AYOLLAR MEHNAT MIGRATSIYASINING YO‘NALISHLARI VA RIVOJLANISH OMILLARI
Azamatova Gulmira BayirbekovnaJizPI, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi2023
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 5Sahifa 48–52
Annotatsiya
Maqolada mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta‘sir etadigan omillardan biri - mehnat migratsiyasi haqida so‘z boradi. Shuningdek, ayollar mehnat migratsiyasining zamonaviy yo‘nalishlari, rivojlanishiga ta‘sir etgan omillar tahlil etilgan.
Boshqa tillarda
ruschaНАПРАВЛЕНИЯ И ФАКТОРЫ РАЗВИТИЯ ЖЕНСКОЙ ТРУДОВОЙ МИГРАЦИИ
В статье говорится об одном из факторов, влияющих на социально-экономическое развитие страны - трудовой миграции. Также анализируются современные направления женской трудовой миграции, факторы, влияющие на ее развитие.
inglizchaTHE DIRECTIONS AND DEVELOPMENT FACTORS OF WOMEN‘S LABOUR MIGRATION
The article discusses labour migration, one of the factors that affect the socio-economic development of the country. It also analyses the modern directions of women‘s labour migration and the factors that have influenced its development.
Kalit so‘zlar
- mehnat migratsiyasi
- migrant ayollar
- pul o‘tkazmalari
- uy xizmatchisi
- ishsizlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
AYOLLAR MEHNAT MIGRATSIYASINING YO’NALISHLARI VA RIVOJLANISH OMILLARI Azamatova Gulmira Bayirbekovna JizPI, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7994910 Annotatsiya: Maqolada mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etadigan omillardan biri - mehnat migratsiyasi haqida so’z boradi. Shuningdek, ayollar mehnat migratsiyasining zamonaviy yo’nalishlari, rivojlanishiga ta’sir etgan omillar tahlil etilgan. Kalit so’zlar: mehnat migratsiyasi, migrant ayollar, pul o’tkazmalari, uy xizmatchisi, ishsizlik. DIRECTIONS AND DEVELOPMENT FACTORS OF WOMEN'S LABOR MIGRATION Abstract: The article talks about labor migration, one of the factors affecting the socioeconomic development of the country. Also, modern directions of women's labor migration, factors influencing its development are analyzed. Key words: labor migration, migrant women, remittances, domestic worker, unemployment.
НАПРАВЛЕНИЯ И ФАКТОРЫ РАЗВИТИЯ ЖЕНСКОЙ ТРУДОВОЙ МИГРАЦИИ Аннотация: В статье говорится об одном из факторов, влияющих на социальноэкономическое развитие страны - трудовой миграции. Также анализируются современные направления женской трудовой миграции, факторы, влияющие на ее развитие. Ключевые слова: трудовая миграция, женщины-мигранты, денежные переводы, домашняя прислуга, безработица.
KIRISH Globallashuv jarayonida mehnat migratsiyasi har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etadigan omillardan biriga aylangan. Mustaqillikning dastlabki yillari mamlakatdagi iqtisodiy tanglikning va ijtimoiy ziddiyatlardan himoyalanishning asosiy vositasi – mehnat migratsiyasi hisoblangan. Mehnat migrantlarining xorijga chiqib mehnat qilishi orqali O’zbekistonga jo’natilgan pul o’tkazmalari, shuningdek mamlakatda ishsizlikning kamayish kabi holatlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Mehnat migratsiyasi - kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi bosqichida migratsiyaning oʻziga munosib ish va yuqori daromad topish maqsadida amalga oshirilgan alohida turi boʻlib, O’zbekistonning mehnatga layoqatli yoshdagi umumiy aholisining deyarli 8,5 foizi, doimiy o’rtacha aholining esa deyarli 5,0 foizini ishlash maqsadida mamlakatni qonuniy tarzda tark etgan[1]. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasida tashqi mehnat migratsiyasida ishtirok etayotgan aholining jinsiy tarkibida ayollar salmog’i ortgan. Migratsiyada chetga ishlash, ish topish maqsadida ketayotganlar safida mahalliy millat ayollari uchrashi tabiiy holga aylanib qolgan bo’lib, respublika migratsiya hajmida 51,5 foizi ayollardir[2].
Ayollar mehnat migratsiyasining rivojlanishiga bir qancha omillar ta’sir ko’rsatmoqda. Jumladan, mamlakatdagi ishsizlik kabi holatlar: 1991-1995 yillarda ish o’rinlarining qisqartirilishi natijasida respublikada ishsiz qolganlarni 65 foizini ayollar tashkil etgan[3]. Natijada Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikistonlik ishsiz ayollarning aksariyati Rossiya Federatsiyasiga borib mehnat migrantiga aylana boshlashdi. Statistik tahlillarga ko’ra, Rossiya Federatsiyasidan Qirg‘izistonga yo’naltirilgan mehnat migratsiyasining 40% ini, Tojikiston va O’zbekistonda esa, 20% ga yaqini ayollar mehnat migratsiyasi tashkil etadi[4]. 2008 yil davomida respublika bo’yicha bandlikka ko’maklashuvchi markazlarga ish so’rab murojaat qilgan 297 885 nafar ayollarning 259 088 nafari ishga joylashtirilgan, 35 701 nafari ishsiz deb e’tirof etilgan. Ayollarning ishga joylashishi imkoniyatlarini kengaytirish ularning, ayniqsa, qishloq joylardagi ayollarning ahvolini yaxshilishda muhim vosita hisoblanadi. Shu sabab 2008 yilning 27-28 noyabr kunlari O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi bilan hamkorlikda “Ayollar bandligi bozori” mavzusida xalqaro seminar tashkil etilgan. 2012 yil yanvar holatiga hududlarda yashash joyidan uzoq muddatga chiqib ketgan ayollar jami 44 305 nafar bo’lib: Toshkent shahri bo’yicha - 3923, Andijon viloyati – 4701, Buxoro viloyati – 9726, Jizzax – 1421, Qashqadaryo – 1596, Navoyi – 1686, Namangan - 1666, Samarqand – 12 016, Sirdaryo – 793, Toshkent viloyati - 4157, Farg’ona – 1042, Xorazm – 974, Qoraqalpog’iston Respublikasi – 604. Ishsizlik, qashshoqlik, qarzdorlik, uy-joyga ega bo’lmaslik, muhtojlik kabi iqtisodiy sabablar bilan bir qatorda ijtimoiy sabablar: oilalardagi kelishmovchiliklar, ajrimlar , shuningdek ayollarning o’zlari va farzandlarini bilim olishga va rivojlanishga bo’lgan intilishlari kabi bir qancha ijtimoiy omillar ham migratsiyaning mazkur yo’nalishini rivojlanishiga sabab bo’lmoqda. TADQIQOT NATIJALARI Ayni vaqtda ayollar mehnat migratsiyasining sabablari mamlakatlar kesimida farqlanadi: masalan, tojikistonlik va qirg‘izistonlik ayol mehnat migrantlari uchun daromad topish, oila qurish va shahsiy hayotini yo’lga qo’yish kabi omillar, boshqirdistonlik ayol migrantlar uchun esa, farzandlariga ta’lim va tarbiya berish, uy-joy qilish, qarzlarda qutilish, yaqin kishilarini davolatish uchun daromad topish kabi holatlar ularning boshqa mamlakatga borib ishlari uchun turtki bermoqda[5]. Ayollar mehnat migratsiyasi uning ishtirokchilari uchun daromad topish va iqtisodiy muammolarni hal qilish hamda professional jihatdan o’sish kabi ijobiy imkoniyatlarni yaratishi bilan bir qatorda odam savdosi, jinsiy zo’ravonlik, diskriminatsiya va tahqirlash qurboniga aylanishlariga zamin yaratmoqda. Har yili minglab ayollar turli davlatlar chegaralarini bosib o’tib, bevosita yoki bilvosita zo’rlik yoki tahdid ostida savdo va ekspluatatsiyaning obe’kti bo’lib qolmoqdalar[6]. MUHOKAMA Chet davlatlarga pul topish maqsadida chiqib ketayotgan ayollar ko’p hollarda jismonan ekspluatatsiya qilinadi. Shaxvoniy yoki boshqa g’araz maqsadlarda yollangan ayollarning asosiy qismi Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Xitoy davlatlariga yuborilib, chet mamlakatlarga tranzit davlatlar – Qirg’iziston, Qozog’iston, Rossiya, Ukraina, Armaniston, Ozarbayjon Respublikalari orqali chiqilmoqda[7]. Dunyo bo’ylab migrantlar soni 2021 yilda 281 million kishini, ularning 48 % ini ya’ni, 135 millionini migrant ayollar tashkil etgan. Statistik tahlillarga ko’ra, 1990 yildan xalqaro migratsiya jarayonlarida ayollar ishtirokining o’sish tendensiyasi kuzatilgan, migrant ayollar soni yildan yilga ortib borgan(1-jadval).
Dunyo bo’ylab jami ayol migrantlarning soni, mln kishi 1-jadval
(Manba: Key global migration figures, 2019-2022.IOM UN migration 2022, October 13). Migrant ayollar asosan, uy xizmatlari, qishloq xo’jaligi sohasi, mehmonxona biznesi, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi ijtimoiy sohalarda faoliyat ko’rsatadilar. Masalan, Yevropada ayol migrantlar asosan, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohalarda faoliyat ko’rsatsa, Gretsiya va Ispaniyada mehmonxona biznesida, Buyuk Britaniyada tibbiyot, Italiyada esa ta’lim sohasidagi migrant ayollarning salmog’i yuqori(2-jadval).
Yevropadagi 25-54 yoshdagi oliy ma’lumotli ayol migrantlarning 30% dan ortig‘i yuqori malakaga ega bo’lib, ular fan, texnologiya,matematika va tibbiyot kabi STEMM sohalar bo’yicha mutaxassis hisoblanadilar[8]. Mehnat migratsiyasida uy xizmatchilariga talab yuqori. Dunyo bo’ylab 67,2 million uy xizmatchilarining 17,2%ini ya’ni 11,5 millionini migrant uy xizmatchilari tashkil qiladi. Bu esa dunyo bo’ylab shaxsiy va uy xizmatlari uchun migrantlarga bo’lgan talabning yuqori ekanligini ko’rsatadi. Dunyo bo’ylab uy xizmatchilarining 80%i yuqori daromadli mamlakatlarda, Arab mamlakatlari, Shimoliy Amerika va Yevropa mintaqalarida jami migrant uy xizmatchilarining 52%i joylashgan(3-jadval). O’zbekistonlik migrantlar mehnat qilish maqsadlarida asosan Rossiya va Qozog’istonga chiqib ketishgan. Jahon bankining ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilda O’zbekistonlik erkak mehnat migrantlarining 81% va ayollarning 67% Rossiyada, 12% va 10%, Qozog'istonda, 3% va 18% Turkiyada ishlashgan[9].
XULOSA Migrant ayollarning o’z vatanlariga pul o’tkazmalari katta hajmni tashkil etmasada, ularning o’tkazmalarining asosiy qismi sog‘liq, ta’lim, oila va jamiyat rivoji uchun sarflanadi. Migrant ayollarning tajriba, bilim, ijtimoiy, siyosiy va madaniy normalar kabi ijtimoiy o’tkazmalari pul o’tkazmalaridan ham ko’ra ko’proq ahamiyat kasb etishiga etibor qaratish darkor. Sababi ayollarning chet elda ega bo’lgan bilim va orttirilgan tajribalari, texnologiyalar bo’yicha ko’nikmalari ularning oilalari va jamiyatdagi mavqe’ilarini yuksalishiga va mazkur muhit ishtirokchilarining intelektlariga ijobiy o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Alimov S.K. Aholi migratsiyasi ijtimoiy-axloqiy muhit transformatsiyasi omili sifatida. Falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. 2022. http://library.ziyonet.uz/uz/book/123332 2. Tojiyeva Z.N. O’zbekiston Respublikasida demografik jarayonlar va ularning hududiy xususiyatlari. Geografiya fanlari bo’yicha doctor (DcS) ilmiy unvonini olish uchun yozilgan dissertatsiya. -Toshkent, 2017.-B.110-113. 3. O’zR MDA, M-37 jamg’arma, 1-ro’yxat, 3487-ish, 11-varaq. 4. Varshaver, Rocheva, 2015. 5. Peskova, Abreu Bastos, 2014. 6. Doniyorov S. Современное рабства // Народное слово. – 2009. - № 29. – С.2. 7. Abdulxakov Ya.A.Odam savdosi jinoyatlarini tergov qilishning xususiyatlari.Yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent - 2019 yil. 27-bet. 8. Daniela Bolzani, Francesca Crivellaro, Rosa Grimaldi. Highly skilled, yet invisible.The potential of migrant women with a STEMM background in Italy between intersectional barriers and resources// https://onlinelibrary.wiley.com/doi/full/10.1111/gwao.12719] 9. Markaziy Osiyo mehnat va ko’nikmalarining qisqacha bayoni, Jahon Banki (Central Asia's Labor and Skills Survey (CALISS) Survey. World Bank.) 2017. [Kirish rejimi: http://documents.worldbank.org/curated/en/304791468184434621/ pdf/106454-REVISEDPUBLIC-SecM2016-0167-1.pdf]
10. AZAMATOVA G. Illegal Migration And Human Trafficking //Journal of Contemporary Issues in Business and Government| Vol. – 2021. – Т. 27. – №. 2. – С. 3542. 11. Азаматова Г. Б. ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ РОССИЯ ФЕДЕРАЦИЯСИ БИЛАН МИГРАЦИЯ СОҲАСИДАГИ ҲАМКОРЛИГИ //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. – 2020. – №. SI-1№ 1. 12. Azamatova G. B. THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND SOUTH KOREA: MUTUALLY BENEFICIAL COOPERATION IN THE FIELD OF LABOR MIGRATION //International Scientific and Current Research Conferences. – 2022. – С. 60-65. 13. Azamatova G. B. SOME CONSIDERATIONS ON THE MIGRATION MOVEMENTS OF THE POPULATION OF JIZZAH REGION AND ITS PERIODIC CHANGE //International Journal Of History And Political Sciences. – 2022. – Т. 2. – №. 12. – С. 09-13. 14. Azamatova G. B. THE MOVEMENT OF WOMEN IN POPULATION MIGRATION: PROBLEMS AND SOTUTION //Ўтмишга назар журнали. – 2019. – Т. 23. – №. 2. 15. Азаматова Г.Б.ЎЗБЕКИСТОНДА АҲОЛИ МИГРАЦИЯСИ ҲАРАКАТЛАРИ МАСАЛАЛАРИ ВА МИГРАНТЛАР ФАОЛИЯТИ ТАҲЛИЛИ //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. – 2021. – №. SI-3. 16. Азаматова Г. Глобаллашув жараёнида инсон капитали ва интеллектуал миграция //Значение цифровых технологий в изучении истории Узбекистана. – 2022. – Т. 1. – №. 01. – С. 412-415.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Kim iqtibos qilgan1
ReLibrary’da chop etilgan va ushbu yozuvga iqtibos keltirgan ilmiy ishlar, yangisi yuqorida.
- ENSURING GENDER EQUALITY IN THE NEW UZBEKISTAN – THE BASIS OF A SUSTAINABLE FUTURE
Azamatova Gulmira Bayirbekovna · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Adabiyotlar16 ta adabiyot
- Alimov S.K. Aholi migratsiyasi ijtimoiy-axloqiy muhit transformatsiyasi omili sifatida. Falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. 2022. http://library.ziyonet.uz/uz/book/123332
- Tojiyeva Z.N. O’zbekiston Respublikasida demografik jarayonlar va ularning hududiy xususiyatlari. Geografiya fanlari bo’yicha doctor (DcS) ilmiy unvonini olish uchun yozilgan dissertatsiya. -Toshkent, 2017.-B.110-113.
- O’zR MDA, M-37 jamg’arma, 1-ro’yxat, 3487-ish, 11-varaq.
- Varshaver, Rocheva, 2015.
- Peskova, Abreu Bastos, 2014.
- Doniyorov S. Современное рабства // Народное слово. – 2009. - № 29. – С.2.
- Abdulxakov Ya.A.Odam savdosi jinoyatlarini tergov qilishning xususiyatlari.Yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent -2019 yil. 27-bet.
- Daniela Bolzani, Francesca Crivellaro, Rosa Grimaldi. Highly skilled, yet invisible.The potential of migrant women with a STEMM background in Italy between intersectional barriers and resources// https://onlinelibrary.wiley.com/doi/full/10.1111/gwao.12719]10.1111/gwao.12719
- Markaziy Osiyo mehnat va ko’nikmalarining qisqacha bayoni, Jahon Banki (Central Asia's Labor and Skills Survey (CALISS) Survey. World Bank.) 2017. [Kirish rejimi: http://documents.worldbank.org/curated/en/304791468184434621/ pdf/106454-REVISED-PUBLIC-SecM2016-0167-1.pdf]
- AZAMATOVA G. Illegal Migration And Human Trafficking //Journal of Contemporary Issues in Business and Government| Vol. – 2021. – Т. 27. – №. 2. – С. 3542.10.47750/cibg.2021.27.02.364
- Азаматова Г. Б. ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ РОССИЯ ФЕДЕРАЦИЯСИ БИЛАН МИГРАЦИЯ СОҲАСИДАГИ ҲАМКОРЛИГИ //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. – 2020. – №. SI-1№ 1.
- Azamatova G. B. THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND SOUTH KOREA: MUTUALLY BENEFICIAL COOPERATION IN THE FIELD OF LABOR MIGRATION //International Scientific and Current Research Conferences. – 2022. – С. 60-65.
- Azamatova G. B. SOME CONSIDERATIONS ON THE MIGRATION MOVEMENTS OF THE POPULATION OF JIZZAH REGION AND ITS PERIODIC CHANGE //International Journal Of History And Political Sciences. – 2022. – Т. 2. – №. 12. – С. 09-13.
- Azamatova G. B. THE MOVEMENT OF WOMEN IN POPULATION MIGRATION: PROBLEMS AND SOTUTION //Ўтмишга назар журнали. – 2019. – Т. 23. – №. 2.10.26739/2181-9599-2019-23-02
- Азаматова Г.Б.ЎЗБЕКИСТОНДА АҲОЛИ МИГРАЦИЯСИ ҲАРАКАТЛАРИ МАСАЛАЛАРИ ВА МИГРАНТЛАР ФАОЛИЯТИ ТАҲЛИЛИ //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. – 2021. – №. SI-3.
- Азаматова Г. Глобаллашув жараёнида инсон капитали ва интеллектуал миграция //Значение цифровых технологий в изучении истории Узбекистана. – 2022. – Т. 1. – №. 01. – С. 412-415.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010580
- Nashr sanasi
- 2023-06-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 2
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v2i5.192
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 48–52
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 52026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06