SHAHARNING ESTETIK FLORASI
Ismoilov Ollohberdi Ikromjon o‘g‘liADU biologiya yo‘nalishi talabasi2023
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 5Sahifa 25–30
Annotatsiya
Shaharlarda yashil zonalar barpo etish kuchaymoda, bizning issiq va quruq iqlimimizda daraxt-buta o‘simliklarining ayniqsa, ninabargli va doimo yashil o‘simliklarning ahamiyati juda katta. Keyingi yillarda shaharni ko‘kalamzorlashtirish tizimida manzarali ninabargli daraxtlar va doimo yashil butalar ekish ko‘lami oshdi. Ushbu maqolada manzarali o‘simliklarning shahar hayotidagi ahamiyati va unlarni xima-xilligi haqida so‘z boradi.
Boshqa tillarda
ruschaЭСТЕТИЧЕСКАЯ ФЛОРА ГОРОДА
по мере роста создания зеленых зон в городах, в нашем жарком и сухом климате значение древесно-кустарниковой растительности, особенно киновари и вечнозеленых растений, очень велико. В последующие годы система озеленения города расширилась за счет посадки декоративных киновари и вечнозеленых кустарников. В этой статье рассказывается о важности декоративных растений в жизни города и их разнообразии.
inglizchaTHE AESTHETIC FLORA OF THE CITY
The creation of green zones in cities is intensifying, and in our hot and dry climate tree and shrub vegetation, and especially coniferous and evergreen plants, are of very great importance. In recent years the scale of planting ornamental coniferous trees and evergreen shrubs in the city landscaping system has increased. This article discusses the importance of ornamental plants in the life of the city and their diversity.
Kalit so‘zlar
- Mikroiqlim
- ko‘kalamzorlashtirish
- assortiment
- landshaft
- ochiq manzarali
- yopiq manzarali
- soyasevar
- yorug‘sevar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
SHAHARNING ESTETIK FLORASI Ismoilov Ollohberdi Ikromjon o`g`li ADU Biologiya yo`nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8000701 Annotatasiya: Shaharlarda yashil zonalar barpo etish kuchaymoda, bizning issiq va quruq iqlimimizda daraxt-buta o`simliklarining ayniqsa, ninabargli va doimo yashil o`simliklarning ahamiyati juda katta. Keyingi yillarda shaharni ko`kalamzorlashtirish tizimida manzarali ninabargli daraxtlar va doimo yashil butalar ekish ko`lami oshdi. Ushbu maqolada manzarali o`simliklarning shahar hayotidagi ahamiyati va unlarni xima-xilligi haqida so`z boradi. Kalit so`zlar: Mikroiqlim, ko`kalamzorlashtirish, assortiment, landshaft,ochiq manzarali, yopiq manzarali, soyasevar, yorug`sevar. ЭСТЕТИЧЕСКАЯ ФЛОРА ГОРОДА Аннотация: по мере роста создания зеленых зон в городах, в нашем жарком и сухом климате значение древесно-кустарниковой растительности, особенно киновари и вечнозеленых растений, очень велико. В последующие годы система озеленения города расширилась за счет посадки декоративных киновари и вечнозеленых кустарников. В этой статье рассказывается о важности декоративных растений в жизни города и их разнообразии. Ключевые слова: микроклимат, ландшафтный дизайн, ассортимент,ландшафт, открытый ландшафт, закрытый ландшафт, тенелюбивый, светолюбивый. AESTHETIC FLORA OF THE CITY Abstract: in the strengthening of the establishment of green zones in cities, in our hot and dry climate, the importance of tree-shrub plants is especially great, especially ninabargy and evergreen ones. In the following years, the scale of planting ornamental dragonflies and evergreen shrubs increased in the urban greening system. This article will talk about the importance of ornamental plants in urban life and the homogeneity of them. Keywords: microclimate, greenery, assortment, landscape,outdoor landscape, indoor scenic, shady, light-loving.
KIRISH Shaharlarda aholini yashash sharoitlarini komfort darajaga ko`tarish, dam olishini ta’minlash, shahardagi sanitar holatni yaxshilash, mikroiqlimni yuzaga keltirish va sog`lomlashtiruvchi yashil maydonlarini kengaytirishda manzarali yashil daraxtzorlarning roli baland. Ko`kalamzorlashtirish uchun qo`llaniladigan
manzarali daraxt – buta turlari assortimentlarini boyitish ham muhim ahamiyatga ega. Ko`kalamzorlashtirish maqsadida tavsiya etilayotgan daraxt-buta turlari manzarali ko`rinishga ega bo`lishi bilan bir paytda shaharning tutun-gazli va changli muhitiga biologik chidamli bo`lishi va arxektekturaviy va sanitar –gigeynik talablarga ham javob berishi lozim. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va hukumat qarorlarida aholi yashash hududlarini ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Ko`kalamzorlashtirishning eng muhim vazifalaridan biri inson hayoti uchun sog`lom va to`laqonli estetik tabiiy muhit yaratishdir. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 9-martdagi 59-sonli qarori bilan “Zamonaviy arxitekturashaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashki etish qoidalari” tasdiqlangan, 2013 yil 13-avgustdagi 223-sonli qarori bilan esa “O`zbekiston Respublikasi landshaft dizaynini rivojlantirish Dasturi” qabul qilingan va unda belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Daraxt-buta o`simliklari nafaqat xomashyo va turli mahsulotlar manbai, balki tabiiy muhitni yaxshilovchi asosiy omillardan biridir. O`simlik dunyosining hayotiy faoliyati iqlimga o`z ta’sirini o`tkazadi ya’ni havodagi SO2 va boshqa zararli gazlar hamda tutunni o`zlashtirib neytrallaydi, shahar havosidagi chang miqdorin ikamaytiradi, daraxtlar tomondan ajratilgan fitonsidlar kassalik qo`zg`atuvchi bakteriyalarga qironyetkazadi. Shaharlarda yashil zonalar barpo etish kuchaymoda, bizning issiq va quruq iqlimimizda daraxt-buta o`simliklarining ayniqsa, ninabargli va doimo yashil o`simliklarning ahamiyati juda katta. Keyingi yillarda shaharni ko`kalamzorlashtirish tizimida manzarali ninabargli daraxtlar va doimo yashil butalar ekish ko`lami oshdi. Ozbekistonda manzarali bog`dorchlikni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlaridan biri- ko`kalamzorlashtirish uchun shahar sharoitlariga biologik chidamli daraxt-buta turlari assortimentini ko`paytirish hisoblanadi. Doimo yashil va gullovchi butalar ham ko`kalamzorlashtirishning eng muhim komponentlaridan biri hisoblanadi. O`zbekistonda mavjud ko`kalamzorlashtirish sohasi uchun o`simlik turlari assortimenti cheklangan bo`lib, unlarni ko`paytirish va yaxshilash muhimdir. Ko`chatlarda nostandart, tasodifiy urug`lardan ko`paytirilgan nihollarni ko`kalamzorlashtirish maqsadlari uchun yetishtirish yaramaydi. Shaharlarda ekishga mos bo`lgan, chidamli va uzoq umr ko`radigan hamda qimmatli manzarali ko`rinishga ega ninabargli daraxtlardan qarag`ay, qoraqarag`ay, biota, metasekvoya,
archa turlari va yaproqbargli daraxtlardan jo`ka, soxta kashtan, bargyanik, eman, o`tkirbargli zarang, lola daraxti, magnoliya, katalpa, jo`ka, maydabargli qayrag`och, manzarali butasimon o`simliklardan spireya, magoniya shamshod, normushk, oddiy nastarin, hind nastarini, forzitsiya, yukka, kalina, buldanej, rozmarin kabi turlarni ekishga alohida e’tibor qaratish kerak. Tez o`suvchi daraxt turlaridan terak turlari, oqqayin, tollar, ayniqsa, majnuntol, janubiy viloyatlar uchun esa, sofora, oq akatsiya, bunduk, aylant, zarang, chinor va boshqalar diqqatga sazovordir. Shaharlar va turar joy massivlarini bezatishda, monumental ko`kalamzorlashtirishda ko`pgina manzarali shaklga ega bo`lgan: piramidasimon, sharsimon shoxlari osilib turuvchi (majnuntolsimon), spiralsimon, ustunsimon shaklga ega bo`lgan ninabargli va yaproqbargli daraxtlar katta ahamiyatga ega. Bugun mamlakatimizning barcha shahar va qishloqlarida yirik hajmdagi qurilish ishlari va obodonlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Demak bunday obyektlar atrofida zamon talablariga mos keladigan ko`kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish kerak bo`ladi. Buning uchun yuqori dehqonchilik madaniyatiga ega bo`lgan manzarali ko`chatzorlar tarmog`ini kengaytirish, ularda innavatsion g`oyalar va ilg`or tajribalar asosida yetishtirilgan manzarali daraxt-buta turlarining ko`chatlari miqdorini va sifatini oshirish lozim. TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA Yuqorida manzarali o`simliklarning shahar hayotidagi roli, umuman olganda tabiatdagi roli haqida so`z boradi. Endi esa, manzarali o`simliklar haqida batafsil ma’lumot berib o`tsam. Odatda nomi bilan tanilgan manzarali o`simliklar, ular hech qanday oilaga tegishli emas yoki o`ziga xos turdagi o`simliklar emas, aslida ular bog`larda yoki biz ega bo`lishga qaror qilgan bo`shliqlarda visual diqqatga sazovor bo`lib xizmat qilish uchun o`stiriladigan barcha o`simliklar deb ataladi. Bu shuni anglatadiki, ular ochiq havoda yoki uy va uy ichida tugagan makon uchun bezak elementi sifatida ishlatiladigan barcha o`simliklar uchun shu tarzda hayotiy faoliyatini davom ettirish qulay hisoblanadi. Tarixga ko`ra, o`simliklardan bezak maqsadlarda birinchi bo`lib foydalangan forslar bo`lib, ular o`zlarini, turar joylarini, saroylarini, bog`larni va umumiy muhitlarini o`ziga xos va juda yoqimli visual effekt yaratadigan har xil turdagi o`simlikllar bilan obodonlashtirishga qaror qilishdi. Bu bezak o`simliklari makonni obodonlashtirishdan tashqari, nafaqat ular ekilgan joyga balki uy-joyga va ularni asrab-avaylaydigan, g`amxo`rlik qilayotganlarning hayotiga ham turli xil foyda keltiradi. Bu o`simliklarning katta qismi nafas oladigan havoni yaxshilash afzalligiga ega, chunki ular barcha yomon
narsalarni o`zlashtiradi, so`ng toza, sof kislorodni chiqarib yuborish uchun filtirlaydi. Ba’zi boshqa o`simliklarning yoqimli hidi yoki visual effekti tufayli odamlarning farovonligi uchun foyda bor, bu ularni kuzatuvchilarga o`zini yaxshi va hotirjam his qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, ular umuman sayyora uchun ham foydalidir, chunki ular tufayli changlatuvchilar o`z vazifalarini bajaradilar, ular uchun oziq-ovqat bo`lib xizmat qiladilar, atrof-muhitni obodonlashtiradilar, oziqlantiradilar, dori va oziq-ovqat sifatida xizmat qiladilar. Chunki, yuqorida aytganimizdek, bu turdagi o`simliklar hech qanaday o`ziga xos tur yoki guruhga mansub emas,ularni tasniflash yo`llari juda xilma xil bo`lishi mumkin, umuman olganda, ular o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra birlashtirilgan. Manzarali o`simliklarning joylashishiga ko`ra turlari haqida gapiriladigan bo`lsa, ular ekilgan joyiga ko`ra tasniflanadi: 1. Yopiq manzarali o`simliklar 2. Ochiq mazarali o`simliklar 3. Quyoshga chidamli o`simliklar 4. Soyasevar manzarali o`simliklar Yopiq manzarali o`simliklar • Dracaena-Draceana marginata • Soyabon o`simlik-Cyper usalternifolius • Bromeliad-Bromelia aechmea, Bromelia guzmania • Diefembaquia-Dieffenbachia ssp • Siklamen-Siklamen Garchi bu o`simliklar yopiq o`simliklar hisoblansa-da, ularning ba’zilari tashqarida ham o`sishi mumkin, albatta, biz ularning o`sishi va rivojlanishi uchun maqbul sharoit yaratsak va unga ishonch hosil qilgan bo`lsak albatta. Ochiq manzarali o`simliklar • Fern-Filicopsida, Pterophyta • Chinnigullar-Dianthus cayophyllus • Rosal-Rosa spp • Begoniya-Begoniaceae • Yaponchinor-Acer palmatum • Suvnilufari- Zantedeschia aethiopica • Petunya-Petunya gibridasi • Coleus-Coleus blumei
Bu o`simliklar, garchi ular tashqi o`simliklar hisoblansa ham, ular tabiiy va sog`lom o`sishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlasak, uy ichida ham o`sishi mumkin. Quyoshga chidamli manzarali o`simliklar Barcha o`simliklar to`g`ridan-to`g`ri quyosh nurini olishi yaxshi emas, ba’zilari yorug`lik ularga bilvosita tushganda yaxshiroq o`sadi. Biroq, quyosh to`g`ridan-to`g`ri urilganda so`g`lom bo`lib o`sadigan, ularni kuydirmasdan, shikastlanmasdan to`g`ridan-to`g`ri quyosh ta’siriga bardosh beradigan o`simliklar ham bor. Ular quyidagilar: • Bambuk • Echeveriya • Gerbera • Aster • Dalia • Hibiskus • Viola Soyasevar manzarali o`simliklar Quyosh nurlari bevosita tushadigan joylarda o`sishi kerak bo`lgan o`simliklar haqida gapiriladigan bo`lsa, ular bog`siz uylarda, masalan kvartiralarda yashovchilar yoki to`g`ridan-to`g`ri quyosh nuri tushmaydigan sharoitlar ayni ular uchun idealdir. Ular quyidagilar: • Diephembaquiamaculata • Hydrangea • PotoyokiPothos • Azalea Yuqorida manzarali o`simliklar, ularning qanday sharoitda o`sishi va shahar hayotidagi roli haqida to`xtalib o`tdik. XULOSA Xulosa qilib aytganda, manzarali o`simliklarning atrof-muhit uchun yana bir foydasi kislorodlanishi, tozalanishi va namlik hosil bo`lishidir. Ushbu o`simliklar bilan o`raglan holda odamlarning jismoniy va hissiy salomatligi yaxshilanadi. Bularning barchasi tetiklik, xotirjamlik va dam olish hissi bilan ta’minlanganligi sababli, odamlarning kayfiyatiga ta’sir qilib, stressni yengillashtiradi. Zero, shunday ekan tabiatdagi barcha manzarali o`simliklar nafaqat ular balki, barcha o`simliklar dunyosini asrab-avaylash ularni ko`paytirish, chetdan yangi turlarni mamlakatimizda introduksiyasini amalga oshirish talab etiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- E. Berdiyev, Sh. Gulamxodjayeva. Manzarali o`simliklarni ko`paytirish.- T.: Shafoat Nur Fayz, 2020
- A.Q. Qayimov. Aholini yashash joylarini ko`kalamzorlashtirish.-T.: Fan vatexnologiya, 2012
- Декоративные растения открытого и закрытого грунта, Киев, 1985
- www.postposmo.com
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010576
- Nashr sanasi
- 2023-06-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 2
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v2i5.188
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 25–30
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06