koʻrsatilgan ta’lim kontentlarini oʻqituvchilarga oʻrgatishda quyidagilardan foydalanilgan: -zamonaviy axborot texnologiyalaridan; -zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan; -amaliy topshiriqlardan. Akademik litseyda bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan 2 ta kompyuter sinfi boʻlib, ushbu kompyuter sinflari oʻquv kurslari davomida oʻqituvchilar uchun xizmat qildi. U yerda kompyuterlarning asosiy va qoʻshimcha qurilmalari va amaliy dasturlar bilan ishlash imkoniyati mavjudligi oʻquv kursining samarali yakunlanishida muhim axamiyat kasb etdi. 4. Oʻquv kursi tamomlangandan soʻng Andijon davlat tibbiyot institutining tajribali professor oʻqituvchilari tomonidan rejalashtirilgan axborot texnologiyalarini bilish darajasi boʻyicha sinov, oʻqituvchilarning oʻquv kursiga boʻlgan munosabatini va ma’suliyatini yanada ortishiga hizmat qildi. 5. Oʻqituvchilarning oʻrgangan bilim va koʻnikmalarini amaliyotda tadbiq etish uchun albatta kompyuter texnologiyalari zarur. Bu borada akademik litseyga Andijon davlat tibbiyot instituti yaqindan yordam bergan.
Umumiy holda Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyi oʻqituvchilarining AKTdan bilim salohiyatini ortib borishini quyidagi diogramma orqali ham koʻrish mumkin: 3- rasm. Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyida AKT boʻyicha bilim salohiyatini ortib borishi
2020- 2021; 25% 2022- 2023; 2021- 90% 2022; 51%
HULOSA VA TAKLIFLAR Yuqoridagi ma’lumotlardan hulosa qilib, akademik litseylarda zamonaviy axborot texnologiyalari muhitini tashkil etishda oʻqituvchilarning axborot texnologiyalari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini yanada yaxshilash maqsadida axborot texnologiyalari boʻyicha ta’limni tizimli ravishda tashkil etish kerak. Bunda oʻquv kursini davomiylik vaqti ikki oydan kam boʻlmasligi, shu bilan birga, akademik litseylarda oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali professoroʻqituvchilari oʻqitish ishlariga jalb qilish tavsiya etiladi. Institutning axborot texnologiyalari kafedrasi professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda oʻqituvchilar hamda oʻrgatilishi zarur boʻlgan ta’lim kontentlari aniq boʻlishi va ularning oʻrgatish metodlari ishlab ciqilishi hamda eng asosiysi amaliy vazifalar bajarish boʻyicha aniq koʻrsatmalar boʻlishi kerak. Mazkur vazifalarni oʻz ichiga olgan uslubiy qoʻllanmalar yaratish oʻqituvchilar bilim va koʻnikmalarini tezroq oshirish imkonini beradi. Albatta oʻquv kursi yakuni boʻyicha oliy ta’lim muassasalarining tajribali professor oʻqituvchilari tomonidan oʻqituvchilar bilimini sinovdan oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish, oʻqituvchilar tomonidan ta’lim olishga boʻlgan ma’suliyatni yanada ortishiga hizmat qiladi. Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalari muhitini shakllanishi fan sohalarini axborotlashtirishga, oʻquv faoliyatni intelektuallashtirishga, integratsiya jarayonini tezlashtirishga, ta’lim tizimi infrastrukturasi va uni boshqarish mexanizimini takomillashtirishga, olib keladi. Bundan tashqari ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish jarayoni oʻqitishdagi tashkiliy ishlar va metodlarning oʻzgarishigagina emas, balki undagi yangi metodlarning shakllanishiga xizmat qiladi. (R. Xamdamov, U.Begimqulov, N.Taylaqov “Ta’limda axborot texnologiyalari” 2020 йил, 27 bet)
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan « Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 4910-sonli qarori.
- R.Хаmdamov, U.Begimqulov, N.Taylaqov “Та’limda axborot texnologiyalari” Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashiryoti. 2020 yil
- Т.М.Аzimjanova, М.Т.Мuratova “Informatika va axborot texnologiyalari” Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiryoti. 2018 yil
- Ikromova X.Z. Inson. Kompyuter. Kelajak. Тoshkent :Oʻzbekiston nashiryoti 1991
- Стародубцев В.А, Федоров А.Ф. Инновационнаяроль виртуальных лобараторных работ и компьютерных практикумов.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010595
- Nashr sanasi
- 2023-06-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 2
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v2i5.230
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 116–120
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06