КОМПЛЕКСНАЯ ОЦЕНКА ЛЕЧЕБНО-ДИАГНОСТИЧЕСКОЙ ТАКТИКИ ДЕТЕЙ С ПЕРИНАТАЛЬНЫМ ПОРАЖЕНИЕМ ЦНС НА РАННИХ СРОКАХ
Джурабекова А.Т., Ниязов Ш.Т., Эргашев С.С. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqola erta muddatlarda markaziy asab tizimi (MAT) perinatal zararlanishi bo‘lgan bolalarning davo-tashxis taktikasini kompleks baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqot maqsadi - nevrologik buzilishlar darajasini bashorat qilish uchun bosh miya perinatal zararlanishi omillari dinamikasini o‘rganish va nogironlikka olib keluvchi asoratlarning oldini olish maqsadida erta muddatlarda davolash taktikasini optimallashtirish. Tadqiqot materiali va usullari. Tadqiqotlar 2022 yildan 2024 yilgacha bo‘lgan davrda Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ko‘p tarmoqli klinikasi (SamDTU KK) negizida tug‘ruq majmuasi bo‘limlari, yangi tug‘ilganlar patologiyasi bo‘limi, bolalar reanimatsiyasi (yangi tug‘ilganlar uchun), bolalar nevrologiyasi bo‘limi va ambulatoriya-poliklinika bo‘limida bolalar ustida o‘tkazildi. 20 nafar ona (asosiy guruhdan) butun homiladorlik davri mobaynida kuzatuvdan o‘tdi; asosiy guruhning barcha onalari homiladorlikkacha bo‘lgan somatik holat anamnezini, homiladorlik davridagi akusherlik-ginekologik holatni va tug‘ruq natijasini o‘rganishga qaratilgan anketani to‘ldirdi. Nazorat guruhini shu yoshdagi (1-2 yosh) va jinsdagi 20 nafar sog‘lom bola tashkil etdi. Natijalar: onalarning homiladorlik va tug‘ruq davridagi salomatlik ko‘rsatkichi bolalarda muayyan funksional-organik buzilishlarni shakllantiradi. Shunga ko‘ra, onalardagi ekstragenital o‘zgarishlar hamda ante- va intranatal davr kechishining tahlili tekshirilgan bolalarda, shubhasiz, dalolat beruvchi ahamiyatga ega. Tahlil natijasi shuni ko‘rsatdiki, tekshirilgan bolalar onalarining homiladorlik asoratlari orasida platsentar yetishmovchilik, autoimmun jarayonlarning antenatal ishga tushishi patomexanizmi va homilaning surunkali bachadon ichi gipoksiyasi kabi ko‘plab og‘irlashtiruvchi omillar mavjud bo‘lib, ular bolalarda nevrologik nuqson yuzaga kelishiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Xulosalar: shu tariqa, taklif etilgan kompleks terapiyani optimallashtirish sxemasi (serebrolizin, sermion) davolashning yuqori samaradorligini ko‘rsatadi, bunda bosh miyaning rezidual-organik o‘zgarishlari turidagi klinik yaxshilanish kuzatildi; ayni paytda davolash taktikasini tanlash yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda MAT perinatal zararlanishini aniqlash aniqligini oshirish va tezlashtirish, turli asoratlar rivojlanishi xavfi hamda bolalar nogironligi darajasini kamaytirish imkonini berdi.