Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

IONLOVCHI NURLANISHLAR MANBALARI VA RADIATSIYANING SALBIY OQIBATLARI. YERNING TABIIY RADIATSIYASI MAVZUSIDAGI AMALIY DARSNI TIBBIY OLIY O‘QUV YURTLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING «KLASTER» USULIDA O‘QITISH.

M.X. Jalilov1, J. X. Xamroyev1, D.N.Mavlonova1, Ch.Sh.Jalilova1, Tilavova Feruza Botirovna22023

  1. 1Samarqand davlat tibbiyot universiteti
  2. 2Samarqand shahri 56-maktabning 1-toifali fizika fani o‘qituvchisi.

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 5Sahifa 16–21

Annotatsiya

Maqolada ionlovchi nurlanishlar manbalari va radiatsiyaning salbiy oqibatlari. Yerning tabiiy radiatsiyasi mavzusidagi amaliy darsni pedagogik texnologiyalarni «Klaster» usulida o‘qitish, yaqin kelajakdagi rivojlanish istiqbollari, qurilmalarning yanada texnik takomillashuvi va ularda didaktik o‘yinlarning elementlari sifatida qo‘llanilishi asosida ishchi ko‘rsatkichlarni tanlash, tengdoshlar va kattalar bilan muloqot tajribasining har tomonlama rivojiga ko‘maklashishi, o‘quv mashg‘ulotlariga qiziqish uyg‘otishi haqida mulohaza yuritiladi.

Boshqa tillarda

ruschaИСТОЧНИКИ ИОНИЗИРУЮЩЕГО ИЗ ЛУЧЕНИЯ И НЕГАТИВНЫХ ПОСЛЕДСТВИЙ РАДИАЦИИ. ОБУЧЕНИЕ ПРАКТИЧЕСКИХ УРОКОВ В МЕДИЦИНСКОЙ КЛАССИФИКАЦИИ ПО ЗЕМЛЕ ЕСТЕСТВЕННОЙ ДИАС В МЕТОДАХ «КЛАСТЕРА» ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В МЕДИЦИНСКИХ УНИВЕРСИТЕТАХ

Статья посвящена источникам ионизирующего излучения и негативным последствиям радиации. Каждая проблема коммуникации, перспективы педагогических технологий по методу "Кластера" и дальнейшее развитие педагогических технологий, дальнейшие развивающие технологии, и дополнительные технические усовершенствования устройств, и элементы для взрослых, и наиболее распространенные технические усовершенствования устройств, и взрослым везде необходимо оказывать помощь в развитие боком и пробуждение интереса к тренировочным занятиям.

inglizchaSOURCES OF IONISING RADIATION AND THE NEGATIVE CONSEQUENCES OF RADIATION. TEACHING A PRACTICAL LESSON ON THE TOPIC OF THE EARTH‘S NATURAL RADIATION BY THE «CLUSTER» METHOD OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MEDICAL HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

The article deals with the sources of ionising radiation and the negative consequences of radiation. It discusses the teaching of a practical lesson on the topic of the Earth‘s natural radiation by the "Cluster" method of pedagogical technologies, the prospects of development in the near future, the further technical improvement of devices and their application as elements of didactic games, the selection of working indicators on this basis, the contribution to the all-round development of the experience of communication with peers and adults, and the arousal of interest in learning activities.

Kalit so‘zlar

  • Klaster
  • Radiobiologik jarayonlar
  • Tabiy Radiatsiya manbalari. Yer radiatsiyasi
  • Ionlantiruvchi nurlar
  • «Radiatsion fojealar»

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

IONLOVCHI NURLANISHLAR MANBALARI VA RADIATSIYANING SALBIY OQIBATLARI. YERNING TABIIY RADIATSIYASI MAVZUSIDAGI AMALIY DARSNI TIBBIY OLIY O’QUV YURTLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING «KLASTER» USULIDA O‘QITISH. M.X. Jalilov., J. X. Xamroyev., D.N.Mavlonova., Ch.Sh.Jalilova. Samarqand davlat tibbiyot universiteti. Tilavova Feruza Botirovna. Samarqand shaxri 56-maktabning 1-toifali fizika fani o`qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.7994799 Annotatsiya: Maqolada ionlovchi nurlanishlar manbalari va radiatsiyaning salbiy oqibatlari. Yerning tabiiy radiatsiyasi mavzusidagi amaliy darsni pedagogik texnologiyalarni «Klaster» usulida o‘qitish, yaqin kelajakdagi rivojlanish istiqbollari, qurilmalarning yanada texnik takomillashuvi va ularda didaktik o‘yinlarning elementlari sifatida qo‘llanilishi asosida ishchi ko‘rsatkichlarni tanlash, tengdoshlar va kattalar bilan muloqot tajribasining har tomonlama rivojiga ko‘maklashishi, o‘quv mashg’ulotlariga qiziqish uyg’otishi haqida mulohaza yuritiladi. Kalit so‘zlar: “Klaster”, Radiobiologik jarayonlar, Tabiy Radiatsiya manbalari. Yer radiatsiyasi, Ionlantiruvchi nurlar, «Radiatsion fojealar».

SOURCES OF IONIZING RADIATION AND NEGATIVE CONSEQUENCES OF RADIATION. TRAINING OF PRACTICAL LESSONS IN MEDICAL CLASSIFICATION ON LAND NATURAL RADIAS IN METHODS "CLUSTER" OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MEDICAL UNIVERSITIES. Abstract: The article sources of ionizing radiations and negative consequences of radiation. Each problem of communication, the prospects for pedagogical technologies on the method of "Cluster" and the further development of pedagogical technologies, further developmental technologies, and more technical improvements of devices, and adult elements, and the most common technical improvements of the devices, and the adults everywhere It is necessary to assist in the development of sideways and arouse interest in training sessions. Keywords: "Cluster", radiobiological processes, sources of natural radiation. Earth Rasting, Ionomics, "Radiation Trees."

ИСТОЧНИКИ ИОНИЗИРУЮЩЕГО ИЗЛУЧЕНИЯ И НЕГАТИВНЫХ ПОСЛЕДСТВИЙ РАДИАЦИИ. ОБУЧЕНИЕ ПРАКТИЧЕСКИХ УРОКОВ В МЕДИЦИНСКОЙ КЛАССИФИКАЦИИ ПО ЗЕМЛЕ ЕСТЕСТВЕННОЙ ДИАС В МЕТОДАХ «КЛАСТЕРА» ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В МЕДИЦИНСКИХ УНИВЕРСИТЕТАХ. Аннотация: Статья посвящена источникам ионизирующего излучения и негативным последствиям радиации. Каждая проблема коммуникации, перспективы педагогических технологий по методу "Кластера" и дальнейшее развитие педагогических технологий, дальнейшие развивающие технологии, и дополнительные технические усовершенствования устройств, и элементы для взрослых, и наиболее распространенные технические усовершенствования устройств, и взрослым везде необходимо оказывать помощь в развитие боком и пробуждение интереса к тренировочным занятиям. Ключевые слова: "Кластер", радиобиологические процессы, источники естественного излучения. Растрирование Земли, иономика, "Радиационные деревья".

KIRISH Didaktik o‘yinlarni tanlashda talabalarning ruhiy holati, bilish qobiliyatlari, nutqi, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot tajribasining har tomonlama rivojiga ko‘maklashishi, o‘quv mashg’ulotlariga qiziqish uyg’otishi, o‘quv faoliyati bilim va ko`nikmalarini shakllantirishi, malaka va tajribalarning oshishi, natijalarni tahlil qilish, taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirishni o‘rganishda talabaga yordam berishiga e’tibor qaratish lozim. O‘yinlarni o‘tkazish jarayonida talabaning aqliy faoliyati uning harakati bilan bog’liq bo‘lishi kerak. Ushbu amaliy darsni Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tibbiy biologiya fakultetning 2-kurs talabalariga 80 daqiqa davomida yetkazish kerak. Yer radiatsiyasi. Radiobiologik jarayonlar” mavzusini pedagogik texnologiyalar “klaster” usulida o‘qitish mavzusi yuzasida erkin fikrlash, ochiq tafakkur qilish, o`ylash va ionlovchi nurlanishlar ionlovchi nurlanish turlari,ionlovchi zarralarning turli muhitda yutilishi ionlovchi nurlanishlar hosil qiladigan sindromlar yadroviy portlashlar haqidagi shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etitsh uchun bilim va ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga sharoit yaratilishiga yordam beradi. Ushbu amaliy darsni o’tish uchun SamDTU mt.sammu.uz platformasi materiallaridan faol foydalaniladi. [1]. “Klaster” usuli turli g‘oyalar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish to‘g‘risida fikrlash va tafakkuur hosil qilish imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni va yaratishni talab etadi. Bu usul aniq ob’ektga yo‘naltirilmagan fikrlash va tafakkur qilish shakli hisoblanadi. Undan foydalanish inson miyasi faoliyatining faol ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi va to’g’ri keltirilgan g’oyalar haqida kuproq tafakkur qilish imkonini beradi.[2,3] “Tabiy Radiatsiya manbalari. Yer radiatsiyasi. Radiobiologik jarayonlar mavzusini klaster usulida o‘qitish” talabalar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirib, bilim va ko‘nikmalar hosil bo‘lganiga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. “Klaster” usulidan gurux talabalari bilan yakka tartibda yoki kichik guruhlar asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. SamDTU har bir guruhda 12-13 ta talaba o’qishini hisobga olsak 3-4 talabadan bitta guruh hosil qilinsa demak guruhchalar 3 -4 ta bo’lishi mumkun. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda ushbu usul guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan fikr va g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi [4]. Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalarni uyg‘unlashtirish hamda ular o‘rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi. Kichik guruhlar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda, guruhlardagi har bir talabaning fikri shakillantiriladi, har bir ilgari so‘rilayotgan g‘oya uyg‘unlashtiriladi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Mazkur usuldan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi: a) talaba nimani o’ylagan bo‘lsa, shuni qo‘g‘ozga yozadi. Fikrini aniq muommolarga yo`naltiradi va ular to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, shunchaki yozib beradi b) belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha yozishdan to‘xtamaydi. Agar ma’lum muddat biror bir g‘oyani o‘ylay olmasa, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlaydi. Bu harkatni yangi g‘oya tug‘ulgunga qadar davom ettiriladi. v) yozuvungizning imlo xatosiga va tinich belgilarni qo’yilishiga, so‘zlarning bog‘lanishiga yoki matnni yozilishiga e’tibor bermaydi. g) muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiladi. G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni cheklamaydi.

Radioaktiv izotonlar odam organizimiga sut va sut Sr, 137Cr mahsulotlari, o‘simlik ozuqalari va suv orqali kirib keladi Urug‘larda ko’p to‘planadi

Radioekologik tadqiqotlar o‘tgan Insonga salbiy ta’sir asrning 50 yillardan ko‘rsatuvchi radioekologiyaholatini Kontakt radiatsiyasi: boshlangan. a) gallaktika buzilishi b) quyosh radiatsiyasi

Dastlabki yadro Tabiy radiatsiya -zarracha, sinovlari 1945 yilda Yerga koinotdan manbalari. Yer p-praton, o‘tkazilgan tushadigan radiatsiyasi. Yadroviy n-neytron nurlar tabiy portlashlar. va radiatsion fon boshqalar 1. Nagasaki-Xirosima fojiasi. 2. Chelyabinsk fojiasi. 3. Sellafid fojiasi. Er radiatsiyasi 4. Kramatorsk fojiasi. manbalaridan vujudga Quyoshning elektromagnit 5. Geyaniya fojiasi. keladigan nurlanishlar va korpuskulyar nurlar, 6. Chernobil fojiasi. quyosh radiatsiyasi 7. Fukusimo fojiasi.

Mavzuga tayyorlanish uchun didaktiv materiallar matni Radiobiologiya ionlantiruvchi nurlarning organizm va uning populyatsiyasiga ko‘rsatadigan ta’sirini tekshiruvchi ilm sohasi bo‘lib, uning maqsadi, organizmda ionlovchi radiatsiya ta’siridan sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar va o‘sha o‘zgarishlar asosida yotgan mexanizmlar hamda qonuniyatlarni ochib, organizmni ionlovchi nurlarni zararli, hatto halokatli ta’sirini oldini olish hamda himoya qilish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat. Radiobiologiya eksperemental fan bo‘lib, u tadqiqot natijalarining miqdoriy ifodalanishini talab qiladi. Radiobiologiyaning o‘ziga xosligi hujayradagi har qanday molekula va strukturalar bilan sof statistik prinsip asosida ta’sirlashuvchi radiatsion omilning o‘zigagina xos mahsusligidan kelib chiqib, tadqiqotlarning biologik tashkillanganlikning molekulyar darajasidan tortib, populyatsiyagacha bo‘lgan barcha tabaqalarda o‘tkazilishini zaruriyat qilib qo‘yadi. [5,6] 1896 yilda A.Bekkerel tomonidan uran ( 238 92𝑈 ) elementining radioaktivlik xossasi (α-, β-va γ-nurlanish) aniqlangan va bu kashfiyot tabiiy radioaktivlik hodisasining o‘rganilishi tarixining boshlanishi hisoblanadi. 1867–1934yillarda radioaktiv – 226 209 88𝑅𝑑 va 84𝑃𝑜 elementlarini kashf qilishgan. Mariya Sklodovsqaya- Kyuri Pier Kyuri bilan birgalikda radiy ( 226 88𝑅𝑑 ) va poloniy ( 84𝑃𝑜) elementlarini kashf qilgan (1998). 1934yilda Iren Kyuri va Frederik JolioKyuri tomonidan yadro reaksiyasi davomida 30 15𝑃 izotopi aniqlandi.

«Radiatsion fojealar» tarixi [7,8]. Radiobiologiya va radiobiofizikaning rivojlanish tarixida radiatsion nurlanishning fizik xossalari va biologik ta’sir mexanizmini o‘rganish yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilishi va radiatsion nurlanish manbalaridan foydalanish, saqlash, tashish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilishiga tasodifiy yuz bergan va ongli ravishda yuzaga keltirilgan – «radiatsion fojealar» sezilarli darajada turtki bergan. Radiatsion nurlanish kashf qilinishining dastlabki davrlarida ushbu nurlanish to’rining odam organizmiga o‘limga olib keluvchi darajada salbiy ta’sirga egaligi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lmaslik oqibatida ko‘plab achinarli yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilgan. 08.11.1895yilda Germaniyalik fizik Vilgelm Konrad Rentgen kechqurun uyga qaytishdan oldin, tajriba laboratoriyasida elektr chirog‘ini o‘chiradi va qorong‘ulikda o‘chirishni unutib qoldirgan katod trubkasidan chiqayotgan noma’lum nurlanishga (X-nurlanish) ko‘zi tushadi va tasodifiy holatda rentgen nurlanishini kashf qiladi. V.Rentgen nurlanish yo‘lini byokituvchi qo‘lining suyaklari tasviri fotoplastinkaga tushib qolganligini qayd qiladi va X-nurlanish haqidagi tadqiqotlari natijasini ilmiy maqola shaklida 28.12.1895yilda taqdim etadi. Inson faoliyatining salbiy tomonlaridan biri atrof muhitning radioekologiya holatining buzilishi sanaladi. Ekotizimlarning radioaktiv moddalar bilan zararlanishini yashash muhitining alohida organizmlar kabi, populyatsiyalar va ularning hamjamiyatlariga ham ta’sir qila oladigan yangi abiotik omil sifatida baholash mumkin. Ionlovchi nurlar mo’tagen va evolyutsion omil sanaladi, shu sababli ularning hayotning barcha ko‘rinishlariga ta’siri masalasi hozirgi zamon tabiatshunosligi muammolari o‘rtasida muhim o‘rin tutadi. Ionlovchi nurlanishlar o‘tgan asrning 30-yillaridayoq muhim ekologik omil sifatida e’tirof etilgan. Biroq radiobiologik tadqiqotlarning rivojlanishi 50-yillarga to‘gri keladi. Bu davrda antropogen faoliyat (birinchi navbatda, yadro sinovlari) tabiiy radiatsiya fonining o‘zgarishiga olib keldi. Radioaktiv stronsiy va seziy odam organizmiga asosan sut va sut mahsulotlari, ba’zida o‘simlik ozuqalar va atigi 10% i suv bilan birga tushadi. Kalsiyga boy ozuqa stronsiyning tushishini kamaytiradi, kalsiy kamayishi esa stronsiy akkumulyatsiyasiga (to‘planishiga) olib keladi. TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA Stronsiy va seziy radionuklidlari vegetativ organlarda, ba’zan urug‘larda Yaxshi to‘planadi, boshqa nuklidlarni (Zr, Ru va b.) o‘simliklar nisbatan kam yo’tadi va Yer osti qismlariga juda kam miqdorda qabul qiladi. qiyin eruvchan birikmalar ko‘rinishida radionuklidlar o‘simliklar tomonidan yomon to‘planadi, aksincha, yaxshieriydigan birikmalar moddalar biologik aylanmasiga kiradi. Organizmlarning radionuklidlarni to‘plash qobiliyati konsentratsiyalash koeffitsentida ifodalanadi. Chuchuk suvda yashovchi organizmlar uchun ayrim radionuklidlar konsentratsiya koeffitsentlari Element C P Cs Sr Zn Fe

Yerda yashovchi organizmlarda ularning o‘lchami ortgani sari konsentratsiya koeffitsenti kamayish qonuniyati kuzatiladi. Quruqlikdagi o‘simliklar radionuklidlarni ozuqa eritmasiga nisbatan 10-10 konsentratsiya koeffitsenti bilan to‘playdi. Suv o‘tlarida bu koeffitsent 7x10-10 ga teng; suv hayvonlari-filtrlar radionuklidlarni yanada ko‘p to‘playdi.

Organizmda to‘plangan radionuklid aktivligi ikki marta kamayadigan davr biologik yarim yemirilish davri deb yuritiladi. Organizm o‘zida to‘plangan radionuklidning yarmidan biologik chiqarish va radionuklid parchalanishi tufayli xoli bo‘ladigan davr yarimyemirilish effektiv davri deb yuritiladi. Tabiiy radiatsiya foni .Tabiiy radiatsiya fonini Yerga koinotdan tushadigan nurlar (koinot radiatsiyasi) va tuproq jinslari, qurilish materiallari va oziq-ovqatlar tarkibida mavjud radioaktiv elementlar (Yer radiatsiyasi) tashkil etadi.

Radiatsiyaning tabiiy manbalari odamga ichki va tashqi yo‘llar bilan ta’sir eta oladi. Tashqi manbalar orasida koinot radiatsiyasi va tuproq hamda qurilish materiallaridagi radiatsiya alohida o‘rin tutadi. Ichki manbalardan havo, suv, oziq-ovqat mahsulotlari e’tiborga molik. Koinot radiatsiyasi ikki xil: galaktika va quyosh radiatsiyasidan iborat. Yerga yetib keladigan koinot nurlari yadro zarralar oqimi bo‘lib, birlamchi kosmik nurlanish sanaladi. 𝛼, n, p atom va yadrolarini o‘z ichiga oladi.

Quyosh radiatsiyasi – quyoshning elektromagnit va korpuskulyar nurlari. Portlash vaqtida Quyosh ko‘rinadigan, infraqizil, ultrabinafsha va rentgen spektridagi nurlar taratadi. Har bir portlash odamga ta’sir etadi. Ayniqsa magnit maydoni silkinishlari bemor odamlarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. A.L.Chijevskiy Quyosh faoligining tirik organizmlarga ta’sirini o‘rganib, Quyosh faolligi o‘zgarishi bilan qurqlikdagi organizmlar reaksiyasi xarakteri o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlagan. Kosmik nurlanishga reaktiv samolyot uchuvchi va yo‘lovchilari duch keladi. Masalan, AQSH dan Yevropaga transatlantik parvoz -0,05 mZv dozali kosmik nurlanishning organizmga qo‘shimcha ta’siri bilan kechadi. Yer radiatsiyasi manbalariodam tabiiy radiatsiya hisobiga duch keladigannurlanishning katta qisminitashkil qiladi. Aholi oladigan yillik o‘rtacha nurlanishning 5/6 qismi ular zimmasiga to‘g‘ri keladi. Tarkibida radioaktiv elementlar bo‘lgan, sayyoramiz shakllanish va rivojlanish davrida yuzaga kelgan tog‘jinslari atrof muhitga tabiiy radioaktiv moddalarning asosiy manbasi sanaladi. O‘simliklarning radioaktiv moddalarni to‘plashiga qator omillar ta’sir etadi. Mayda dispersiyali tuproqda ularni o‘zlashtirish yirik dispersiyali tuproqdagidan kamroq intensivlik bilan kechadi. Tuproqqa ozuqa moddalari kiritilganda, o‘simliklarga radionuklidlar kirishi kamayadi, qolaversa, nam tuproqda to‘planish koeffitsenti quruq tuproqdagidan kamroq bo‘ladi.

Yaratadigan aktivlik kattaligiga ko‘ra radioizotoplar orasida kaliy izotopi asosiy o‘rin tutadi. U organizmning hayoti faoliyati uchun zurur bo‘lgan kaliy noradioaktiv izotoplari bilan birga o‘zlashtiriladi. Oshqozon-ichak trakti orqali tushganda radioaktiv kaliy odamning nurlanishiga katta hissa qo‘shadi. Katta yoshli 70 kg vaznli odam organizmida kaliy miqdori 130 gr (0,19%) ni tashkil qiladi. ayniqsa skelet muskulatura, nerv to‘qimalari, yurak, jigar va o‘t qopi kaliyga boy sanaladi. Radiy asosan suyak to‘qimalarida to‘planadi. Qo‘rg‘oshinning asosiy qismi skeletda jamdlangan. Odam o‘pkasiga sutkasiga havo bilan 0,0007 Bk Rb, kuniga bir pachka sigaret chekadigan odam o‘pkasiga 0,07 Bk Pd kelib tushadi.

Radon izotoplari orasida eng havflisi ²²²Rn nurlagichi sanaladi. Radon tuproqdan poydevor va pol orqali o‘tib, yoki qurilish materiallaridan ajralib, yopiq, shamollatilmaydigan xonalarda to‘planadi. Pollarda tirqishlar va ventilyasiya kuchsiz bo‘lsa, o‘pkaga individual dozalar havfli tus olishi mumkin (1000Ber/yil).

Odatda, tabiiy radionuklidlar granit tog‘jinslarida ko‘p bo‘ladi. Ohaksimon va qum jinslarida radioaktivlik pastroq. Radonning atmosfera ostiga tushish tezligi tuproq holati, namligi, haroartiga bog‘liq, qor qoplaganda esa u kamayadi. Bahorgacha saqlangan 50sm qalinlikdagi qor yoz davrida tabiiy γ-nurlagichlar shakllantiradigan Yer radiatsiyasini 80% ga ekranlaydi.

Radiatsiyaning su’niy manbalari. Radiatsiyaning su’niy manbalariga yadro sinovlari, tibbiyot diagnostika va davolash apparaturasi, radioaktiv chiqindilar va atom elektr stansiyalari kiradi. Dastlabki yadro sinovlari 1945 yilda o‘tkazilgan. 1054-1958 va 1961-1962 yillarda eng kuchli sinovlar amalga oshirilgan. Rentgen nurlari kashf qilinganidan keyin tibbiyotda rentgen tashxislash usullarini ishlab chiqishdagi eng katta yutuq kompyuter tomografiyasi bo‘ldi, u oddiy metodlarga qaraganda nurlanishni bir necha marta kamaytirish imkonini beradi [9]. Radioizotop tibbiyot keng tarqalmoqda. Odam organizmiga kiritiladigan radioizotoplar yordamida opuxollokalizatsiya o‘rni va o‘lchamlarianiqlanadi yoki a’zo funksiyasi tekshiriladi. Nur terapiyasidan zararli o’smalarni davolashda foydalaniladi.

Nurlanishning boshqa manbalariga issiqlik elektr stansiyalarida ko‘mirni yoqish; fosfat qoplamlari; iste’mol mollari (radioalyuminessent, elektron priborlar, rangli televizorlar va boshqalar); kosmik texnika materiallari, chekish va boshqalarni kiritish mumkin. Garchichekish insonning o‘ziga bog‘liq bo‘lsada, chekish radioaktiv ta’sirlar orasida yetakchilardan biri ekanini aytmoqchimiz. Bugungi kunda nurlanishning kichik dozalari biologik roliga turlicha qarashlar mavjud. Ulardan birinchisiga – radiatsion-gigiyenik qarashga ko‘ra, har qanday kichik dozaga ham ma’lum darajada zararli effekt to‘g‘ri keladi. Aholi yashash joylarida yo‘l qo‘yilgan nurlanish dozasi yiliga 5 mZv (yoki yiliga 0,5 ber). Mehnat faoliyati nurlanish manbalari bilan bevosita bog‘liq kishilar uchun bu doza balandroq - 50 mZv (yoki yiliga 5 ber) bo’ladi.

XULOSA Shunday qilib, didaktik o‘yinlar uchun yuqorida keltirilgan metodik tavsiyalar barcha tibbiyot oliygohlari talabalariga, ionlovchi nurlanishlar manbalari va radiatsiyaning salbiy oqibatlari. Yerning tabiiy radiatsiyasi mavzusidagi amaliy darsni pedagogik texnologiyalarning «Klaster» usulida o‘qitishdan foydalanilishi mumkin. Foydalanilgan va qo’shimcha o’qish uchun tavsiya qilinuvchi adabiyotlar ro’yxati: 1. SamDTU mt.sammu.uz platformasi. 2. Sh.S. Хushmatov, А.Т. Yesimbetov, G.S. Begdullayeva.Radiobiologiya. Тоshkent, 2016. 3. Ремизов А.Н., Максина А.Г., Потапенко А.Я. Медицинская и биологическая физика, Дрофа, 2003. 4. M.X.Jalilov, Sh.N.Xudoyqulova. “Биологическое действие постоянного тока” Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences. 2022 2(5), 205–210. 5. Ярмоненко С.П., Вайнсон А.А. Радиобиология человека и животных.М., "Высшая школа", 2004. 6. А.Д.Доника, С.В.Поройский Учебно-методическое пособие «Основы радиобиологии»

Волгоград – 2010 7. M.I. Bozorboyev, G.G. Rajabova, G.A. Bekmurodova, N.A. Fayziyeva, M.B. Norbutayeva “Umumiy va tibbiy radiobiologiya”. Toshkent 2018 yil. 270 bet. 8. Remizov A.N. Tibbiy va biologik fizika. Toshkent. Ibn-Sino nashriyoti, 2006. 9. Jalilov M.X. J.X.Xamroyev. M.N.Axrorov. “Rentgen nurlari. Ionlashtiruvchi nurlanishlarning moddalarga ta`siri”ni o`rganish mavzusini modul tizimida o`qitish. Xalqaro o`quv-uslubiy anjuman to`plami. “Oliy tibbiy ta`lim tizimi islohotlari: markaziy osiyoda ta`lim “XAB” ni tashkil etish yo`lida” Toshkent 2022y. 140-143b.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. SamDTU mt.sammu.uz platformasi.
  2. Sh.S. Хushmatov, А.Т. Yesimbetov, G.S. Begdullayeva.Radiobiologiya. Тоshkent, 2016.
  3. Ремизов А.Н., Максина А.Г., Потапенко А.Я. Медицинская и биологическая физика, Дрофа, 2003.
  4. M.X.Jalilov, Sh.N.Xudoyqulova. “Биологическое действие постоянного тока” Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences. 2022 2(5), 205–210.
  5. Ярмоненко С.П., Вайнсон А.А. Радиобиология человека и животных.М., "Высшая школа", 2004.
  6. А.Д.Доника, С.В.Поройский Учебно-методическое пособие «Основы радиобиологии» Волгоград – 2010
  7. M.I. Bozorboyev, G.G. Rajabova, G.A. Bekmurodova, N.A. Fayziyeva, M.B. Norbutayeva “Umumiy va tibbiy radiobiologiya”. Toshkent 2018 yil. 270 bet.
  8. Remizov A.N. Tibbiy va biologik fizika. Toshkent. Ibn-Sino nashriyoti, 2006.
  9. Jalilov M.X. J.X.Xamroyev. M.N.Axrorov. “Rentgen nurlari. Ionlashtiruvchi nurlanishlarning moddalarga ta`siri”ni o`rganish mavzusini modul tizimida o`qitish. Xalqaro o`quv-uslubiy anjuman to`plami. “Oliy tibbiy ta`lim tizimi islohotlari: markaziy osiyoda ta`lim “XAB” ni tashkil etish yo`lida” Toshkent 2022y. 140-143b.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010573
Nashr sanasi
2023-06-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
5
DOI
10.66073/researchfocus.v2i5.183
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
16–21
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06