Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

KURASHISH QOIDALARI VA XUSUSIYATLARI, KURASHISH TARTIBI

A.KomilovJDPU o‘qituvchisi2023

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 5Sahifa 92–95

Annotatsiya

Kurashchilar xam gilamga chiqishdan oldin va uni tark yetishda, Kurash maydoniga kirishda va undan chiqishda, xar bir olishuvning boshlanishida va oxirida o‘ng qo‘llarini chap ko‘krakka qo‘yib ta‘zim qiladilar. Kurash maydoni oldidagi ta‘zimdan so‘ng Kurashchilar maxsus belgilangan joyga qadar to‘g‘riga yurishlari shart, keyin o‘ng qo‘lni chap ko‘ksiga qo‘yib, bir-birlariga ta‘zim qilishlari shart.

Boshqa tillarda

ruschaПРАВИЛА И ОСОБЕННОСТИ БОЯ, ПОРЯДОК БОЯ

Борцы также кланяются перед и на ковре, входя и выходя с борцовского манежа, кладя правую руку на левую грудь в начале и конце каждой схватки. После поклона перед борцовским манежем борцы должны пройти прямо к назначенному месту, затем положить правую руку на левую грудь и поклониться друг другу.

inglizchaTHE RULES AND FEATURES OF WRESTLING, THE ORDER OF WRESTLING

Wrestlers also bow by placing the right hand on the left chest before stepping onto the mat and when leaving it, when entering and leaving the Kurash area, and at the beginning and at the end of every bout. After the bow in front of the Kurash area, the wrestlers must walk straight to the specially designated place, then place the right hand on the left chest and bow to each other.

Kalit so‘zlar

  • Kurash
  • raqib
  • gilam
  • hakam
  • mashq
  • yakka
  • kuch
  • chalish
  • pahlavon

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

KURASHISH QOIDALARI VA XUSUSIYATLARI, KURASHISH TARTIBI A.Komilov JDPU o’qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7979329 Annotatsiya: Kurashchilar xam gilamga chiqishdan oldin va uni tark yetishda, Kurash maydoniga kirishda va undan chiqishda, xar bir olishuvning boshlanishida va oxirida o'ng qo'llarini chap ko'krakka qo'yib ta'zim qiladilar. Kurash maydoni oldidagi ta'zimdan so'ng Kurashchilar maxsus belgilangan joyga qadar to'g'riga yurishlari shart, keyin o'ng qo'lni chap ko'ksiga qo'yib, bir-birlariga ta'zim qilishlari shart. Kalit so'zlar: Kurash , raqib, gilam, hakam, mashq, yakka, kuch, chalish, pahlavon. RULES AND CHARACTERISTICS OF FIGHTING, ORDER OF FIGHTING Abstract: Wrestlers also bow before and on the mat, entering and exiting the wrestling arena, placing their right hands on their left chest at the beginning and end of each fight. After bowing in front of the wrestling arena, the wrestlers must walk straight to the designated place, then place their right hand on their left chest and bow to each other. Keywords: Wrestling, opponent, carpet, referee, exercise, solo, strength, wrestling, wrestler. ПРАВИЛА И ОСОБЕННОСТИ БОЯ, ПОРЯДОК БОЯ Аннотация: Борцы также кланяются перед и на ковре, входя и выходя с борцовского манежа, кладя правую руку на левую грудь в начале и конце каждой схватки. После поклона перед борцовским манежем борцы должны пройти прямо к назначенному месту, затем положить правую руку на левую грудь и поклониться друг другу. Ключевые слова: Борьба, соперник, ковер, судья, упражнение, соло, сила, борьба, борец.

KIRISH Mustaqil Davlatimiz tomonidan "Ta'lim to'g'risidagi qonun" va O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimov tomonidan 24.10.2004-y. da "O'zbekiston bolalar sportini rivojlantirish fondini tashkil etish to'g'risida"gi qarori qabul qilinishi bilan turli geografik va ekologik sharoitlarda yashovchi bolalar va o'smirlarni jismoniy rivojlanishini o'rganish dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. O'zbek xalq o'yinlari xalqning o'ziga xos urf-odatlaridan, turmush sharoitidan, yashash iqlimi, tarixiy obidalar, atrof-muhit sharoitidan kelib chiqqan bo'lib, shularga yarasha jinsiga, yoshiga, salomatligiga ko'ra qo'llanilgan. Shu jumladan kurash sport turidan ham bir qancha keng kolamda ishlar olib borilmoqda. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 1. Kurash qoidalarining xususiyatlari Kurashda raqibni ushlab olganda, ko'targanda oldinga, orqaga yoki yonga harakatlanish mumkin. Uni yerdan ko'targan zahoti tezkor aylantirish, orqa-oldi, yon tomonlarga tashlash kerak. Yerdan ko'tarishda chapga yoki o'ngga tez o'girilish shart va bunda raqibni yon tomonga yoki kurakka tashlanadi. Xar bir olishuv boshlanishidan oldin uchta xakam (o'rtadagi xakam, ikkita yon xakam) musobaqalar o'tkaziladigan maydonning chetiga birgalashib turishadi, ung qo'llarini chap ko'krakka qo'yib, o'z joylarini yegallashdan oldin ta'zim qiladilar. Musobaqalar o'tkaziladigan maydondan chiqishdan oldin xakamlar takroran chetda yig'iladilar va o'ng qo'llarini chap ko'krakka qo'yib tomoshabinlar ko'p tomonga qarab, ta'zim qiladilar.

2. Kurashchilar xam gilamga chiqishdan oldin va uni tark yetishda, Kurash maydoniga kirishda va undan chiqishda, xar bir olishuvning boshlanishida va oxirida o'ng qo'llarini chap ko'krakka qo'yib ta'zim qiladilar. Kurash maydoni oldidagi ta'zimdan so'ng Kurashchilar maxsus belgilangan joyga qadar to'g'riga yurishlari shart, keyin o'ng qo'lni chap ko'ksiga qo'yib, birbirlariga ta'zim qilishlari shart. 3. Xakam olishuv natijasini ye'lon qilgandan so'ng Kurashchilar yana bir bor o'ng qo'llarini chap ko'ksiga qo'yib bir-birlariga ta'zim qiladilar va gilamdan chiqib ketadilar. 4. Xakam va yon tomondagi xakamlar tayyorgarlik xolatida olishuvdan oldin, Kurashchilar gilamga chiqishlaridan oldin turishlari shart. 5. Xamma ta'zimlar bo'yin va gavdaning yegilishi orqali bajariladi. Agar Kurashchilar ta'zimni bajarmasalar, xakam uning bajarilishini talab qilishi shart. 6. Gilamdagi xakamlar maydonni nazorat qilar yekanlar, gilamning usti tekis, toza, tatamilar orasi ochiq bo'lmasligiga, yon xakamlar kursilari o'z joylarida joylashishlariga va Kurashchilar belgilangan qoida talablariga javob berishlariga ye'tibor qaratishi shart. Xakam gilam o'rtasida vaqt ro'yxatga olinadigan stolga qarab tik xolatda turishi kerak. Xakam «TO'XTA» buyrug'ini berar yekan, Kurashuvchilarni ko'rib turishi kerak, agar ular buyruqni yeshitmay qoladigan xol kelib chiqsa, o'rtadagi xakam tezda ularga yaqinlashib to'xtatadi. XXII. Jamoa raxbarlari, murabbiylari va vakillari. 1. Bosh xakam va uning yordamchilari bilan to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish xuquqiga faqat jamoa raxbari, murabbiy yoki vakili yegadir. 2. Jamoa raxbari Kurashchilarning kiyimiga va ularning o'z vaqtida gilamga chiqishiga xamda umumiy tartib-intizomiga javobgardirlar. 3. Bosh xakam va xakamlar qatorida jamoa boshlig'i xam qur'a tashlashni o'tkazishda qatnashadi. 4. Kurash jarayonida jamoa raxbarlari uchun joy ajratilib, ular o'z o'rinlarida bo'lishlari shart. 5. Jamoa raxbarlari yoki murabbiylari xakamlik guvoxnomasi bo'lgan takdirda musobaqa xakami vazifasini xam o'tashlari mumkin. 6. Yuqoridagilarga amal qilmagan raxbarlar o'z vazifasidan bo'shatilib, bu xaqda tegishli tashkilotlarga xabar qilinadi. 7. Gurux murabbiyi olishuv vaqtida belgilangan joyda yoki gilam atrofida 2 m masofada turishi mumkin. 8. Gurux murabbiyi o'z Kurashchisi tan jaroxati olgan vaqtda belgilangan tartibda shifokor tomonidan tibbiy yordam ko'rsatilayotgan vaziYatda xozir bo'lib turishi mumkin, ammo gilam chetidagi va o'rtasidagi xakamlar xaroriga itoat qilmasligi yoki ularni xaqorat qilishi taqiqlanadi. 9. Yuqoridagilarga gurux murabbiyi itoat yetmasa, o'rtadagi xakam olishuvni boshqaruvchi xakamdan murabbiyga «DAKKI» ogoxlantirish berishni talab qilishi mumkin, bu xol Yana qaytarilsa, olishuvni boshqaruvchi xakam «IRROM» ogoxlantirishini ye'lon qilib, uni olishuvdan chetlatishi mumkin. NATIJALAR Kurashchilar vaznlarini aniqlash tartibi 1. Musobaqaning qaysi xar qanday vazn toifalarida olishuvlar o'tkazilsa, o'sha vazn toifasiga qatnashuvchi Kurashchilarning vaznlari musobaqa boshlanishidan ikki soat oldin o'lch

2. Vaznlarni o'lchash 1 (bir) soatdan ortiq davom yetmasligi kerak, agar qatnashuvchi ko'p bo'lib, bir tarozida o'lchab ulgurilmasa, bosh xakam ruxsati bilan tarozini ikkita yoki uchta qilish mumkin, ammo xar bir vaznda Kurashuvchi polvonlar albatta, bitta tarozida o'lchanishi shart. 3. Kurashchilar o'lchanishga o'z shaxsini tasdiqlovchi xujjat bilan kirishlari shart. 4. Vaznini o'lchatmagan Kurashchi, bu vazn toifasidagi olishuvlarga qo'yilmaydi. 5. O'lchanish paytida Kurashchilar pastki ich kiyimdan boshqa kiyimda bo'lmasiklari shart. 6. Kurashchilar vaznlarini aniqlash jarayonida Bosh xakam tomonidan tuzilgan komissiYa: bosh xakam yordamchisi, kotib, tibbiyot xodimi, 2-3 ta xakamlar bo'lishi kerak. Tarozidan vaznini aniqlab o'tgan Kurashchilar familiyasi o'lchanish bayonnomasida qayd qilib boriladi. (Bosh xakam ruxsati bilan) mutloq vaznda Kurashishlari mumkin. Barcha vazidagilar tibbiyot ruxsati bilan musobaqada ishtirok yetishi shart, aks qoldi Boshxakam javobgardir. Olishuv vaqti Musobaqalarda -4-7 yoshli bolalar va qizlar uchun olishuv vaqti 2 minut; -8-10 yoshli bolalar va qizlar uchun olishuv vaqti 2 minut; -11-16 yoshli o'smirlar va qizlar uchun olishuv vaqti 3 minut; -16-35 yoshli kattalar va ayollar uchun olishuv vaqti 4 minut -16-35 yoshli kattalar va ayollar uchun olishuv vaqti 3 minut -36-56 kattalar o'rtasidagi olishuv 2 minut; Musobaqaga qatnashish uchun Kurashchilardan qilinadigan talablar. 1. Musobaqa qatnashchilaridan quyidagilar talab qilinadi: - SHaxsini va yoshini bildiruvchi xujjat, yuqorida zikr yetilgan -maxsus liboslar, Kurashchining maxorat darajasini aniqlovchi guvoxnoma (razryad); - qaysi jamoaga mansubligi xaqida muxrlangan guvoxnoma, shifokor ruxsati haqida ma'lumot. Yuqorida ko'rsatilgan xamma xujjatlar musobaqadan oldin mandate komissiyasida ko'rilib, bosh shifokor va komissiYa a'zolari tomonidan tasdiqlanadi. Yuqoridagi shartlar va talablarning bajarilishi uchun jamoa rahbarlari javobgardirlar.

Iqtiboslar dinamikasi

ReLibrary iqtiboslari

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Kim iqtibos qilgan1

ReLibrary’da chop etilgan va ushbu yozuvga iqtibos keltirgan ilmiy ishlar, yangisi yuqorida.

  1. KURASHISH QOIDALARI VA XUSUSIYATLARI, KURASHISH TARTIBI

    A.Komilov · Research Focus International Scientific Journal · 2023

Adabiyotlar16 ta adabiyot

  1. Komilov A. KURASHISH QOIDALARI VA XUSUSIYATLARI, KURASHISH TARTIBI //Science and innovation in the education system. – 2023. – Т. 2. – №. 2. – С. 156-160.
  2. Komilov A. X. O’ZBEK MILLIY KURASHI TARIXINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //Academic research in educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 2. – С. 684-687.
  3. Xoshimovich K. A. SAMBO KURASHCHILARDA KUCH SIFATINI TARBIYALASH METODINI TAKMOLLASHTIRISH //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 278-281.
  4. Komilov A. X. Sportchini texnik mahoratini, sport amaliyotining talabiga va ilmiy-texnik ko’rsatgichlariga qarab takomillashtirish yo’llari //Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 625-634.
  5. Jumadurdiyev B. Узбек миллий кадрияти булган кураш спортининг ёшлар тарбиясида тутган ўрни //Физическое воспитание, спорт и здоровье. – 2021. – Т. 2. – №. 2.
  6. Xolmamatovich J. B. 18-20 YOSHLI KURASHCHILARNING TEZKOR-KUCH SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 292-297.
  7. Абдулахатов А. Р., Жумадурдиев Б. Х., ўғли Sultonv B. Замонавий футболда майдон ўйинчарини мусобақага тайёрлашнинг психологик усуллари //Физическое воспитание, спорт и здоровье. – 2022. – Т. 1. – №. 1.Имомқулов И. И. СПОРТ ТАЪЛИМИДА УЗЛУКСИЗЛИК ВА ИЗЧИЛЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МУАММОЛАРИ //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. 11. – С. 848-853.
  8. ABDULAXATOV A. R. et al. Wrestling is the Most Effective Tool for Educating the Younger Generation to Be Physically Healthy and Mentally Mature //JournalNX. – 2021. – Т. 7. – №. 1. – С. 139-141.
  9. Jumadurdiyev B. X. KURASHISH SAN'ATI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI //Current approaches and new research in modern sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 2. – С. 101-105.
  10. Xolmamatovich J. B. 18-20 YOSHLI KURASHCHILARNING TEZKOR-KUCH SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 292-297.
  11. Jumadurdiyev B. X. Bolalar va o’smirlarni sportga qiziqtirishning pedagogik shart sharoitlari va didaktik parametrlarini aniqlashtirish //Science and Education. – 2022. – Т.
  12. Jumadurdiyev B. X. KURASHCHILAR JISMONIY FAZILATLARNI RIVOJLANTIRISH //Экономика и социум. – 2022. – №. 1-1 (92). – С. 61-66.
  13. Jumadurdiyev B. Узбек миллий кадрияти булган кураш спортининг ёшлар тарбиясида тутган ўрни //Физическое воспитание, спорт и здоровье. – 2021. – Т. 2. – №. 2.
  14. Абдулахатов А. Р., Жумадурдиев Б. Х., ўғли Имомқулов И. И. СПОРТ ТАЪЛИМИДА УЗЛУКСИЗЛИК ВА ИЗЧИЛЛИКНИ ТАЪМИНЛАШ МУАММОЛАРИ //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. 11. – С. 848-853.
  15. Adabiyotlar Matmuratova, I. B. Q., & Orazboyeva, A. A. Q. (2022). JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA MATIVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASHNING AFZALLIKLARI. Academic research in educational sciences, 3(2), 707-710.
  16. ADAIYOT Matmuratova, I. B. Q., & Orazboyeva, A. A. Q. (2022). JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA MATIVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASHNING AFZALLIKLARI. Academic research in educational sciences, 3(2), 707-710.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010590
Nashr sanasi
2023-06-06
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
5
DOI
10.66073/researchfocus.v2i5.207
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
92–95
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
42026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06